104-guruh talabasi Esonova Shahloxonning"kompyuterni boshqaruvchi dasturlar" mavzusida tayyorlagan taqdimoti.
Reja: Reja: 1.Kompyuterni boshqaruvchi dasturlar haqida. 2.Zamonaviy kompyuter va hisoblash majmuasi. 3.Dasturiy taminot.
Zamonaviy kompyuterlarning har birida quyidagi asosiy qismlar mavjud buladi:
Kompyuter dasturlari –kompyuter tushunadigan tilda yozilgan buyruq va kòrsatmalarning tartibli ketma-ketligidir. Kompyuter dasturlari òz navbatida: a)boshqarish dasturlari (operatsion sistemalar) b)matn bilan ishlash dasturlari c)rasm, chizmalar bilan ishlash dasturlari d)hisob-kitoblarni bajaruvchi dasturlar va boshqa xilma -xil dasturlardan iboratdir
Bunday dasturlarning to‘plami dasturiy ta’minot (ingl. Software, soft – yumshoq, ware – buyum) deb ataladi. Dasturiy ta’minotning asosiy qismi operatsion sistemadir. Operatsion sistema maxsus dasturlar to‘plami bo‘lib, kompyuterni boshqarish hamda kompyuter va odam o‘rtasida muloqot o‘rnatish vazifalarini bajaradi. Matn yaratish, rasm chizish, hisoblash, ma’lumot uzatish kabi vazifalar maxsus amaliy dasturlar yordamida amalga oshiriladi. Zamonaviy kompyuterlar uchun UNIX, LINUX, WINDOWS, MacOS kabi operatsion sistemalar yaratilgan.
Ana endi biz kompyuterni boshqaruvchi va uning ishlashi uchun kerak boladigan dasturlarning ayrimlariga ya'ni eng asosiylariga tòxtalib òtamiz:
1.Operatsion sistema. Aksariyat hollarda operatsion sistemaga ikki xil ta’rif berishadi:“Kompyuter qurilmalarini boshqaruvchi dasturlar majmui” va “Kompyuterdagi boshqa dasturlarni boshqaruvchi dasturlarmajmui”. Dasturiy ta’minotni asosiy tashkil etuvchisi hisoblanadigan operatsion sistema tushunchasiga to‘liq ta’rif berish qiyinChunki, bir tomondan, sistema so‘zi turli soha mutaxassislari tomonidan keng qo‘llaniladi va turlicha talqin qilinadi; operatsiya so‘zi esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjimada “amal” degan ma’noni anglatsa-da, uning tub mohiyatini bu birgina so‘z bilan aniq tavsiflab bo‘lmaydi. Ikkinchi tomondan, operatsion sistema faqatgina kompyuter qurilmalari va dasturlarini boshqaruvchi dasturlar majmui emas, balki unga boshqa talablar ham qo‘yilishi mumkin.
U holda foydalanuvchi operatsion sistemani qanday tushunishi kerak? Kompyuter ishga tushirilganda, odatda, uning qurilmalari bilan bir qatorda maxsus dastur ishga tushadi.Mazkur dastur foydalanuvchi bilan kompyuter orasidagi qulay interfeysli muloqotni ta’minlaydi va u operatsion sistema (qisqacha OS) deb yuritiladi.Odatda, operatsion sistema tashqi xotira – diskda joylashadiva shuning uchun disk operatsion sistemasi (qisqacha DOS) deb yuritiladi.Operatsion sistemani qiyosiy misol yordamida tushuntirishga harakat qilamiz. Kompyuter operatsion sistemasi ishini zamonaviy uyda istiqomat qiluvchining ayrim imtiyozlari bilan qiyoslash mumkin. Masalan, televizor ko‘rmoqchi bo‘lsangiz,quvvat tugmasini bosishingiz, suv tarmog‘idan suv olmoqchi bo‘lsangiz esa jo‘mrakni burashingiz yetarli
2. MS WORD - matnli va grafikli malumotlar ustida yuzdan ortiq operatsiyalarni bajaruvchi xamda matnli protsessorlar sinfiga kiruvchi eng takomillashgan amaliy dasturlardan biri hisoblanadi. MS WORD - yordamida ixtiyoriy korinishdagi xujjatni juda tez va yuqori sifatda tayorlash mumkin. Dasturning yana bir qulaylik tomoni shundan iboratki, unda bir nechta xujjatlar bilan, yani ularni qoshish, biridan ikkinchisiga kerakli joyni olib kochirish, matn oldiga tasvir tushirish, jadval tashkil qilish, turli shriftlar bilan ishlash, xarflarni istalgan shaklda yetarlicha katta formatda chop etish mumkin.
2reja.Hisoblash tizimi (kompyuter va tarmoqlar) tarkibi. Hisoblash tizimi tarkibi konfigurasiya deb ataladi. Odatda hisoblash texnikasining apparat va dasturiy vositalari alohida olib o’rganiladi. Shuning uchun ham mos ravishda hisoblash tizimlari apparat konfigurasiyasi va dasturiy konfigurasiyasi alohida olib o’rganiladi. Bunday bo’linish axborot texnologiyalari uchun muhim ahamiyatga egadir, chunki ko’p xollarda alohida olingan masala echimini ham apparat, ham dastur vositalari yordamida ta’minlash mumkin. Apparat ta’minoti. Hisoblash tizimlarining apparat ta’minoti tarkibiga, apparat konfigurasiyani tashkil etuvchi qurilma va asboblar kiradi. Zamonaviy kompyuter va hisoblash majmua (kompleks)lari blok-modulli konstruksiya (tuzilish)dan iborat.
3- reja.Dasturiy taʼminot yoki Software bu Komputerda maʼlum bir turdagi vazifani bajarish uchun ishlab chiqilgan vositadir. bu hisoblash texnikasi vositalari bilan ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va ulardan foydalanish uchun dasturiy va hujjatli vositalarni yig‘indisi tushuniladi. Aynan shu dasturiy taʼminotgina kompyuter — „quruq temir“ degan atamani yoʻqqa chiqargan. Dasturiy vositalar Komputer tomonidan qoʻllaniladigan barcha dasturlar toʻplamidir. Ingiliz tilida bu atama software yaʼni „soft“ — yumshoq, „ware“ — „mahsulot“ degan maʼnoni bildiradi.
Dasturiy taʼminot 3 guruhga boʻlinadi: 1-Sistema dasturlari (unga turli yordamchi vazifalarni bajaruvchi dasturlar kiradi: Task Manager (Windows OSda mavjut)), 2-Amaliy (unga foydalanuvchiga aniq bir foydalanish sohasida maʼlumotlarga ishlov berish va qayta ishlashni amalga oshiruvchi dasturlar, masalan : Microsoft Office, Adobe CC), 3-Uskunaviy dasturlar (bular dasturlassdir).