18-вариант топширик Саволларга жавоб беринг



Yüklə 63,01 Kb.
səhifə1/9
tarix16.11.2022
ölçüsü63,01 Kb.
#69368
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
401AbdupattoxovaSh pedagogikmahorat


18-ВАРИАНТ

  1. Топширик

Саволларга жавоб беринг.



  1. Pеdаgоgik nаzоkаtning mоhiyati vа хususiyati?

Pedagogik nazokat pedagogik mahorat bilan birga yillar davomida ustozlar tajribasini o‘r-gangan holda va o‘z hayotiy hamda kasbiy faoliyati tajribalaridan kelib chiqib shakllantirilib boriladi. O‘qituvchining ma’naviy yetuklik darajasi, nazokat sirlarini o‘rganishda o‘quvchilar bilan muloqot qilish ko‘nikma va malakalarini egallashi, maxsus psixologik bilimlarga ega bo‘lishida, o‘z ustida tinimsiz mehnat qilishi natijasida erishiladi. Avvalo bu bilimlar o‘quvchilar yosh xususiyati psixologiyasini va bolalarning individual xarakterini bilish bilan bog‘liq.


Hozirgi kunda informatsion jarayonning jadal rivojlanishi o‘quvchi ruhiyatiga keskin ta’sir qiladi. Ularning psixologik xususiyatlarini, ruhiy holatini bir maromda ushlab turish uchun o‘qituvchidan kuchli iroda, muomala madaniyati va bosiqlik, pedagogik mahoratning keng imko-niyatlaridan foydalanish talab qilinadi. Yosh avlod tarbiyasida o‘qituvchi eng qiyin vaziyatlarda ham pedagogik nazokatning quyidagi holatlariga rioya qilishi va ushbu faoliyatga o‘zini moslashtirishi lozim:
 emotsional his-tuyg‘ular va kechinmalarda, stress va affekt holat-larida o‘zini boshqara olish qoidalariga rioya qilish;
 o‘zining xulq-atvor xususiyatlarini doimiy bir muvozanatda saqla-gan holda qo‘llash;
 bachkana qiliqlar, ortiqcha xatti-harakatlar, pedagogik etikaga to‘g‘ri kelmaydigan bema’ni so‘zlardan o‘zini qat’iy tiyish;
 o‘qituvchiga xos notiqlik san’ati sirlarini puxta egallash, o‘quvchi shaxsiga og‘ir ta’sir etadigan, uning ruhiyatini jarohatlaydigan iboralarni ishlatmaslik, muomalada, jazo metodlaridan foydalanishda qo‘pol va dag‘al so‘zlar qo‘llamaslik;
 dars jarayonida hissiy, aqliy bilim berishda belgilangan muayyan psixologik va fiziologik me’yorlarga asoslanish, manmanlikka yo‘l qo‘y-maslik, o‘z holatidan boshqa holatga o‘tishdan saqlanish;
 o‘qituvchilar jamoasi va o‘quvchilar bilan, ota-onalar hamda nota-nish kishilar bilan munosabatda kommunikativ qobiliyatning rasmiy va qat’iy muomala hamda ishbilarmonlik uslublariga asoslanish.
Axloq asoslarini bilish, xatti-harakatlarda axloqiy ma’noni kasb etti-rish ham katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga o‘quvchi ruhiyatiga ijo-biy-tarbiyaviy ta’sir etish yo‘llarini bilish o‘qituvchilarning kundalik faoliyatiga aylanishi lozim:
- o‘quvchilarni chin ko‘ngildan sevish, o‘z muhabbatini o‘zaro mu-nosabatda ko‘rsata olish;
- o‘quvchilar xulqi va ruhiyatidagi yashirin ichki tuyg‘ularni ang-lashga harakat qilish, ko‘rish va kuzatish;
- sinf jamoasidagi har qanday sharoit va muhitga moslashish;
- sinf jamoasi bilan o‘zaro hamkorlikni ta’lim-tarbiyaviy maqsadga muvofiq yo‘lini tanlash;
- o‘quvchilar bilan norasmiy suhbatlarda o‘z ichki hissiyotini sez-dirmaslik, aksincha ular ishonchini qozonish.
Pedagogik nazokatning asosiy xususiyati shundan iboratki, o‘qi-tuvchiga muloqotni ijobiy hissiyotlar asosida qurishga, o‘quvchilar bilan psixologik kontaktga kirishish uslublarini saqlashga yordam beradi. Pedagogik nazokatning quyidagi xususiyatlari hozirgi kunda muvaf-faqiyat poydevori hisoblanadi:
 o‘qituvchi pedagogik nazokat talablariga amal qilib, o‘zida mulo-qotning erkin demokratik asosini shakllantiradi;
 sinf jamoasida ongli intizomni vujudga keltiradi; o‘quvchilar bilan haqiqiy muloqot madaniyatiga erishadi;
 o‘qituvchi sinfda yakka (avtoritar) hukmronlikdan, erkin mulo-qotga o‘tib, demokratik prinsiplar asosida pedagogik faoliyatga kirishish shaklini qo‘llaydi;
 o‘quvchilarni ongli ravishda tartib-intizomga muloqot asosida o‘rgatadi.
Pedagogik nazokat asosida o‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqotda qarama-qarshilikka yo‘l qo‘ymasligi o‘zaro munosabatni to‘g‘ri tashkil etishga yordam beradi. Bizga ma’lumki, o‘qituvchining fikr-mulohazalarida nisbiylik va subyektivlik alomatlari ham mavjud. U hammaga birdek, to‘g‘ri munosabatda bo‘la olmasligi tabiiy holdir, lekin u mohiyatan barcha o‘quvchilarga holis niyatli, yaxshilik qilishga intiluvchi, adolatli kishi ekanligiga ishonch uyg‘otishi kerak. Bu holat pedagogik nazokatning muhim xususiyatlaridan biridir.
O’qituvchi odobining asosiy sifatlari umuminsoniy va milliy axloqiy fazilatlar tushunchalariga mos keladi. Ularni pedagogik faoliyat bilan bog’liq tarzda bir kadar oydinlashtiradi. Insonparvarlik, vatanparvarlik, milliy gurur, adolat, yaxshilik qilish, burch, kadr – kimmat, mas‘uliyat, vijdon, xalollik, rostguylik, poklik, talabchanlik kabi axloqiy fazilatlar o’qituvchi odobida pedagoglik faoliyati bilan bog’liq ravishda taxlil kilinadi.
O’qituvchilik sha‘ni, kadr – kimmati, o’qituvchilik mas‘uliyati, o’qituvchilik vijdoni, talabchan va adolatli bo’lish, o’qituvchining ma‘naviy kiyofasi, xalolligi, pokligi, rostguyligi o’qituvchi axloq – odobining asosiy tamoyillari xisoblanadi. Bu tamoyillarni puxta o’zlashtirish bulajak o’qituvchi uchun katta ahamiyat kasb etadi.
Yaxshilik qilish - ijobiy axloqiy fazilat bo’lib, xulqiy sifatlarini inson faoliyati yoki biror xatti – harakatiga ijobiy munosabatning yigindisini aks ettiradi.
O’qituvchi odobida yaxshilik fazilatiga pedagogik faoliyat bilan bog’liq holda o’quvchilar jamoasi manfaatlarining birligi, muallim va o’quvchi maksadining birligi, ta‘lim – tarbiyaning samarasi uchun ko’rashning birligi aks etadi. Yaxshilik fazilati muallimning ham, o’quvchilarning ham, ota – onalarning ham yaxshi niyatli, xayrixox, mehribon bo’lishini takozo etadi. Yaxshilik qaror topishi uchun pedagogik jarayonda yomonlikka murosasiz bo’lish, yaxshi istak bilan muomalada bo’lish, yaxshi kilik, yaxshi harakatlarning birligi zarurdir.
O’qituvchi burchi - burchda shaxsning jamiyatga bo’lgan munosabati namoyon bo’ladi. O’z burchiga sodiklik har bir kishiga obru, shon – sharaf keltiradi. Kishining o’z burchiga sodikligi jamiyatga, Vatanga, mexnatga, oilaga, farzandlariga bo’lgan munosabatida bilinadi.
O’qituvchi yosh avlodga ta‘lim – tarbiya berish soxasidagi o’z burchini zurlik tufayli yuklatilgan majburiyat emas, balki o’z xayotining ma‘nosi, ishonch, vijdon da‘vati deb xisoblaydi.
O’qituvchi burchi akl bilan xissiyotning birligidan iborat. Muallim kasbiga nisbatan kuyiladigan talablarning moxiyati va mazmunini bilsa, uning shaxs va jamiyat uchun muximligini anglasa, bu vazifalarni bajarish uchun zarur fazilatlarni tarbiyalash yullarini belgilab olsa, shundagina unda kasbiy burch shakllana boshlaydi.
Pedagogik vaziyatlar tez-tez o’zgarib turadigan sharoitda o’qituvchining vazifasi ro’y bergan vaziyatda tez mo’ljal olib, unga to’g’ri baho bera bilish, zarur tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan to’g’ri qarorga kelishdan iboratdir. Agar o’qituvchi bolalarining xatti-harakatlarini to’g’ri idrok etib, baho bera bilsa, ularni vujudga keltirgan sabablarini chuqur ko’ra olsagina, shu bilan birga o’zida sabot, o’zini tuta bilish, sabr-toqat, sezgirlik kabi fe’l-atvor xususiyatlarini rivojlantira olsagina, yuqoridagi vazifaga erishishi mumkin.
Bu pedagogik nazokatga rioya qilishning zarur shartidir. Nazokat me’yor tuyg’usi yoki odob qoidalariga rioya qilishni bildiradi. Pedagogik nazokat me’yor tuyg’usi va o’z o’quvchilari to’g’ri munosabatga amal qilishdir. Pedagogik nazokatning psixologik asoslari deb bir qolipdagi fikrlar (barqaror tasavvurlar), ijtimoiy yo’l-yo’riqlar va shaxsiy hislatlarning jamini aytish mumkin, ular o’qituvchining o’quvchilar bilan munosabatlari dialog (muloqot) tarzida bo’lishi lozimligini tushunishi muhimdir. Agar o’qituvchiga o’quvchilar bilan munosabatlarning ishonch asosiga qurilishiga erishishga yo’l-yo’riq bo’lsagina bunday muloqot ro’y beradi. Tarbiya tajribasida bunday yo’l-yo’riqni amalga oshirish qiyin ishdir, lekin unga butunlay erishish mumkin. Pedagogda bolalar bilan o’zaro ishonch va do’stlik munosabatlari vujudga kelgandagina bunga erishish mumkin. Bunga shuning uchun ham erishish mumkinki, bolalardagi katta yoshdagi do’stga ega bo’lish va u bilan muomala qilishga qat’iy ehtiyoj mavjud bo’ladi
Mahorat so’zining lug’aviy ma’nosi haqida gapiradagan bo’lsak – bu ma’lum ishni a’lo darajada bajarmoqdir. Mutaxassis - murabbiy mahorati deganda esa chuqur bilimli, talabalar ruhiyatini yaxshi biladigan, o’qituvchilikning g’ururi, yuqori darajada bo’lgan insonlar faoliyati tushuniladi. Aslida bizning kasbda mayda ish yo’q. Har bir harakatimiz katta ahamiyatga ega.
Bola eng toza, eng nafis va eng buyuk mavjudotdir. Shuning uchun hali u, bu yoshda gunoh qilishga ulgurmagan bo’ladi. Hamma narsaga hayrat va hayajon bilan boqadi. U kattalarni juda aqlli, ishonchli, ibratli deb biladi. Bola-rostu yolg’oningizga chippa-chin ishonadi.
Bola shuning uchun ham nafiski, u hali aldovga yo’liqmagan, zarbaga duchor bo’lmagan-bir aldov uning ming ishonchini poymol qilishi, bir zarba uning murg’ak dunyoqarashini alg’ov-dalg’ov qilib yuborishi mumkin.
Ayting, ruhiyatning bolalikda shakllanadigan poydevoriga darz ketmasin!
Hayoldagi qalban nogiron odamlar kattalarning talabalar ko’nglini asrab-avaylab olmaganining natijasidir. Talabalarning buyukligi shundaki, ular er kurrasining ertangi sohiblari, kelajak tarihini bituvchilaridir.
Aytingchi, shunday toza, nafis va buyuk zot qoshiga qanday qilib taraddudsiz, shunchaki ro’baro’y kelib bo’ladi? Bu bokira olamga bo’ynida la’nat, ko’nglida loqaydlik bilan kirish gunohi azim-ku! Bir noqobil shifokor umriga kushanda bo’lishi, no’noq muhandis muhim mehanizmni ishdan chiqarishi mumkin. Noqobil muallim esa har gal o’ttiz nafar bolaning ma’naviy dunyosini qorong’i qilib chiqaveradi.
Haqiqatdan ham hayotda turli hil murabbiylarni uchratamiz. Ba’zilari talabalarni joni dilidan ortiq sevadi, biroq bilimi sayoz, ba’zilari chuqur bilimga ega bo’lsada talabalar bilan muomala qilishni bilmaydi, ba’zilari o’rta miyona. Sanasangiz nuqsonlar ko’payaveradi. Ho’sh, pedagogik mahorat nima o’zi? U hammada ham bormi? Albatta, mahoratni hammada shakllantirish mumkin. Buning uchun avvalambor sabr - bardosh, qunt bilan o’qish, o’z ustida ishlash, talabalarning ruhiyatini, ularning rivojlanish xususiyatlarini chuqur o’rganib, tahlil qila olish va yana eng asosiy narsalar talabalarga mehr va o’qituvchining o’zida pedagogik g’urur mujassam bo’lmog’i lozim.
Demak, pedagogik mahorat bu-o’qituvchining kasbiy faoliyati jarayonida shaxs sifatidagi xususiyatlarini yuqori darajada tashkil qila olish mahoratidir.
Mutaxassis - murabbiyning mahorati bir qator komponentlardan tarkib topadi.
U pedagogika va psixologiya bo’yicha ilmiy bilimlarni, ya’ni kasbiy bilimlar, kasbiy qobiliyat, pedagogik etika va pedagogik texnikani o’z ichiga oladi.
O’qituvchilar mehnat faoliyati jarayonida o’z ishlarining chinakam ustalariga aylanadilar. O’qituvchilar bilan bo’lgan suhbatlaridan birida: “…. men o’zimni bir oz bo’lsada, talantli pedagog deb hisoblamaganman va hisoblamayman ham Ammo men ko’p ishladim, o’zimni ishga qobiliyatli deb hisobladim va hisoblayman, men ana shu mahoratni egallashga harakat qildim, dastlab, hatto ishlaganim ham yo’q, ha shunday mahorat bormi yoki pedagogik talanti deb aytilishi lozim bo’lgan narsa haqida gapirish kerakmi, deb o’ylayman. Ammo biz talantlarning tasodifiy taqsimlanishiga bog’lasak bo’ladimi? Bizda bunday juda talantli tarbiyachilar qani? Mahorat haqida, ya’ni tarbiyaviy jarayonni chindan ham bilish to’g’risidagina, tarbiyalash o’quvi haqidagina gapirish lozim. Men o’z tajribamda masalani ko’nikma va malakaga asoslangan mahorat hal qiladi, degan xulosaga keldim», deb ta’kidlagandi bir adib. Sog’lom fikr yurituvchi har bir kishi mahoratli tarbiyachi bo’la oladi, mahoratga tajriba hamda fikr yuritish orqali erishiladi, deb ishongandi. Mutaxassis - murabbiylik mahorati – bu avvalo o’qituvchiga pedagogik vaziyatni ta’lim tizimi oldida turgan siyosiy va pedagogik vaziyatlarga muvofiq tarzda hal etish imkonini beradigan kasbiy bilim, ko’nikma va malakalarni egallashdir. Mutaxassis - murabbiylik mahoratining nazariy asosi kasbga oid bilimlardir. Tarbiyaning birinchi galdagi vazifalarini konkret aniqlab, yuzaga kelgan pedagogik vaziyatda pedagogik bilimlarni qo’llashni, tarbiyaviy ishda maqsadga qat’iy va zo’r g’ayrat bilan intilish talab qilinadi. Bu nimaga erishmoqchi bo’lganimizni bilishimiz va buni hech qachon unutmasligimiz kerak. Ammo, pedagogika, psixologiyaga doir bilimlar konkret tarbiyaviy momentlarda yuzaga keladigan barcha vazifalarga tayyor javoblar berolmaydi. Mutaxassis - murabbiyning faoliyati - ijodiy faoliyati va aynan bilimlarini ijodiy qo’llash, mohir - pedagogning o’ziga hos xususiyatini ko’rsatib turadi.

Yüklə 63,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin