2-Amaliy ishi: Microsoft Access ma'lumotlar bazasida sql so’rovlari bilan ishlash



Yüklə 388,21 Kb.
səhifə1/8
tarix18.09.2023
ölçüsü388,21 Kb.
#145124
  1   2   3   4   5   6   7   8
2-Amaliy ishi Microsoft Access ma\'lumotlar bazasida sql so’rovl


2-Amaliy ishi: Microsoft Access ma'lumotlar bazasida SQL so’rovlari bilan ishlash (1-Amaliy ish davomi)
Ushbu amiliy ishida har bir talaba Microsoft Access dasturida quyidagi mavzular asosida jadvallar yaratadi va yaratilgan jadval asosida SQL ning kengaytirilgan filterlash, bo'sh yozuvlarni tanlash, regulyar ifodalar, ma'lumotlarni qayta ishlash buyruqlariga doir amallar bajarishadi:
1. Magazin tavarlari;
2. Avtosalon;
3. Dorixona;
4. Kutubxona;
5. Dunyo mamlakatlari;
6. O’zbekiston viloyatlari mumuriy va hududiy tuzilishi;
7. Talabalar;
8. Kompyuterlar olami;
9. Androidlar;
10. Hayvonot olami;
11. O’quv markazi;
12. Dars jadvali;
Bunda talabalar jurnaldagi tartib raqami asosida mavzu tanlashadi (13 – talabadan boshlab talabalar yana qaytadan 1 – raqamdan boshlashadi) va bajargan amaliy ishi asosida hisobot tayyorlashadi.

Amaliy ishni bajarish uchun namuna
1. Qiymatlar oralig'i bo'yicha filtrlash (BETWEEN)
BETWEEN operatori ma'lum diapazondagi ma'lumotlarni tanlash uchun ishlatiladi. Keyingi so'rovda Guruh maydonida 202 dan 302 gacha bo'lgan barcha qiymatlar tanlanadi.
SELECT Familiya, Ism, Yunalish, Murabbiy, Guruh 
FROM Talabalar 
WHERE Guruh BETWEEN 202 AND 302



2. Bo'sh yozuvlarni tanlash (IS NULL)
SQL-da bo'sh yozuvlarni olish uchun maxsus operator mavjud (NULL deb nomlanadi). Jadvalda biron bir belgi bo'lmagan har qanday yacheyka bo'sh yozuv deb hisoblanadi. Agar yacheyka 0 yoki bo'sh joy kiritilgan bo'lsa ham, maydon to'ldirilgan hisoblanadi.
SELECT Id, Familiya, Ism, Yunalish, Tugilgan_tuman, Murabbiy, Guruh
FROM Talabalar 
WHERE Tugilgan_tuman IS NULL

3. Kengaytirilgan filtrlash (AND, OR)
SQL tili bitta shart bilan filtrlash bilan chegaralanmaydi. Ma'lumotlarni bir vaqtning o'zida ko'plab mezonlarga ko'ra tanlash uchun juda murakkab shartlardan foydalanish mumkin. Buning uchun SQL-da WHERE operatorining imkoniyatlarini kengaytiradigan qo'shimcha operatorlar mavjud. Ushbu operatorlar: AND, OR, IN, NOT. Bu operatorlarning ishlashiga doir bir nechta misollar qaraymiz.

Yüklə 388,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin