5-Mavzu. Yalpi talab-yalpi taklif (ad-as) modeli Reja Yalpi talab-yalpi taklif modeliga umumiy tavsif. Yalpii talab tushunchasi va grafigi



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix16.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#98880
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10


5-Mavzu. Yalpi talab-yalpi taklif (AD-AS) modeli 
Reja 
1. Yalpi talab-yalpi taklif modeliga umumiy tavsif. Yalpii talab 
tushunchasi va grafigi 
2. Yalpi talabning baho va bahodan boshqa omillari 
3. Yalpi taklif grafigi va omillari 
4. AD-AS modelida makroiqtisodiy muvozanat. Makroiqtisodiy 
muvozanat buzilishining jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi yuzaga kelishiga 
ta'siri 
 
1. Yalpi talab-yalpi taklif modeliga umumiy tavsif. Yalpii talab 
tushunchasi va grafigi 
Har qanday bozorda vaziyat talab va taklif o‘rtasidagi nisbatga bog‘liq 
bo‘lib, ular hajmlarining o‘zgarishi baholarning o‘zgarishini keltirib chiqaradi. 
Baholarning o‘zgarishi esa talab va taklif hajmlariga ta'sir ko‘rsatadi. Bunday 
o‘zaro bog‘liqlik umumlashtirilgan holda ko‘rib chiqiladigan milliy bozorga ham 
ta'luqlidir. 
Alohida tovarlar va xizmatlar bozoridagi bunday bog‘liqlik talab va taklif 
modeli yordamida tadqiq qilinishini yaxshi bilamiz. Ammo makroko‘lamda milliy 
ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishi bilan birga baholar umumiy darajasining 
o‘zgarishi o‘rtasida bog‘liqlikni tadqiq qilish, nima uchun milliy ishlab chiqarish 
hajmi ayrim davrlarda barqaror o‘sishi, ba'zi davrlarda esa pasayib ketishni izohlab 
berish uchun bu modellardan foydalanib bo‘lmaydi. 
Bu vazifani bajarish uchun yalpi talab - yalpi taklif (AD-AS aggregate 
demand- aggregate supply) modelidan foydalanamiz. 
Bu modelda yalpi taklif, baholarning umumiy darajasi kabi agregat 
ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. 
Makroiqtisodiyotda AD-AS modeli ishlab chiqarish hajmlari va baholar 
darajalarining tebranishlarini hamda ular o‘zgarishining oqibatlarini o‘rganish 
uchun bazaviy model bo‘lib hisoblanadi. AD-AS modeli yordamida davlat iqtisodiy 
siyosatining turli variantlari tasvirlab berilishi mumkin. 
Yalpi talab – uy xo‘jaliklari, korxonalar, hukumat va chet ellik xaridorlarning 
baholarning ma'lum darajasida iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va 
xizmatlarning umumiy hajmiga bo‘lgan talabidir. 
Yoki boshqacha qilib aytganda yalpi talab iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan 
yakuniy tovarlar va xizmatlarni sotib olishga qilingan umumiy harajatlar 
yig‘indisidir. Formula ko‘rinishida yalpi talabni quyidagicha tasvirlash mumkin: 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin