2-bob. Tadbirkorlik huquqi subyektlari



Yüklə 36,92 Kb.
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü36,92 Kb.
#201638
  1   2   3
2-Mavzu Tadbir(Biznes)huquqi sub\'ektlari Word


2-BOB. TADBIRKORLIK HUQUQI SUBYEKTLARI
1.Tadbirkorlik huquqi subyektlari tushunchasi, belgilari va tasnifi.
2.Tadbirkorlik huquqi subyektlari faoliyatini tashkil qilish, davlat
ro’yxatidan o’tkazish va tugatish.
3.Yakka tartibdagi tadbirkor tadbirkorlik huquqining subyekti sifatida.
4. Tadbirkorlik huquqining subyekti sifatida davlat.
Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar
Bobni o’zlashtirish uchun testlar
1.Tadbirkorlik huquqi subyektlari tushunchasi, belgilari va tasnifi.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari tushunchasi va maqomini aniqlash uchun avvalambor “huquq subyekti” va “fuqarolik huquqi subyekti” tushunchalarining mohiyatini chuqur anglab olish lozim bo’ladi. Huquq subyekti keng huquqiy kategoriya hisoblanib, uning tarkibiga amaldagi qonun hujjatlariga binoan huquq va majburiyatlarga ega bo’lgan ijtimoiy munosabatlarning barcha ishtirokchilari kiradi. O’z navbatida har bir huquq tarmoining o’z subyektlari (davlat huquqida – saylovchilar va saylanuvchilar, mehnat huquqida - ish beruvchi va xodim, moliya huquqida - soliq to’lovchi va soliq organi hamda boshqalar) bo’lganidek, tadbirkorlik huquqining ham o’z subyektlari bor.
Fuqarolik huquqining barcha subyektlari yagona “shaxslar” degan umumiy nom bilan ifodalanadi. “Shaxslar” ham o’z navbatida uch guruhga bo’linadi: birinchisi, fuqarolar (jismoniy shaxslar) bo’lib, ular O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo’lmagan shaxslar; ikkinchisi, yuridik shaxslar bo’lib, ular foyda olishni o’z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan (tijoratchi tashkilot) yoki foyda olishni ana shunday maqsad qilib olmagan tashkilot (tijoratchi bo’lmagan tashkilotlar) hisoblanadi. Ular O’zbekiston Respublikasi, chet el yoki aralash (qo’shma) korxonalar shaklida bo’lishi mumkin; uchinchisi, davlat bo’lib, u alohida subyekt sifatida bevosita o’z nomidan, shuningdek uning nomidan ma’muriy hududiy tuzilmalar yoki davlat organlari ishtirok etishlari mumkin. (O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 2-bo’lim)

Yüklə 36,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin