3 SINF ONA TILI VA O'QISH SAVODXONLIGI DARSLIGIDAGI SHERIY ASARLARNING GRAMMATIK TAHLILI USTIDA ISHLASH
Reja:
1. O'qish darslarida she’riy asarlar matni ustida ishlash
2. She’rdagi qahramonlar ustida ishlash 3. Boshlang’ich sinflarning ona tili va o’qish savodxonligi darslarida lug’at ustida ishlashning lingvodidaktik asoslari
KIRISH
She’r ohang jihatidan ma`lum bir tartibga solingan, his-tuyg`u ifodasi sifatida vujudga kelgan hayajonli ritmik nutqdir. She’riy nutqni ohang jihatidan ma`lum bir tartibga solish vositalari ritm (bir-biriga monand kichik bo’laklarning izchil va bir meoyorda takrorlanib kelishi) va qofiya (misralarning oxirida keladigan ohangdosh so’zlar) hisoblanadi.
She’rni o’qiganda kichik yoshdagi o’quvchilar tabiat va jamiyat voqeahodisalarining poetik tasviridan hayajonlanishlari muhim ahamiyatga ega.
Boshlang`ich sinflarda she’r tarzida yozilgan hikoyalar, ertaklar, lirik va epik she’rlar o’qitiladi.
She’riy hikoya, she’riy ertaklarda syujet, ya`ni voqealar tizimi va uning rivoji xarakterlidir. Lirik she’r “biror hayotiy voqea-hodisa ta`sirida insonda tug`ilgan ruhiy kechinma, fikr va tuyg`ular orqali turmushni aks ettiradi”. Lirik she’rning xususiyati “kishining his-tuyg`uga to’la hayajonli nutqini ta`sirliroq ifodalashda qo’l keladi”.
Lirik she’rni o’qish va tahlil qilish o’qituvchidan katta mahorat talab qiladi. Holbuki, ko’p hollarda she’rga oddiy matn nuqtai nazaridan yondashiladi. Bunday holda she’riy san`at hissiyot bilan bog`liq ekanligi unutiladi, she’r ma`nosining satrlar, so’zlar zaminida yashirin berilishi anglab yetilmaydi. Buning oqibatida o’quvchilar she’rdagi obrazlilikning mag`zini chaqa olmaydilar. Vaholanki, har qanday asar zaminidagi yashirin ma`noni o’qish mehnattalab ishdir. Busiz hatto adabiy ta`limning maqsadi ham amalga oshmaydi.
She’riy ohangni his qilmaslik, matn so’zlarini to’la tushunib yetmaslik she’r yodlashni zerikarli mashg`ulotga aylantiradi. Ma`nosi anglanmagan matnni yodlash oson kechmaydi.
4-sinfda Q. Hikmatning “Qish to’zg`itar momiq par” she’rini o’rganishda albatta tabiat manzaralarini izohlash talab etiladi. SHe’rni o’qishdan oldin unda tasvirlangan yil fasllari haqida suhbat o’tkaziladi yoki she’r mazmunini tushunish uchun o’quvchilar bilishi lozim bo’lgan voqealarni o’qituvchi qisqa qilib aytib beradi. Ma`lumki, qish fasli go’zal ko’rinishi bilan odamda yoqimli tuyg`ular uyg`otadi.
Qishda bolalar chana uchish, qorbobo yasash, qorbo’ron o’ynashdan olam-olam zavq oladilar. Qishdagi sof va toza havogina emas, oppoq qorga burkalib turgan daraxtlar, dala-bog`lar kishida ajib bir kayfiyat uyg`otadi.
“Qish to’zg`itar momiq par” (Qudrat Hikmat) she’rini o’rganish jarayonida agar qor yog`magan bo’lsa, ayni manzara tasvirlangan rasmlardan foydalanish ham mumkin. Qish fasli haqida gapirilar ekan, albatta, “kumush” sifati qo’shib aytiladi. Bu shu fasl hukmronligi davridagi manzaraga, qorning oppoq bo’lib tovlanishiga, ko’zlarni qamashtirishiga ishoradir. Ushbu she’rni o’rganish darsi dastlab o’quvchilarning qish fasli haqidagi tushunchalarini aniqlashdan boshlanadi. Qishning o’ziga xos belgilari, qishda o’ynaladigan o’yinlar, qish manzarasi yuzasidan savoljavob o’tkaziladi. O’quvchilarning qish faslida sovuq bo’lishi tufayli ayrim qushlarning o’lkamizni tark etib janubga uchib ketishlari, qishda sovuqqa mos issiq kiyimlarning kiyilishi haqidagi tushunchalari aniqlashtirilib, to’ldiriladi. SHundan so’ng o’qituvchi she’rni ifodali o’qiydi.
Quyida she`riy asarni o`rganish bosqichlarini bir she`r misolida yoritishga harakat qilamiz.
She`riy asarni o`rganishni quyidagi kabi bosqichlarda tashkil etish mumkin:
1. She’r matni tahlilidan oldin o`quvchilarni she`rni o`qish va tushunishga tayyorlovchi, ularni fikrlashga undovchi metodik ishlar amalga oshiriladi. Bunda she`r mavzusiga bilan aloqador topishmoqlardan, afsonalardan foydalanish bir usul sifatida qo`llanishi mumkin:
Oppoqqina dasturxon Er yuzini qoplagan. (Qor)
Bostirdim ikki tovuq, Biri issiq, biri sovuq. (Yoz, qish)
Yoki qor haqidagi afsonalardan hikoyalab berish mumkin: Qadimda osmondan un yog`ilar ekan. Odamlar o’z ehtiyojlariga yarashasini olib, uylariga olib kirar ekan. Qishloqda bir ochko’z boy unlarning o’ziga keragidan ham ortig`ini qoplab o’z uyiga tashiy boshlabdi. Hatto yer yuzini chegaralab olibdi. O’z yerim degan joylardagi unlarni boshqalarga bermabdi. SHunda osmon-u quyosh va bulutlarning jahli chiqib, unlarni muzdek qorga aylantirib qo’yishibdi.
Savol: Bugungi darsimizda qaysi mavzudagi asarni o`rganar ekansiz?