Mavzu: MS Excelda jadvallar tayyorlash va hisoblashlarni amalga oshirishi.
Ishning maqsadi: talabalarga MS Excel dasturi haqida tushuncha berish, unda jadvallar yaratish va hisoblashlashlarni avtomatlashtirish ko’nikmalarini shakllantirish.
Nazariy qism: Microsoft Excel elektron jadvali turli xil jadvallar yaratish, ularda xisob-kitob ishlarini amalga oshirish, diagrammalar yaratish, ularning ko`rinishini boshqarish va boshqa ishlarni bajarish mumkin. Bu dasturni ishga tushirish uchun shu dastur piktogrammasida sichkoncha chap tugmasini ikki marta tez bosish ( tugmasi) , dastur faylini ishga tushirish yoki Пуск bosh menyusidagi Всепрограммы bandidagi Microsoft Office bandidan Microsoft Excel 2007 buyrugini tanlash orqali ishga tushirish mumkin.
Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b.
Zamonaviy komp`yuterlarning dasturiy ta`minotining tarkibiy qismiga kiruvchi MICROSOFT OFFICE paketidagi asosiy vositalardan biri jadval prosessori deb ataluvchi EXCEL dasturidir. EXCEL WINDOWS operasion qobig’i boshqaruvida elektron jadvallarni tayyorlash va ularga ishlov berishga mo’ljallangan.
Elektron jadvallar asosan iktisodiy masalalarni yechishga mo’ljallangan bo’lsa-da, uning tarkibiga kiruvchi vositalar boshqa soxaga tegishli masalalarni yechishga xam, masalan, formulalar bo’yicha xisoblash ishlarini olib borish, grafik va diagrammalar ko’rishga xam katta yordam beradi. Shuning uchun EXCEL dasturini o’rganish muhim axamiyat kasb etadi va xar bir foydalanuvchidan EXCEL bilan ishlay olish kunikmasiga ega bo’lish talab etiladi.
Inson uz ish faoliyati davomida ko’pincha biror kerakli ma`lumot olish uchun bir xil, zerikarli, ba`zida esa, murakkab bo’lgan ishlarini bajarishga majbur bo’ladi. MICROSOFT EXCEL dasturi mana shu ishlarni osonlashtirish va kizikarli qilish maqsadida ishlab chiqilgandir.
MICROSOFT EXCEL elektron jadvali xisoblash vositasi sifatida karalib, iktisodiy va moliyaviy masalalarni yechishda yordam beribgina kolmay, balki xar kungi xarid qilinadigan ozik-ovkatlar, uy-ruzKor buyumlari hamda bankdagi xisob raqamlari xisob-kitobini olib borishda xam yordam beruvchi tayyor dasturdir.