Adabiyotshunoslik. Tarjimashunoslik literature. Translation studies



Yüklə 278,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix28.11.2023
ölçüsü278,62 Kb.
#169315
  1   2   3   4   5
qodirjon-ergashev.-tarixi-muluki-ajamning-uslubiy-xususiyatlari



41
Uzbekistan: Language and Culture 2021/1
ISSN 2181-922X 41

49
ADABIYOTSHUNOSLIK. TARJIMASHUNOSLIK
 LITERATURE. TRANSLATION STUDIES
“Tarixi muluki ajam”ning uslubiy 
 xususiyatlari
Qodirjon Ergashev
1
Abstrakt
Mazkur maqola Alisher Navoiyning "Tarixi muluki аjam" asarining 
uslubi masalasiga bag‘ishlangan. Asar tilining o‘ziga xosligi, undagi adabiy 
va ilmiy uslub unsurlari mavjudligi ko‘rsatilib, asar uchun ana shu ikki 
uslub xususiyatlarining sintezi xos ekanligi haqidagi xulosaga kelingan. 
Nasrdagi Navoiy uslubiga xos yetakchi tamoyillar tasniflanib, har biri 
alohida sharhlangan. Natijada, adibning nasriy asarlarini tekshirish 
mezonlari belgilab berilgan. 
Kalit so‘zlar: 
uslub, sintez, adabiy plast, ilmiy plast, badiiylash-
tirish, ilmiy haqiqat.
Kirish
"Tarixi muluki аjam"ning uslubiy xususiyatlari muallifning 
asarni yozishda ko‘zda tutgan maqsadi, o‘z oldiga qo‘ygan 
vazifalari bilan bog‘liq ravishda yuzaga kelgan. Tadqiqotchilarning 
fikricha, “Tarixi muluki аjam” ulkan asarning bir qismi, to‘g‘rirog‘i, 
muqaddimasi sifatida yozilgan. Mana shu hol hamda muallifning 
tarixiy bilimlarni turkiy ommaga sodda, lo‘nda, tushunarli tarzda 
yеtkazishdan iborat maqsadni o‘z oldiga qo‘ygani ushbu asarning 
uslub jihatidan o‘ziga xos bo‘lib chiqishiga, unga qadar fors tilida 
yaratilgan tarixiy nasrda kuzatiladigan an’anaviy uslubdan farq 
qiluvchi yangi uslubning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. 
Ma’lumki, o‘rta asr adiblari tarixiy nasrni ham badiiy san’atlar 
1
Ergashev Qodirjon Otajonovich 
– filologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori 
instituti.

Yüklə 278,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin