8 mavzu. To’pgullar. Reja



Yüklə 314,08 Kb.
səhifə1/6
tarix31.01.2023
ölçüsü314,08 Kb.
#81872
  1   2   3   4   5   6
8 mavzu. To’pgullar. Reja


8 - mavzu. To’pgullar.
Reja:
1. To’pgullarning morfologik belgilari. Tupgullarning biologik axamiyati. Gulli o’simliklar rivojlanishining umumiy sxemasi.
2. Gulning kelib chikishi va evolyutsiyasidagi yo’nalishlar xaqida ayrim gipotezalar.
3. Bir uyli, ikki uyli va ko’p uyli o’simliklar. O’z-o’zidan changlanishdan ximoyalanish: dixogamiya, geterostiliya va boshqalar.
4. Avtogamiya va uning biologik axamiyati. Kleystogamiya. Gulli o’simliklarda urug’lanish. Urug’ va mevaning xosil bo’lishi.

Tayanch so’z va iboralar: avtogamiya, geytogamiya, klistogamiya, etnomofiliya, orintofiliya, xiropterofitliya, anemofiliya, gidrofiliya, ochiq va yopiq to’pgullar, brakteoz, frondoz, monoxaziy, dixaziy, pleyexaziy,tirs, perikarp,, ekzokarp, apokarp, senokarp, sinkarp. Avtoxorlar, avtoxoriya, zooxoriya, antropoxoriya, anemoxoriya, gidroxoriya, mezokarp, endokarp, murtak, endosperm, urug’palla barglari, gipokotil, epikotil. To’pgullar, aktinomorf, zigomorf, shingil, so’ta, boshoq, savatcha, qalqon.




To’pgullar haqida umumiy tushuncha. Yopiq urug’li o’simliklarning gullar hosil qilishi natijasida shaklini turlicha o’zgartirgan novdalar tizimining ayrim tiplariga to’pgullar deyiladi. To’pgullar tuzilishi jihatidan o’simliklarning vegetativ qismidan bir qancha farq qiladi.
Novdalarning gullash davriga o’tishi, uning kuchli o’sishi va yangi shaklning paydo bo’lishi bilan birga boradi. Bu vaqtda uchki meristema, boshlang’ich gulni hosil qilish bilan birga shaklini o’zgartiradi, kuchli o’sadi va qismlarga bo’linadi. Ko’p o’simliklarda to’p gullar kurtaklarning ichida shakllanadi (marjon daraxti, siren).
To’p gullar kurtaklarning xarakatga kelib yozila boshlaganidan keyin yanada yaxshiroq ko’rina boshlaydi. Ko’pchilik novdalarning to’pgullarini apikal meristemasi gulga aylanadi, bunday novdalar bo’yiga o’sishdan to’xtaydi. Gullab meva hosil qilib bo’lgandan keyin novdaning shu qismi qurib, uzilib tushadi.
To’pgullar hosil bo’lgan joylardagi barglar turlicha bo’ladi. Agar gulyonbargchalar yashil rangda bo’lib yaxshi rivojlansa frondoz to’pgullar deyiladi. Agar tangacha barglar sifatida shakllansa – brakteoz to’pgullar deb ataladi (landish, siren). Agar yalang’och bo’lsa ebrakteoz to’pgullar deyiladi (turp). To’pgullarning kuchli rivojlanib ko’p sonli yon shoxlarning hosil qilishi, gullarining turli vaqtda ochilishi chetdan changlanishiga yordam beradi. To’pgullarning tipi, to’p mevalarning tiplari, meva va urug’larning tarqalishi bilan bog’liq. To’pgullar shoxlanishiga qarab oddiy va murakkab bo’ladi. Oddiy to’pgullarning asosiy o’qida gullar yakka-yakka joylashib shoxlanish ikkinchi tartibdan oshmaydi (zubturim va boshqalar). Murakkab to’pgullarning asosiy o’qida oddiy to’pgullar joylashib ularni partsiallar deb ataladi. Shoxlanish 2-4 va undan ko’proq tartibda bo’ladi (siren). To’pgullarni hosil qilgan novdalarning qismiga ya’ni har yili kurtakdan paydo bo’lib gullab, mevalagandan keyin quriydigan novdaning qismini birlashgan to’pgullar yoki sinflorestsentsiya deyiladi. Sinflorestsentsiyani hosil qilgan novdalar bir necha zonalarga bo’linadi. Birinchi zonaga shunday novdalarning pastki qismi kirib to’p barglarini qo’ltig’ida o’simlikning yer ustki organlarini hosil qiluvchi kurtaklar joylashadi, bu zonani yangidan hosil qiluvchi zona deyiladi. Keyinchalik bu zona o’t o’simliklarning ko’p yillik qismining tarkibiga kiradi. Undan yuqoriroqdagi qismi kam rivojlangan shoxlanmagan zona deyiladi. Bu zonada barglar qo’ltig’idagi kurtaklar rivojlanmaydi yoki umuman paydo bo’lmaydi. Undan yuqoriroqdagi qism shoxlanish qism bo’lib, yon kurtaklar kuchli rivojlanib to’ldiruvchi novdalar paydo bo’ladi. Asosiy novda, (shoxlanish zonasidan asosiy bo’g’im oralig’i bilan ajralgan) asosiy to’pgul bilan tamomlanadi. To’ldiruvchi novdalar asosiy novdaning tuzilishini takrorlaydi va takrorlovchi zona yoki parakladiya deyiladi. Parakladiyalar I-II-III va undan ham ko’proq tartibda shoxlanadi. Demak, asosiy va yon novdalardagi to’pgullar birgalikda birlashgan to’pgullarni hosil qiladi. Shunday qilib, o’t o’simliklar bitta shoxlangan asosiy novdasida turli darajadagi to’pgullarni ajratish mumkin. Sinflorestsentsiyaning rivojlanishi yashash sharoitiga bog’liq bo’ladi.
To’pgullarni ta’riflaganda asosiy morfologik belgilarga ahamiyat beriladi.
1. To’pgullarni gulyonbarglarning bo’lishi – bo’lmasligiga qarab:
a) frondoz (gul oldi barglari yirik yashil rangda)
b) brakteoz (gul oldi mayda tangacha barglardan iborat)
v) yalang’och (gul oldi barglari rivojlanmagan)
2. Shoxlanish tartibiga qarab:
a) oddiy
b) murakkab
3. Asosiy o’qning o’sishiga qarab:
a) monopodial
b) simpodial
To’pgullarning monopodiya shoxlanishida faqat bitta apikal meristema hisobiga o’sadi va monopodial ratsemoz yoki bortiq to’pgullar deyiladi (acham biti). Agar asosiy o’q bir necha tartibli novdalar hisobiga simpodial o’ssa har bir tartibli novda apikal meristema gul bilan tugallansa, keyingi novda avvalgini o’rnini bosib borsa simpodial yoki simoz to’pgul deyiladi (kartoshka).
4. Asosiy novdaning, prakladilarning va xususiy to’p gullarni apikal meristemasini holatiga qarab. Agar to’pgullarning uchi gul bilan tugasa yopiq to’pgullar deyiladi. Bunda avval uchki qismidagi gullar ochiladi. Ba’zi o’simliklarning apikal meristemasi vegetativ holatda bo’lib, ochiq to’pgullar deyiladi. Ochiq to’pgullarda gul pastdan yuqoriga qarab akropetal ochiladi.
Simpodial to’pgullarda avval uchki gul ochiladi va yopiq to’pgul deb ataladi.
Murakkab to’pgullarda asosiy o’qning turli xil o’sishi uchraydi ba’zida asosiy o’q monopodial o’sib, yon to’pgullar simpodial o’sadi. bunday monopodial va simpodial to’pgullarning birgalikda kelishiga tirs deyiladi.
Oddiy to’pgullar monopodial o’sib, barcha gullar asosiy o’qqa birikkan bo’ladi.
1) Boshoq to’pgullarda asosiy o’q kuchli rivojlangan bo’lib, gullar o’q bo’ylab bandsiz yoki juda qisqa band bilan birikadi (zubturm).
2) Shingil to’pgullarda asosiy o’q uzun bo’lib, unda gullar bir xil uzunlikdagi band bilan ketma-ket spiralsimon joylashadi (oq akatsiya, burchoq va boshqalar).
3) So’tada to’pgullarda asosiy o’q ser etli bo’lib, gullar bandsiz joylashadi (makkajo’xori).
4) Kuchala to’pgullarning asosiy o’qi osilib turib egilgan shingilni hosil qiladi (yong’oq, tol).
5) Soyabon to’pgullarda asosiy o’q qisqargan bo’lib, gullarning yaxshi rivojlangan bir xil uzunlikdagi gulbandlari bir joydan chiqadi (piyoz, olcha).
6) Boshcha to’pgullarda asosiy o’q juda qisqarib ketgan bo’lib, unda gullari bandsiz yoki yaxshi rivojlanmagan band bilan zich joylashgan (beda, skabioza).
7) Savatcha to’pgullarda asosiy o’q yassi yoki konussimon kengaygan bo’lib, gullari bandsiz joylashgan (kungaboqar, butako’z). Gullar akropetal holatda ochiladi avval chetki gullar, so’ngra o’rta qismdagi gullar.
Murakkab to’pgullarda asosiy o’qqa gullar emas balki oddiy to’pgullar joylashadi.
1) Murakkab boshoq – monopodial shoxlangan asosiy o’qda ikkinchi tartibli o’q bo’lib oddiy boshoqlar joylashadi (bug’doy, arpa).
2) Murakkab shingil – uzun monopodial asosiy o’qda ikkinchi tartibli oddiy shingillar joylashadi (uzum, siren).
3) Murakkab soyabon – asosiy o’qning yuqorigi tomoni qisqargan bo’lib, undagi gulyonbarglarning qo’ltig’ida oddiy soyabonlar joylashadi (sabzi, ukrop).
4) Murakkab qalqon – bu aralash to’pgul bo’lib, uning asosiy o’qi oddiy qalqon, yon o’qlari savat yoki qalqonlardan iborat (bo’ymodaron).
Simoz. Simoz - simpodial o’sadigan murakkab to’pgullar bo’lib, birinchi gul ochilgandan keyin asosiy o’q o’sishdan to’xtaydi. Yon shoxlarini soni tur uchun o’zgarmas bo’ladi. Gullar yuqoridan pastga qarab (bazipetal) ochiladi. Yon shoxlarning soniga qarab uchga bo’linadi: dixazii, monoxazii va pleyxazii.
I. Dixazii - to’pgulda asosiy o’q gul bilan tugaydi, guldan pastki bo’g’imda qarama–qarshi yoki ketma-ket ikkita ikkinchi tartibli yon o’qlar hosil bo’ladi. Bularning uchi ham gul bilan tugaydi. Ikkinchi tartibli shox ham asosiy o’qqa o’xshash shoxlanadi (chinnigul).
II. Monoxazii - bu tipdagi simoz to’pgulning asosiy o’qi faqat bita yon o’qni hosil qiladi. Yon o’qlar asosiy o’qning yuqorigi qismida paydo bo’ladi. Monoxazii ikkiga: gajak va ilon izi to’pgullarga bo’linadi. 1) Ilonizi - asosiy o’qning uchi gul bilan tugaydi va keyin o’smaydi. Guldan pastda paydo bo’lgan ikkinchi tartibli o’qlar asosiy o’qning birgal o’ng tomonida birgal chap tomonida rivojlanib gul bilan tugaydi (gladiolus, gulsapsar).
2) Gajak to’pgulda – asosiy o’q bitta gul bilan tugaydi, yon o’qlar asosiy o’qning faqat bir tomonida paydo bo’ladi va gul bilan tamomlanadi. Uchki tomoni esa ichiga qarab qayrilib boradi.
III. Pleyoxaziy - simoz to’pgul bo’lib, asosiy o’qning o’rniga kelgan bir qancha yon shoxlar deyarlik mutovka shaklida joylashadi va kuchli o’sib asosiy o’qdan uzunroq bo’ladi (sutlam). Yon o’qlardagi to’pgullar dixazii va monoxazii bo’lishi mumkin.
IV. Ro’vak – monopodial o’sadigan asosiy va simpodial yon o’qlarga ega bo’lgan murakkab to’pgul. Ko’pincha bu to’pgul ikki qator gajak yoki ilonizi to’pgullaridan tashkil topadi (labguldoshlar, govzabonguldoshlar). Haqiqiy ro’vak asosiy o’q yaxshi rivojlanib ko’p sonli va tartibli yon to’pgullarni hosil qiladi. Gullab bo’lgandan keyin asosiy o’qi osilib qoladigan to’pgullarga kuchala deyiladi. Agar asosiy o’qi qisqa va yon o’qlari bilan qo’shilib o’ssa, partsial to’pgullarning soni kamayib ketsa ro’vak yolg’on soyabonga o’xshab ketadi.

Yüklə 314,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin