A maliy mashg‘ulot 4-5. Vaqtinchalik va doimiy preparat tayyorlash. O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: fitonematodalardan vaqtinchalik va doimiy preparatlar tayyorlash metodlari haqida maʼlumot berish.
Kerakli jixozlar: mikroskop, buyum oynasi, qoplag‘ich oyna, Petri idishi, preporaval igna, lyugol eritmasi, 1-2 tartibli eritmalar, termostat, spirt lampasi, parafin, metall naycha, skalpel, glitserin va boshqalar.
Ishning mazmuni: nematodalarni tirik holda ko‘rish durustroq, chunki ular tirik bo‘lganida morfo-anatomik tana tuzilishidagi belgilari yaxshiroq ko‘rinadi. Ajratib olingan fitogelmintlar Petri idishi yoki soat oynasiga to‘kilib, binokulyar ostida buyum oynasidagi bir tomchi suvga o‘tkaziladi. Buning uchun Petri idishidagi teriladigan nematoda maxsus preporaval igna yordamida suvning yuzasiga ko‘tariladi va tezlikda nematoda tanasining ostidan igna bilan ko‘tarib olib buyum oynasidagi bir tomchi suvga o‘tkaziladi. Uning ustidan qoplag‘ich oyna Bilan yopib nematodani harakatsizlantiish uchun buyum oynasining chetki qismi spirt lampasida biroz qizdiriladi yoki tomiziladigan suvga 0,1% li lyugol eritmasi (0,1 g yod, 0,2g kaliy yodi) teng miqdorda qo‘shiladi.
Jonsizlantirib ravshanlantirilgan nematodalardan doimiy hamda vaqtinchalik preparatlar tayyorlanib, u o‘z vaqtida nematodalarni o‘rganishga imkon bo‘lmagan vaqtlarda tayyorlanadi.
Vaqtinchalik preparat tayyorlash metodi. Jonsizlantirilgan chuvalchangsimon nematodalar bir tomchi glitserin va distirlangan suv tomizilgan buyum oynasiga o‘tkaziladi. Suv bug‘lanib ketgunga qadar bir necha kunga qoldiriladi. Bu vaqtda nematodalar kutikulasi burishgan holda va yetarli darajada tiniq ko‘rinmaydi. Glitserin va suv aralashmasi nematoda kutikulasining o‘ziga singdirish xususiyatiga qarab har xil (1:16 dan 1:20 gacha) aralashmada bo‘lishi mumkin.
Suvning bug‘lanishi natijasida glitserin eritmasining miqdori biroz kamayadi. Shuning uchun bir tomchi glitserin eritmasi tomizilib, uning chekkasiga aylantirilib paxta tolasi o‘simtalaridan qo‘yib qoplag‘ich oyna bilan yopiladi.
Doimiy preparatlar tayyorlash metodi. Doimiy pereparatlar tayyorlash uchun nematodalar maxsus nina bilan soat oynasiga 4-5 tomchi suvga teriladi. Terib bo‘lingach, nematodalarni ravshanlashtirish maqsadida to‘rt tomchi birinchi eritma (20ml 95%li spirt, 4 ml glitserin, 79ml distillangan suv qo‘shilib, 35-40 S li termostatga 24 soat qo‘yiladi. 24 soatdan keyin unga ikkinchi eritmadan (95ml 96 %li spirt, 5ml glitserin) tomiziladi va yana 35-40S0li termostatga kamida 2-3 soat qo‘yiladi .
Termostat asosan suv va spirtning bug‘lanishiga yordam beradi. Shundan so‘ng termostatdan olingan nematodalar doimiy preparat qilishga tayyor hisoblandi. Doimiy preparatlar quyidagicha tayyorlanadi:
Buyum oynasiga spirt lampasida qizdirilgan metall naycha yordamida parafindan xalqa qo‘yiladi. Xalqa ichiga igna yordamida glitserindan tomchi tomiziladi va tomchiga nematodalar did bilan teriladi. Tomchi mikroskopda qaralib, nematodalarni alohida-alohida qilib joylashtiriladi. Bir tomchiga 10-15 tagacha nematoda teriladi. So‘ngra uning usti qoplag‘ich oyna bilan yopilib, preparat spirt lampasida parafinning bir xil tarqalib erishiga qarab soat millari yo‘nalishi bo‘yicha ohista aylantirib yengil qizdirib olinadi. Tayyorlanayotgan preparat spirt lampasidan o‘rtacha 10-12sm balandlikda tutilishi kerak.
Iloji boricha nematodalarni qovurib yubormaslik lozim. Parafin erib bir xil tarqalgach spirt lampasi o‘chiriladi.
Qoplagich oyna atrofidagi parafin skalpel yordamida tozalanadi. Preparat chekkasiga siyoh bilan preparat nomeri, yorliqda namuna qayerdan olinganligi va olingan vaqti ham yozib qo‘yiladi. Prepatadagi nematoda MBR-3 miroskopida analiz qilinadi.
Ildiz bo‘rtma va sista hosil qiluvchi nematodalarning urg‘ochi jinsidan anal-vulvar plastinkasini tayyorlash.
Ajratib olingan urg‘ochi nematodalar qavariiq buyum oynasigaibir tomchi suv yoki glitseringa solinib binokulyar ostida qaraladi. O‘tkir ko‘z skalpeli yoki maxsus shu mAqsada tayyorlangan o‘tkir pichoq yordamida Urg‘ochi nematodalarning tanasi yorilmasligi uchun bosh qismi kesilib, keyin esa ehtiyotkorlik Bilan orqa qismi kesiladi. Kesib olingan Urg‘ochi nematodaning orqa qismi uchi qayrilgan ingichka preparaval igna yordamida ichki organlardan tozalanadi.
Tayyorlangan anal-vulvar plastinka bir tomchi glitserin yoki laktofenol tomizilgan (bir qism karbol kislotasi, bir qism sut kislotasi, ikki qism glitserin va bir qism distirlangan suv) buyum oynasiga ko‘chirilib, shunday mo‘ljal olinadiki kutikulasining ustki qismi yuqoriga yaʼni ko‘zga to‘g‘rilanib joylashtirilishi lozim. Shundan so‘ng qoplag‘ich oyna Bilan qoplanadi. Doimiy preparatlar parafin halqa yordamida glitserinda tayyorlanadi (Seinhorst, 1959).
Topshiriqlar 1. Fitonematodalardan vaqtinchalik va doimiy preparatlar tayyorlash
metodikalarini o‘rganish va mustaqil bajarishga erishish.
2. Anal-vulvar plastinkasini tayyorlash texnikasi.