Markaziy Osiyoda temuriylar davridagi iqtisodiy g’oyalar. Mavzuning o’quv maqsadi



Yüklə 325,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix24.12.2023
ölçüsü325,98 Kb.
#192268
  1   2   3
Markaziy Osiyoda temuriylar davridagi iqtisodiy g



Markaziy Osiyoda temuriylar davridagi iqtisodiy g’oyalar. 
Mavzuning o’quv maqsadi:
 
 
Marg‘inoiyning Xidoya asari, Forobiy asarlarida mehnat va mehnat taqsimoti, 
Nizomulmulkning Siyosatnoma asari, Qutadg‘u – bilik asari, Amir Temur davridagi iqtisodiy 
g‘oyalar. 
Asosiy tushuncha va iboralar
 
Iqtisodiyotni boshqarish (Devoni buzruk va devon), vazirlar vakolati, yer egaligining 5 
ko‘rinishi, ulufa (oziq-ovqat, maosh), soliqqa tortish tartibi, tanho, Ulug‘bek islohotlari, «Fulusi 
adliya» tashqi savdoga e’tibor, tamg‘a bojidagi o‘zgarishlar, A.Navoiyning «Vaqfiya» (1482), 
«Mahbub-ul qulub» (1500) asarlari, Zahiriddin Muhammad Bobuming «Mubayyin», «Zakot 
to‘g‘risida asar» kitoblari, «Hiroj», «Muqassam», «Muvazzar».
Asosiy savollar 
 
17.1.
Marg‘inoiyning Xidoya asari. 
17.2.
Forobiy asarlarida mehnat va mehnat taqsimoti. 
17.3.
Nizomulmulkning Siyosatnoma asari. 
17.4.
Qutadg‘u – bilik asari 
17.5.
Amir Temur davridagi iqtisodiy g‘oyalar 
Amir Temur va uning avlodlari davrida markazlashgan davlat barpo etildi, 
iqtisodiyotning barcha sohalarida (hunarmandchilik, qurilish, qishloq xo‘jaligi, ayniqsa, 
savdoda) muhim yutuqlar qo‘lga kiritildi. Bunga to‘g‘ii tanlab olingan iqtisodiy g'oyalar va 
iqtisodiy siyosat yordam berdi. 
Amir Temur 
(1336-1405) davlat va iqtisodiyotni boshqarishda o'ziga xos maktab 
yaratgandi. Sohibqiron davlatida 
devoni buzurg (bosh vazir)dm
 
tashqari har bir viloyatda 
Devon deyiluvchi boshqarma bo'lgan. U davlatning butkul ishlarini: soliq yig'ish, tartib 
saqlashni, ijtimoiy binolar - bozorlar, hammomlar, yo'llar, suv inshootlari tarmoqlarini nazorat 
qilardi. 
Uning xodimlari vaqti-vaqti bilan so'roq, tekshirish, taftish va tergov ishlarini olib 
borishardi. Ayniqsa, tosh-u tarozi to‘g‘riligi, odil baho tekshirilgan, qallob va tovlamachilar 
qat’iy jazolangan, eng muhimi bu ish bozorda, xalq oldida amalga oshirilgan. Savdogarlarga olib 
kelingan mol ustiga 10 foiz narx qo‘yish mumkin bo‘lgan. 
Sohibqiron Amir Temur, jumladan, shunday degan edilar: 
«Amr qildimki, sadrlarsadri 
(sadr, vaqf yerlar va vaqf etilgan boshqa mulkning hisob-kitobini olib boruvchi mansabdor) 
sayyidlar va boshqa arboblarga suyurg‘ol tariqasida berilgan yerlar va vaqflaming ahvolini, 
ulaming vazifalarini qay darajada ado etayotganliklarini tekshirib, menga arz qilib tursin... 
Saltanatning har bir idorasida kirim-chiqimlami, kundalik xarajatlami yozib borish uchun bir 
kitob tayinlansin». 
Sohibqiron davrida yerga egalikning beshta asosiy ko‘rinishi bo‘lgan: 
1.
Suyurg'ol yerlar. Katta hajmdagi bu yerlar davlat tomonidan ajratib berilib, bir 
avloddan ikkinchisiga o'tgan. Suyurg'ol egasi markaziy xazinaga to'lanadigan soliqdan ozod 
qilingan. Bunday yer egalari dehqonlami ishlatib, yer solig'i - xiroj olganlar. 
2.
Tarxon yeriar. Bu yerlar xususiy mulk bo‘lib, ular odamlarga biron-bir xizmati 
uchun berilgan. 
3.
Ushr yerlar. Sayyid va xo‘jalarga mansub yerlardir. Bundan olingan hosilning 
o‘ndan biri davlatga berilgan. 
4.
Vaqf yerlar, masjid, madrasa, xonaqoh, qabriston va shu singari joylarga doir 
yerlardir. Vaqfda yer, suv, bozor, qul, pullar va boshqalar mol-mulki bilan in’om etilardi. 
Masalan, Amir Temuming Ahmad Yassaviy uchun qurdirgan vaqfnomasi katta ahamiyatga ega. 

Yüklə 325,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin