3-mavzu: Dictionary (Lug’at) dan foydalanib dastur tuzish. Pythondagi lug`atlar kalit bo`yicha kirishga ruxsat etuvchi erkin obyektlarning tartiblangan jamlanmasi. Ularni yana assotsiativli massivlar yoki hesh jadvallar deb nomlaydilar
3-mavzu: Dictionary (Lug’at) dan foydalanib dastur tuzish. Pythondagi lug`atlar kalit bo`yicha kirishga ruxsat etuvchi erkin obyektlarning tartiblangan
jamlanmasi. Ularni yana assotsiativli massivlar yoki hesh jadvallar deb nomlaydilar. Soddaroq qilib aytadigan bo`lsak lug’at xuddi manzillar kitobiga o’xshaydi, ya’ni biror insonning ismini bilgan holda uning manzili yoki u bilan bo’g’lanish ma’lumotlarini olish mumkin.
Dictionary– tartiblanmagan, o’zgaruvchan va indeksil to’plam. Bu to’plamda kalit-qiymat (keyvalue) tushunchasi mavjud, ya’ni maxsus kalit va ularga mos keluvchi qiymatlar juftlgidan tashkil topgan. Chap tarafda kalitlar, o’ng tomonda esa ularga mos keluvchi qiymatlar joylashgan bo’ladi. Buni hoir dictionary to’plamini hosil qilib bilib olamiz. Bu quyidagicha amalga oshiriladi:
avto = {
"brend": "Chevrolet",
"model": "Malibu",
"yil": 2016
}
print(avto) dict() konstruktori
dict() konstruktori bilan ham yangi to’plam hosil qilish mumkin. Bu quyidagicha amalga oshiriladi:
avto = dict(brend="chevrolet", model="Malibu", yil=2016)
print(avto) Elementlarga murojaat
Dictionary elementlariga murojaat qilish uchun ularning kalitlarini kvadrat qavs ichida ko’rsatish yoki get() funksiyasidan foydalanish mumkin. Hozir ikkala usuldan ham foydalanamiz:
avto = {
"brend": "Chevrolet",
"model": "Malibu",
"yil": 2016
} x
= avto["model"]
y = avto.get("yil")
print(x)
print(y) Qiymatlarni o’zgartirish
Istalgan qiymatni o’zgartirish uchun unga kalit orqali murojaat qilamiz, so’ngra qiymatini
o’zgartiramiz. Masalan quyidagi avtomobil haqidagi ma’lumotda yilni o’zgartiramiz:
avto = {
"brend": "Chevrolet",
"model": "Malibu",
"yil": 2016
}
avto["yil"] = 2018
print(avto) Sikldan foydalanish