2-Mavzu: Umumiy psixologiya fanining tadqiqot metodlari. Reja



Yüklə 29,35 Kb.
səhifə1/7
tarix14.12.2023
ölçüsü29,35 Kb.
#177568
  1   2   3   4   5   6   7
2-Mavzu Umumiy psixologiya fanining tadqiqot metodlari. Reja


2-Mavzu: Umumiy psixologiya fanining tadqiqot metodlari.
Reja:
1.Umumiy psixologiyaning tadqiqot metodlari.
2.Psixologiya va ilmiy texnik taraqqiyot.
3.Xulq-atvorning psixofiziologik asosi.
Tayanch iboralar:kuzatish,empirik metodlar,suhbat metodi, faoliyat mahsullarini tahlil qilish metodi, test metodi, tajriba (eksperiment) metodi.
Umumiy psixologiyaning tadqiqot metodlari.
1. Psixologiyaning an’anaviy, empirik metodlari to hozirgi kungacha muvafaqqiyatli qo‘llanilmoqda.
Kuzatish metodi. Psixologiya fanida bu metodning obyektiv (tashqi) va subyektiv (o‘zini o‘zi) kuzatish turlari mavjud. Inson psixikasidagi o‘zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshirilardi:

  1. Kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi;

  2. Kuzatiladigan obyekt tanlanadi;

  3. Sinaluvchining yoshi, jinsi, kasbi aniqlanadi;

  4. Tadqiqot o‘tkazish vaqti rejalashtiriladi;

  5. Kuzatishqancha davom etishi qat’iylashtiriladi;

  6. Kuzatish insonning qaysi faoliyatida (o‘yin, o‘qish, mehnat va sportda) amalga oshirilishi tavsiya qilinadi;

  7. Kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa bilan o‘tkazishi) tayinlanadi;

  8. Kuzatilganlarni qayd qilib berish vositalari (kundalik, suhbat daftari, kuzatish varaqasi, magnitafon, videomagnitofon, videoapparat, fotoapparat va boshqalar) taxt qilinadi.

Kuzatish orqali odamlarning diqqati, his-tuyg‘ulari, nerv sistemasining tashqi ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-ishoralari, sezgirligi, harakatchanligi, ishchanligi, xulq-atvori, nutq faoliyati va hokazolari o‘rganiladi. Ammo o‘ta murakkab ichki psixologik kechinmalar, yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy xotira va aql zakovatni tadqiq etishga bu metodning imkoni etishmaydi. Masalan, go‘dag bolani kuzatishda uning harakatlari, o‘yinchoqlarga munosabati, his-tuyg‘usi, talpinishi, maylli, hoxishi aniqlanadi.
Tashqi kuzatishda ba’zan tafakkur bo‘yicha ham ma’lumotlar olish: ish ustidagi kayfiyatini, fikrning muayyan obyektga yo‘naltirilganligini, tashqi qo‘zg‘atuvchilar ta’siriga berilmaslikni, chehradagi tashvish va iztirobni, ko‘zdagi g‘ayritabiiylikni, shuningdek, sinchkovlik, teranlik, termulish kabi ruhiy holatlarni kuzatib, tafakkurning kechishidagi o‘zgarishlarni aniqlash mumkin. Bulardan tashqari, qo‘lning titrashi, asabiylashish, nutqning buzilishi, hissiyotning beqarorlashuvi ham inson ruhiyatidagi o‘zgarishlar bo‘yicha ma’lumot beradi.
Psixologiya fanida o‘zini-o‘zi kuzatishdan (introspeksiyadan) ham foydalaniladi. Ko‘pincha tajribali psixolog yoki malakali mohir o‘qituvchi, salohiyatli rahbar o‘zini o‘zi kuzatish orqali ilmiy xulosa chiqara biladi. Masalan, o‘z tafakkurini kuzatib o‘zidagi emotsional o‘zgarish haqida, shuningdek, tafakkurning ichki mexanizmlari vujudga kelishi va ketishi to‘g‘risida ma’lumot oladi. Natijada tafakkurning sifati, mazmuni, mohiyati qay tarzda, qanday tezlikda, qay shaklda ro‘y berishini kuzatadi.
Shunday qilib, kuzatish metodining qulay va samarali jihatlari bilan birga zaif tomonlari ham mavjud. Shu sababli insonning murakkab psixikasi boshqa metodlardan foydalanib tadqiq qilinadi.
Suhbat metodi. Bu metod bilan inson psixikasini o‘rganishda suhbatning maqsadi va vazifasi belgilanadi, uning obyekti va subyekti tanlanadi, mavzusi, o‘tkaziladigan vaqti aniqlanadi, yakka shaxslar, guruh va jamoa bilan o‘tkazish rejalashtiriladi, o‘rganilayotgan narsa bilan uzviy bog‘liq savol-javob tartibi tayyorlanadi. Suhbatning bosh maqsadi muayyan bir vaziyat yoki muammoni hal qilish jarayonida inson psixikasidagi o‘zgarishlarni o‘rganishdir. Suhbat orqali odamlarning tafakkuri, aql-zakovati, xulq-atqori, qiziqishi, ziyrakligi, bilim saviyasi, e’tiqodi, dunyoqarashi, irodasi to‘g‘risida ma’lumotlar olinadi.

Yüklə 29,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin