2-Мавзу. Kichik biznes va tadbirkorlikning mohiyati va mazmuni



Yüklə 198,15 Kb.
səhifə1/12
tarix04.12.2022
ölçüsü198,15 Kb.
#72297
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2 мавзу


2-Мавзу. Kichik biznes va tadbirkorlikning mohiyati va mazmuni
Reja:

  1. Kichik biznes va tadbirkorlik tushunchasi.

  2. Tadbirkorlik vujudga kelishining bosqichlari

Bozor munosabatlari sharoitida iqgisodiyotni rivojlantirishning asosiy omillaridan biri kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdir.
Xo`sh, «tadbirkor», «tadbirkorlik» tushunchalari qanday mazmunga ega va nimani anglatadi?
Binobarin, tadbirkorlik faoliyati tizimining alohida taxlili dastlab Rarbda boshlangan bo`lsa-da, uning mohiyati va rivojlanishiga taalluqli ko`p qirrali bilimlar SHarqda tarkib topib, so`ngra G’arbda ilgari surilganiga yuqorida zikr etilgan dalillar guvoxdik beradi. Ayniqsa, ular bu yo`nalishda shakllangan va hayotda o`z o`rniga ega bo`lgan ta`limotlarda o`z ifodasini topgan. Xususan, 3 ming yillik tarixga ega Zardushtiylik ta`limotining asosi bo`lmish "Avestoda"da musulmon olamining allomalari ta`limotlari, jumladan, "Naqshbandiya", "YAssaviya", "Kubroiya" ta`limotlarida mujassamlangan.
Ayniqsa, bu jihatdan "Naqshbandiya" ta`limotining ildizlari chukur mazmunga ega. "Naqshbandiya"ning "Dil bo yoru, dast ba kor", ya`ni "diling Allohda, qo`ling mehnatda bo`lsin", degan ta`limot asoschisi Xoja Bahouddin I (aqshbandiy kimxobga naqsh bog’lashda tadbirkorlik mahoratini namoyish •,»tib, xdlol mehnat bilan yashash zarurligini ibrat qilib ko`rsatgan1. Ayrim manbalar uning mato to`qiydigan do`konlari borligini ham ishora qiladi2.
Ko`rinib turibdiki, Bahouddin Naqshbandiy mashxur G’arb iqtisodchi 1 olimi, xususan, Vil’yam Pettidan 400 yil muqaddam mehnat insonlarning YAI1P1N manbai ekanligini chuqur anglagan va amalda o`z faoliyati doirasida isbot etgan. Ammo Vil’yam Pettining "Boylikning otasi mexrat, onasi esa erdir" degan ta`limoti jahon iqtisodiy nazariyasi fanida yangi bosqich sifatida e`tirof etilgani holda, Naqshbandiyaning undan avvalroq hamda chuqur iqtisodiy va ma`naviy mazmunga ega bo`lgan yuqorida qayd etilgan ta`limoti hozirgacha na G’arb va na mahalliy iqtisodiy adabiyotlarida munosib o`rin egallamagan.
Tadbirkorlik bo`yicha bilim va amaliy faoliyatlar zaminimizda xukmdor bo`lgan buyuk shaxslar Sohibqiron Amir Temurning "Tuzuklari"da, Mirzo Boburning "Boburnoma" asarida yorqin ifodasini topgan.
Buyuk sarkarda Amir Temur mamlakat osoyishtaligini va mo`l-ko`lligiga erkin tadbirkorlik faoliyatiga ustuvorlik berilishi orqali erishish mumkinligini chuqur idrok etgan va uning tamoyillari mashhur "Temur tuzuklari" asarida aniq bir tizimga keltirilgan bo`lib, unga ko`ra: "... mardlik va shijoat sohibi, azmi qat`iy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming - minglab, tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxpshdur"1, - degan xulosani ilgari surgan.
Ta`kidlash joizki, Amir Temur nafaqat tinchlik davrida, balki urush holati jarayonida ham tadbirkorlik faoliyatini yuqori darajaga ko`targan va bu yo`nalishda amaliy ishlarni ham ro`ebga chiqargan. Ma`lumotlarga ko`ra, harbiy yurish chog’larida qo`shin ehtiyojlarini ta`minlaydigan turli xil kasbga ega tadbirkorlarni olib yurilgan va ularning muayyan qismi 3,5,7 yillik, deb nomlangan va oxirgi Xitoyga qarshi harbiy yurishlari paytida dehqonchilik bilan mashg’ul bo`lib, qo`shinni oziq-ovqat bilan ta`minlab turgan. Mahalliy aholini bunday og’ir vazifani bajarishda qo`llab-quvvatlab, talon-tarojliklardan muhofaza etishgan.
Hattoki, Amir Temur urush holatida turgan paytida ham bunyodkorlik ishlarini davom etgirgan ekan. Ma`lumotlarga ko`ra, 1401 yili Amir Temur navbatdagi harbiy yurishlaridan birida Qorabog’ (hozirgi Qorabog’-Ozarbayjon)da qishlagan chog’ida mintaqa uchun nihoyatda zarur bo`lgan Nahri Barlos nomi berilgan kanalni bir oy ichida bitirib2, suv keltirgani obodonchilik va tadbirkorlikka asos solgan bo`lib, hozirgacha uning saxovatidan u erliklar bahramand bo`lmokdalar.
Ammo qadim zamonlardan Markaziy Osiyo mintaqasida gurkirab yuksalib kelgan tadbirkorlik faoliyati chor istilosi davrida, mahalliy bozorni metropoliyadan keltirilgan oziq-ovqat va sanoat mollari egallashi munosabati bilan deyarli so`na boshlagan va mahalliy aholi turmush sharoitining pasayishi va o`ta qashshoqlashishiga olib kelgan. Oktyabr’ inqilobidan so`ng qayd etilganidek, yirik ishlab chiqarishga ustuvorlik berilishi O`zbekistonda ham kichik tadbirkorlik faoliyatining emirilishiga olib keldi va vaziyatni yanada murakkablashtiradi. Bu sohada 1927 yilda 118 ming kishi band bo`lgan bo`lsa, 1932 yilga kelib, u 60 ming kishidan iborat bo`ldi.
Bunday vaziyatda Markaziy Osiyoning keng tafakkurga ega progressiv ziyolilari demokratik shoir va yozuvchilari (Muqimiy, Furqat), ayniqsa jadidchilar (Qodiriy, Behbudiy, CHo`lpon, Fitrat, Avloniy) va ular qatorida yirik davlat arbobi Fayzulla Xo`jaevning aholini qoloqlik va qashshoqlik girdobidan qutulishning asosiy yo`li mamlakatda ishlab chiqaruvchi kuchlar va tadbirkorlikni rivojlantirish ekanligi va unda faol ishtirok etishga undashi hamda uni rag’batlantirish uchun aniq sa`y-harakatlari respublikamiz iqtisodiy taraqqiyotining moddiy-texnika bazasini bunyod etish uchun kuchli zamin hozirlagan edi.
Buyrukbozlik iqtisodiyotiga asoslangan tizim barham topishi bilan mamlakatlarda bozor iqgisodiyoti va uning o`zagini tashkil etuvchi tadbirkorlik faoliyatining mazmuni va metodologik asoslari to`g’risidagi tafakkur kengaydi va nazariy bilimlar chuqurlashdi.
U Angliya sanoatining muvaffaqiyatini «ingliz tadbirkorlari iste`dodi» ta`minlaganligini ta`kidlagan edi. J.B. Seyning asosiy tezisida mahsulot ishlab chiqarishda tadbirkorlar asosiy faoliyat yuritadi deyiladi. J.B. Seyning fikricha, tadbirkor olgan daromad uning mehnati, ish-lab chiqarishni tashkil etganligi, mahsulotni o`z vaqtida sotganligi uchun berilgan mukofotdir. Tadbirkor tavakkal qilib, biror-bir mahsulotni ishlab chiqarishni o`z bo`yniga oladi.
Qayd etish lozimki, iqtisodiyot fanining asoschilari tadbirkorlik shakliga kam e`tibor berganlar. Tadbirkorlik faoliyati ularning ilmiy -tadqiqot ishlarining tahlil ob`ekti bo`lmagan. Ingliz iqtisodchi olimlari A. Smit (1723-1790) va D. Rikardo (1772-1823) iqtisodiyotni o`z-o`zini muvofiqlashtiruvchi mexanizm deb qabul qilganlar. Ushbu mexanizmda ijodiy tadbirkorlikka o`rin yo`k edi. «Xalqlar boyliklarining moqiyati va sabablarini tadqiq etish» (1776 y.) kitobida A. Smit tadbirkor ta`rifiga alohida e`tibor bergan edi.
A. Smitning fikricha, tadbirkor - kapital egasi. U muayyan tijorat goyasini amalga oshirib, daromad olish uchun tavakkalchilik bilan ish boshlaydi, chunki kapitalni biror-bir ishga sarflash doimo tavakkalchilik bilan bog’liqdir. Tadbirkorlikdan olingan daromad, A. Smitning fikricha, shaxsiy tavakkalchilik uchun olingan mukofot. Tadbirkor ishlab chiqarishni o`zi rejalashtiradi, tashkil etadi, ishlab chiqarish faoliyati natijalariga liyaik qiladi. Bu ishlar, o`z navbatida, bozor tizimi bilan bogliq.
Shu bois A. Smit bizlarni bozor tizimining markaziy mexanizmi -raqobat mexanizmi bilan tanishtiradi. O`z manfaatini ko`zlab yurgan har bir kishi bozorda shu maqsad bilan yurgan kishilarga duch keladi. Natijada, bozordagi har bir harakat qiluvchi sub`ekt raqobatchi taklif etgan narxlarga rozi bo`ladi. Bunday raqobatda o`xshash tovarlarga me`yordan ortiq narx qo`ygan ishlab chiqaruvchi xaridorni yo`qotishi hech gap emas.
A. Smitning qayd qilishicha, bozor jamiyat sotib olishni xoxdagan va kerakli mikdordagi tovarlarni ishlab chiqaradi. SHu bilan birga, A. Smit bozorning kudratli kuch ekanligini, u jamiyatni zarur tovarlar bilan doimo ta`minlashi va bu tizim o`z-o`zini muvofiqlashtirishini ko`rsatib berdi. Uning fikricha, o`z-o`ziga qo`yib berilgan bozor tizimi rivojlanadi va bunday tizimi bor xalqning boyligi ortaveradi.
X1X-XX asrlar chegaralarida tadbirkorlik institutining ahamiyati va rolini ko`pchilik anglay boshladi. Frantsuz iqtisodchisi Andre Marshall (1907-1968 yy.) birinchi bo`lib ishlab chiqarishning uchta omiliga (er, kapital, mehnat) to`rtinchi - tashkillashtirish omilini qo`shdi. SHu vaqtdan boshlab, tadbirkorlik tushunchasi va shu sohada olib boriladigan ishlar ko`lami kengayib bormoqtsa.
Amerikalik iqtisodchi J.B. Klark (1847-1938) J.B.Seyning «uchlik formulasiga» bir oz o`zgartirish kiritdi. Uning fikricha, ishlab chiqarishda doim to`rt omil ishtirok etadi:
1)kapital;

  1. ishlab chiqarish vositayaari va er;

  2. tadbirkorlik faoliyati;

  3. ishchining mehnati.

Har bir omil ishlab chiqarishdan olinayotgan o`ziga xos foydani aks ettiradi: kapitaldan kapitalist qo`shimcha foiz oladi; er renta beradi; kapitalistning ishbilarmonlik faoliyati daromad keltiradi; ishchining mehnati uni maosh bilan ta`minlaydi. Boshqacha qilib, J.B. Klark so`zi bilan aytganda: «Erkin raqobat mehnatga mehnatdan kelgan narsani beradi, kapitalistlarga kapital yaratgan narsa tegadi, tadbirkorlar muvofiqlashtirish faoliyatidan kelgan narsani oladi»'. Tadbirkorlik faoliyatini u ana shunday tushungan.
Mashhur amerikalik iqtisodchi Y. SHumpeter (1883-1950) o`zining «Iqtisodiy rivojlanish nazarnyasi»2 kitobida, tadbirkorni novator (yangilik bunyod qiluvchi odam) deb ta`riflagan. Olim tadbirkorlik faoliyatini kapitalistik iqtisodiyotning rivojlanishida, iqgisodiy o`sishni ta`minlashda katta rol’ o`inaydigan yangiliklarni joriy etishdan iborat, deb biladi: «Vazifasi yangi kombinatsiyalarni joriy etishdan iborat bo`lgan xo`jalik sub`ektlarini biz tadbirkor deb ataymiz». Ushbu muammoga iqtisodiyot sohasida Nobel’ mukofotiga sazovor bo`lgan (1974) ingliz iqtisodchisi Fridrix Fon Xayn (1899-1984) boshqacha yondashgan. Utang fikricha, tadbirkorlik faoliyat bo`lmasdan, balki yangi iqtisodiy imkoniyatlarni izlab topish, xatti-harakatlarni ta`minlashdir3. Olim tadbirkorlikni faoliyat emas, deb talqin etadi.
Na xorijda, na bizda hali tadbirkorlikning umum tomonidan e`tirof etilgan ta`rifi mavjud emas. Amerikalik olim R. Xizrich, «Tadbirkorlik o`z qiymatiga ega bo`lgan qandaydir yangi narsani yaratish jarayoni, tadbirkor esa buning uchun barcha zarur vaqti va kunini sarflaydigan, barcha moliyaviy, psi-xologik va ijtimoiy xavf-xatarni o`ziga olib, evaziga mukofot sifatida pul va erishilgan yutug’qdan qanoatlanuvchi shaxs»4, - deb ta`kidlaydi.
Ingliz professori A. Xoskin esa «ishni o`z hisobidan olib boruvchi, biznesni boshqarish bilan shaxsan shug’ullanuvchi va kerakli vositalar bilan ta`minlanish uchun shaxsiy javobgarlikka ega, qarorni mustaqil qabul qiluvchi shaxs yakka tartibdagi tadbirkor bo`ladi»5, - deb izoxlaydi.
Bugungi kunda tadbirkorlik nazariyasini rivojlantirishning to`rt bosqichi mavjud. XVIII asrdayoq vujudga kelgan birinchi bosqich - tadbirkorlik xavf-xatarini o`ziga olish, boshqacha qilib aytganda, tavakkalchilik bilan bogliq. Tadbirkorlikning ikkinchi bosqichi esa innovatsiya jarayoni bilan bogliqtsir.
Amerikalik iqtisodchi olim Y. SHumpeterning fikriga ko`ra, tadbirkorlikning novatorlik xarakteri quyidagilarda aks ettiriladi:

  • bozor uchun yangi tovar ishlab chikzrish;

  • ishlab chiqarish jarayoniga yangi texnologiyalarni tatbiq etish;

  • yangi sotish bozorlarini o`zlashtirish;

- xomashyoning yangi turlari va manbalarini topish.
Tadbirkorlik vujudga kelishining uchinchi bosqichi tadbirkorlikning ilohida shaxsiy sifatlari: ijtimoiy va iqtisodiy vaziyatning o`zgarishida I o`gri yo`l topa bilish qobiliyati, boshqaruv qarorlarini tanlash va kabul qilishda mustaqillik, boshqaruv qobiliyatlarining to`la namoyon bo`lishi bilan ta`riflanadi.
Tadbirkorlik nazariyasining rivojlanishidagi hozirgi bosqichni to`rtinchi bosqichga kiritish mumkin. Uning paydo bo`lishini tadbirkor Mfakatini taxlil qilishdagi boshqaruv aspektiga ko`chirish bilan boglaydilar. Bu hozirgi vaqtda nazariyada tadbirkorlik muammolari taxdili ko`plab o`zaro bogliq fanlar doirasida olib borilishini anglatadi.
Hozirgi zamon nazariy tadqiqotlarida nafaqat tadbirkorlikka ishlarni mustaqil olib borish usuli sifatida, balki firma ichidagi tadbirkorlikka 1(ki intraprenerlikka e`tibor qaratiladi. «Intra-prener» atamasi amaliyotga amsrikalik olim G. Pinsho tomonidan kiritilgan.
Intraprenerlikning paydo bo`lishi ko`pgina yirik ishlab chiqarish tuchilmalari, ularda ishlab chiqarishni tashkil etishning tadbirkorlik ishkliga o`tishi bilan bog’liq,. Tadbirkorlik ishi ijod erkinligining mavjud bo`lishini ko`zda tutganligi sababli yaxlit ishlab chiqarish birikmalari bo`linmalari harakat kilish erkinligini oladilar, bu tadbirkorlikning isosida yotuvchi g’oyalarni amalga oshirish uchun zarur intrakapitalning mavjudligini nazarda tutadi.
Taniqli olimlarning olib borgan tadqiqotlari shuni ko`rsatadiki, tadbirkorning o`z faoliyati sohasida olib boradigan ishlari ko`p qirralidir. Bu bozor siyosatining o`zgarishi bilan yoki korxonaning ichki va tashqi , omillari ta`sirida aniqlanadi. Lekin tadbirkorning asosiy maqsadi mpnfaat (foyda) ko`rish bilan bir qatorda, bozorda samarali faoliyat yuritishni ta`minlaydigan ishlarni amalga oshirishdir. Buning uchun tadbirkorlikni boshqarish va unga ko`mak beruvchi zamonaviy menejment usullariga asoslangan mexanizmni yaratish va undan unumli foydalanishni ta`minlash zarurdir. Bozor sharoitida tadbirkorlikni boshqarishda uning quyidagi xususiyatlarini e`tiborga olish kerak:
-tadbirkor har doim bozordagi talab va taklifni e`tiborga olib ish ko`radi;

  • tadbirkor samaradorlikni ta`minlovchi sa`y-harakatlar qilib, ishlab chikarish xarajatlarini kamaytirish yo`llarini qidiradi;

  • biznesning pirovard natijalariga javob beradigan shaxslar, o`z bizneslarini erkin shart-sharoitlarda olib borishiga etarli imkoniyatlar ratadilar;

  • kichik korxonaning pirovard natijalari, ya`ni uning oladigan foyda yoki charari faqat bozordagi oldi-sotdi jarayonida ma`lum bo`ladi;

  • kichik biznes bilan shug’ullanuvchi tadbirkor o`z mablaglarini harakatga olib, bozorda qanday xavf-xatarga duch kelishi yoki yakuniy natija qanday o`lishini aniq bilmaydi.

SHunday qilib, tadbirkorlik - iqtisodiy faoliyatning alohida turi bo`lib, uning zamirida mustaqil tashabbus, javobgarlik, tadbirkorlik g’oyasiga asoslangan, foyda olishga yo`naltirilgan, maqsadga muvofiq faoliyat yotadi.
Tadbirkorlik iqtisodiy faollikning alohida turi bo`lib, uning boshlang’ich bosqichi, odatda, fikrlash faoliyati yoki uning natijasi bilan bog’langan bo`ladi, faqat u keyin moddiy shaklni oladi.
Tadbirkorlik yangilik kiritish, tovar ishlab chiqarish faoliyatini o`zgartirish yoki korxonani (shu jumladan, kichik korxonani) tashkil qilish sohasida ijodkorlikning mavjudligi bilan ta`riflanadi. Tadbirkorlik faoliyatining ijodkorlik jihatlari boshqaruvning yangi tizimida ishlab chiqarishni tashkil etishning yangi usullari yoki yangi texnologiyalarini tatbiq etishda o`z ifodasini topadi.
Tadbirkorning o`zi tadbirkorlik faoliyatining asosiy sub`ekti hisoblanadi. Ammo tadbirkor yagona sub`ekt emas, har qanday holda u ishlab chiqarilgan tovar yoki xizmatning iste`molchisi hamda har xil vaziyatlarda yordamchi yoki raqib sifatida bo`luvchi davlat bilan o`zaro hamkorlik qilishga majbur. Iste`molchi ham, davlat, ham, yollanma (ishchi) xodim ham tadbirkorlik faoliyati sub`ektlari qatoriga kiradilar.
Tadbirkor va iste`molchining o`zaro munosabatlarida tadbirkor faol sub`ekt kategoriyasiga kiradi. Iste`molchi esa bunda passiv rol o`ynaydi. Bu o`zaro munosabatlarni taxlil qilishda iste`molchi tadbirkorlik jarayonining indikatori rolini bajaradi. Tadbirkor faoliyati predmetini tashkil etuvchi barcha narsa iste`molchining ijobiy bahosiga ega bo`lgan holdagina amalga oshirilishi mumkin. Bunda iste`molchi tomonidan tovarga baho beriladi va keyin u yoki bu tovarni xarid qilishga tayyorligi aniqlanadi. Tadbirkor o`z faoliyatini rejalashtirish va tashkil etishda iste`molchining kayfiyati, istagi, manfaatlarini hisobga olishi kerak.
Bozor iqtisodiyoti sharoitada tadbirkor uchun iste`molchining manfaatlariga muvofiq harakat qilishdan boshka iste`molchiga ta`sir qilishning yo`li yo`kdir. Ammo bu tadbirkor iste`molchining manfaatlariga muvofiq harakat qilishi kerakligini bildirmaydi. Tadbirkorning o`zi iste`molchining talabini shakllantirishi, yangi iste`mol ehtiyojlarini yaratishi (agar xaridor uchun zarur bo`lgan yangi tovar yaratilsa) mumkin. SHundan kelib chiqqan holda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning ikki usulini keltirish mumkin:

  • iste`molchi manfaatini aniqlash usuli;

  • iste`molchiga yangi tovar yoki xizmatlarni «majburan qabul qildirish»
    usuli.

SHunday qilib, tadbirkorning asosiy maqsadi o`z iste`molchilariga ega bo`lish yo`lida tovarga ehtiyojni aniklashdan iboratdir. Tadbirkor o`z iste`molchilarini shakllantirishda kuyidagi asosiy omillarni hisobga olishi kerak:

  • tovarning yangiligi va uning xaridor manfaatiga mos kelishi;

  • tovar yoki xizmatlarning sifati;

  • tovar yoki xizmatlarning narxi;

  • tovarning universaplik darajasi;

  • tovarning tashqi ko`rinishi, uning xaridor talabiga mosligi;

  • sotuvdan keyingi servis xizmatlaridan foydalanish imkoniyati;

  • tovarning qabul qilingan umumiy yoki davlat standartlariga mosligi;

  • tovarlar va xizmatlar reklamasining jozibaliligi, xaridor diqqatini
    o`ziga jalb etishi va hokazo.

Xulosa shundan iboratki, agar ijtimoiy ishlab chiqarish nuqtai nazaridan tadbirkor faol sub`ekt rolida bo`lsa, unda tadbirkorlik jarayonining o`zi, uning samaradorligi va mazmuni nuqtai nazaridan iste`molchi faol rol’ o`ynaydi va tadbirkor bu omilni inkor eta olmaydi.
Tadbirkorning shaxsiy xususiyatlari, qobiliyatlari, imkoniyatlari va ishga doir sifatlari tadbirkorlikning harakatlantiruvchi kuchi bo`ladi. Tadbirkorning ishga doir sifatlari quyidagi tamoyillarga asoslanishi kerak:

  • birinchidan, bozorning tovar va xizmatlar bilan ta`minlanish
    darajasini taxlil kilish yo`li bilan iktisodiy xo`jalik tizimida o`z o`rnini
    topishi;

  • ikkinchidan, shaxsiy ishlab chiqarish tuzilmasini yaratishga tayyorlik
    qobiliyati;

  • uchinchidan, marketing tadqiqotlari natijalaridan kelib chiqqan holda
    dastlabki tadbirkorlik hisob-kitoblarini amalga oshirishi;

  • to`rtinchidan, tadbirkorlik loyihasini amalga oshirishda rahbarlikni
    to`gri yo`lga quyish qobiliyati;

  • beshinchidan, yangi texnik, texnologik goyani birinchi bo`lib hayotga tatbiq
    etish hamda ushbu g’oyadan amalda foydalanish, undan qanday yakuniy natija,
    mahsulot yoki xizmatlar olish mumkinligini tasavvur eta olishi.

Tadbirkorning ushbu ishbilarmonlik tamoyillari uning ijodkorligiga > asoslanadi. Aynan ana shu ijodkorlik Y. SHumpeter fikriga .asosan, tadbirkor boshqalar e`tibor bermagan va bilmagan ishlarga e`tibor berib, faoliyat yuritish imkonini beradi.
Ijodkorlik tadbirkorni ta`riflashda asosiy mezon bo`ladi, ammo u turli shakllarda namoyon bo`lishi mumkin. Tadbirkor boshqa ijodkor kishilar tomonidan amalga oshirilgan kashfiyotlar, topilmalardan qanday samarali foydalanish mumkinligini biladi. SHu bilan birga, u bu yangiliklardan xaridorning qiziqishini uyg’otuvchi yangi, ajoyib narsa ishlab chiqarish sohasida foydalanish yo`llarini topa oladi.
Ammo kashfiyot va yangilik faqat tovar turining yangi tarkibiy qismini yaratishda emas, balki tovar ishlab chiqarishni yangilash jarayoniga jalb etishni talab qilmaydigan odDiyroq shakllarda ham namoyon bo`ladi. Masalan, u tovar o`ramining yangilanishi, an`anaviy tovarga yangi xususiyat va sifatlar berish ko`rinishida namoyon bo`lishi mumkin.
Tadbirkor faoliyatining boshqa tomonlarida ham kashfiyotchilik elementlarini qo`llashi mumkin. Masalan, u ishlab chiqarishning, mahsulotni sotishni boshqarishning yangi shakllarini topadi, sheriklik munosabatlarini o`rnatadi, ishlab chiqarishning yangi texnologiyalaridan foydalanadi. Tadbirkorlikning yana bir muhim xususiyati ishlab chiqarish jarayonida yangi g’oyalarning amalga oshirilishi bozorda qanday qabul qilinshshshi oldindan ko`ra bilish qobiliyatida namoyon bo`ladi. SHu jihatdan yangilikni bozorda tatbiq etish va iste`molchining javobini bitta jarayonga birlashtira olish tadbirkor muvaffaqiyatining garovidir.
Ko`pgina tadqiqotchilar jamiyatda tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchilar soni ko`payib borayotganligani ta`qidlaydilar. Ma`lumotlarga ko`ra, mustaqil faoliyat yurituvchi aholining 18-20% qismi tadbirkorlik bilan shug’ullanishi mumkin. Tadbirkorlik har qanday boshqa kasb kabi ishbilarmonlik sifatlarini talab etadi.
Tadbirkor kishidan, avvalo, o`ziga va o`z qobiliyatiga ishonish talab etiladi. O`ziga, o`z kuchiga ishonmaydigan inson nafaqat tadbirkorlik, balki har qanday sohada ham ishni oxirigacha etkazishga qodir emas.
Tadbirkorning muvaffaqiyatini belgilovchi keyingi shart agressdavlikdir. Bunda gap, birinchidan, tadbirkorga nimadadir birinchilikka ega bo`lish ishonchini beruvchi, ikkinchidan, tadbirkorning aniq maqsadga qaratilgan harakatlarni bajarishida tashabbusni tortib olishga harakat qiluvchi agressivlik haqida gap ketayapti. SHunday qilib, bu o`rindagi agressivlik amalda g’oyalar, loyiha va tashabbusni tortib olish va uni tez amalga oshirishni bildiradi. Bunday agressivlik atrofdagilarga (hammadan oldin raqiblarga) to`g’ridan - to`g’ri zarar keltirmaydi, u bevosita zarar keltirishi mumkin (agar birov qandaydir tovarni ishlab chiqarishda tashabbusni o`z qo`liga olsa, boshqa kipga bunday tovarni ishlab chiqara olmaydi, demak, tovar ishlab chiqarish bo`yicha tashabbusni birinchi bo`lib boshlagan tadbirkorning harakati u mo`ljallagan daromadni olishiga imkon bermaydi).
Tadbirkor ko`pgina hollarda o`z jamoasi bilan harakat qiladi, shuning uchun tadbirkorlik g’oyasini amalga oshirish jarayoniga samarali ta`sir etuvchi jamoani yaratgandagina, muvaffaqiyatga erishadi. SHu munosabat bilan tadbirkorning oldida murakkab muammolar turadi. Bular biznesning muvaffakiyati uchun qanday ixtisosdagi mutaxassislar kerakligi, ular qanday sifatlarga ega bo`lishlari zarurligi, ularning tadbirkor shakllantirayotgan ruhiy muhitga kira olishlari mumkinligini aniqpash muammolaridir.
Har qanday faoliyatdan kutiladigan samara insonga, avvalo uning mehnat madaniyati darajasiga bog’likdir. Masalan, yaponlar «ikqisodiy mo``jizalari» asosida nafaqat ilm, fan-texnika va texnologiya yutuqpari, balki mehnat madaniyatining o`zgarishi yotganligini ta`kidlaydilar. YAponiya ekspertlarining fikriga ko`ra, buning uchun yapon jamiyatiga 30 yil kerak bo`lgan.
Mehnat madaniyati deganda ishlab chiqarishni tashkil etish darajasi, mehnatning yangi, samaraliroq usullarini qo`llash, hamkasblar va qo`l ostidagilar bilan muomalada samimiylik, yangi goyalar, texnologiyalarni izlash, mulkka va ishlab chiqarish munosabatlariga ehtiyotkorona yondashish tushuniladi.
Korxona faoliyatini boshqarishda to`g’ri qaror qabul qilish tadbirkorning eng muhim sifatlaridandir. Boshqacha qilib aytganda, bu tabirkorning o`z faoliyati, o`z biznesi sohasida javobgarlikni o`z zimmasiga olishidir. Haqiqatan ham tadbirkor, qaror qabul qilib, uni amalga oshirishda nafaqat o`z sheriklari oldida, balki o`zining kelajakdagi qarorining oqibati uchun javobgarlikni ham o`ziga oladi. Binobarin, javobgarlikni o`ziga olish jarayoni, ayni bir vaqtda, xavf-xatarni o`ziga olishni ham bildiradi. SHunday qilib, xavf-xatarni ko`ra bilish va uni bartaraf etish uchun tayyorlik ham tadbirkorga xos muhim sifatdir.
Tadbirkorlik niyatini amalga oshirish belgilangan darajada tadbirkorning motivlashuvi (manfaatdor bo`lishi)ga bog’liq. Tadbirkorlik nazariyasining asoschisi Y. SHumpeter uchta asosiy motivni ajratgan:

  • birinchidan, hokimlik qilish, hukmronlik, ta`sir qilishga ehtiyoj;

  • ikkinchidan, aniq harakatlarni bajarish orqali erishish ehtimoli
    bo`lgan g’alabaga iroda, muvaffaqqiyat sari harakat;

- uchinchidan, mustaqil ish faoliyati beruvchi ijodkorlik quvonchi.
Ammo, Y. SHumpeter tomonidan taklif etilgan motivlashtirish nazariyasi
garbiy mamlakatlar tadbirkorlarining fikrlash uslubini aks ettiradi. Tadbirkorlikning tarixiy tomirlariga ega O`zbekistonda tadbirkorlikning :»amonaviy haqiqatlarga asoslangan o`z motivi bo`lishi kerak. O`zbekistonda tadbirkorlik faoliyati bir qator o`ziga xos alomat va xususiyatlar bilan birga bo`ladi. Mamlakatimizda tadbirkorlikni motivlashtirish xususiyatlari quyidagi alomatlarga ega:
- o`z salohiyatini amalga oshirishga harakat qilish;

  • eng muhim, ijtimoiy va iqtisodiy samara keltiruvchi g’oyalar-ni amalga
    oshirish istagi;

  • to`rachilik tuzilmalari bilan bog’likliqtsan qochish, harakatlar
    erkinligi va faoliyat yuritish jarayonida mustaqil bo`lish;

  • qiziqarli ish bilan mustaqil va erkin shug’ullanish;

  • o`zining ijtamoiy maqomi va obro`sini oshirishga intilish hamda o`ziga
    va o`z yaqinlariga munosib turmush sharoitlarini ta`minlash.

Ko`rsatib o`tilgan istaklarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun tadbirkor bir qator izchil harakatlarni amalga oshirishi kerak. Bu harakatlar tanlab olingan ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish shakllariga bogliq. SHu munosabat bilan tadbirkor o`z faoliyatini tashkil etishning quyidagi ikki tarkibiy qismini taxlil qilishi kerak:

  • bozor va unda vujudga keladigan vaziyat;

  • ishlab chiqarish tuzilmasi.

Ish muhitini taxlil qilishda tadbirkor bu qismlar o`rtasida o`zaro aloqalar o`rnatishning samarali usulini topishi kerak. Ammo, bunga erishish qiyin, chunki birinchidan, ikkala tarkibiy qismning sifati turlicha. Bozor dinamik o`zgaruvchan mexanizmdan iborat. Unga doimo kuzatiladigan talab, taklif, narx, raqobat sharoitlarining o`zgarishi xosdir. SHu bilan bir vaqgda ishlab chiqarish tuzilmasi konservativ, kam o`zgaruvchan. Ishlab chiqarish dasturlari kundalik o`zgarishlarni ko`zda tutmaydi. Ikkinchidan, bozor va ishlab chiqarish fazo va vaqtga bo`lingan. Fazoviy bo`linishga ko`ra, bozordagi o`zgarishlar ishlab chiqarish tuzilmasidagi xuddi shunday o`zgarishlarni keltirib chiqara olmaydi.
Bu holat vaqt bo`yicha bo`linish bilan ham chuqurlashadi, tadbirkor ishlab chiqarish dasturini shakllantiradi va uni bozordagi vaziyat haqidagi axborotlar bilan asoslaydi. Ammo dasturni bajarish ma`lum bir vaqtni talab etadi, shu vaqt ichida bozorda jiddiy o`zgarishlar ro`y berishi mumkin. Buning natajasida ishlab chiqarilgan tovar yoki xizmatlar bozorda kerak bo`lmay qolishi mumkin. SHuning uchun tadbirkor muhim qarorlarni qabul qilish uchun asos bo`lib xizmat qiluvchi marketing tadqiqotlari bozorda vaziyatning rivojlanish bashoratiga asoslanishi kerak.
Qaror qabul qilish, mas`uliyatni zimmasiga olish kabi vazifalar tadbirkorlikni boshqarish faoliyati bilan bog’laydi. SHuning uchun ham tadbirkorni menejerdan ajratish zarur. Bularning har biri o`ziga xos vazifalarni bajaradi. Bir tomondan tadbirkorlik faoliyatining mazmuni boshqarish faoliyatidan kengroq bo`lsa, boshqa tomondan har bir ishbilarmon ham menejment vazifalarini bajara olmaydi. Menejment asoslariga bag’ishlangan kitobda bu haqda yaxshi fikr bildirilgan: «SHaxsiy tavakkalchilik, moliyaviy imkoniyatga bo`lgan munosabat, tinimsiz mehnat Qrshish kabi xususiyatlarga ega tadbirkor yiriklashib borayotgan korxonani boshqara oladi, degan gap emas»1.
Menejerning «shakllanmagan tuzilmani shakllantirish» qobiliyati ishi yurishib ketayotgan ishbilarmonga doimiy xos bo`lavermaydi. SHu sababli yirik korxonalar rahbariyati tarkibiga menejerlar kelmokda.
Xulosa qilib aytganda, bugungi sharoitda «tadbirkor» tushunchasi «menejer» tushunchasiga juda yaqin turadi. SHu bilan birga, tadbirkor mulkdor bo`lsa, menejer boshqaruvchidir. Amalda esa, aksariyat mulkdorlar menejer vazifasini bajaradi, qator menejerlar esa o`zlari boshqarib turgan ishlab chiqarish korxonalariga ega bo`lib qolmokda.
«Tadbirkorlik» tushunchasi tadbirkorning entsiklopedik lugatida kuyidagicha ta`riflanadi:
Tadbirkorlik - (ingl. enterprise) shaxsiy daromad, foyda olishga qaratilgan fuqarolarning mustaqil faoliyati. Bu faoliyat o`z nomidan, o`z mulkiy mas`uliyati va yuridik shaxsning yuridik mas`uliyati evaziga amalga oshiriladi. Tadbirkor (frn. entrepreneur) qonun tomonidan ta`qiqlanmagan barcha xo`jalik faoliyati, shu jumladan, vositachilik, sotish, sotib olish, maslaxdt berish, qimmatbaho qog’ozlar bilan ish olib borish bilan shug’ullanishi mumkin.
Tadbirkorlik shaxsiy va ijtimoiy foydalarni ko`zlagan holda daromad olish uchun sarflanayotgan mablag’ bilai bog’liq faoliyatdir. Tadbirkorlikka berilgan ushbu ta`rif batafsilligi bilan ajralib turadi. Bu ta`rifda tadbirkorlik faqat ma`lum faoliyat bilan shug’ullanish emas, balki bevosita faoliyat yuritishdan iboratligi ta`kidlangan. Tadbirkorlikka berilgan qator ta`riflarda eng muhim holat, ya`ni* shaxsiy daromad bilan ijtimoiy foydaning yaxlitlik xususiyati ko`rsatilmagan.
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, tadbirkorlikning muhim xususiyatlariga quyidagilar kiradi:

  • xo`jalik faoliyati olib borayotgan sub`ektlarning mustaqilligi va
    - rkinligi. Hukuqiy me`yorlar chegarasida har bir tadbirkor u yoki bu masala
    yuzasidan mustaqil qaror qabul qilishi mumkin;

  • iqtisodiy manfaatdorlik. Tadbirkorlikning asosiy maqsadi maksimal
    darajada daromad olishni ko`zlab, jamiyat taraqqiyotiga ham o`z xdosasini
    qo`shishdir;

  • xo`jalik tavakkalchiligi va mas`uliyat. Har qanday hisob-kitobda ham
    poaniqlik va tavakkalchilik bo`lishi mumkin.




Yüklə 198,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin