OZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG'BEK NOMIDAGI MILLIY UNIVERSITETI BIOLOGIYA FAKULTETI "AGROKIMYO VA AGROTUPROQSHUNOSLIK" YO'NALISHI "AGROKIMYO" FANIDAN
Himoyaga tavsiya etaman
Fakultet dekani
____________ _________________
"_____" _______________
KURS ISHI
MAVZU: O'SIMLIKLARNING ILDIZ VA HAVO ORQALI OZIQLANISHI
Talaba: 201-guruh talabasi
Jumanov Firuz
Qabul qiluvchi: ___________________
Himoyaga tavsiya etildi
"Agrokimyo va agrotuproqshunoslik"
kafedrasi mudiri
__________________ __________
"____" ___________
Toshkent-2022
Mundarija
Kirish …………………………………………………........……………………...................2
I.BOB. ADABIYOTLAR SHARHI………………….........……………….……........4
II.BOB. ASOSIY QISIM………………………………………..............................11
2.1. O'simliklarning oziqlanishi haqidagi ta'limotning rivojlanishi…………………..........................................................……...….11
2.2. O'simliklarning ildiz orqali oziqlanishi...……….......……………14
2.3. Mineral elementlarning fiziologik ahamiyati va o'simliklardagi miqdori.........................................………….......…......24
2.4 O'simliklarni havodan oziqlanishi........................................32
2.5 Fotosintez jarayoni va uning bosqichlari............................35
2.6 Tashqi muhit omillarining o'simlik oziqlanishiga ta'siri.....40
2.7 Fotosintez jarayonining ekologik ahamiyati.......................41
III.BOB. XULOSA………………………….....………………………......................42
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………......…….…...44
KIRISH
Qishloq xo’jaligi zarur mineral o’g’itlar o’simliklarni himoya qilish vositalari bilan ta’minlashni nafaqat tubdan o’zgartirish, balki agrokimyo qoidalariga qat’iy amal qilishga talabchanlikni oshirish, ularni qo’llash madaniyatini yuksaltirish» lozim
Ekinlar hosildorligini oshirishning muhum vositasi, qishloq xójaligini ishlab chiqarishni jadallashtirishning iqtisodiy jihatdan eng samarali yóli bu - dehqonchilikni kimyolashtirishdir. Jahon tajribasidan shu narsa ma'lum bóldiki,ekinlar hosildorligi tuproqga kiritilayotgan o'g'itlar miqdori bilan uzvoy bog'liq. O'g'itlar samaradorligi odatda ekinlardan olinadig qo'shimcha hosil miqdori bilan belgilanadi.
Agrokimyo, agronomik kimyo – tuproq va o‘simliklardagi kimyoviy jarayonlar, o‘simliklarning mineral oziqlanishi, o‘g‘itlar va tuproqni kimyoviy melioratsiyalash vositalarini qo‘llash to‘g‘risidagi fan. Agrokimyo qishloq xoʻjaligini kimyolashtirishning ilmiy asosini tashkil etadi. Agrokimyo o‘simlik, tuproq va o‘g‘itlar o‘rtasidagi munosabatni, dala sharoitida o‘simliklar oziqlanishini o‘rganadi, o‘simliklarning oziqlanishiga eng qulay sharoit yaratish, tuproq va o‘g‘itlar tarki-bidagi oziq moddalarning o‘zlashtirilish koef. oshirish maqsadida ushbu sharoitlarni o‘zgartirish yo‘llarini, shuning-dek, hosildorlikni oshirishning boshqa vositalari – pestitsidlar, o‘sish sti- mulyatorlarini ko‘llash, tuproq unum-dorligini yaxshilash va hosildorligini oshirish maqsadida kimyoviy meliorasiya vositalarini qidirib topadi. Agrokimyo fani tuproqshunoslik, dehqonchilik, o‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi, qishloq xoʻjaligi mikrobiologiyasi, kimyo va fi-zika fanlari bilan bevosita bog‘langan. Agrokimyoda nazariy va amaliy masalalarni o‘rganish uchun har xil tadqiqot usullari qo‘llaniladi. Bularga o‘simlik, tuproq va o‘g‘itlarni laboratoriyada kimyoviy, fizik-kimyoviy tahlil qilish; o‘simliklarda ve-getatsion tajriba (vegetatsion uychalarda va issiqxonalarda) o‘tkazish; har xil tuproq-iqlim sharoitlarida o‘g‘itlar bilan dala tajribalari (o‘g‘itlarning geogra-fik mintaqalardagi tajribalari) olib borish; xo‘jaliklarda ishlab chiqarish tajribalari o‘tkazib olingan natijalarga iqtisodiy baho berish ishlari kiradi. Agrokimyoda o‘simlik asosiy tadqiqot ob’ekti hisoblanadi. O‘simliklar oziqlanishini o‘rganish va o‘g‘itlar vositasida uni izga solish usullarini ishlab chiqishda har bir o‘simlik (ekin)ning biologik va agrotexnik xususiyatlari hisobga olinadi. Agrokimyo tuproqshunoslik va tuproq mikrobiologiyasi bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun unda tuproq ham o‘rganilishi kerak. Agromimyo tuproq tarkibidagi oziq moddalarning umu-miy miqdorini, ularning o‘simliklarga o‘tish xususiyatini, o‘g‘itlarning o‘zgarish jarayonlarini va tuproq xossasiga ta’sirini hamda o‘g‘itlarni ishlatish me’yorini va nisbatini, ularni turli xil ekinlarga solishning ratsional muddatlari va usullarini, o‘g‘itlarni qo‘llashning tuproqni ishlash tizimlari, alma-shib ekish, sug‘orish tartiboti va boshqa bilan to‘g‘ri qo‘shib olib borishni o‘rganadi. Agrokimyo o‘simliklarning oziqlanishini o‘rganishi tufayli o‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi bilan bog‘langan.
Dostları ilə paylaş: |