1-Mavzu: variatsion qator to‘G‘risida tushuncha va ularni tuzish (2-soat) Darsning maqsadi



Yüklə 33,52 Kb.
səhifə1/2
tarix09.05.2023
ölçüsü33,52 Kb.
#109941
  1   2
1-Mavzu variatsion qator to‘G‘risida tushuncha va ularni tuzish




1-Mavzu: VARIATSION QATOR TO‘G‘RISIDA TUSHUNCHA VA ULARNI TUZISH (2-soat)
Darsning maqsadi: Organizmdagi biron-bir belgining o‘zgaruvchanligini ifoadalaydigan, o‘zaro bir-biridan, o‘zgaruvchanligini ifodalaydigan, o‘zaro bir-biridan farq qiladigan sonlar qatorini aniqlash, hamda shu sonlar asosida variatsion qator, variatsion egri chiziq, variatsion qator gistogrammasini va binomal egri chiziqlarni chizish.
Kerakli materiallar va jixozlar. Har xil fanga oid javdallar, rasmlar, mulyajlar.
Tirik organizidagi belgilar har xil bo‘lib, ular doim o‘zgarib turadi. Bu o‘zgarishlar bir-biridan farqlanadi-o‘zaro fariatsiyalanadi. (variari-lotini tilidan olingan bo‘lib, farqlanish, o‘zgarish degan ma’noni anglatadi).
Boshqacha qilib aytganda, tirik organizmdagi miqdor belgi va shunga o‘xshash o‘zgarishlarning o‘z-o‘zidan sodir bo‘lish xususiyati variatsiyalanish deyiladi.
O‘raganish uchun olingan guruhlarda ma’lum bir belgini ifodalaydigan raqamlarning, sonlarning takrorlanishiga taqsimlanish deyiladi.
Biometriyada asosan quyidagi taqsimlanish xillari uchraydi: normal, binomial, puasson, asimmetrik, eksessiv, transgressiv va boshqalar. Ammo biologiyada ko‘p qo‘llaniladigan dastlabki uchtasidir.
Belgilarning taqsimlanishini variatsion qator, variatsion egri chiziq va gistogramma yordamida ham ko‘rsatish mumkin.
Misol: quyidagi Samarqand qishloq xo‘jalik instituti O‘quv-tajriba xo‘jaligi sutchilik fermasidagi qora-ola zotli sigirlarning har bir boshidan bir kunda sog‘ib olingan suti kg dan keltirilgan (sigirlar soni n-102)
29,6; 21,5; 21,4; 26,7; 17,0; 17,0; 13,5; 21,8; 23,4; 25,7;
21,0; 18,0; 23,5; 24,0; 29,6; 26,0; 21,5; 27,8; 18,0; 22,5;
23,0; 29,0; 25,0; 32,0; 16,2; 21,5; 15,7; 25,0; 31,8; 22,0;
23,0; 15,0; 26,0; 20,5; 14,5; 28,0; 20,4; 22,0; 16,7; 22,9;
25,0; 22,5; 28,5; 15,2; 21,5; 21,5; 20,5; 19,5; 24,5; 22,3;
19,1; 23,5; 25,9; 17,2; 15,5; 18,1; 23,9; 25,4; 20,4; 13,2;
19,6; 24,4; 18,3; 24,7; 24,2; 20,9; 20,1; 16,5; 21,9; 23,5;
27,3; 21,0; 26,3; 18,6; 17,2; 17,8; 33,4; 22,4; 20,7; 16,1;
21,6; 23,0; 20,7; 25,3; 14,1; 17,3; 21,8; 14,1; 19,0; 21,9;
18,6; 28,5; 21,2; 20,0; 24,9; 22,7; 16,4; 20,6; 23,5; 22,2;
20,5; 19,4;

Variatsion qatorlar tuzish uchun, keltirilgan belgilarning (variantlarning (eng katta) maksimum variant-xmax) va eng kichik (minimum variant-x min ) variantini aniqlash zarur.


Bizning misolda xmax=33,4 kg va x min= 13,5 kg, undagi farq, ya’ni limit lim =33,4-13,5=19,9 kg ga teng bo‘ladi. Bundan keyin sinflar soni “W” ni aniqlash kerak. Variantlar soniga nisbatan sinflar sonini aniqlashda quyidagi qoidani qo‘llash mumkin:

Agar “n” Sinflar-w soni


30-60 teng bo‘lsa 6-8 bo‘ladi
60-100 teng bo‘lsa 7-8 bo‘ladi
101 va undan ziyod bo‘lsa 9-17 bo‘ladi
Bizning misolimizda sinflar soni 11 ga teng. Sinflar oralig‘idagi farq “λ” (lyamla) ni aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalanamiz:


