4-ma’ruza: Qo’qon xonligining tashkil topishi va siyosiy tarixi (XVIII-XIX asrning birinchi yarmi). (2 soat) Reja: Ashtarxoniylar Ubaydullaxon davrida Farg’onada mustaqil davlatning tuzilishi. Minglar sulolasining hokimiyatga kelishi.
Shohruhbiy va uning vorislari davrida Qo’qon xonligi hududi kengayishi.
Nordonobiy va Norbo’tabek davrida markaziy hokimiyatning mustahkamlanishi.
Olimxon davrida Qo’qonning siyosiy mavqei kuchayishi. Toshkent bekligining bo’ysundirilishi.
Umarxon davrida madaniy (adabiy) hayotning yuksalishi.
Muhammad Alixon davrida Qorategin, Kulob, Darvozning bosib olinishi. Qo’qon –Xitoy munosabatlari.
Xudoyorxon davrida qipchoqlarning kuchayishi va Musulmonqul faoliyati.
Qo’qon xonligining davlat boshqaruv tizimi va ma’muriy tuzilishi.Harbiy - ma’muriy amaldorlar.
Iqtisodiy hayot: yer - suv munosabatlari, qishloq xo’jaligi, hunarmandchilik, ichchki va tashqi savdo. Soliqlar va sud tizimi.
Madaniy hayot: ta’lim, ilm - fan, adabiyot, tarixnavislik, me’morchilik va amaliy san’at.
Tayanch tushunchalar:Chodak xo’jalari, Minglar, Tepaqo’rg’on, Shohruhbiy, Abdurahimbiy, Abdukarimbiy, Erdonabiy, Norbo’tabiy, Olimxon, Askariya, muntazam qo’shin, Umarxon, Madalixon, Ibrohim dodhoh, mingboshi, Musulmonqul, Xudoyorxon, Raim, Oqmasjid, yig’im soliq Minglar urug`idan bo`lgan yirik zodagon Shohruhbiy Chodak xo`jalari yordamida Farg`ona vodiysida Buxoro amirligidan mustaqil bo`lgan mavqeni egallab, 1709 yilda Qo`qon xonligigaasos soladi. Ayrim adabiyotlarda Qo`qon xonligining hukmdorlari mahalliy yuqori tabaqa vakillari, ruhoniylar va mashhur Xo`jaAhror Valiy avlodlaridan bo`lgan deb hisoblaydilar.
T arixchi Haydarbek Bobobekovning ta`kidlashicha barcha musulmon tarixchilari vaayrim rus mualliflari Qo`qon xonlari sulolasini Oltin Beshik bilan, u orqali Bobur bilan bog`laydilar.1Qo`qon xonlarining nasabnomalarini Oltin Beshik rivoyati bilan bog`liqligi Niyozmuhammadning «Tarixi Shohruhiya», Mirzo Olim Mushrifning «Ansabu savalotin va tavorixul havoqin», Muhammad Solih Toshkandiyning «Tarixi jadidai Toshkand», Fozilbek Otabek o`g`lining «Mukammali tarixi Farg`ona», V.Nalivkinning XIX asr 80-yillari o`rtalarida Qozonda chop etilgan «Qo`qon xonligining qisqacha tarixi» («Kratkaya istoriya Kokandskogo xanstva), Ibratning «Farg`ona tarixi», Mulla Shamsiddin Shavqiyning «Shohnoma» dostonida, Muhammad Aminbek Xudoyorxon o`g`lining «Turkiston viloyatining gazeti»da 1894 yil sonlarida o`zbek va rus tillarida e`lon qilingan «Farg`ona viloyati xonlarining xususidagi voqeatlar» nomli asarlarida, adabiyotshunos, professor Sharif Yusupovning maqolalarida2 va boshqa ko`plab manbalarda o`z ifodasini topgan. Prof.Sharif Yusupov Qo`qon xonlari nasabnomasi tuziladigan bo`lsa, ularning beistisno hammasi, jumladan, so`nggi xon Sayid Muhammad Xudoyorxon va uning avlodlari ham Bobur Sultonga, u orqali esa sohibqiron Amir Temurga borib bog`lanadi, degan xulosaga keladi.
Amir Temur va uning o`g`li Mironshohdan boshlangan sulola, Qo`qon xoni Xudoyorxongacha davom etib kelgan. SH.Yusupov shunday xulosa qiladi: «Qo`qon xonligining so`nggi hukmdori Sayid Muhammad Xudoyorxon sohibqiron Amir Temurning yigirma uchinchi avlodi, xonning ikkinchi o`g`li Sayid Muhammad Aminbek yigirma to`rtinchi hamda Muhammad Aminbekning o`g`li Sayid Islombek sohibqironning yigirma beshinchi avlodi bo`lib chiqadi".3 Temurshunos, Boburshunos frantsuz olimi O`zbekistonning xalqlar do`stligi ordeni bilan taqdirlangan professor Lyus`en Keren o`zining «Shahzoda Islombek» maqolasida Qo`qon xonlari temuriy Mironshohga borib taqaladi, degan g`oyani Said Islombekilgari surgan. Bu ishni o`zbek olimi Sh.Yusupovdavom ettirib Islombekning hayoti, taqdiri haqida tadqiqot ish olib bormoqda. Xonlikda tojiklar va qirg`izlar ham katta mavqeiga ega edilar. Xon qo`shinlarida ular katta kuch bo`lganlar. 92 o`zbek qabilalaridan biri deb o`zlarini hisoblovchi qipchoqlarning o`rni ham Qo`qon1 xonligida ancha katta bo`lgan. Ular xonlikningning Shaxrixon, Baliqchi hududlari, Qoradaryo bilan Norin daryosi oralig`idagi yerlarda yashaganlar. Qirg`izlar esaasosan Farg`onaatrofidagi tog`larda va Ketmontepa, Oloy singari tog` xavzalarida ko`chib yurib chorvachilik bilan shug` ullanganlar.
Xiva xonligi va Buxoro amirligidagi singari Qo`qon xonligida ham davlatni boshqarishda ruhoniylarning o`rni va ta`siri katta bo`lgan. Jumladan, ruhoniy Hazrati Sohib, Naqshbandiylar jamoasining halifasi sifatida 1844-1869 yillar mobaynidaamalda davlat ahamiyatiga ega bo`lgan ayrim masalalarni hal qilishdaasosiy rol o`ynagan. Hatto Xudoyorxonning o`zi ham u vafot etgach dafn marosimida oldingi safda borgan. Xo`ja Kalon 1852-1863 yillardaAndijonda hokim lavozimini ado etadi. Odatda xonlikningdaadolat yuritish ishlarida ruhoniylar vakillari qozilar bo`lib xizmat qilardilar.
Qo`qon xonligida yuqori hukmron tabaqaning ijtimoiy va etnik jihatdan xilma-xil bo`lishligi turli guruhlar o`rtasida muttasil davom etadigan hokimiyat talash kurashining asosiy sababidir. Xonlikningda hukmronlik qilgan xonlardan ko`pi saroy to`ntarilishi oqibatida o`ldirilganlar, o`nlab shahzodalar, amaldor va sarkardalar saroy to`ntarishining qurboni bo`lib qatl etilganlar. Bunday qarama-qarshi turishliklar va o`zaro kurashlar Qo`qon xonligini oxir oqibatda inqirozga uchrab, Chor Rossiyasi mustamlakasigaaylanishiga sabab bo`lgan bosh omillardandir.
Qo`qon xonligi Shohruhbiyning o`g`li Muhammad Abdu Rahimbiy hukmronligi (1721-1733) davrida o`z hududlarini kengaytira bordi. U Xo`jand, Andijon, Samarqand, Jizzax va boshqa yerlarni egallab oldi. Shohruhbiyning ikkinchi o`g`li Abdulkarimbiy (1733-1750) davrida tarixchi Abdulkarim Buhoriyning yozganiga ko`ra xonlikning hududidagi Qo`qon, Andijon, Namangan va Marg`ilon shaharlarida savdo va hunarmandchilik taraqqiy etadi. U O’rta davlatni mustahkamlash va kuchaytirish maqsadida mahalliy hukmdorlar o`zboshimchaligiga chek qo`yishga qaratilgan siyosat olib bordi. Shundan keyin to 1770 yilga qadar navbat bilan Abdurahmon, Erdonaxon, Bobobek, Erdonaxon va Sulaymonbek Qo`qon xonligi taxtini boshqaradilar. Faqat Norbo`tabiy (1762-1798) yurgizgan qattiq qo`l siyosat tufayli ma`lum darajada bek va biylarning o`zboshimchaligiga chek qo`yiladi. Chust, Namangan va Xo`jand beklari qarshiligi qattiq qo`llik bilan bostiriladi. Norbo`tabek davrida ko`pgina tarixchilar o`zlarining qo`lyozmaasarlarida xalq farovon yashaganligi, narx-navo arzon bo`lganligini ta`kidlaydilar. Biroq Norbo`tabiy vafot etgach zodagonlarning hokimiyat va davlat talash kurashlari yangi kuch bilan avj oldi. Qo`qon taxtini egallagan uning o`g`li Olimxon (1798-1810) o`zboshimcha beklarga nisbatan qattiq qo`l siyosat yurgizish va ularning qarshiligini kuch bilan bostirishga majbur bo`ldi. Olimxon Qo`qon xonlari orasida birinchi bo`lib, xonlikning unvonini qabul qiladi. Undan boshlab taxt egalariga odatdagidek «biy» emas, balki «xon» unvoni beriladigan bo`ladi. U harbiy islohotlar o`tkazdi va o`z davlatining qudratini oshiradi.