6-soat Laboratoriya mashg‘ulotiing mazmuni va maqsadi



Yüklə 225,24 Kb.
səhifə1/6
tarix22.12.2022
ölçüsü225,24 Kb.
#77348
  1   2   3   4   5   6
1,2-Laboratoriya


Laboratoriya mashg‘ulotlarning mavzusi
1,2-Laboratoriya mashg’uloti
Mavzu: Optik va elektron nivelirlarning turlari va qismlarini o‘rganish.
Nivelerlashni tekshirish va sozlash amallarini bajarish. (6-soat)
Laboratoriya mashg‘ulotiing mazmuni va maqsadi
Mavjud nivelir asboblari va nivelir reykalari bilan tanishish hamda ularning qismlarini o‘rganish. Ularni ishchi holatiga keltirish va tekshirish. Nivelir hamda uning qo‘shimcha detallari orqali sanoqlar olish shuningdek, nuqtalar orasidagi masofani o‘lchash. Laboratoriya ishida guruhdagi talabalar 6 yoki 5 tadan brigadalarga bo‘linib, ularga berilgan elektron nivelir komplekti bilan tanishtiriladi, hamda joyda berilgan ikki nuqta orasidagi nisbiy balandliklarini nivelir asbobi orqali geometrik nivelirlashning “o‘rtadan” nivelirlash usuli orqali o‘lchash va olingan natijalarni maxsus jadvalga hamda nivelir hotirasida saqlab, ularni ta’minotli dastur orqali qayta ishlash.
Mashg‘ulotda foydalaniladigan asboblar va jihozlar
Nivelir shtativi bilan, geodezik reyka, jurnali. Elektron nivelir shtativi bilan, ta’minotli dastur o‘rnatilgan kompyuter yoki noutbuk, nivelirlash jurnali.
Mavzu bo‘yicha umumiy nazariy ma’lumotlar
Nivelirlar o‘lchash aniqligi bo‘yicha:

  • -Yuqori aniqlikdagi – 1mm gacha(1 km uchun 2 yo‘nalishda o‘rtacha kvadratik xato) - N-05, N-05K, Dini 11t, Dini 21, NA 2002 va NA 2003...

  • Aniq – 3 mm gacha(1 km uchun 2 yo‘nalishda o‘rtacha kvadratik xato) - H-3, 2H-3, H-3K, Ni-30, Ni-50, Kernlevel-20 va 24...

  • Texnik – 15 mm gacha(1 km uchun 2 yo‘nalishda o‘rtacha kvadratik xato) - N-10, 2N-10KL

1. Ko‘rish o‘qi silindrik adilak orqali gorizontal holga keltiriladigan nivelirlar (NG, NV-1, NZ va h.z)
2. Avtomatik ravishda gorizontal vaziyatga keluvchi nivelirlar (NSM-2A, NS-3, NS-4)
3. Qiya ko‘rish nurli nivelirlar (NL-3).
Nivelir, asosan taglik, adilak va ko‘rish trubasidan iboratdir. Nivelir doiraviy adilak yordamida ish holatiga keltiriladi.
Quyida ayrim nivelirlarning tasniflarini keltiramiz. Nivelir N-3. Ko‘rish trubasi 30 marta katta qilib ko‘rsatadi. N-nivelir degani. 3- o‘lchash aniqligini bildiradi, ya’ni 1km da 3 mm xatolik bo‘lishi mumkin. Ko‘rish maydoni 1 gradus 20 minut, IV-klass bo‘lib, texnikaviy nivelirlashda ishlatiladi.
Ishlash uchun uni shtativga stanovoy (taglik) vint bilan berkitiladi. Asbob plastinkaga qadalgan ko‘tarma vintlar orqali, doiraviy adilak yordamida ish holatiga keltiriladi. Sanoq olishdan oldin trubadagi silindrik adilakning satxini «nol punktga» keltirib olinadi. Tasvir aniq ko‘rinishi uchun kremaler vintidan foydalaniladi. Reykadan sanoq olish masofasi 2 m dan yaqin emas.

Yüklə 225,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin