Abdumalikova barchinoyning malakaviy amaliyot davri



Yüklə 24 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü24 Kb.
#43448
Hisobot (org)


FARG'ONA DAVLAT UNIVERSITETI,

CHET TILLAR FAKULTETI

XORIJIY TIL VA ADABIYOTI YO'NALISHI: INGLIZ TILI

I BOSQICH 20.111-GURUH TALABASI

ABDUMALIKOVA BARCHINOYNING

MALAKAVIY AMALIYOT DAVRI

HISOBOTI

Men Abdumalikova Barchinoy 23.03.2021dan 17.04.2021gacha bo'lgan vaqt oralig'ida Farg'ona tumanidagi 15-umumiy o'rta ta'lim maktabida bir oylik malakaviy amaliyotda bóldim.

Amaliyotim davrida ingliz tili óqituvchilari bilan muntazam ish olib bordim va maktab ichki tartib qoidalari bilan tanishdim va o'rgandim. O'qituvchilarning dars o'tish jarayonlarini muntazam ravishda kuzatdim va dars uchun kerakli bólgan turli o'qitish metodlari, yangi pedagogik texnologiyalar bilan ish olib borishni órgandim. Shu bilan birga, noan'anaviy o'qitish metodlarini dars jarayonida qo'llashni va eng muhim, haqiqiy pedagog sifatida óquvchi bilan tóg'ri va samarali aloqa o'rnatishni kuzatdim. Ingliz tili o'qituvchilari yordamida dars rejasini tuzishni va mustaqil ravishda konspektlar yozishini, darsni tog'ri tashkillashda, mavzuga mos bo'lgan materiallar va ko'rgazmali qurollar, tarqatma materiallardan tog'ri foydalanishni va eng muhimi o'quvchini o'z qiziqishlarini hisobga olgan holda darsga qandey qilib qiziqtirishni o'rgandim. Bunga qo'shimcha yana dars vaqtini to'g'ri taqsim qilishni va mustaqil ravishda dars o'tishni o'rgandim va amalda sınab kórdim. Bunda menga ustozlardan o'zlashtirgan bilimlarim va malakalarim qo'l keldi.

Amaliyotim davomida bir qancha ochiq darslarni ham kuzatdim va ochiq darslarni qanday tashkillashda, vaqtni to'g'ri taqsim qilish,ochiq dars o'tish davomida nimalarga e'tibor qaratish lozimligini hamda qandey tarqatma materiallardan foydalanish kerakligini ustozlardan órgandim.



Shu bilan birga maktabdagi hat hafta bo'ladigan jamoat ishlarida qatnashdim,ma'naviyat soatlarini muntazam kuzatib bordim .Maktab óquvchilari tomonidan ótkaziladigan har bir tadbirda faol ishtirok etdim. Dars o'tish davomida ustozlardan dars ishlanmalari va dars rejalaridan qanday qilib foydalanish kerakligini ózlashtirdim. Ishonamanki, ushbu amaliyotim davrida ustozlardan ózlashtirgan bilimlarim va malakalarim, hamda keyingi bosqichlarda ózlashtiradigan kónikmalarim menga o'z kasbim bóyicha kelajakada yetim mutaxassis muhim poydevor bo'lib xizmat qiladi.

Amaliyotchi talaba: Abdumalikova Barchinoy

Amaliyot rahbari: Abduxalimova Sarvinoz

Maktab direktori: Asrorov Rasuljon
Yüklə 24 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin