8-Mavzu: Jamiyat taraqqiyoti: manfaatlar va mafkura
Jamiyat taraqqiyoti tahlili va “ijtimoiy munosabatlar” tushunchasi.
Ijtimoiy munosabatlar talqiniga turlicha yondashuvlar.
Mafkura mazmunida asosan jamiyat taraqqiyoti tizimidagi tub ijtimoiy manfaatlar yotishi.
Xalq ommasining bugungi kun ijtimoiy amaliyotida siyosiy jarayon jabhalariga faol jalb qilinayotganligi siyosat muammolariga, siyosiy munosabat masalalariga qiziqishni kuchaytirmoqda. Jamiyatdagi sotsial-sinfiy tizimlar tabiatida tub o’zgarishlar yuz berayotganligi, ularga xos manfaatlar turkumining shakllanib borayotganligi siyosatning ijtimoiy hayotdagi o’rnini hozirgi kun nuqtai nazaridan tadqiq qilishni taqozo etayotir.
Siyosat mohiyatini tahlil qilishda ko’pqirraliligi inobatga olinib, ayniqsa uning muhim ikki qirrasi diqqat-e’tiborda turishi kerak. Birinchisi — siyosatning ma’naviy qirrasi bo’lib, uning negizini ijtimoiy ongning in’ikosi hisoblangan mafkura tashkil qiladi. Buning mundarijasida turli g’oyalar, nazariyalar, nuqtai nazarlar yotadi. Ikkinchisi — siyosatning ijtimoiy amaliy qirrasi bo’lib, bunga siyosiy munosabatlar, siyosiy institutlar va siyosatni amalda joriy qiluvchi vositalar kiradi. Bu ikki qirra namoyon bo’lishiga ko’ra har biri o’ziga xos mustaqil maqomga ega bo’lib, biroqular bir-biri bilan o’zaro uzviy bog’langan holdagina siyosatni idora va boshqaruv vositasiga aylanishiga olib keladi.
So’nggi yillarda siyosat muammosi muayyan ijtimoiy-siyosiy muhokama va mushohadaga molik bo’lib borayotganligining boisi, bizningcha, siyosat bilan mafkura o’rtasidagi o’ziga xoslik hamda uyg’unlik me’yori Sobiq Ittifoq tarixi tajribasida buzilganligiga bog’liqdir. Sovet hokimiyati davrida “siyosat va mafkura bir” deb tushuntirilgan bo’lib, buning oqibatida siyosat o’ta mafkuraviylashgan edi. Hozirgi davrga kelib esa jamiyatni demokratiyalashtirish tufayli keng avj olib borayotgan oshkoralik, fikrlar xilma-xilligi sharoitida siyosatning avvalgi mafkuraviy asosi yangi shakllanayotgan sotsial-siyosiy turkumlar tomonidan keskin tarzda inkor qilindi. Zero, shaxs va jamiyat manfaatlari mushtarakligini ko’zlagan siyosat zaminida inson qadr-qimmatini va xalq huquqini himoya qilishga qaratilgan mafkura turishi kerak.
Ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligi asosida rivojlanish yo’lini tanlagan mamlakatimiz hayotida xalq manfaatiga mos siyosiy mafkurani shakllantirish ijtimoiy-siyosiy jihatdan katta ahamiyatga ega. Zero, jamiyat fuqarolarining barcha guruhlari manfaatlari mushtarakligiga monandlashtirilgan ichki va tashqi siyosat ijtimoiy amaliyotdagi munosabatlarning mohiyati va mazmunini belgilaydi.
Siyosat - ijtimoiy voqelik bo’lib, jamiyatning barcha sohalarini o’zida mujassamlantiradi. Ayni paytda u hayot sohalarini muayyan jabhasi ko’lami bilan chegaralanib qolmaydi, o’z sub’ektlari maqsadi va manfaatini ifodalab bir turdan ikkinchisiga o’tadi. Shu bois siyosat sifat muqimligiga ega bo’lib, o’zining ko’p qatlamliligi va ko’p qirraliligini namoyon qiladi.
Hozirgi zamon jahon ijtimoiy-falsafiy adabiyotlarida siyosat tushunchasiga taalluqli tahlil tizimida nisbatan yakdillik bilan tan olingan nuqtai nazar mavjud. Uning asosiy mazmunida siyosat-davlat va jamoat ishlari, deb olinadi va quyidagi ta’rifiy belgilar alohida qayd qilinadi:
siyosat davlatlar, sinflar, millatlar va boshqa turli ijtimoiy guruhlar o’rtasidagi munosabatlar maydonida shaxslar, jamoa uyushmalari, tashkilotlar va hokimiyatning amalga oshirayotgan faoliyati bo’lib, o’z manfaatlarini ro’yobga chiqarish niyatida ularning siyosiy hokimiyatni egallash uchun olib borgan kurashidir;
Dostları ilə paylaş: |