; yoki
bo‘ladi.
Umuman qulay bo‘lishi uchun ko‘pincha yaxlit sonni olish lozim. Misol uchun sinflar oralig‘idagi farq tirik vazn bo‘yicha 27 kg bo‘lsa uni 25 yoki 30 kg qilib yaxlitlab olish mumkin. YOki sut maxsuloti bo‘yicha sinflar oralig‘idagi farq 989 kg bo‘lgan bo‘lsa uni 1000 kg deb olish mumkin.
Bunday yaxlitlash albatta tuziladigan sinflar soniga ta’sir qiladi. Endi variantlarning sinflar bo‘yicha takrorlanish sonini aniqlaymiz. Birinchi misolda ma’lumki, xar bir sinfdagi variantlar 1-2 yoki bir necha marta takrorlanishi mumkin. SHundan foydalanib, jadval tuzamiz va variantlarning sinflar bo‘yicha joylanish yoki takrorlanish soni aniqlanadi
(1-jadval)



Sinflar w

Variantlarning sinflar bo‘yicha joylashishi

Takrorlanish “R” yoki “f”

1

13,5; 14,5; 13,2; 14,1; 14,1;

5

2

15,7; 15,0; 16,0; 15,2; 15,5; 16,5; 16,4; 16,1; 16,2;

9

3

17,0; 18,0; 18,0; 17,2; 18,1; 18,6; 17,2; 17,8; 17,3; 18,6; 18,3;

11

4

20,0; 20,5; 19,5; 19,1; 20,4; 19,6; 20,9; 20,1; 20,7; 20,7; 19,0; 20,0; 20,6; 20,5; 20,4; 19,4;

16

5

21,5; 21,4; 21,8; 21,0; 21,5; 22,5; 21,5; 22,0; 22,0; 22,9; 22,5; 21,5; 22,3; 21,9; 21,0; 21,6; 21,8; 21,9; 21,2; 22,7; 22,2; 22,2; 22,4; 21,5;

24

6

23,4; 24,0; 23,0; 24,5; 23,5; 23,9; 24,2; 24,7; 24,2; 23,5; 23,5; 23,0; 24,9; 23,5; 23,0;

15

7

26,7; 25,7; 26,0; 25,0; 26,0; 25,0; 25,9; 25,4; 26,0; 25,3;

11

8

28,0; 27,3; 28,5; 27,8; 28,5;

5

9

29,5; 29,0; 29,6;

3

10

32,0; 31,8;

2

11

33,4;

1

Sinflarning chekka chegaralarini aniqlagandan so‘ng variatsion qator tuzishga kirishamiz.


Variatsiyalanadigan (farqlanadigan) miqdor guruxlari-variatsiya deyiladi. Sinflardan tuzilgan sonlar qatoriga-variatsion qator deyiladi.
Variatsion qatorning gorizontal tomoni to‘rt qatorli katakdan iborat bo‘lib, birinchisida siflar, ikkinchisida-variantlar, uchinchisida variantlarning takrorlanishi va to‘rtinchisida takrorlanishning yig‘indisi qayd qilinadi.
Variatsion qatorning vertikal tomonidagi kataklar soni sinflar soniga bog‘liq bo‘ladi. Variatsion qatorning birinchi sinfi misoldagi eng kichik (x min) sondan boshlanadi va shu ko‘rsatkichga sinflar oralig‘idagi farq “λ” qiymati qo‘shilib “0,1” ga kamaytiriladi. Natijada birinchi sinfning chekka chegarasi xosil bo‘ladi. “13-14,9”.
Ikkinchi sinf esa o‘z navbatida “15-16,9” bo‘ladi va x.k. o‘rtacha sinfningqiymatini topish uchun birinchi ikki sinfning pastki chekka chegaralari qo‘shiladi va ikkiga bo‘linadi. Misol: (12+14) : 2= 13; (14+16):2 =15 va x.k.
Bundan tashqari pastki chekka chegara ko‘rsatkichiga, sinflararo farqning yarmini qo‘shish bilan xam o‘rtacha sinflarni aniqlash mumkin. Misol: (12+1)=13; 14+1=15 va x.k.
Berilgan misoldagi variantlarni variatsion qatorda qayd qilish, dastlabki raqamdan (29,6; 21,5; 21,4; 26,7 va x.k) boshlanib, oxirgi raqam (22,2) bilan tugaydi.
Qulayroq bo‘lishi uchun ma’lum sinflarga mansub variantlarning takrorlanishi nuqtalar bilan belgilanadi, agar nuqtalar soni to‘rttaga etsa, ular o‘zaro birlashtirilib “konvert” shaklida ko‘rsatiladi.



1

2

3

4

5

6

7

8

9

10



••

• •


• •
• •

• •
• •

• •
• •

• •
• •

• •
• •

• •
• •

• •
• •

Bunday simvolitik belgilar orqali variantlarning umumiy yig‘indisini topish qulay bo‘ladi. Variantlar to‘liq xisoblangandan keyin takrorlanish katagida ularning yig‘indisi qayd qilinadi. Takrorlanish R yoki f simvoli bilan belgilanadi va bu ko‘rsatkich jami variantlar soni /n/ bilan mos kelishi kerak. Bizning misolimizda variantlar soni n-102 ga teng.
Misolimizdagi 102 bosh sigirlarning bir kunlik sut ko‘rsatkichlari uchun tuzilgan variatsion qator 2- jadvalda berilgan.

Yüklə 33,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin