41
Uzbekistan: Language and Culture 2021/1
ISSN 2181-922X 41
—
49
ADABIYOTSHUNOSLIK. TARJIMASHUNOSLIK
LITERATURE. TRANSLATION STUDIES
“Tarixi muluki ajam”ning uslubiy
xususiyatlari
Qodirjon
Ergashev
1
Abstrakt
Mazkur maqola Alisher Navoiyning "Tarixi muluki аjam" asarining
uslubi masalasiga bag‘ishlangan. Asar tilining o‘ziga xosligi, undagi adabiy
va ilmiy uslub unsurlari mavjudligi ko‘rsatilib, asar uchun ana shu ikki
uslub xususiyatlarining sintezi xos ekanligi haqidagi xulosaga kelingan.
Nasrdagi Navoiy uslubiga xos yetakchi tamoyillar tasniflanib, har biri
alohida sharhlangan. Natijada, adibning nasriy
asarlarini tekshirish
mezonlari belgilab berilgan.
Kalit so‘zlar:
uslub, sintez, adabiy plast, ilmiy plast, badiiylash-
tirish, ilmiy haqiqat.
Kirish
"Tarixi muluki аjam"ning uslubiy
xususiyatlari muallifning
asarni yozishda ko‘zda tutgan maqsadi, o‘z oldiga qo‘ygan
vazifalari bilan bog‘liq ravishda yuzaga kelgan. Tadqiqotchilarning
fikricha, “Tarixi muluki аjam” ulkan asarning bir qismi, to‘g‘rirog‘i,
muqaddimasi sifatida yozilgan. Mana shu
hol hamda muallifning
tarixiy bilimlarni turkiy ommaga sodda, lo‘nda, tushunarli tarzda
yеtkazishdan iborat maqsadni o‘z oldiga qo‘ygani ushbu asarning
uslub jihatidan o‘ziga xos bo‘lib chiqishiga,
unga qadar fors tilida
yaratilgan tarixiy nasrda kuzatiladigan an’anaviy uslubdan farq
qiluvchi yangi uslubning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi.
Ma’lumki, o‘rta asr adiblari tarixiy nasrni ham badiiy san’atlar
1
Ergashev Qodirjon Otajonovich
– filologiya fanlari nomzodi,
katta ilmiy xodim,
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori
instituti.