Mundarija I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 51,35 Kb.
səhifə1/10
tarix20.09.2023
ölçüsü51,35 Kb.
#146231
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2. Sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi va ozu-fayllar.org


2. Sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi va ozuqaviy qiymati


1
MUNDARIJA 



I.Kirish……………………………………………………………………………2
II.Asosiy qism:……………………………………………………………………
1.Sut va sut mahsulotlari olinishi, xossalari haqida umumiy ma‘lumot……… 4
2. Sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi va ozuqaviy
qiymati…………………………………………………………………………..12
3. Sut va sut mahsulotlari bo‘yicha dars ishlanma tuzish…………………19
III.Xulosa…………………………………………………………………………25
Foydalanadigan adabiyotlar…………………………………………………27



2
KIRISH


O‗zbekistonda xorijiy tajribadan foydalanilgan holda Milliy o‗quv dasturi
ishlab chiqildi. Bu haqida Prezidentning ―O‗zbekistonning yangi taraqqiyot
davrida ta‘lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari
to‗g‗risidagi‖ (PF–6108-son 06.11.2020 y.) farmonida so‗z boradi. Oliy ta‘lim
tizimida r
ivojlantirishda yurtboshimiz tomonidan belgilab berilgan bir qancha
strategik masalalarga asosan ta‘lim sohasini modernizatsiya qilish, ijtimoiy-
iqtisody jihatdan barqaror rivojlantirish uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash
sifatini oshirish, xalqaro standartlar asosida yuqori malakali, kreativ fikrlaydigan,
mustaqil qaror qabul qila oladigan kadrlar tayyorlash, ularni intellektual
qobiliyatlarini namoyon etishi va ma‘naviy barkamol shaxs sifatida shakllantirish
uchun shart-sharoitlar yaratish kabi bir qancha dolzarb vazifalar belgilab berilgan.
Ushbu dolzarb vazifalarni amalga oshirishda barcha fan sohlarini tubdan
takomillashtirish, O‗zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to‗grisidagi Qonun‖ da
belgilab berilgan davlat ta‘lim standartlari asosida tog‗ri ishlab chiqish maqsadga
muvofiq. Mazkur o‗quv qo‗llanma ham barcha berilgan talablar asosida ishlab
chiqilgan bo‗lib, oliy ta‘lim muassasalarining ―Texnologik ta‘lim‖ yo‗nalishida
tahsil olayotgan talabalar hamda umumiy o‗rta ta‘lim muassasasi Texnologiya fani
o‗qituvchilari uchun qo‗llanma sifatida tavsiya qilinadi. O‗quv qo‗llanmada davlat
ta‘lim standartlari talablariga muvofiq Texnologiya faniga qo‗yilgan talablar,
ushbu fanning boshqa fanlar bilan aloqalari, shuningdek Texnologiya fanini
o‗qitish metodikasi fanining malaka talablari, o‗qitish shakllari, fanning tadqiqot
metodlari, didaktik tamoyillari, didaktik tizimlari, texnologiyalari to‗g‗risida
batafsil ma‘lumotlar berilgan hamda fanning laboratoriyalari va ustaxonlariga
qo‗yiladigan talablar va boshqalar bayon qilingan. Ilmiy didaktik ma‗lumotlar,
kuzatishlar shundan dalolat beradiki, mazkur qo‗llanma talaba yoshlarning idroki
va tasavvuriga ta‘sir ko‗rsatib real borliqning ayrim jihatlarini to‗liq anglash, ijodiy
qobiliyatlarini mukammallashtirish, bilish faoliyatlarini rivojlantirish, iroda, his
tuyg‗ularini takomillashtirishni yo‗lga qo‗yishni, yoshlarni kasbiy, ijodiy bilim,



3
ko‗nikma va malakalarini chqurroq o‗zlashtirish imkonini yaratadi


.
Shuni inobatga
olib, Texnologik ta‘lim yo‗nalishida tahsil olayotgan talabalar hamda umumiy
o‗rta ta‘lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan Texnologiya fani
o‗qituvchilari uchun mo‗ljallangan ―Texnologiya fanini o‗qitish metodikasi‖ deb
nomlangan o‗quv qo‗llanmada fanni o‗qitish sohasi, maqsadi, vazifalari, didaktik
tizimlari, o‗qitish metodlari tasnifi va ularning o‗ziga xos pedagogik-psixologik
xususiyatlari to‗g‗risida ilmiymetodik hamda didaktik masalalar yoritilgan.
Shuningdek qo‗llanmada o‗quv mussasasida bo‗lishi lozim bo‗lgan o‗quv
ko‗rsatmali metodlar, shakllari, texnologiyalarining muhimligi, texnologiya fani
o‗quv-tarbiya jarayonlarini samaradorligini oshirishdagi ahamiyati, ko‗rgazmali
qurollar, tarqatma materiallarni tayyorlash haqida ham ma‘lumotlar bayon
qilingan. ―Ta‘lim to‗g‗risidagi‖ qonunda texnologiya ta‘limi faniga oid
g‗oyalarning aks ettirilishi yetuk mutaxasssislar tayyorlash, ta‘lim tizimini o‗z
rivojida shaxsning madaniyatini shakllantirish, jamiyatdagi hayotga moslashish,
kasbiy va ta‘lim dasturlarini bilib tanlash hamda keyin o‗zlashtirish, jamiyat,
davlat, oila oldidagi o‗z mas‘uliyatini anglab yetuvchi to‗laqonli shaxsni
tarbiyalash uchun huquqiy, tashkiliy, ruhiy-pedagogik shartsharoitlarni ta‘min
etishga qaratilgandir. Bu borada umumta‗lim maktablari uchun tayyorlanadigan
pedagoglarni va shu jumladan texnologiya ta‘limi o‗qituvchilarini tayyorlashni
tubdan o‗zgartirish zaruratini keltirib chiqardi.



4



Yüklə 51,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin