2
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Navoiy davlat pedagogika instituti
EKOLOGIK KIMYO
Bakalavriatning 5110300-Kimyo o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi
talabalari uchun darslik
Mualliflar:
Karimova Dilorom Amonovna
Shomurotova Shirin Xajiyevna
To‘xtayev Feruz Sadduloyevich
Taqrizchilar:
dots. M.S.Hotamova
dots. D.A.Ahadova
dots. Q.Sh.Husenov
Navoiy – 2019
3
SO’Z BOSHI
Kitobxonlar e‘tiboriga havola etilayotgan ushbu darslik,
Prezidentimizning
2017-yil 20-aprelda qabul qilingan ―Oliy ta‘lim tizimini yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi qarori va unda belgilangan vazifalar, jumladan
yangi avlod adabiyotlarini yaratish va ularni oliy ta‘lim muassasalarining ta‘lim
jarayoniga keng tadbiq etish vasifasini bajarish asosida yozildi.
Shuningdek,
darslik ta‘lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni e‘tiborga olib, hamda
―Ekologik kimyo‖ fanidan tasdiqlangan namunaviy o‘quv dasturi, ―Davlat ta‘lim
standartlari‖ asosida yozildi.
Darslik 2017-yil 21-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
―Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini
takomillashtirish to‘g‘risida‖gi PF-5024 farmoni, hamda ―2017-2021
yillarda
maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan
takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi qarorida
belgilangan vazifalarni bajarishga talabalarni jalb qilish, ko‘rsatilgan
vazifalarni
bajarishda ekologik kimyo bilan bog‘liq muammolarni oldini olishda yordam
berish maqsadida yozildi.
Darslikda Ekologik kimyo fanida o‘rganiladigan mavzular ketma-ket
berilgan. Talabalarning o‘zlashtirishlari oson va qulay bo‘lishi hamda darslikning
samaradorligini
oshirish maqsadida jadvallar, ko‘plab tasviriy vositalar va o‘z-
o‘zini nazorat qilish uchun testlarga keng o‘rin berilgan. Darslikda turdosh
darsliklardan farqli ravishda, fanlararo va Oliy ta‘limning umumiy o‘rta, o‘rta
maxsus, kasb-hunar ta‘limlari orasidagi bog‘lanishga ham yetarlicha e‘tibor
qaratilgan. Bundan tashqari hozirgi kun talabi hisoblangan xorij tajribasidan ham
unumli
foydalanilgan, bu esa shu fandan talabalarning kengroq bilim olishlariga
imkoniyat yaratadi. Darslikda Jo Jeanne Lownning ―Sanoat ekologiyasi va
chiqindilarni qayta ishlash texnologiyasi‖ nomli kitobidan foydalanildi,
bundan
tashqari xorijiy jurnallardan ekologik kimyo sohasidagi yangiliklar kiritildi.
Ushbu darslik aynan pedagogika oliy o‘quv yurtlari 5110300-―Kimyo
o‘qitish metodikasi‖ ta‘lim yo‘nalishi talabalari uchun yozilgan.