10. Sdh tarmoqlarining bazaviy topologiyalari



Yüklə 28,55 Kb.
səhifə1/7
tarix07.01.2024
ölçüsü28,55 Kb.
#211304
  1   2   3   4   5   6   7
10. Sdh tarmoqlarining bazaviy topologiyalari-fayllar.org


10. Sdh tarmoqlarining bazaviy topologiyalari

.10. SDH tarmoqlarining bazaviy topologiyalari
SDH tarmoqlarini qurish bir necha bosqichlardan iborat bo’lib, loyixalash jarayonida har bir bosqichda texnik talablardan yuzaga kelgan turli funksional masalalar, muammolar yechiladi. Bu masalalarga, tarmoqning tuzilishini tanlash, tanlab olingan tarmoqning tuzilishiga qarab, tarmoq tugunlaridagi qurilmalarini aniqlash, tarmoqni boshqarish va sinxronizatsiya masalalari kiradi. Agar asosiy standart topologiyalar ma’lum bo’lsa, bu masalalarni juda oson echish mumkin. Shuning uchun SDH tarmoqlarida qo’llaniladigan bazaviy topologiyalar va ularning xususiyatlarini qarab chiqamiz.

1.10.1. “Nuqta – nuqta” topologiyasi
Ikkita A va V tugunlarni bog’lovchi tarmoq segmenti yoki “nuqta-nuqta” topologiyasi, SDHning bazaviy topologiyalari ichida eng soddasidir. Bu topologiya terminal multipleksorlar (TM) yordamida optik agregatlarning chiqish va kirish liniyalari va kanallarini zaxirasiz va zaxira asosida qurish imkonini beradi. Agar elektrik yoki optik agregatlarning chiqish yoki kirish kanalari ishdan chiqsa, yuz foizli 1+1 turidagi zaxirani qo’llagan holda bir necha millisekund ichida avtomatik tarzda zaxira kanaliga ulanishi mumkin.
Bu topologiya sodda bo’lishidan qat’iy nazar, yuqori tezlikka ega bo’lgan magistral liniyalarda keng miqyosda qo’llaniladi (masalan, raqamli telefon trafikalariga xizmat ko’rsatadigan okeanlararo magistral liniyalarida qo’llanilishi mumkin). Shuningdek bu topologiya yuqori ierarxiyadagi yangi SDH tezliklariga o’tishda, sinov uchun ham qo’llaniladi, (masalan, 622 Mbit/s (STM-4) dan 2.5 Gbit/s (STM-16) ga o’tish uchun yoki 2.5 Gbit/s (STM-16) dan 10 Gbit/s (STM-64) ga o’tishda). Xuddi shu topologiya radial xalqali topologiyaning bir qismi sifatida ham qo’llaniladi va “ketma-ket liniya zanjiri” topologiyasining asosini tashkil etadi, boshqa tomondan zaxirali “nuqta-nuqta” topologiyasini yoyilgan “xalqa” topologiyasi deb qarash mumkin.


Yüklə 28,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin