Bog\'lanishning nutq va uni maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarga(1)
2.2 Maktabgacha yoshdagi bolalarni bog’langan nutqini logopedik - korreksion ishlarning bosqichlari va omillari Hozirgi kunda Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun maxsus maktabgacha ta’lim muassasalarining keng tarmoqlari mavjud bo’ib bu toifadagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash maqsadida majmuaviy (kompleks) differensial logopedik ishlar samarali tashkil etilishi talab etiladi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bola shunday bog’langan nutqga ega bo’lishi kerakki, toki u bolaga tengdoshlari va kattalar bilan muloqot qilish, maktabda samarali bilim olish, tashqaridan kelayotgan axborotni tushunish imkonini bersin. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar bog’langan nutqini rivojlantirishning dolzarb vazifalaridan biri sifatida qaraladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni bog’langan nutqining bog’langan nutqini shakllantirishga qaratilgan korreksion – pedagogik ish tizimi muammosining o’ziga xosligi quyidagi yetakchi omillarni ham taqazo etadi:
korreksion – logopedik ta’limni tashkil etishda bolaga u yoki bu funksiyalarning mavjud emasligi nuqtai nazaridan turib emas, balki unda saqlanib qolgan iqtidorlar, mavjud imkoniyatlar nuqtai nazaridan turib yondashish lozimki, toki manashularga asoslanib u yoki bu korreksion masalalarni hal qilish mumkin bo’lsin;
Maktabgacha yoshdagi bolalarning lug’at boyligini rivojlantirishda maxsus tanlab olingan vazifalar tizimi ulardagi qiziqishni rag’batlantiruvchi omil bo’lib xizmat qiladi;
Maktabgacha yoshdagi bolalarning bog’langan nutqini rivojlantirish mashg’ulotlarda turli muloqot shakllari tashkil etilishi g’oyat muhim. Tarbiyaviy masalalarni amalga oshirishda bolalarning barcha ishlarining monitoringni olib borilishi (dastlabki joriy va yakuniy nazorat) ijobiy samara beradi. Bunda bolalarning natijalarini sifat jihatdan tavsiflashga ko’proq o’rin ajratish lozim;
korreksion – logopedik faoliyatda bolalarda refleksiyani yuzaga keltirish, o’z – o’zini korreksiya qilishga intilishga qaratilgan usullarni rejalashtirish va amalga oshirish zarur;
Maktabgacha yoshdagi bolalar bog’langan nutqini rivojlantirish mashg’ulotlarida amaliy yondashuv tomonidan turib amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir;
Maktabgacha yoshdagi bolalar bog’langan nutqini rivojlantirish mashg’ulotlarda o’quv – amaliy faoliyatining shakllanishi yondashuvga asoslanadi, tabaqaviy til tizimining turli darajadagi elementlarining o’zaro aloqasini hisobga oladi. Leksikani muvaffaqiyatli egallash uchun nutqning fonetik – fonematik tomonini ham Maktabgacha yoshdagi bolalar lug’at boyligini rivojlantirishda uning nutqiy va individual rivojlanishini hisobga olinishi katta ahamiyatga ega;
bolalar vazifalarni mustaqil bajarayotganlarida pedagog tomonidan ko’rsatiladigan yordam yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarning xarakteri va darajasidan kelib chiqadi. Bunda yordamning rag’batlantiruvchi (emotsional), yo’naltiruvchi va tashkillashtiruvchi turlari qo’llanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning bog’langan nutqini rivojlantirish 4 bosqichda olib borish tavsiya etiladi.
I bosqich: - Asosiy diqqat bolalarda nutqiy bayonning motivatsion xissiy
asoslarini va psixologik jarayonlar: idrok, xotira, diqqat, tafakkurni takomillashtirishga qaratiladi.
II bosqich – axborot – mazmunli:
Nutq zahirasini leksik – semantic boyitish, bog’langan nutq tuzilishi haqidagi tasavvurlarini hamda uni tashkil etuvchi qoidalarni shakllantirish nutqdagi leksika – Grammatik shakllarni to’g’ri qo’llay olish. Ushbu bosqichida bolalarga tasvirlarni (rasm) ko’rib analiz qilish bo’yicha bilim berilgan. Bolalar rasmdagi bosh obyekt va boshqa predmetlarni ajratishga ularni bosh belgilaridan boshlabobyektning keyingi qismlarini qo’shimcha tasvirlab xarakterlashga o’rgatilgan. Turli mutaxassislar pedagog, o’qituvchi – logoped, pedagog – psixolog va tarbiyachilar bog’langan nutqni rivojlantiruvchi mahg’ulotlarida (lego – materiallaridan foydalanib qurish, piktogrammalar, ko’rgazmali modellash, masalalar yechimini ko’rib chiqish) korreksin vositalaridan foydalanadilar. Atrof olam bilan tanishtirish va nutqni rivojlantirish elementar matematik tasavvurlarini shakllantirish qo’l mehnati, qurish va xk. mashg’ulotlarida olgan bilim ko’nikmalarini takomillashtirish mutaxassislarning vazifasiga kirgan.
III bosqich – amaliy:
Bog’langan nutq iboralarini ketma – ket tasvirlay olish imkoniyatlarini shakllantirish. Ushbu bosqichda bolalarni gap tuzishga hamda syujetni ketma – ket ifodalashga o’rgatilgan. Bunda algoritm berilib u bir qancha kompozitsion qismlarni o’z ichiga olgan: tashkiliy qism, asosiy tuzilmasi, xulosalash. Avval algoritm tuzilgan: xikoyani qandaydir so’zdan boshlaymiz, xikoya qandaydir so’z bilan yakunlanadi. Bu bolalarning faol lug’atiga ular kam foydalanadigan sifat so’zlarini kiritish uchun zarur xisoblangan. Masalan rasmda o’rmon va taxtali uycha (izbushka) tasvirlangan. Ushbu xikoyani davom ettirish taklif etilgan: «O’rmonning chetida bir … turgan edi», «taxtali uycha « (izba) so’zi oldindan muxokama etilib uning sinonimlari – «uy», «uycha» va boshqalar taklif etilgan. Bola xikoyaning tuzlishiga yaqin bo’lgan so’zni tanlay olishi mumkin edi. So’ngra sensor tomondan hamda kelasi xikoyani predmetli tuzilishini ifodalovchi algoritmlar qo’llanilgan. Bog’langan monologik o’z fikrini ifodalash ko’nikmalarini mashg’ulotlarda va erkin faoliyatida mashhur hamda teatrlashtirilgan o’yinlar, didaktik vositalar va xk. yordamida mustaxkamlangan.
IV bosqich – yakunlovchi:
Bog’langan nutqidagi bog’langan iboralarni qurish bo’yicha olgan bilimlarini mukamallashtirish.
Shakllantiruvchi eksperiment tuzilmasi bir qancha ish yo’llanmalarini o’z ichiga olgan:
maktabgacha muassasalarning barcha mutaxassislarning mashg’ulotlarida bog’langan nutqni rivojlantirish bo’yicha maxsus korreksion – pedagogik vositalarni qo’llash (pedagog, pedagog – psixolog, o’qituvchi – logoped, tabiyachilar);
bolalarga to’g’ri va mantiqiy bog’lanma nutq iboralarini qurishga o’rgatish;
Aqli zaif bola xuddi boshqa bolalar kabi ona tilini (lug’at boyligi hamda Grammatik tuzilishini) turmushda, o’yinda va o’quv faoliyatida doimo amalga oshirib boradigan, atrofdagilar bilan nutqiy muloqot qilish jarayonida o’zlashtiradi. Bu yerda u o’zi eshitadigan nutq namunalariga beixtiyor taqlid qiladi.
Aqli zaif bola maktab yoshida yetarlicha lug’at boyligiga ega bo’ladi va yetarli darajada so’zlarning Grammatik shakllarini biladi, bu sohada shu yoshdagi ko’zi ochiq bolaning rivojlanish darajasidan farq qilmaydi. Aytilganlarni hisobga olib ayniqsa kichik yoshda ko’zi ko’rmay qolganda sezish tajribasining sezilarli darajada sheklanganligi ongning meyordagi jarayoniga qarshilik ko’rsatadi: idrok etish, qiyoslash, konkret buyumlar va ularning siymolarini umumlashtirish.
I.M.Sechenevning fikricha faqatgina tanish buyumlar hamda, tanish hodisalar va munosabatlar orqali fikrlash mumkin; demak fikrlash uchun buyumlarni bir – biridan ajrata olish, ularni tanish so’ngra buyumlarda ularning hossalari va o’zaro munosabatlarini farqlay olish malakasi avvaldan berilishi kerak, bularning hammasi dastlab sezgi orqali beriladi..
Muallif o’z fikrini quydagicha davom ettiradi: «Bola rivojlanishining birinchi davrida faqatgina buyumlarning individualligi berilgan archa, berilgan it va mushuk, keyinchalik u archa orqali daraxtlarning ma’lum turi haqida, umumanitlar va hk.
Haqida fikrlaydi». Bu yerda fikrlash obyekti endi o’zining dastlabki timsolidan uzoqlashdi, bir-biriga yaqin buyumlarning timsoli yoki belgisiga aylanib, individuallining aqliy ifodasi bo’lmay qoldi. Obyektlarni o’xshashligiga ko’ra solishtirish sohasining kengayib borishi bilan fikrlar «o’simlik» «hayvon»ga aylanadi – guruhlar «archa» va «it»ga nisbatan ancha keng, biroq avvalgidek birlik (boshqacha bo’lsa ham) belgi orqali ifodalanadi». Uslubiy tizimda maxsus mashqlar: til, nutq mashqlari, ijodiy mashqlar ishlab chiqldi, ularni bajarish bolalarni tabiiy muloqot sharoitlariga yaqinlashtiradi, quyidagi maxsus mashqlar tavsiya etiladi: Logoped o’quv yili mobaynida korreksion – pedagogik ish tizimini amalga oshirishda quydagilarni hisobga olish kerak: tarbiyalanuvchilarning nutqiy rivojlanish imkoniyatlarini bilish; korreksion – pedagogik ish jarayonida boshqa mutaxassislar bilan birgalik hamkorlikda ish olib borish; ota – onalar bilan aloqada bo’lish; har bir mashg’ulot uchun kerakli jihozlarni tanlash.kerak
Maxsus maktabgacha ta’lim muassasalarida olib boriladigan korreksion ishlar bolaning nutqini va bilish jarayonlarini muvafaqqiyatli rivojlantirishga qaratilishi lozim Olib boriladigan korreksion ishlar bolalar bog’langan nutqini bilish faoliyatini rivojlantirishga yo’naltirilishi kerak, ya’ni logoped, tarbiyachi, pedagog bilan kompleksli ko’p qirrali ta’sir amalga oshirilishi lozim. Aynan shu jihat Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlarning o’ziga xos amalga oshirilishini ta’minlaydi va sensor nuqsonli bolalarning saqlangan analizatorlarining propriotseptiv sezgirligining, matorika faoliyatini faollashtirishni samarali amalga oshiradi.
XULOSA
Nutq insonning nutqiy muloqat quroli hisoblanib nutq orqali kishi jamiyat hamda uning boshqa a’zolari bilan bog’lab turuvchi muhim rishtadir. Uning u yoki bu ko’rinishda mukammal shallanmaganligi shaxsning to’laqonli kamol topishiga to’sqinlik qiladi.
Ilmiy adabiyotlarda muammoning bayon etilishi holatini o’rganish natijasida «Maktabgacha yoshdagi bolalarning bog’langan nutqini rivojlantirish bo’yicha korreksion ish» mavzusi yetarlicha o’rganilmagani aniqlandi.
Olib borilgan eksperimental ishlarimiz natijasida Maktabgacha yoshdagi bolalarning aksariyatida tovushlarni tushirib qoldirish ularni noto’g’ri talaffuz etish, almashtirish holatlari, fonematik idrokning rivojlanmaganligi lug’at boyligi sust rivojlanganligi, ko’p holatlarda bir xil so’zlarni ko’p qo’llashlar uchrashi aniqlandi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi Maktabgacha yoshdagi bolalar bog’langan nutqini shakllanganlik darajasini aniqlash bo’yicha berilgan topshiriqlarni bajara olmasligini kamchilik sifatida o’rganmadik. Ma’lumki aqli zaiflik bolalar tomonidan bilish etalonlarni mustaqil egallash jarayonini qiyinlashtiradi. Shu bilan birga so’z boyligining kambag’alligi tufayli bolalar bir guruh so’zlardangina foydalanishi natijasida nutqning bir yoqlama, noaniq bo’lishga olib keladi.
Maktabgacha yoshdagi Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda korreksion, ta’limiy, tarbiyaviy ishlarni birgalikda olib boorish zarur.
Nutqning normal rivojlanishida bolalar 5 yoshda turli xil murakkkab gap konstruktsiyalardan, yoyiq frazali nutqdan erkin foydalana oladilar. Ular еtarli darajada lug`at boyligiga ega bo`ladilar. Bu vaqtga kеlib to`g`ri talaffuz to`la shakillangan, tovushning analiz va sintеz qila olishga bolalar tayyor bo`ladilar.
Ammo hamma vaqt ham bu jarayonlar muvofaqiyatli kеchmaydi: ba'zi bolalar normal eshitish va aqliy faoliyatga ega bo`lsalarda tilning har bir komponеntlari, ya'ni fonеtik, lеksik va grommatik shakillanishida kеskin orqada qolish hollari kuzatiladi. Bu nutq buzulishini birinchi bo`lib R.Е.Lеvina tomonidan aniqlangan va nutqning umumiy rivojlanmaganligi dеb bеlgilangan.
Shuni ta'kidlash kеrak-ki, har qanday nutq buzulishlarini tushunish uchun bola nutqning normal rivojlanish yo`llarini, bu jarayonning o`ziga xos xususiyatlarini, nutqning muvofaqiyatli shakillanishida katta rol o`ynovchi sharoitni bilish kеrak. Bundan tashqari bola nutqi rivojlanishining har bir davrini bilish zarurdir. Bu esa u yoki bu kamchiliklarni o`z vaqtida sеzish va aniqlash uchun kеrak bo`ladi.