2- ma’ruza: Atom emissiya spektrometriyasi. Atomlanish va qo'zg'alish manbalari. Sifat va miqdoriy tahlil



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə1/10
tarix15.02.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#84460
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-маъруза АОУ.


2- Ma’ruza:
Atom emissiya spektrometriyasi. Atomlanish va qo'zg'alish manbalari.Sifat va miqdoriy tahlil.
Atom spektroskopiyasi usullari atomlarning valent (2.1a,b - rasm) yoki ichki (2.1v,g - rasm) elektronlarini bir holatdan boshqa holatga o’tishiga asoslangan. Ba’zi hollarda bunday o’tishlar atom tomonidan bitta yoki bir nechta elektronlarni chiqarish (ionlashtirish) bilan bog’liq. Shuning uchun, atom spektroskopiyasi usullarida atom tomonidan chiqarilayotgan yoki yutilayotgan elektromagnit nurlarni ya’ni fotonlarni, ularning energiyasi (to’lqin uzunligi, chastotasi) bo’yicha taqsimlanishini qayd qilish mumkin.

2.1-rasm. Spektroskopik usullar asosida yotgan jarayonlarning sxemasi:
a-atom-emission; b-atom-flyuoressent; v-g-rentgent-emission analiz.

Elektromagnit nurlar to’lqin uzunligining ishlatiladigan oralig’iga va tegishli o’tishlarning tabiatiga qarab atom spektroskopiyasi usullari optik va rentgen spektroskopiyalariga bo’linadi. Optik spektroskopiya usullarida elektromagnit nurlanishning ultrabinafsha (UB) va ko’zga ko’rinuvchi nurlar sohalari ishlatiladi. U valent elektronlar energiyasining o’zgarishiga mos keladi. Erkin atomlar va molekulalar uchun valent elektronlar sathlarining tuzilishi mutlaqo har xil bo’lganligi uchun atomlarning optik spektrlarini olish uchun namunani oldin atomlashtirish ya’ni, uni bug’ (gaz) ko’rinishidagi atom holatiga o’tkazish kerak. Bu ish atomga aylantirgichlar (atomlashtirgich) ya’ni har xil tuzilishga ega bo’lgan yuqori temperatura manbalari orqali amalga oshiriladi.


Valent elektronlarning o’tishlari bo’sh elektron orbitallarning ishtirokida amalga oshiriladi. Modda bilan optik oraliqqa to’g’ri keluvchi nurlarning o’zaro ta’siri natijasida odatda, atomlar ionga aylanmaydi. Shuning uchun, optik oraliq uchun faqat elektromagnit nurlanish spektroskopiyasi usullari xarakterlidir. Ularga atom emissiya (chiqarish), yutilish va lyuminessensiya usullari kiradi.
Optik emissiya usullarida chiqarilayotgan nurlarning spektrini olish uchun atomlarni oldindan qo’zg’algan holatga o’tkazish kerak. Bu maqsadlar uchun qo’zg’atish manbalari deb ataluvchi qurilmalar, yuqori temperaturali manbalar (optik usullar uchun), va elektromagnit nurlar xizmat qiladi.
Atomlarni qo’zg’atish, yuqori temperatura ta’sirida bo’ladigan emissiya optik usullariga atom-emissiya spektroskopiya usullari deyiladi. Bu usullarda moddani atomlarga aylantirish va ularni qo’zg’atish uchun bitta qurilma, qo’zg’atish manbai ishlatiladi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin