12- mavzu: gidravlik bog’lovchi moddalar. Portlandsement. Reja



Yüklə 40,64 Kb.
səhifə1/3
tarix25.12.2023
ölçüsü40,64 Kb.
#196689
  1   2   3

12- MAVZU: GIDRAVLIK BOG’LOVCHI MODDALAR. PORTLANDSEMENT.
Reja:

  1. Gidravlik ohak

  2. Romansement xom ashyosi, ishlab chiqarish texnologiyasi, xossalari va ishlatilishi.

  3. Portlandsement klinkerning mineral tarkibi. Sement tarlibi, xossalari. Markasi. Sementning karroziyasi, sababi, himoyalash.

Gidravlik ohak: Gidravlik ohak tarkibida 6-20% giltuproq bo‘lgan mergelli ohaktoshlari 900-1100 ℃ haroratda kuydirib olinadi. Mergelli ohaktoshlar kuydirilganda CaO dan tashqari kichik tartibli minerallar-2CaO.SiO2; CaO.Al2O3 va CaO.Fe2O3 hosil bo‘ladi. Bu minerallar ohakka gidravlilik xususiyatini, ya’ni nam va suvli sharoitda qotish imkoniyatini beradi.
Gidravlik ohak 7 sutka davomida havoda qotib, keyinchalik qotishini suvda davom ettiradi va mustahkamligi muttasil ortib boradi.
Gidravlik ohakning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi bo‘yicha markasi (28 sut) 2-10 MPa bo‘lishi mumkin.
Gidravlik ohak maydalab kukun holda yoki suvda so‘ndirilib ohak hamiri holatida ishlatiladi. U g‘isht terishda va suvoqchilikda ishlatiladigan oddiy va murakkab tarkibdagi qorishmalar, past markadagi betonlar tayyorlashda ishlatiladi. Gidravlik ohakni saqlashda, tashishda namlanishdan asrash kerak.
Gidravlik ohakka tarkibi va tayyorlanish texnologiyasi jihatidan juda yaqin bo‘lgan bog‘lovchilar asosidagi qorishmalar Samarqand, Xiva, Shaxrisabz, Buxoro kabi shaharlar arxitektura yodgorliklari g‘ishtlarini terishda, suvoqchilikda ishlatilgan.
Romansement
Romansement tarkibida 20% va undan ortiq miqdorda giltuproq bo‘lgan mergelli ohaktosh va magnezitlarni 900 ℃ haroratda kuydirib olinadi. Kuydirilganda hosil bo‘ladigan kichik tartibli kalsiyli silikatlar va alyuminatlar romansementga gidravlilik xususiyatini beradi. Xomashyo kuydirilganda romansement tarkibida ohak erkin holatda 2-3% miqdorgacha hosil bo‘lishi mumkin.
Romansement tarkibiga 3-5% gips va 10-15% opoka, diatomit, trepel, gliej singari aktiv mineral qo‘shimchalar kiritilishi uning gidravlilik xususiyatlarini yaxshilaydi.
Romansement 3 xil markada: 2,5; 5,0 va 10 (MPa) ishlab chiqariladi. U past markadagi qurilish qorishmalari va betonlari olishda ishlatiladi.

Yüklə 40,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin