2-Mavzu: Innovatsiya va jamiyat. Ta’limdagi yangiliklarni tasniflash. Reja



Yüklə 23,87 Kb.
səhifə1/3
tarix25.09.2023
ölçüsü23,87 Kb.
#148623
  1   2   3
2-mavzu innovatsion faoliyat


2-Mavzu: Innovatsiya va jamiyat. Ta’limdagi yangiliklarni tasniflash.
Reja:

  1. Innovatsiya va jamiyat.

  2. Ta’limdagi yangiliklarni tasniflash.

  3. Jamiyat va ta’limdagi o’zgarishlar.

  4. Ta’lim sohasida innovatsion faoliyatni rivojlantirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida 2018-yilga “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo’llab quvvatlash yili” deb nom berishni taklif etdi. Davlatimiz rahbari innovatsiyaning ahamiyati tog‘risida quyidagilarni ta’kidladi: «Innovatsiya bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo’lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak». 2018-yilda respublikamizda innovatsiyalarni rivojlantirishning asosiy vazifalari qatorida quyidagilar belgilandi: «Kelgusi yilda ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, buning uchun zarur moliyaviy resurslarni safarbar etish, ushbu jarayonda iqtidorli yoshlar ishtirokini, ijodiy g‘oya va ishlanmalarni har tomonlama qo’llab quvvatlash vazifasi e’tiborimiz markazida bo’ladi».


Demak, bugungi kunda har bir soha va tizim faoliyatini innovatsion g‘oyalar va texnologiyalar asosida olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan mavzuga kirishishdan oldin «innovatsiya» so’zining ma’nosiga biroz to’xtalishni lozim topdik. Innovatsiya tushunchasi (lotincha novus yangi) tadqiqotlarda va ilmiy ishlarda XIX asrlarda qo’llanila boshlagan. Avval u alohida elementlarni bir sohadan boshqa sohaga kiritishni ifodalagan. Texnikaviy yangiliklar kiritish qonuniyatlarini o’rganib firmalar foyda olish uchun «innovatsion siyosatni» butun bir tizim sifatida o’zlashtirishdi. Mazkur faoliyat jamiyat hayotining ixtiyoriy bo’g‘inini yangilash bo’yicha umumiy belgilarga, qonuniyatlar, yangilik kiritish mexanizmiga ega.
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayonda o’qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o’zgartirishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda interfaol metodlardan foydalanishni taqozo etadi. Interfaol usullar ta’lim jarayonida qatnashayotgan har bir o’quvchining faolligiga, erkin va mustaqil fikr yuritishga asoslanadi. Bu usullardan foydalanganda bilim olish o’quvchi uchun qiziqarli mashg‘ulotga aylanadi. Interfaol usullar qo’llanilganda o’quvchilar o’qituvchilar yordami va hamkorligida mustaqil ishlash ko’nikma va malakalariga ega bo’ladilar. O’quvchilar yangi bilimlarni ilmiy izlanish, tadqiqotchilik, tajriba sinovlar o’tkazish asosida o’zlashtiradilar. Ilm orqali bilim olish tamoyiliga amal qilinadi. Ta’lim jarayoni qatnashchilari kichik guruhlarga bo’lingan holda ishlaydilar. O’quv topshiriqlari alohida bir o’quvchiga emas, balki kichik guruhning barcha a’zolariga beriladi. O’qitish jarayonini tashkil etishning asosiy shakli darsdir. Hozirgi paytda darsning xilma xil noan’anaviy shakllari joriy etilmoqda. Bunday darslar o‘quvchining ijodiy qobiliyatini o’stirish, aqliy salohiyatini kuchaytirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish va har bir yangilikni tez va to’la qabul qila olish ko’nikma va malakalarining shakllanishiga xizmat qiladi. Dars jarayonida innovatsion texnologiyalarni qo’llash o‘quvchilarda ilmiy izlanishga qiziqishni uyg‘otadi, ijodkorlik va bunyodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi. Natijada egallangan bilim, ko’nikma va malakalar amaliy faoliyatda tatbiq etiladi, o’zlashtirish sifati oshadi. Buning uchun o’qituvchi mahoratli bo’lishi va mavzularning mazmuniga qarab darsni to’g‘ri rejalashtirishi, mashg‘ulot davomida barcha o‘quvchilarni faol va ongli ishlashlariga erishmog‘i lozim. Zero, o‘qituvchi ta’lim islohotining bosh ijrochisidir. Bunda har bir o‘qituvchini qisqa vaqt ichida juda katta miqdordagi axborot to’plamini o’zlashtirish, qayta ishlash va amalda qo’llay olishga o‘rgatish muhim ahamiyatga ega. Uni hal qilishda o‘qituvchiga o‘qitishning an’anaviy usullari bilan birga zamonaviy axborot texnologiyalari, jumladan kompyuterlardan foydalanish yordam beradi.
Pedagogik innovatsiya bu pedagogik faoliyatdagi yangilik, o'qitish va tarbiya mazmuni va texnologiyasidagi o'zgarishlar, ularning samaradorligini oshirishga qaratilgan. Innovatsiya - innovatsiya natijasi sifatida tushuniladi va innovatsion jarayon uchta asosiy bosqichning rivojlanishi sifatida qaraladi: g'oyani yaratish (ma'lum bir holatda, ilmiy kashfiyot), amaliy jihatlarda g'oyalarni rivojlantirish va yangiliklarni amaliyotga tatbiq etish.
Pedagogik innovatsiyalar samaradorligining o’lchovi sifatida optimallik o’qituvchi va o’quvchilarning kafolatlangan natijaga erishishi uchun kuch-quvvat sarflashlarini taqozo etadi. Turli o’qituvchilar va o’quvchilar o’zlarining shaxsiy pedagogik hamda o’quv faoliyatlari jarayonida turlicha darajadagi samaradorlikka erishadilar. Xuddi mana shuning o’zi pedagogik innovatsiyalarning optimallik darajasini belgilaydi. Innovatsion usullarning eng muhim belgisi sifatida natijalanganlik o’qituvchi faoliyatida ijobiy yutuqlarga erishilgandagina namoyon bo’ladi. O’lchovlardagi texnologiklik, kuzatuvchanlik, natijalarning qayd etilganligi o’qitishning yangi usullari, metodlarini baholash orqali namoyon bo’ladi. Mazkur o’lchovning ahamiyatli jihati shaxs, uning idroki va tushunchalarini shakllantirishning bir butunligida namoyon bo’ladi. Shu munosabat bilan innovatsion jarayonni ilmiy g'oyani amaliy foydalanish bosqichiga olib chiqish va shu bilan bog'liq ijtimoiy pedagogik muhitdagi o'zgarishlarni amalga oshirish jarayoni deb hisoblash mumkin. G'oyalarning innovatsiyaga aylanishini ta'minlaydigan va bu jarayonni boshqarish tizimini shakllantiradigan faoliyat bu innovatsion faoliyatdir. Innovatsiya jarayoni rivojlanish bosqichlarining yana bir o'ziga xos xususiyati mavjud. Pedagogik tajribada pedagogik innovatsiyalarni ijodiy qo’llash alohida o’qituvchilar ish faoliyatining boshlang‘ich bosqichida namoyon bo’ladi. Mazkur innovatsiyalar tajribasi sinovdan o’tkazilib, obyektiv baholangandan so’ng ommaviy tarzda qo’llash uchun taqdim etiladi. Keng ommalashgan, ijobiy natijalarga erishish imkonini beradigan innovatsion usullardan foydalangan holda o’qituvchilarning kreativ funksiyalarini rivojlantirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Pedagogik innovatsiyalarni baholash mezonlarini bilish o’qituvchining pedagogik ijodning rangbarang shakllarini o’zlashtirishi uchun qulay sharoit yaratadi. Pedagogik madaniyatning oddiy esda qolgan bilimlarni takrorlash shaklidan boshlab, ilmiy pedagogik jamoatchilikka ma’lum bo’lgan g‘oyalar, konsepsiyalar, texnologiyalarni o’z shaxsiy faoliyatiga singdirishdan ularni evristik, kreativ ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishga qadar bo’lajak pedagoglarning kundalik harakati mazmunini tashkil etishi lozim.
Pedagogik innovatsiyalarning mazmuni, uni qo’llash metodlarini bo’lajak o’qituvchilar tajribasiga singdirish muhim ahamiyatga ega. Ta’lim muassasasi hayotiga pedagogik innovatsiyalarni keng ko’lamda olib kirish uchun unda yangilik muhitini yaratish, muayyan axloqiy psixologik holatni shakllantirish, tashkiliy, metodik, psixologik xarakterdagi chora tadbirlarni qo’llash talab etiladi. Shu maqsadda bo’lajak tarbiyachi va o’qituvchilarning kreativ funksiyalarini rivojlantirish, ularni pedagogik innovatsiyalar bilan izchil qurollantirib borish, innovatsion usullarni tahlil va tatbiq qilishga o’rgatish vazifasini qo’yish lozim. Pedagogika fanida ta'lim tizimidagi yangilik masalalari muttasil mutaxassislar tomonidan o'rganilib kelinmoqda. Biroq, ijtimoiy-pedagogik yangiliklar mintaqaviy ta'lim tizimini rivojlantirish omili sifatida, bir tomondan, nisbatan yaqinda tez rivojlanayotgan ijtimoiy pedagogika fan va amaliy faoliyat sohasi sifatida nisbatan yaqinda paydo bo'lganligi sababli, boshqa tomondan, ta'limni markazsizlashtirish va mintaqalashtirishning ijtimoiy tendensiyasining nisbiy yangiligi bilan bog'liq. Bundan tashqari, xususiy, to'g'ri pedagogik (masalan, uslubiy) yangiliklarning samaradorligi, agar ular ijtimoiy pedagogik rejada qo'llab-quvvatlanmasa ancha past bo'ladi. Shunday qilib, xususiy innovatsiyalar va ijtimoiy-pedagogik yangiliklarni qo'llab-quvvatlovchi ijtimoiy-pedagogik kontekstni yaratish ham, ma'lum hajm, miqyos va daraja umuman mintaqaviy ta'lim tizimini rivojlanishini sezilarli darajada kuchaytirishi mumkin.
Xususan, turli xil innovatsion jarayonlarning hayotiy davrlarini o'rgangan pedagogik innovatsiyalar sohasi mutaxassisi V.I.Zagvyazinskiy ta’kidlashicha yangilikni rivojlantirish natijasida ijobiy natijalarga erishgan holda, o'qituvchilar uni asossiz ravishda uni universallashtirishga, uni pedagogik amaliyotning barcha sohalariga tatbiq etishga intilayotganliklarini ta'kidlaydilar. Ko'pincha muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi va umidsizlikka olib keladi, yangilik soviydi.Boshqa bir tuzilmani (hozir aytilganiga juda yaqin) aniqlash mumkin. Bu moddiy ishlab chiqarish sohasidagi innovatsiyalar nazariyasidan olingan innovatsiya genezisining tuzilishi. Ammo o'quvchi yetarlicha rivojlangan tasavvurga ega bo'lsa, maktabdagi innovatsion jarayonlarga o'tish juda qulay: g'oyaning paydo bo'lishi - rivojlanishi - dizayn (qog'ozda nima bor) - ishlab chiqarish (ya'ni amaliy ishda o'zlashtirish) - boshqa odamlar tomonidan foydalanish.
Yuqoridagilardan tashqari har qanday innovatsion jarayonda yangiliklarni yaratish va yangiliklardan foydalanish (o'zlashtirish) kabi tuzilmalarni ko'rish oson; bir-biri bilan bog'liq bo'lgan mikroinnovatsion jarayonlardan iborat bo'lgan butun maktabning rivojlanishi asosida yotadigan murakkab innovatsion jarayon.
O’qituvchilarda ijodkorlikni shakllantirishning muhim pedagogik sharti uni mustaqil bilim olish va ijodiy fikirlashga yónaltirishdan iborat. Shu bilan bir qatorda, o‘qituvchilar orasida ijodiy muhit, muayyan ma‘naviy-ruhiy holat, tashkiliy, metodik, psixologik chora-tadbirlar qo‘llashga ham alohida e`tibor qaratish lozim.
Ayni paytda mamlakatimizda ta’lim sohasida jiddiy o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bugun Yangi O’zbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga aylangan. Bu jarayonda ta’lim tizimidagi o’zgarishlar haqida so’zlamaslikning iloji yo’q. Mamlakatimizda so’nggi yillarda ta’lim tizimini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo’yicha amaliy ishlar hal qiluvchi bosqichga kirdi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli bo’lib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, ko’plab ijtimoiy muammolarni yechish imkoni tug’iladi. Shunday ekan, Yangi O’zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam, o’ylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qo’llab-quvvatlaydi” deya ta“kidlaydilar. Ta’lim sohasini tubdan isloh qilish borasidagi barcha ishlardan ko’zlangan asosiy maqsad ham shu. Bu borada Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan Innovatsion rivojlanish vazirligi ta’lim muassasalariga zarur ko’makchi vazifasini bajarib kelmoqda. Zero, “2019-2021- yillarda O’zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish Strategiyasi”da Innovatsion rivojlanish vazirligiga o’quv-tarbiya jarayoniga yangi ta’lim dasturlarini, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va smart-texnologiyalarni joriy etish orqali ta’lim muassasalarida o’qitish sifatini yanada yaxshilash (elektron modullar tashkil etish va masofaviy o’qitishni joriy etish) vazifasi yuklatilgan. Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan respublikada ta’lim tizimini rivojlantirish bo’yicha bir qator ishlar amalga oshirildi.
•O’zbekistondagi birinchi innovatsion darslik umumiy o’rta ta’lim maktablarining 8-sinf o’quvchilari uchun “Geografiya” (O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) innovatsion darsligi yaratilganini alohida ta’kidlash joiz.
•Ta’lim muassasalarida mavjud elektron shaklga o’tkazilgan kitoblarning foydalanuvchilarga qulay bo’lishi uchun (QR-book) platformasi yaratildi. Innovatsion kutubxona platformasi yaratildi. Innovatsion kutubxona platformasi bir qator oliy ta’lim muassasalarini ham qamrab olgan. Mazkur platforma orqali 17 000 dan ortiq audio, video va elektron shakldagi adabiyotlarni yuklab olishingiz mumkin. Undan ta’lim muassasalarining 32 mingdan ortiq professor-o’qituvchilari va talabalari foydalanmoqda.
•“Innovatsion insho va videolar” tanlovi Vazirlik tomonidan aholi va yoshlar o’rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan foydalanishni tashkil etish, yoshlarimizning dasturlashga bo’lgan qiziqishlarini oshirish hamda iqtidorli yoshlarning intellektual salohiyatini namoyon etish maqsadida o’tkazilgan mazkur tanlov joriy yil 10 -fevraldan 1-maygacha bo’lib o’tdi.
Yurtimizda mana shunday bir qancha ta“lim sohasida o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kun o“qituvchisi o“z kasbining bilimdoni bo“lishiga qaramay zamon bilan ham nafas bo“lishi lozim. Bugungi yoshlarimiz qiziquvchan, yangi texnalogiyalarni juda yaxshi foydalana olishadi. Ularni darsga qiziqtirish, dars jarayonida innovatsion texnalogiyalar hamda interfaol metodlardan foydalanib darsni qiziqarli tashkil etish o“qituvchidan katta mas’ulyat talab etadi. Bugungi zamonaviy o“qituvchi axborot komunikatsiya texnalogiyalarini (AKT) o“z darsida qo’llay olishi lozim. Dars jarayonini innovatsion texnalogiyalar asosida tashkil etish dars jarayonini qiziqarli, o“quvchilarni faol hamda darsni tez o“zlashtirishiga yordam beradi. Eng avvalo innovatsiya nima, pedagogik innovatsiya, pedagogik texnalogiyalar haqida qisqacha to“xtalib o’tamiz.
Innovatsiya (in-“lik”, novus-“yangi”) yangilik kiritish, yangilik degan ma’noni anglatadi. “Innovatsion ta’lim” deganda odatda o’quv jarayoniga yangi (foydali) pedagogik texnalogiyalarni olib kirish tushuniladi. Yangi pedagogik texnologiyalar ta’lim tizimining: maqsadiga, mazmuniga, metod, texnologiyasiga, tashkil etish shakli va boshqaruv tizimiga; pedagogik faoliyatdagi o’ziga xoslik va o’quv-bilish jarayonini tashkil etishga; ta’lim darajalarini nazorat qilish va baholash tizimiga; o’quv-metodik ta’minotiga; tarbiyaviy ishlar tizimiga; o’quv reja va o’quv dasturlariga; o’quvchi va o’qituvchi faoliyatiga bog’liq. Innovatsion pedagogik faoliyatning umumiy va oʻziga xos xususiyatlari R.А.Mаvlоnоvа, О.Mаgdiеv, N.Muslimоv, B.Rахimоv, S. Аhmаdаliеv, va bоshqаlаr tomonidan o’rganilgan. Ta’limda innovatsion tadqiqot metodologiya sohasida yondashuv bugungi kunda R.Mavlonova, N.Muslimov, J.Yo’ldoshev tadqiqotlari, ta’limda pedagogik texnalogiya asosida innovatsion yondashish N.N.Аzizхоdjаеvа, O’Tolipov, B.Ziyamuxamedov ta’limda intenfikatsiya yondashish muammolar M.Ochilov, B.Raximov, tadqiqotlarida innovatsion masalalar aks etgan.

Yüklə 23,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin