2-Mavzu: Biosfera va unung vazifalari Reja



Yüklə 39,36 Kb.
səhifə1/2
tarix05.12.2023
ölçüsü39,36 Kb.
#173482
  1   2
2-Mavzu Biosfera va unung vazifalari Reja-hozir.org


2-Mavzu: Biosfera va unung vazifalari Reja


17
2-Mavzu: Biosfera va unung vazifalari 


Reja: 
1. Biosfera haqida tushuncha va ining chegaralari
2. Biosferaning tarkibi va funksiyalari.
3.V.I. Vernanskiyning biosfera haqidagi ta’limoti
Tayanch atama va iboralar 
Ekologiya qonunlari, ekologik ta’lim va tarbiya, populyasiya, hadis, dorivor 
o’simliklar,tabiiy zahiralar, tabiatni muhofaza qilish, ekologik me’yorlar, qoidalar va 
standartlar, ekologik huquqiy javobgarlik, ekologik ekspertiza, intizomiy jazo, 
ma’muriy javobgarlik, jismoniy javobgarlik, moddiy javobgarlik, chirindi (gumus), 
nisbiy namlik, tuproq zichligi, eroz iya, urbanizasiya jarayoni. 
Biosfera
– tirik mavjudotlar tarqalgan yer qobig‘idir. Uning tarkibi, tuzilishi va
energetikasi tirik organizmlar faoliyati majmuasi bilan belgilanadi. Biosfera
o‘zida tirik va notirik komponentlarni birlashtiradi hamda bir butunlikni tashkil etadi.
Biosfera to‘g‘risidagi ta’limotni akademik V.I.Vernadskiy yanada rivojlantirgan.
Umuman, biosfera tushunchasi ikki xil ma’noda ta’riflangan. Birida biosfera
Yerdagi barcha tirik organizmlarning majmuasi tarzida tushunilgan. V.I.Vernadskiy
esa tirik va notirik tizimlarning o‘zaro ta’sirini o‘rganib, biosfera tushunchasini yangi
ma’noda anglaydi. U biosferani tirik va notirik tabiatning birlik sohasi tarzida
tushunadi.
Olimning biosfera tushunchasini bunday talqin qilishi Yerda hayotning paydo
bo‘lishi muammosiga bo‘lgan qarashlarini ifodalaydi. U bir necha variantlardan iborat:
1) hayot yer paydo bo‘lgunga qadar yuzaga kelgan va uni butunlay qamrab olgan;
2) hayot yer paydo bo‘lgandan keyin yuzaga kelgan;
3) hayot Yerning shakllanishi jarayonida yuzaga kelgan.
V.I.Vernadskiy uchinchi variantni ma’qullagan va bizning planetamizda
qachonlardir hayot izlari yoki tiriklik namunasi bo‘lmagani haqida ishonchli ilmiy dalil
yo‘qligini e’tirof etgan. Boshqacha aytganda, uning nazarida biosfera Yerda hamisha
bo‘lgan. Shunday qilib,olim biosfera deganda Yerning nozik qobig‘ini tushungan.
Undagi barcha jarayonlar tirik organizmlarning bevosita ta’sirida kechadi. Biosfera



18
uzoq tarixiy davrlardan boshlab doimo rivojlanishdadir. U planetamizdagi hayot


qobig‘ini, tirik organizmlarning o‘zaro chambarchas aloqa va munosabatlaridan iborat
murakkab ekologik tizimlar majmuini tashkil etadi.
Atmosferada hayotning eng yuqori chegarasi 16-20 km balandlikdagi yupqa ozon
qatlami bilan belgilanadi. Okeanlarning ham deyarli barcha qismida hayot
mavjuddir. Yerning qattiq qismida hayot 3 km va hatto undan ham chuqurroqqa kirib
borgan (neft konlaridagi bakteriyalar).
Atmosferada kislorodga Quyoshning ultrabinafsha nurlari ta’sirida ozon gazi
hosil bo‘ladi. Ozon kislorodning uch atomi birikmasidan iborat. Ozonni ilk bor 1785
yilda gollandiyalik fizik Van-Marum havo orqali elektr uchqunlari o‘tkazilganda
o‘ziga xos hid paydo bo‘lishi va oksidlovchi xossaga ega bo‘lishini topgan. Ozonning
xossalari kislorodnikidan keskin farq qiladi.
Ozon havoda juda oz miqdorda bo‘ladi. Yer yuzasidan uzoqlashgan sayin ozon
miqdori ortib boradi va 20-25 km balandlikda maksimumga yetadi. Oksidlovchi,
dezinfeksiyalovchi va bakteriyalarni o‘ldiruvchi xossalarga ega bo‘lganligi uchun
ichimlik suvini tozalashda, oziq-ovqat sanoatida, oksidlovchi sifatida yog‘ va qog‘ozni
oqartirishda ham ishlatiladi. Ozonning havodagi konsentratsiyasi 5-10 %dan
oshmasligi kerak, chunki ozon is gazi CO ga nisbatan ham zaharlidir.
Mezosfera va stratosferadagi atomar kislorod molekula holdagi kislorod bilan
to‘qnashib, ozonni hosil qiladi, to‘lqin uzunligi 200-300 nm bo‘lgan fotonlarni
yutadi. Bu juda muhim. Agar stratosferada ozon qatlami bo‘lmasa, yuqori energiyaga
ega bo‘lgan qisqa to‘lqinli fotonlar Yer sathiga yetib qolar, undagi o‘simlik va
hayvonlar bunday yuqori energiyali nurga bardosh berolmagan bo‘lar edi. “Ozon
qalqoni” Yerda hayotni saqlab qolishda muhim rol o‘ynaydi. Lekin tovushdan tez
uchadigan samolyotlarning ichki yonish dvigatellaridan chiqadigan yuqori harorat
atmosferadagi kislorod bilan azotning reaksiyaga kirishiga sabab bo‘ladi, “Ozon
qalqoni”ga salbiy ta’sir etishiga olib keladi. Sovitkichlar, purkovchi gaz
balonchalaridan chiqadigan xlorftometan ham xuddi shunday ta’sirga ega. “Ozon
teshigi” iborasi shular tufayli kelib chiqqan.



19
Ozon teshigi, ozon tuynugi – Yer atmosferasining ozon qatlamidagi uzilish.


Dastavval,1985 yilda Antraktida ustida, keyinchalik Avstraliya tomon siljiyotgani,
1992 yilda esa Arktikaustida kuzatilgan. Ozon teshigi taxminlarga ko‘ra, antropogen
ta’sirlar, shu jumladan ozon qatlamini yemiruvchi xlorli sovitkichlarni sanoat va
turmushda ko‘plab miqdorda ishlatish natijasida ro‘yobga chiqqan. Quyoshning
ultrabinafsha nurlanishi ozon qatlamida yutilgani uchun tirik organizmlarga xavfli
bo‘lgan nurlanish Yer sirtiga yetib kelmaydi. Ozon qatlamini muhofaza qilish
to‘g‘risida Vena konvensiyasi, Monreal protokoli qabul qilingan. Bu hujjatlarda xlorli
sovitkichlar va dezodorantlardan voz kechish zarurligi qayd etilgan.
Yer sirtidan 10-50 km balandlikda joylashgan ozonli atmosfera qatlami
ozonosferani tashkil etadi. Ozon 20-25 km balandlikdagi ozonosferada eng ko‘p
to‘planadi. Ozonosferada ozonning hosil bo‘lishi va uning balandlik bo‘yicha
tarqalishini fotokimyoviy nazariya tadqiq qiladi. Ozon Quyosh radiatsiyasini kuchli
yutadi, shuning uchun Quyosh radiatsiyasining biologik jihatdan ancha faol qismi Yer
sirtiga yetib kelmaydi. Radiatsiyani yutishi natijasida ozonosfera qatlamida
temperatura ancha ko‘tariladi. Ozonosferadagi ozonni tekshirish uchun optik
asboblardan foydalaniladi. Ozonosfera ma’lumotlari Quyosh radiatsiyasining Yer
atmosferasida yutilish tabiatni o‘rganishda juda muhim.
Biosferani tarkibi, energetikasi tirik organizmlar faoliyati bilan chambarchas
bog‘langan. Biosferaga Yerning faqat hozirgi hayot tarqalgan ustki qismigina emas,
balki boshqa geosferalarning tirik modda kirib boradigan hamda uning faoliyati
ta’sirida qachonlardir qaytadan o‘zgargan qismlari ham kiradi. Shu sababdan biosfera
tirik organizmlarning faqat hozirgi yashash muhitini emas, balki qadimgi muhitni ham
o‘z ichiga oladi. Turli ma’lumotlarga ko‘ra, Yerda 2,5 mln. turga yaqin tirik
organizmlar tarqalgan.
Shundan faqat 1/5 qismini o‘simliklar tashkil qiladi. Hayvonlar orasida turlar soni
jihatdan bo‘g‘imoyoqlilar birinchi, mollyuskalar ikkinchi, xordalilar uchinchi o‘rinda
turadi. Shu sababdan o‘simliklar va hayvonot dunyosini ta’riflashda biomassa va
biologik mahsuldorlik tushunchalaridan foydalaniladi. Tarkibi jihatidan biosfera
moddasi tirik (organizmlar), biogen (tirik organizmlar barpo etgan mahsulotlar),



20
biokos (biologik va anorganik jarayonlarning birgalikdagi ta’siri natijasida ham hosil


bo‘lgan) va kos (anorganik) moddalarga bo‘linadi.
Bir turga mansub individlar, turlar guruhlari yoki jamoasining o‘zi yashab turgan
muhit yuzasi yoki hajmi birligiga mos keladigan umumiy massasi biomassa deb
aytiladi. Biomassa ko‘pincha ho‘l yoki quruq modda massasi va boshqalarda
ifodalanadi. O‘simliklar biomassasi fitomassa, hayvonlar biomassasi zoomassa
deyiladi. Biosferadagi tirik organizmlarningumumiy biomassasi quruq modda hisobida
1,8
,
10
12
t dan 2,4
.
10
12
t gacha boradi.
Ma’lumki, inson hayoti tabiat bilan uzviy bog‘langan. Tabiat insonni yaratdi,
unga oziqa, joy, kiyim, qurol, olov, suv berdi. Tabiat inson o‘rtasidagi
munosabatlarning rivojlanishi tabiat va uning turli yo‘nalishdagi fanlarning kelib
chiqishiga olib keldi. Tabiat va uning boyligini o‘rganish borasida Aristotel, Al
Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, A Rayxon Beruniy, Umar Xayyom,
Leonardo da Vinchi, Galiley, Kopernik, Mirzo Ulug‘bek,M.N.Lomonosov,
J.L.Byuffen, J.B.Lamark, A.Gumboldt, Ch.Darvin, V.I.Vernadskiy kabi insoniyat
farzandlari bordir.
Birinchi bora “Koinot” atamasini Abu Nasr Forobiy jamiyat tuzilishiga qo‘llaydi.
Ikkinchi bora Umar Xayyom “Koinot va uning vazifalari” kabi risolasida
“Koinot” jamiyatning tuzilishida, undagi har bir shaxsning vazifalarini bayon qilishda
ishlatadi.
Abu Rayhon Beruniy planetadagi qit’alarning joylanish haritasini chizadi,
tabiatdagihamma narsa tuproqdan yaratilgan, Yer esa Quyosh atrofida harakat qilishini
izohlaydi. Bu ilmiy dalillarni Beruniy Yevropalik olimlar Kopernik va Galileydan 500
yil avval keltirib o‘tgan.A.R.Beruniy fikricha, o‘simlik va hayvonlar o‘rtasida kurash,
ko‘payish va avlodqoldirish uchun intilish tirik mavjudotlar hayotining asosini tashkil
qiladi, tabiatdagi hamma narsa tabiiy qonunlarga bo‘yinsungan holda yashaydi va
o‘zgarib turadi. “Barcha harakatlar materiyaga tegishlidir. Materiyaning o‘zi esa
jismlar shaklini vujudga keltiradi va o‘zgartiradi.
Binobarin, materiya yaratuvchidir”. A.R.Beruniyning “Materiya” atamasi XIX
asrning oxiri XX asrning boshida yashagan rus olimi V.I.Vernadskiy tomonidan “Tirik



21
moddalar” deb qabul qilinib, tabiatdagi hamma harakat va o‘zgarish shu tirik moddalar


harakati bilan bog‘lanadi va ifodalanadi.
Abu Ali ibn Sino o‘zining “Tib qonunlari” nomli asarida odamning tuzilishi, unda
modda (qon) aylanishi, insonda kelib chiqadigan kasalliklar, uning atrofidagi tirik
jonivorlar faoliyati tomonidan yuzaga kelishini, tabiat ob’ektiv borliq, uning o‘zgarib
turishi, tog‘lar zilzilasi, suv esa yerning ko‘tarilishi natijasida paydo bo‘lishi, Yerning
ko‘p maydonlari qachonlardir dengiz tubi bo‘lganligini saqlanib qolgan hayvonlar
qoldiqlari asosida ta’riflab beradi. Yer yuzida tiriklik rivojlanishining quyi,
boshlang‘ich bosqichida o‘simliklar, o‘rta bosqichida hayvonlar va eng yuqori
bosqichida insonlar turishini qayd qilib, o‘z davrida evolyutsion nazariyaning kelib
chiqishiga asos soladi.
Yevropaning tabiatshunos olimi J.B.Lamark birinchi marta “Biosfera” atamasini
fanga kiritib, uning asl ma’nosi hayot tarqalgan joyi va Yer yuzasida bo‘layotgan
jarayonlarga tirik organizmlarning ta’siridan iborat ekanligini ko‘rsatadi. Avstraliyalik
geolog olim Z.Zyuss Lamarkdan keyin “Biosfera” terminini ikkinchi bora fanga
kiritadi va Yerda tiriklikning maxsus qobig‘i deb izoh beradi.
XX asrning boshlarida rus olimi V.I.Vernadskiy geokimyo, biogeokimyo va
radiogeologik tadqiqotlar asosida biosfera ta’limotini yaratadi. 1926 yili olimning
“Biosfera” nomli kitobi chop etiladi. Undagi izoh bo‘yicha biosfera, bu planetaning
hayot rivojlanayotgan qismi va bu qism doim tirik organizmlar ta’sirida deb aytadi.
Yer yuzasida tirik organizmlar ko‘p, ular xilma-xil va turli zonalarda tarqalgandir.
Yer yuzasining hayot tarqalgan qismi biosfera bo‘lib, unga tirik organizmlar ta’sir
qiladi. Biosfera planetaning eng katta ekosistemasi sifatida ham qaraladi.
Biosfera odatda uch qatlamdan, ya’ni: atmosfera, listofera va suv qobig‘i
gidrosferadan iborat. Shunday qilib, biosfera Yer sharining organizmlar tarqalgan
qismi bo‘lib, ularning tarkibi, tuzili shva ular o‘zgarib turish xususiyatlariga egadir.
Yerda hayotning paydo bo‘lishi bilan biosfera hosil bo‘lgan va planetada
tiriklikning umumiy rivojlanishi boshlangan. Yerda hayotning paydo bo‘lishini bundan
3-4 mlrd yil avval deb ta’riflanadi.



22
Biosferaning qurg‘oq va suv qismlarida tirik organizmlar tarqalgan. Biosferaning


ustki qatlami – atmosfera 10-15 km balandlikni egallaydi, shu qatlamda bakteriyalar,
sporalar,zamburug‘ va boshqa organizmlar bo‘lishi mumkin. Bu qatlam ozon qatlami
bilan tutashadi.
Ozon qatlami o‘ziga xos ekran bo‘lib, tirik organizmlarni ultrabinafsha va boshqa
kuchlikosmik nurlardan saqlovchi parda rolini o‘ynaydi. Bu qatlamlar dengiz sathidan
20-50 km yuqorida joylashgan.
Biosferaning pastki chegarasi litosfera bo‘lib, unda tiriklik 2-3 km chuqurlikkacha
tarqalgan.Neft topilgan shunday chuqurliklarda turli mikroorganizmlar borligi
aniqlangan.Litosfera ustidagi organizmlarning asosiy massasi tuproqning 1 m
qalinligida joylashgan. Gidrosferada organizmlar maksimal tarqalgan. Ayrim
mikroorganizmlar, soddatuzilgan umurtqasiz va ko‘r baliqlar 10-11 km dengiz
chuqurligida ham uchraydi. Dengizo‘simliklari va o‘simlikxo‘r hayvonlar asosan 300-
500 m chuqurlikda tarqalgan.
Shunday qilib, biosfera atmosferaning pastki qismi, litosferaning ustki qismi va
to‘la gidrosferadan iboratdir. Tuproq, suv va havo hayotning eng
konsentratsiyalashgan qismidir.Biosferada evolyutsion rivojlanish uzoq jarayonlar
bo‘lib, ikki omil ta’sirida yuzaga kelgan, ya’ni:
1) allogen (tashqi) kuchlar – geologik va iqlim o‘zgarishlari natijasida;
2) autogen (ichki) jarayonlar – ekosistemalar komponentlarining aktiv faoliyati
ta’sirida yuzaga kelgan.
Bundan 3-3,5 mlrd. yil avval Yer atmosferasi tarkibida azot, ammiak, vodorod,
uglerod oksidi, metan va suv bug‘lari bo‘lgan, kislorod bo‘lmagan, ultrabinafsha nurlar
Yer hamda okeanlar yuzasiga yetib kelgan. Kimyoviy evolyutsiyani yuzaga keltirib,
murakkab organic molekulaning (aminokislotalarning) kelib chiqishiga sabab bo‘lgan,
ular o‘z navbatida juda sodda tirik sistemalarning paydo bo‘lishiga olib kelgan. Abiotik
jarayonlarda hosil bo‘lgan oz miqdordagi kislorod, ultrabinafsha nurlar ta’sirida yetarli
darajadagi ozon qatlamini paydo qilib, birlamchi organizmlarni ultrabinafsha
nurlarning salbiy ta’siridan saqlaydi.



23
Hayot o‘zining birinchi davrida muhitga, undagi radiatsiyaning fizikaviy –


kimyoviy o‘zgarishlariga moslanishdan boshlagan. Evolyutsion rivojlanishning eng
yuqori bosqichi turning paydo bo‘lishi va ular asosida katta-kichik biologik
sistemalarning yuzaga kelishi bo‘lgan.
Tur – bu tabiiy biologik birlik bo‘lib, uning hamma a’zolari umumiy
genofondning tashkil bo‘lishida qatnashadi. Evolyutsiya genlar chastotasining
o‘zgarishidan iborat bo‘lib, u atrof-muhit va turlararo munosabatlardan kelib
chiqadigan tanlanish hamda mutatsiyalarning qaytarilishi va genetik tuzilishning
o‘zgarishi natijasidir.
Turlar hosil qiladigan biologik sistemalar va ularning evolyutsiyasini
koevolyutsiya deb aytiladi, ya’ni sistema ichidagi organizmlarning bir-birlari bilan
munosabatlarining evolyutsiyasi bo‘lib, bunda guruhlar o‘rtasida genetik axborot
almashinib turadi yoki axborot o‘tishi bo‘lmaydi.
Biosferaning tirik moddalari, unda uchraydigan tirik organizmlar va ularning
kimyoviy tarkibidir. Tirik organizmlarning umumiy kimyoviy tarkibi atmosfera va
litosferaning tarkibidan farq qilsa ham vodorod va kislorod atomlari bo‘yicha
gidrosferaga yaqin, lekin uglerod, kalsiy va azot miqdorlariga qarab undan farqlanadi.
Tirik moddalar suv, havo va yerning migrant elementlaridan tashkil topgan bo‘lib, ular
gazsimon va erigan holda bo‘ladi.
Masalan, organizmlarning 99,9 % massasi Yer qa’rida uchraydigan 14 ta
elementlar (H, O, C,N, Ca, K, Si, Mg, P, S, Al, Na, Fe, Cl)ning 98,9 %ni tashkil qiladi.
Bu hayotning Yer qobig‘ining kimyoviy birikmalaridan iborat ekanligini ko‘rsatadi,
organizmlarda Mendeleev jadvalidagi hamma elementlar topilgan. Muhitning optimal
sharoitida o‘simliklar fotosintez jarayonida Quyosh energiyasidan foydalanadi.
O‘simliklar qabul qilgan Quyosh energiyasi turli jarayonlar va reaksiyalarning
o‘tishida tubandagi yo‘nalishlarda foydalaniladi, ya’ni:
1) energiyaning bir qismi fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan organik moddalarda
to‘planadi;
2) yana bir qismi barglarning qizishi va issiqlik chiqarishga sarflanadi;
3) bir qismi issiqlikka aylanib, transpiratsiya jarayoniga sarflanadi.



24
Biosferada o‘simliklar hosil qilgan fitomassa o‘simlikxo‘r hayvonlar tomonidan


o‘zlashtiriladi. O‘zlashtirilgan fitomassani 10 %ni o‘txo‘r hayvon biomassasi tashkil
etadi.
Destruksiya funksiyasi, bu tirik moddalarning (organizmlarning) o‘lgandan keyin
chirish, parchalanish va organik moddalarning mineralizatsiyalanishidan iboratdir,
ya’ni tirik moddalardan biosferaning biogen va biokos moddalari hosil bo‘ladi.
Ma’lumki, Yerda keladigan energiyaning 99 %ini Quyosh nurlari tashkil etadi.
Bu energiya atmosfera, gidrosfera va litosferada bo‘lib o‘tadigan turli fizik-kimyoviy
jarayonlargasarf qilinadi, ya’ni: havo va suv to‘lqinlari, tog‘-toshlarning yemirilishi,
bug‘lanishi, tirik moddalarning hosil bo‘lishi va taqsimlanishi, minerallarning erishi,
gazlarning yutilishi va ajralishi kabi holatlarga sarflanadi.
Biosferada turli mikroorganizmlar faoliyati natijasida oksidlanish va tiklanish
kabi kimyoviy jarayonlar bo‘ladi.
Quyosh energiyasi Yer yuzasida ikki xil moddalar almashinishini ta’minlaydi,
ya’ni geologik yoki katta almashinish va biologik yoki kichik (biotik) modda aylanishi
yuzaga keladi. Har yili Quyoshdan 21
,
10
20
kJ yorug‘lik energiyasi Yerga keladi. Shu
energiyaning 50%i bug‘lanishga sarf qilinadi. Biosferada suvning aylanishi – Yer
yuzi va suv havzalaridansuvning bug‘lanishi va namlik sifatida qaytib yerga tushishi
geologik aylanishdir.
Biosferada tirik moddalarning yuzaga kelishi bilan atmosfera, suv va mineral
moddalarning aylanishi hosil bo‘lad, ya’ni abiotik va geologik asosda organik
moddalar almashinishi yoki kichik biologik aylanish paydo bo‘lgan.
Tirik materiya – organizmlar o‘zlarining hayot faoliyati uchun kerakli
elementlarini geologik aylanishdan oladi va shu elementlar yangi, biologik aylanishga
kirishadi. Bunda organik moddalarning sintez bo‘lishi va ularning bug‘lanish
jarayonlari katta rol o‘ynaydi.
Biosferada geologik moddalar aylanishiga 50 %ga yaqin, biologikka esa 0,1-0,2
% Quyosh energiyasi sarflanadi. Biologik aylanishga juda kam energiya ketsa ham
biosferadagi bu jarayonda birlamchi mahsulot yaratiladi.



25
Biosferada kimyoviy elementlar doim sirkulyatsiya qilib, tashqi muhitdan


organizmga,undan esa yana tashqi muhitga o‘tib turadi. Bu holatni biogeokimyoviy
sikl deb aytiladi. Bunda O
2
, CO
2
, H
2
O, azot, fosfor, oltingugurt va boshqa elementlar
aylanib turadi. Biogeokimyoviy siklda moddalar migratsiyasini kuzatish mumkin.
Yer sirtida kimyoviy elementlarning tarqalishini o‘rganish natijalari shuni
ko‘rsatadiki, tirik moddalarda mujasamlashmagan birorta element yo‘q. Akademik
V.I.Vernadskiy ta’riflagan biogeokimyoviy tamoyillar quyidagicha:
1. Biosferada kimyoviy elementlarning biogen migratsiyasi mavjud bo‘lib, u
o‘zini maksimal darajada namoyon etishga intiladi. Afsuski, bugungi kunda bu tamoyil
inson faoliyati doirasi kengayishi tufayli buzilgan.
2. Turlarning evolyutsiyasi atomlarning biogen migratsiyasini tobora
kuchaytiradi.
3. Tirik modda o‘zini o‘rab turgan atrof-muhit bilan uzluksiz ravishda kimyoviy
almashinuvda bo‘ladi.
Bu tamoyillar buzilgan holda biosfera faoliyatini ta’minlab turgan kosmik
ta’sirlar uni yemiruvchi omilga aylanishi mumkin.
Bundan quyidagi xulosalar kelib chiqadi. Tabiatdagi har qanday organizmlar
notirik tabiat bilan doimiy uzviy bog‘liq sharoitidagina mavjud bo‘la oladi. Hayot
o‘zining butun namoyon bo‘lishi jarayonida planetamizda katta o‘zgarishlar keltirib
chiqargan. Evolyutsiya jarayonida takomillashib borgan tirik organizmlar butun
planeta bo‘ylab kengroq tarqalgan hamda energiya va moddaning qayta
taqsimlanishida muhim omil bo‘lib xizmat qilgan.
Endilikda insonning o‘zi yashayotgan muhit bilan o‘zaro munosabati global
harakter kashf etdi. Bu esa noosfera tushunchasining yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi.
Noosfera – Yerning “aqlli qobig‘i” degan ma’noni anglatadi. Noosfera biosfera
taraqqiyotining inson jamiyati paydo bo‘lgan oliy bosqichidir.
Noosfera atamasini fanga Le-Rua kiritgan. Keyinchalik noosfera konsepsiyasi
yuzaga keldi.Uni Teyler de Sharden rivojlantirdi. Uning fikriga ko‘ra, noosfera – bu
planetaning kelgusidagi evolyutsiyasi yo‘nalishini nazorat qiladigan va ideal nuqtada
tabiiy jarayonlar bilan uyg‘un holda birlashib ketadigan jamoa onggidir. Bu birlashish



26
molekulalar, hujayralar va organizmlar yaxlitligining hosil bo‘lishi holatiga o‘xshab


ketadi.
Vernadskiyning firkicha, noosfera biosfera holatining shunday turiki, unda
yuzaga kelgan aql planetada misli yo‘q geologik kuchga aylanadigan inson faoliyatiga
yo‘nalish beradi.Umuman, inson o‘zining tabiiy biogeokimyoviy sikllarga kuchli ta’sir
ko‘rsatayotganini global miqyosda anglashi uning global tizim ustidan yanada oqilona
maqsadga yo‘naltirilgan holda nazorat olib borishga yo‘l ochib beradi.
Noosfera g‘oyasida inson va tabiat o‘zaro ta’sirining hozirgi zamon bosqich
yo‘nalishlaridan biri – insonning tabiiy muhit bilan birligining global harakteri to‘la
darajada aks etgan. Bu g‘oyaning yaratilishi davrida inson va tabiat o‘zaro ta’sirining
ziddiyatli ko‘rinishi hozirgidek kuchli emas edi. Keyingi yillarda ekologik holat
tanazzuli bilan bog‘liq
bo‘lgan bu ziddiyatning yanada keskinlashgani kuzatiladi. Inson o‘zining butun
mavjudligi davomida biosferani kuchli o‘zgartirib yubordi. U Yer yuzidagi tirik
jonzotlarni sun’iy ravishda kamaytirdi, ammo ularni yana qayta ko‘paytirish borasida
g‘amxo‘rlik qilmadi. Bu hollar biosferaning antropogen o‘zgarishi ancha
teranlashganidan dalolat beradi. Biosfera texnosferaga aylanib bormoqda.
Boz ustiga atropogen ta’sir yo‘nalishi biosfera evolyutsiyasi yo‘nalishiga mutlaqo
teskaridir. Antropogen ta’sirlar tabiatning tabiiy tizimini buzmoqda. Turlar bevosita
yo‘qolib ketishi oqibatida butun tiriklik katta zarar ko‘rib, destruktiv holatga tushib
qolishi mumkin.
Aynan bu jarayon mavjud ekotizimni buzuvchi ayrim organizmlarning ko‘payib
ketishi tarzida kechadi. Shunday qilib, hali inson kelgusida aqlli sohani yarata oldimi
yoki bo‘lmasa, o‘zining nooqilona faoliyati tufayli o‘zini ham, barcha tirik
mavjudotlarni ham halok etadimi, degan savolga javob topish qiyindir.
Inson bugungi kunda nafaqat Yerda, balki keng fazoga ham o‘z ta’sirini
ko‘rsatmoqda, chunki inson ham planetaviy, ham fazoviy miqyoslarda fikrlamoqda.
Noosfera tushunchasi esa Yerdagi hayot – “aqlli qobiq” tushunchasi shu bilangina
chegaralanib qoladi.



27
Noosfera konsepsiyasi shu bilan qadrliki, u inson va tabiat birligini ifodalaydi. Bu


noogenez jarayon tarzda namoyon bo‘ladi. Bu jarayon esa “inson – atrof-muhit”
tizimining shakllanishiga olib keladi. Noogenez – alohida tur sifatida mavjud bo‘lgan
inson mohiyati shakllanishining yo‘nalishlaridan biridir. Uni to‘xtatib ham bo‘lmaydi.
Inson tur sifatida o‘z mohiyatida mavjud bo‘lgan imkoniyatlarini kamol toptirib, tobora
faollashib boraveradi.
Tabiatda o‘z maqsadlarini amalga oshirishga intilish, aftidan, insonnning tabiat
bilan o‘zaro munosabatlari istiqbolini belgilashda asosiy masala bo‘lib
qolaveradi.Inson faoliyati Yer yuzini tubdan o‘zgartirishga qodir bo‘lgan hozirgi
davrda biosferaning rivojlanishi yangi pog‘onaga ko‘tarildi. So‘nggi yillarda insonning
biosferaga biokimyoviy ta’siri boshqa barcha tirik organizmlarga nisbatan juda katta
kuchga aylandi.Lekin tabiiy resurslardan foydalanishni biosferaning rivojlanishi va
funksiyasi qonuniyatlarini nazar-pisand qilmasdan amalga oshirilishi, masalan,
o‘rmonlarning kesilishi, yerlarning o‘zlashtirilishi, shaharlar, zavod, fabrikalar, sun’iy
suv havzalari, yo‘llar qurilishi va boshqalar biosferadagi biokimyoviy jarayonlarga
katta ta’sir o‘tkazmoqda. Yer osti boyliklarini qazib olib, juda ko‘p miqdorda yoqilg‘i
yoqilishi moddalar almashinuvini tezlashtirib, biosfera tarkibi va uning gomeostaz
holatiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu tufayli biosferani bir butun, muayyandarajada tartibga
solingan murakkab dinamik sistema deb qaralishi unda kechadiganjarayonlarni to‘g‘ri
tushunib
olishga
yordam
beradi.
Biosfera
to‘g‘risidagi
ta’limot
ekologiya,biotsenologiya va boshqa fanlarning rivojlanishida, tabiat va jamiyatning
rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan juda ko‘p o‘ta murakkab muammolarni hal etishda
katta ahamiyatga ega.
Ekologiya atamasini fanga birinchi bo"lib nemis olimi Ernest Gekkel 1866 yilda
kiritgan . Lekin hozirgi kunda juda ommalashib ketgan bu atamaning mazmuni
(grekcha «oykos» -uy yashash joyi, «logos» -fan ) asl moxiyatini to'la tushinish
imkonini bermaydi
Ekologiya-hayot jarayonlarini o'ziga xos uslublarda tadqiq qiladigan mustaqil fan
hisoblanidi.



28
Ekologiya biologik fanlar turkumiga mansub mustaqil fandir. Ekologiyaning juda


ko"p tariflari mavjud Ulardan birida shunday deyiladi:«Ekologiya Organizmlarning
(har qanday ko'rinishlardagi, barcha darajada uyg'unlashgan) hayot faoliyati
qonuniyatlarini ular hayoti kechadigan tabiiy muhitga inson omilining ta'sirini hisobga
olgan holda o'rganadigan fandir».
Tirik tabiat qanday tuzilgan, qaysi qonunlar asosida mavjud va rivojlanadi, inson
ta'siriga qanday javob beradi-bularning barchasi ekologiyaning predmeti hisoblanadi.
Hozirgi kunda ekologiyaning asosiy vazifalari quyidagilardir: -hayotning tashkil
topish qonuniyatlarini inson ta'sirini hisobga olgan holda o'rganish; -biosferadagi
jarayonlarni o'rganish, boshqarish, bashorat qilish insonning yashash muhitini saqlash;
-biologik resurslardan oqilonafoydalanishning ilmiy asoslarini yaratish va
boshqalardir. Dastlabki ekologik tushunchalar haqida qadimgi yunon olimlari
asarlarida ham ma'lumotlar keltirilgan. (Tsimlik va hayvonlar, inson hayotining atrof
muhit bilan bog'liqligini Ibn Sino, Beruniy asarlarida, shuningdek A.Gumboldt, J.
Lamark, K.Rule, Ch.Darvin, E.Gekkel asarlarida yoritilgan. Lekin ekologiyaning fan
sifatida shakllanishi XX asr boshlarida amalga oshdi. Dastlab o’simliklar va hayvonlar
ekologiyasi, XX asrning 20 yillarda ijtimoiy ekologiya va inson ekologiyasi rivojlandi.
20-30 yillarda O'rta Osiyo Davlat universitetida D.N.Kashkarov va E.P.Korovinlarning
ekologiya-geograflya maktabi tashkil etilib, o'lkamiz tabiatini ekologik tadqiq qilish
boshlandi. 1940-50 yillarda sobiq ittifoqda ekologik bilimlarning rivojlanishi susayib
qoldi. Atrof muhit holati tez o'zgara boshladi. XX asrning 60-yillariga kelib
ekologiyajadal rivojlandi, uning yangi yo'nalishlari vujudga keldi.
Umumiy ekologiya barcha organizmlarning alohida darajadagi, muhit sharoitlari
bilan o'zaro munosabatlari ekologiyasini o'rgandi. Hozirgi kunda ekologiyaning
ijtimoiy va tabiiy fanlar chegarasida rivojlanayotgan tarmoqlarga inson ekologiyasi,
ijtimoiy ekologiya, gidroekologiya, global ekologiya va boshqalar kiradi.
Ekologiyaning vujudga kelgan yangi tarmoqlari fanlar tizimida o'ziga xos o'rin
egallaydi.
Organizmni o'rab turuvchi va u bilan doimiy munosabatda bo’ladigan tabiatning
bir qismi hayot muhiti deb ataladi. Yer yuzida organizmlar to'rt hayot muhitini



29
o'zlashtirganlar -suv, havo, tuproq, organizm. Organizmning yashashi uchun bir yoki


bir nechta muhitlar zarurdir. Hayot muhitlari aloxidaa yashash muhitlariga bo'linadi.
Yashash muhiti hayot muhitining geografik va ekologik xususiyatlari bilan ajraluvchi
qismidir. Masalan: suv hayot muhitida chuchuk va sho'r suvli yashash muhitlari , oqar
va oqmas suv yashash muhitlari ajratiladi. Yashash muhiti yashash joyi va biotoplarga
bo'linadi.
Tabiatdagi mavjud barcha organizmlar populyatsiyalar tarkibiga kiradi.
Ekologiyada populyatsiya deb umumiy maydonda yashaydigan va o'zaro
munosabatdagi bir turning zotlari guruhiga aytiladi. Tabiatda faqat populyatsiyalar o'z
tarkibidagi zotlar sonini boshqara oladi.Shuning uchun o'simlik va hayvonlarni
muhofaza qilish populyatsiya darajasida amalga oshirilishi lozim.Ekologiyada asosiy
tushunchalardan biri ekologik sistema tushunchasidir.Tirik organizmlur jamoasi va
ularni yashash muhitini o'z ichiga oladigan funktsional sistema -ekologik sistema
deyiladi. Cho'l, o'rmon , o'tloq, botqoq, ko'lni ekosistemalarga misol qilib aytish
mumkin.
Muhitning
ekologik
omillari
tasnifi.
Abiotik
omillar;
Biotik
omillar;Antropogen omillar; Iqlimiy; yorug'lik, harorat, namlik, shamol, bosim.
Fitogen; o"simliklarta'siri Insonning organizmlarga bevosita va yashash muhitlariga
ta'siri Edafogen; tuproq xususiyatlarining organizmlarga ta'siri Zoogen; hayvonlar
ta'siri Orografik; yer yuzasi past balandliklarining ta'siri Mikrobiogen; viruslar,
bakteriyalarning organizmlarga ta'siri Gidrologik; suv muhiti xususiyatlarining ta'siri
Ekosistema chegarasiz tushuncha bo’lib, unga tomchidan okeangacha bo’lgan barcha
obektlarni misol qilib keltirish mumkin.
Shahar, akvarium, tuvakdagi gul, kosmik kema suniy ekosistemalarga misol
bo’ladi.Ekosistemadagi barcha komponentlar o'zaro chambarchas bog'langan.
Ekosistemadagi dinamik muvozanat holati gomeostaz deb yuritilad i. Agar tashqi tasir
natijasida muvozanat buzilsa ekosistema o'z-o'zini tiklashi mumkin. Insonlarning
tabiatga tasiri ekosistemalarningo'z-o'zini tiklash imkoniyatlaridan oshmasligi kerak .
Ekosistemadagi organizmlarning alohida to'plami ,biotsenoz deb ataladi.
Ekosistemadagi yashash sharoitlarining yig'indisi biotop deb yuritiladi. Biotsenoz va
biotop birgalikda biogeotsenozni hosil qiladi Biogeotsenoz biosferaning eng kichik



30
orqali o'zaro bog'langan. «O’simlik-hashorat-baqa-ilon-kalxat» oziq zanjirida birinchi


bug'indan keyingilariga qarab biomassa kamayib boradi . Turli ekosistemalar oziq
turlari orqali bog'langan. Hamma ekosistemalar «ochiq» bolib, modda va energiya
almashinuvi jarayonidabiri ikkinchisini taqozo etib turadi. Yer yuzidagi barcha
organizmlar tarqalgan va ularningtasirida o'zgargan hayot qobig biosfera deb yuritiladi.
Biosfera haqidagi talimotning asoschisiakademik V.I.Vernadskiy (1863-1945y)
hisoblanadi. Biosfera atmosferaning quyi troposferaqismini, butun gidrosferani va
litosferaning ustki qismi bo'lgan nurash qobig`ini o'z ichiga oladi. Organizmlar hosil
qilgan yoki o'zgartirgan barcha jonsiz jinslarni ham hisobga olgandabiosferaning
«qalinligi» 40 km dan ortadi. Biogeokimyoviy jarayonlar - modda va energiya
almashinuvi biosfera mavjudligining asosiy sharti hisoblanadi. Biosfera turg'un,
murakkab, eng katta o'ziga xos ekosistema hisoblanadi. Insonning xo'jalik faoliyati
natijasida biosferaning turgunligiga putur yetmoqda. Antropogen tasir surati o'sib
boraversa, yaqin kelajakda biosferaning o'z-o'zini tiklash qobiliyati butunlay izdan
chiqishi va uning oqibatida insoniyat ekologik halokat iskanjasiga tushib qolishi
mumkin.
Biosferadagi barcha tirik organizmlar yig’indisini 1. Vernadskiy «jonli modda»
deb ataydi va uning tarkibiga insoniyatni ham kiritadi. Biosferaning o'zgarishida inson
ongi butunlay yangi qudratli omil ekanligini takidlaydi .Aqlli inson o'z taraqqiyotida
biosferaninginson tomonidan boshqariladigan yangi sifat holati noosfera (aql,tafakkur
qobig'i) ga o'tishi muqarrardir . V.I. Vernadskiyning fikricha noosfera (biosfera
rivojining oliy bosqichi) bizning sayyoramizdagi yangi geologik hodisalardir . Inson
noosferada birinchi bor yirik geologikkuchga aylanadi .U o'z aqli va mehnati bilan
yashash makonini o'zgartiradi va qayta bunyod qiladi.
Lekin shuni takidlash kerakki, insonning biosferani o'zgartirishi uning
imkoniyatlari chidamliligi darajasidan oshib ketmasligi kerak. XX asrning ikkinchi
yarmida fan-texnikaning jadal rivojlanishi, ishlab chiqarish vositalarining
takomillashuvi biosferada ko`plab salbiy o'zgarishlar keltirib chiqaradi. Insoniyatning
yaqin kelajakdagi faoliyati birinchi navbatda biosferadagi salbiy o’zgarishlar
oqibatlarini bartaraf qilishga qaratilmogi lozim.



31




Yüklə 39,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin