8-MAVZU: TA’LIM METODLARI VA SHAKLLARINI
AMALIYOTDA QO‘LLANILISHI
REJA:
1. Ta’lim metodlari va usullari haqida ma'lumot.
2.
Hozirgi
zamon
didaktikasi
va
xususiy
metodikasida
ta'lim
metodlarini tavsiflashga turlicha yondashuvlar.
3. Ta’lim metodlari va vositalarining tavsifi.
4. Ta’lim metodlarini qo'llashning o'ziga xos xususiyatlari.
Tayanch ibora va atamalar:
tarbiya, jamoa, shaxs va jamiyat,
O‘quvchilar jamoasi,
ijtimoiy munosabatlar, umumiy faoliyat.
Ta'lim metodlari va usullari haqida tushuncha.
Ta'lim jarayonining muvaffaqiyati uning shakligagina emas, balki
qoilanilayotgan metodlar samaradorligiga bog'liq bo'lib, u ta'lim nazariyasida asosiy
o'rinlardan birini egallaydi.
«Metod» — yunoncha «metodos» - «yoi» degan so'zdan paydo bo'lib, u, tadqiq
qilish ma'nosini anglatadi. Ta'lim metodi ta'lim jarayonida o'qituvchi va
o'quvchilarning aniq maqsadga erishishiga qara-tilgan birgalikdagi faoliyatdir.
Ta'lim metodlari - o'qitishning o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishish
usullarini hamda o'quv materialini nazariy va amaliy yo'naltirish yo'llarini anglatadi.
O'qitish metodlari ta'lim jarayonida ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi
faoliyatining qanday boiishi, o'qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish
kerakligini hamda shu jarayonda ta'lim oluvchilar qanday ish-harakatlarini
bajarishlari kerakligini belgilab beradi. Shuningdek, ta'lim metodi o'qituvchi va
ta'lim oluvchilarning o'qish vazifalarini bajarishga qaratilgan nazariy va amaliy
bilish faoliyati yolidir.
Hozirgi zamon didaktikasi va xususiy metodikasida ta'lim metodlarini
tavsiflashga turlicha yondashuvlar
Ta'lim metodlari tevarak-atrofdagi dunyoni bilishning umumiy qonuniyatlarini
tushunishga bog'liqdir, ya'ni ular falsafiy metodologik asosga ega va ta'lim
jarayonidagi qarama-qarshiliklarni, ta'lim jarayoniningmohiyatini vatamoyillarini
to'g'ri anglash natijasidir. Ta'lim materiali ta'lim mazmunida ifodalangan ilmiy fikr
mantig'iga bog'liq. Pedagogik qarashlarda nazariya qancha kam ifodalangan boisa,
ta'lim metodlari bu nazariyaga shuncha kam bog'liq bo'ladi. Pedagogika fani
maktablar va ta'lim beruvchilarning ilg'or ish tajribalarini umumlashtiradi, an'anaviy
ta'limning ilmiy asoslarini ko'rsatib beradi, o'qitishning zamonaviy, samarali
metodlarini ijo-diy ravishda izlab topishga yordam beradi.
Shu sababli ham ta'lim metodlari oldiga quyidagi asosiy talablar qo'yiladi:
1. O'quv materialini o'rganish yo'li fikr yuritishning didaktik-materialistik
usullarini, milliy mafkuraga hamda milliy qadriyatlarga asoslangan axloq, xulq-
atvorning irodaviy sifatlarini shakllantirishga olib kelishi kerak.
2. Ta'lim metodi ilmiy dalillar bilan ravshanva aniq asoslangan bo'lishi lozim.
3. Ta'lim metodlarining tizimliligi ularning samaradorlik darajasini belgilaydi.
4. Ta'lim metodlari oldiga muqarrar sur'atda qo'yiladigan yana bir talab -
ularning tushunarli bo'lishi.
5. Bolani sezgi organlari orqali bilishga o'rgatish va o'quv jarayonida
ko'rsatmali qurollardan iloji boricha ko'proq foydalanish.
6. Ta'lim metodlari oldiga qo'yiladigan talablardan yana biri – bu
bilimlarning asosli va puxta bo'lishi. Ta'lim metodlari yaxshi natija beradigan
bo'lishi lozim. Ta'lim beruvchining tushuntirish va ta'lim oluvchilarning o'ziashtirish
usuli rejalashtirilgan yoki moijailangan natijani berishi kerak.
Metodlar bir qancha asosiy guruhlardan iborat bo'lib, ularning har biri o'z
navbatida kichik guruhlar va ularga kiruvchi alohida metodlarga bo'linadi. O'quv-
biluv faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish jarayonining o'zi esa axborot
uzatish, qabul qilish, anglash va o'quv axborotlarini esda saqlashni hamda olinadigan
bilim va ko'nikmalarni amaliyotda qo'llay olishni nazarda tutishni hisob-ga olsak,
birinchi guruh metodlariga so'z orqali axborotni uzatish va eshitish orqali qabul
qilish metodlari og'zaki metodlar; hikoya, ma'ruza, suhbat va boshqalar; ikkinchi
guruh metodlariga o'quv axborotlarini ko'rgazmali uzatish va ko'rish orqali qabul
qilish metodlari — ko'rgazmali metodlar: tasviriy, namoyish qilish va boshqalar;
uchunchi guruh metodlariga o'quv axborotini amaliy mehnat harakatlari orqali
berish (amaliy metodlar, mashqlar, laboratoriya tajribalari, mehnat harakatlari va
boshqalar) kiradi. Demak, amaliyotda keng qo'llanilib kelayotgan ta'lim metodlarini
quyidagi
ko'rinishda
ifodalash
mumkin
(1-shakl).
1-shakl. Ta'lim metodlari.
Ta'lim metodlari tarkibi.
Ta'lim metodlari tarkiban o’qitish metodlari va o’qish metodlaridan iborat.
O’qituvchi bilimlarni Og’zaki bayon etsa, bolalar uni tinglaydi; o’qituvchi mustaqil
ish topshirsa, o’quvchilar bajarishadi. Bilimlarni Og’zaki bayon etish, mustaqil
ishlash kabilar o’qitish metodlari bo’lib, ular vositasida didaktik vazifalar (bilimlarni
o’rganish, mustahkamlash, takrorlash va sh.k) hal etiladi. O’quv-tarbiya jarayonida
ta'lim metodlarining samaradorligini oshirish maqsadida o’qitish va o’qish metodlari
majmuasidan foydalaniladi. Masalan, ma'ruza metodi tarkiban o’qituvshining
o’rganilayottan mavzuni mantiqiy izchillikka, Og’zaki bayon qilishi,
o’quvchilarning esa o’quv materiallarini izchil tinglashi kabi metodlardan iborat.
Ma'ruza metodidan shu yo’sinda foydalanish o’qituvchining, o’quvchining
ham
faolligi talablariga
, binobarin, ta'limning samaradorligini oshirish ehtiyojlariqa mos
kelmaydi. Zero, ma'ruzaning yuqoridagi ko’rinishi faqat bolalar xotirasiga
mo’ljallangan. Ma'ruza ham bolalar xotirasiga, ham ular tafakkuriga mo’ljallab
tashkil etilganda, uning samaradorligi yanada oshadi. tajribali o’qituvchilar ma'ruza
metodining samaradorligini oshirish maqsadida turli variantlardan foydalanishadi.
1-variant. Ma'ruzada oldin o’quvchilar oldiga muammolar qo’yish.
Muammoning bajarilishini muhokama qilish va shu asosda o’quv materiallarini
mantiqiy izchillikda bayon etish. Ma'ruzadan oldin qo’yilgan muammo bolalarda
bilishga ehtiyojni uyg’otadi. Shu tufayli o’quvchi ta'lim jarayonining faol sub'ektiga
aylanadi. 1-variantda ma'ruza quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi: .
O’qitish-metodlari O’qish metodlari
Mavzuga oid muammoni tanlash -muammoni qabul qilish va qo’yish; tahlil
qilish; muammoning bajarilishini-muammoni bajarishga oid tahlil qilish; tahlilda
faol qatnashish;
muammoning bajarilishi asosida -o’qituvchi tushuntirishlarini o’quv
materialini izchil bayon etish
2-variant. Ma'ruzadan oldin bolalar faoliyatidan o’tgan omillarni, odatdagi
muloqot yo’li bilan o’rganilgan bilimlarni tahlil etish. Bu variantda ma'ruza bolalar
faoliyatidan o’tgan omillarni, bilimlarni tahlil qilish asosida tashkil etiladi.
3-variant. Oldin o’rganilgan bilimlar bilan bugungi Yangi o’quv materiali
o’zaro daxldor bo’lsa, bilimlarni esga tushirish maqsadida suhbat o’tkaziladi. Suhbat
yo’li bilan o’rganilgan va endi o’rganiladigan bilimlar o’rtasida tabiiy bog’lanish
hosil qilinadi. Ma'ruza shu bog’lanishning davomi sifatida o’tkaziladi.
O’quvchi faoliyati -ko’rgazma qurolni tahlil etish;
-qo’yilgan muammo to’g’risida o’ylash;
-o’qituvchi tushuntirishlarini tinglash;
-xulosalarni esda olib qolish;
- bilimlarni o’quv va hayotiy sharoitlarga tatbiq qilish.
4-variant. Ko’rsatma qurollarda berilgan omillarni tahlil qilish asosida ma'ruza
tashkil etilganda, quyidagicha ko’rinishni oladi.
- O’qituvchi faoliyati ko’rgazma qurolni tahlil ettirish;
- bolalar oldiga muammolar qo’yish;
- qo’yilgan muammo asosida bilim-larni izchil bayon etish;
- xulosalar chiqarish;
- bilimlarni o’quv sharoitlariga tatbiq qilishni tashkil etish;
Yuqoridagilardan ko’rinadiki, ta'limda hech bir metod sof holda
qo’llanilmaydi. har bir ta'lim metodi tarkiban o’qitish metodlari va o’qish
metodlaridan iborat. O’qitish va o’qish metodlarining bir-biriga mosligi, o’qitish va
o’qish faoliyatlarining o’zaro muvofiqlashuvini ta'minlaydi. Bu o’z navbatida
didaktik ta'sirning o’qitish va o’qish faoliyatlari o’zaro ta'sirining samarali amal
qilishiga olib keladi.
O’qitish metodlari va o’qish metodlarining bir-biriga muvofiqlashuvi
ta'limning ijtimoiy instinktning alohida turi-o’qitish va o’qish faoliyatlarining o’zaro
ta'siri shaklida amal qilishni ta'minlaydi. O’qitish va o’qish faoliyatlari o’zaro ta'sir
mohiyatidan kelib chiqib, ta'lim metodlarini ikki guruhga ajratamiz; o’zaro ta'sirni
tashkil etish va boshqarish metodlari, o’zaro ta'sir natijasini nazorat etish metodlari.
Ta'lim metodlarining har bir guruhida o’qitish va o’qishning o’zaro ta'siri
qatnashadi. O’zaro ta'sir ishtirok etmaydigan metod ta'lim metodi sanalmaydi.
Masalan, o’qituvchi evristik suhbatni tanladi deylik: bolalar uchun tushunarli, ularni
qiziqtiradigan savollarni o’rtaga tashlay olish o’qituvchi faoliyatiga bog’liq.
O’qituvchi o’zi dars beradigan sinf o’quvchilarining umumiy tayyorgarligini aniq
tasavvur etsa, bolalarning real bilish imkoniyatlarini hisobga olsa, ularning yosh va
individual xususiyatlariga tayansa, ana o’shandagina sinf o’quvchilari ta'limda faol
ishtirok etishadi. O’qituvchi faolligi o’quvchi faolligini va, o’z navbatida,
o’quvchilar faolligi o’qituvchi faolligini ta'minlaydi.
O’zaro ta'sirni tashkil etish va boshqarish metodlari tasnifi.
Og’zaki bayon metodlari. hikoya, tasvir, suhbat, ma'ruza ta'limning bilimlarni
Og’zaki baen qilish metodlari sanaladi. Bu metodlar evristik suhbatni hisobga
olmaganda, asosan, o’quvchilarning xotirasiga mo’ljallab tashkil etiladi. hurilish
jihatidan ularning tarkibi bir xil: o’qituvchi tushuntiradi, bolalar tinglaydi.
Hikoya. Ta'limning turli bo’g’inlarida qo’llaniladigan universal metodlardan
biri hikoyadir. hikoyaning bir necha xil turi mavjud: kirish hikoyasi- o’quv
materialini o’rganishga bolalarni tayerlash maqsadida o’tkaziladi. kirish hikoyasi
badiiy asarlar bilan tanishtirish, Yangi mavzuga oid omillarni eslash, ularni dastlabki
tahlil etish bilan daxldor metoddir; bayon shaklidagi hikoya- Yangi o’quv
materialini bevosita idrok etish bilan aloqador metodi sanaladi. Bayon shaklidagi
hikoyada o’qituvchi o’quv materiali mazmunini turlicha aytadi, uning asosiy va
ikkinchi darajali xususiyatlarini izohlaydi; yakunlovchi hikoya-undan darsning
oxirida o’rganilgan mavzuga yakun yasash maqsadida foydalaniladi.
Ma'ruza. Ma'ruza o’rta umumta'lim maktablarining
yuqori sinflarida
, texnikum
va kollejlarda, oliy o’quv yurtlarda foydalaniladigan ta'lim metodi bo’lib, unda
o’zaro ta'sir o’qituvchining bayoni va bolalarning tinglashi, ayrim omillar, asosiy
g’oya va bog’lanishlarni yozib olish shaklida amal qiladi. Ma'ruza uchun vaqt
bolalarning tayyorgarlik darajasi, o’quv materiali xajmiga ko’ra belgilanadi.
Ma'ruza jarayonida o’quvchilarning faolligi, tashabbuskorligini oshirish
maqsadida o’qituvchi o’z Nutqini ko’rgazmali qurol, darslikda berilgan omillar,
muammo va topshiriqlar bilan uyg’unlashtiradi. Ma'ruza jarayonida ko’rgazma
qurolidagi omillarni tahlil etishga bolalar dihuquqhuquqatini tortish, o’qituvchi
aytgan qoida, ta'rif, aniqliklarni dars materiallariga chog’ishtirish yo’llari bilan
bolalar faolligi oshiriladi. Shuningdek, o’quv materialiga oid terminlarga izoh
berish, ayrim o’rinlarda o’quvchilarning o’zlariga xulosa chiqarishni taklif etish
talabalarning o’quv-biluv faoliyatining samarador amal qilishini ta'minlaydi.
Suhbat. Suhbat o’qituvchi o’quvchining o’zaro ta'siri diolog shaklida amal
qiladigan ta'lim metodidir. Unda mavzu mazmuniga xos, atroflicha o’ylangan, bir-
biriga bog’liq savollarni qo’yish va savollarga javob izlash hamda javob qaytarish
yo’llari bilan o’qituvchi va o’quvchi faoliyati o’zaro muvofiqlashadi.
Suhbat mohiyati jihatidan ikki turli bo’ladi: evristik suhbat; katoxezistik
suhbat. Evristik suhbat o’quvchilarning tafakkuriga mo’ljallangan metod bo’lib,
unda o’zaro ta'sir o’qituvchi savollari bolalarning javoblari shaklida amal qiladi.
Evristik suhbat uzoq tarixga ega bo’lib, undan qadimgi Gretsiyada Sokrat mohirona
foydalangan.
U hozirgi ilmiy-didaktik tadqiqotlarda «izlanish suhbati» ham deb yuritaladi.
Evristik suhbatning qator ijobiy tomonlari mavjud; ijodiy yo’l bilan o’quv
materialini o’rganish; o’zlashtirishning individual xarakter kasb etishi. Bu
metodning salbiy tomonlari ham bor. Masalan, ma'ruza, hikoya vaqtni tejash nuqtai
nazaridan eng masalador metodlar sanalsa, vaqtni ko’p olishi, evristik suhbatning
kamchiligidir.
Evristik suhbatning o’ziga xos tashkiliy hurilishi mavjud. Buni «Ko’chirma
gap» mavzusi misolida oydinlashtiramiz:
-darsning mavzusi, maqsadini e'lon qilish (bolalar, hozir siz darak, so’roq,
buyruq gaplarning ta'rifini aytib berdingiz. Bugun «ko’chirma gap»ni o’rganamiz.
Agar mening savollarimni diqqat bilan tinglab, javob qaytara olsangaz, bugungi
mavzuni mustaqil o’rganasiz.);-kuzatish uchun omillar (o’qituvchi bolalarga
quyidagi savollar bilan murojat qiladi; bugun qanday gapni o’rganamiz
O’rtog’ingizning men bergan savolga javobini yozing).
Doskaga o’quvchilardan biri «Bugun ko’chirma gapni o’rganamiz» jumlasini
yozadi. O’qituvchi «Katta bo’lganda kim bo’lmoqchisizhuquq» savolni o’rtaga
tashlaydi. «Katta bo’lganimda o’qituvchi bo’laman» gapi ham doskaga yoziladi.
Kuzatish uchun Nutqdan quyidagicha gaplar tanlab olinadi:
-Biz bugun ko’chirma gapni o’rganamiz (dedi Odil).
-Katta bo’lganimda o’qituvchi bo’laman (dedi Anvar).
Mustaqil xulosalar chiqarish uchun savollar; Kimlarning gapi o’zgarishsiz
ishlatiladi, daftarlarga (doskaga) yoziladi? qanday gap deyiladihuquq
-Odil, Anvarning gaplari o’zgarishsiz yoziladi. O’zgarishsiz ishlatilgan
gaplarga ko’chirma gap deyiladi.
-o’qituvchi o’quvchilar chiqargan xulosani to’ldiradi, ko’chirma va muallif
gaplarining farqlarini, ularning o’rinlari, ishlatiladigan tinish belgilarini izohlaydi.
Doskaga yozilgan gaplarni quyidagi shaklga keltiradi:
«Bugun ko’chirma gapni o’rganamiz»,-dedi Odil.
«Katta bo’lganimda o’qituvchi bo’laman»,-dedi Anvar.
-Chiqarilgan xulosalarni turli o’quv- sharoitlariga tatbiq etish yo’li bilan
bilimlar mustahkamlanadi.
Katoxezistik suhbat o’quvchilarning xotirasiga, binobarin, qayta esga tushirish
faoliyatiga mo’ljallab o’tkaziladi. O’tkazish maqsadiga ko’ra katoxezistik
suhbatning quyidagicha turlari mavjud:
Yakunlash suhbati. Bunday suhbatda mashg’ulotda qilingan ishlar bo’yicha
umumiy va yakuniy xulosa chiqariladi.
Mustahkamlash suhbati-Yangi mavzu tushuntirilgandan keyin o’tkaziladi,
so’ngra Yangi mavzu intelektual va amaliy topshiriqlar bajariladi.
Takrorlash suhbati-ikki yoki undan ortiq mavzu bo’yicha o’tkaziladi.
Takrorlash yo’li bilan malakalar takomillashtiriladi. Umumlashtiruvchi suhbat-katta
bo’lim o’tilgandan so’ng, o’quv boshida, oxirida tashkil etiladi.
Kirish suhbati-yangi mavzuni o’rganishdan oldin o’tkaziladi. Nazorat suhbat-
bilimlarni sinab ko’rish maqsadida tashkil etiladi.
Bilimlarni Og’zaki bayon etish metodlari, evristik suhbatni hisobga olganda,
asosan, xotiraga, binobarin, o’quvchilarning qayta eslash faoliyatiga mo’ljallab
tashkil etiladi. hikoya, tasvir, ma'ruza, suhbat metodlarining zaif tomoni ham
shunda. Ularning zaif tomonlarini bartaraf etish, o’quvchilarni ta'lim jarayonining
faol sub'ektiga aylantirish uchun quyidagi rag’batlantiruvchi metodlardan
foydalaniladi:
1. Qiziqarli o’quv holatlari yaratish-qiziqarli o’quv holatlari bolalarda turli
emotsiyalarni uyg’otadi. Fizikadan «Fizika va hayot», «Ertaklarda fizika», kimyoda
«Mo’jizasiz mo’jizalar», matematikadan «qiziqarli matematika», «Ajoyib
raqamlar», «Sirli raqamlar»ga oid omillarni, hodisalarni ta'limga olib kirish
bolalarda bilimlarning qiziqishlarini oshiradi.
2. Badiiy, ilmiy-ommabop, tarixiy asarlardan olingan omillarni keltirish, ularni
tahlil etish ham ta'lim jarayonida o’quvchilarning faolligini oshiradi.
3. Ma'ruza, hikoya, tasvir, suhbat jarayonida analogiya metodidan foydalanish.
Masalan, fizikadan ultra binafsha nurlar (quyosh nurining yetti xil elementdan
iboratligi), lokatsiya hodisasini ko’rshapalak misolida izohlash, bolalarda o’quv
faniga, o’rganilayotgan mavzuga qiziqishni oshiradi.
4. Fan tarixida ekskursiya ham bolalarning o’quv-biluv faoliyati
samaradorligini oshirish vositasi sanaladi. Ona tilidan utyug, karandash kabi
so’zlarning o’zbek tilidan rus tiliga o’gganligi, tomosha (tomdan oshib qarash),
kengash (katta osh) so’zlarining ma'nosini izohlash, bolalar faolligini oshiradi.
5. Kundalik turmushda ishtirok etish yo’li bilan hosil qilingan tajriba va ilmiy
bilimlarni o’zaro taqqoslash ham bolalarda o’quv biluv faoliyatiga havasni
oshiradi.
Shunday qilib
, bilimlarni Og’zaki bayon qilish , metodlari bilan
rag’batlantiruvchi metodardan parallel foydalanish o’quv tarbiya ishlarining
samaradorligini oshiradi.
Ko’rgazmali metodlar.
Ko’rgazmalilik didaktikada eng asosiy qoida bo’lib, uning yordamida ko’ruv
o’quvi va tafakkur o’zaro uyg’unlashadi. Ko’rgazmali metodlarning quyidagicha
turlari mavjud:
Illyustratsiya metodi Og’zaki bayon qila turib, rasmlar, chizmalar, jadvallar,
doskadagi yozuvlarga dihuquqhuquqatni tortish.
Demonstratsiya metodi-kinoapparat, LETI kabi texnik vositalar asosida,
shuningdek,
televizor
eshittirishlaridan,
videotasvirdardan
foydalanib,
kinolentalarni, turli tasvirlarni namoyish qiladi.
Tabiiy ko’rgazmalar-narsalarning o’zi, predmetlar, turli jonivorlarning
mulyajlarini ko’rsatish. Ko’rgazmali metodlar eshitish va ko’rish o’quvlarini o’zaro
uyg’unlashtirish vositasi hisoblanadi. Shu tufayli ulardan bilimlarni Og’zaki bayon
qilish metodlari bilan yonma-yon foydalanshp ta'limning samaradorligini oshiradi.
Muammoli izlanish metodlari.
Muammoli izlanish turidagi metodlar o’quvchilarning tafakkuriga, binobarin,
ularning ijodiy faoliyatiga yo’nalgan ta'lim metodidir. Bu metodlar asosida o’quv-
tarbiya ishlari tashkil etilganda o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro ta'siri
quyidagicha umumiy ko’rinishga ega bo’ladi.
O’qituvchi faoliyati
O’quvchi faoliyati
- turli topshiriqlar asosida muammoli
holat yaratish;
- muammoli holatda ishtirok etish va
muammoni qabul qilish;
- farazlarni aytishni taklif etish;
- muammoni hal etishga oid farazlarni
aytish;
- farazlardan tanlangan muammoni
mosini bajarishga tatbiq etishni so’rash;
-
tanlangan
farazni
muammoni
bajarilishiga tatbiq etish;
- xulosalar chiqarishga ko’maklashish;
- xulosalar chiqarish;
- chiqarilgan xulosalarni amaliyotga
tatbiq etish yo’llarini ko’rsatish;
-xulosalarni amaliyotga tatbiq etish;
Muammoli izlanish metodlari ham maktab tajribasida sof holda qo’llanilmaydi.
Muammolarni qo’yish, ularni izohlashda suhbat, hikoyadan ham foydalaniladi.
Shuningdek, ma'ruza o’qib turgan paytda turli o’quv topshiriqlari, muammolar ham
hal etiladi. Ko’rgazma qurollar vositasida bolalarga eksperemental (sinov)
topshiriqlar beriladi. Ana shularga ko’ra muammoli-izlanish metodlarining quyidagi
turlari farqlanadi.
Muammoli hikoya-o’rganilayotgan mavzu doirasida hikoya boshida, hikoya
davomida, hikoya oxirida bolalar oldiga muammolar qo’yib, ularning mavzuga
qiziqishlarini oshirish yo’lidir.
Muammoli ma'ruza-ma'ruzadan oldin o’quvchilarni mavzuga qiziqtirish
maqsadida yoki ma'ruza oxirida o’quvchilar oldiga muammolar qo’yish yo’li bilan
ta'lim maqsadiga erishishdir. O’quv materialining asosiy qismini ma'ruza vositasida,
nisbatan oson qismini topshiriqlarni bajarish, muammolarni qo’yish yo’li bilan ham
o’rgansa bo’ladi.
Keyingi paytlarda maktablarda muammoli amaliy ishlar, masalan, optikadan
laboratoriya ishi, ilmiy tadqiqot ishlari (tarixiy materiallarni tasnif etish, u yoki bu
geografik tumanga tabiiy va iqtisodiy geografiya nuqtai nazaridan tasnif yozish)
keng o’rin olmoqda. Bular bolalarbop eksperemental (sinov) tadqiqot metodlaridir.
Ko’rinadiki, muammoli-izlanish metodlari bilimlarni Og’zaki bayon etish,
ko’rgazmali metodlar bilan birga qo’shib olib borilganda o’quv-tarbiya jarayonining
samaradorligini yanada oshiradi.
Mustaqil ishlash metodlari
Mustaqilishlar ta'limning turli guruhlari, sikllarida, darsning barcha
bosqichlarida o’tkaziladigan, o’qituvchining
bevosita ishtirokisiz
, ammo uning
ko’rsatmalari,
rahbarligida
bajariladigan
intelektual
va
amaliy
topshiriqlardir.hozirgi paytda mustaqilishlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi.
Darslikdagi qoidalar va ta'riflar ustida mustaqil ishlash: darslikdagi qoida va
ta'rifni o’qish va ularga oid omillarni ajratish; o’qituvchi bergan, o’qituvchi
topshiriqiga ko’ra to’plagan omillarni tahlil etish va xulosa chiqarshy; darslikning
ayrim betlarini tanlab o’qish va shu bilimlardan amaliyotda foydalanish yo’llari
to’g’risida qisqacha xisobot tayyorlash; qoida, ta'riflarni mantiqiy qismlarga ajratish
va terminlarga izoh yozish; darslik, o’quv qo’llanmalarni va qo’shimcha
adabiyotlardan o’rganilgan mavzu doirasida omil to’plash; ma'ruza, hikoya, suhbat
paytida o’qituvchi chiqargan xulosalarni darslikdagi qoida, ta'rif aniqliklariga
solishtirish.
Darslikdagi amaliy materiallar ustida mustaqil ishlash: darslikdagi mashq,
misol va masalalar variantlar asosida musobaqalashib bajarish; darslikdagi amaliy
materiallar asosida turli diogramma, jadval, chizmalar tayyorlash; laboratoriya
mashg’ulotlarini o’tkazish rejasiii tuzish.
Mashg’ulotlarda turli mustaqil ishlarni bajarish bolalarda mustaqillikni
tarbiyalaydi. Mustaqillik esa shaxsiy sifat hisoblanadi. Mustaqil ishlash
metodlaridan foydalanishda qator qoidalarga rioya qilinadi; o’quvchilarni mustaqil
ishlashga tayyorlash; mustaqil ishlarning tushunarli bo’lishi; mustaqil ish uchun
yetarli
vaqt
ajratish;
mustaqil
ish
natijasini
tekshirish.
Dostları ilə paylaş: |