Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti fizika matematika fakulteti



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/20
tarix02.01.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#42716
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
ABDIQODIROV SHAHBOZ



 

 

ÒZBEKISTON   RESPUBLIKASI  OLIY  VA ÒRTA  MAXSUS TÀLIM 



VAZIRLIGI 

 

 AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI 



FIZIKA – MATEMATIKA  FAKULTETI 

 

 



 

 

 



Fizika – astronomiyani o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishining 1-,,v’’ 

kurs talabasi Abdiqodirov Shahbozning 

Ekologiyaliq  taza energiya  derekleri  fanidan 

 

MUSTAQIL ISHI. 



 

 

 



 

          

Topshirdi:    Abdiqodirov  Shahboz 

  

Qabulladi:    Ametov  Ruslan 

 

 

 



 

                                         Nukus 2021 y

 



ELEKTR ENERGIYASINI  OLISHNING AN’ANAVIY VA  

NOAN’ANAVIY USULLARI.

 

 



Energiya olishning an’anaviy usullarini o’quvchilarga tushuntirishda  eng 

ko’p  ishlatilayotgani  issiqlik  elektr  stansiyalaridir  (I.E.S.).  Issiqlik  elektr 

stansiyalari o’z tarkibiga ko’ra  gaz, ko’mir va neft mahsulotlari bilan ishlovchi 

elektr stansiyalarini  

hamda  uran  yadrosi  bo’lishida  ajraladigan  issiqlik  hisobiga  ishlovchi  atom 

elektr stansiyalari (AES)ni o’z ichiga oladi. Birinchi tur elektr stansiyalarining 

ishlashi  yoqilg’i  zahiralarining  kamayishi  va  yonish  mahsulotlarining 

ekologiyaga ta’siri bilan chegaralangan. Atom elektr  stansiyalarining ishlashida 

xomashyo  resursi  deyarli  chegaralanmagan.  Lekin  AESlari  ishlatilishi  bilan 

bog’liq quyidagi muammolar mavjud:  

1.  Radiatsiya  ta’sirida  reaktor  materiallarining  tez  ishdan  chiqishi  va 

radioaktiv moddalarning tashqariga chiqib ketishi.  

2.  Radioaktiv chiqindilarni saqlash muammosi.  

3.  Yadro reaktorlarida mukammal xavfsizlik tizimini yaratish qiyinligi.  

4.  Hozirgi  kunda  ko’p  ishlatilayotgan  tez    neytronlarda    ishlovchi 

briderlarda ko’p miqdorda  plutoniy yig’ilishi va atom bombasi uchun asosiy 

xomoshyo  bo’lgan    plutonning    yomon    niyatli  kishilar  qo’liga  tushish  

ehtimoli mavjudligi.  

Bugungi  kunda    AQSHning    Texas    universitetida  Mayk  Kotschenreyter 

boshchiligidagi tadqiqotchilar guruhi gibrid  ko’rinishidagi sintez – parchalanish  

qurilmasini  yaratdilar.  Markazida  neytron    manbai  mavjud  bo’lgan    va  sintez  

reaksiyasiga    asoslanib    ishlovchi  CFNC(Compakt  Fusion  Neutron  Source) 

reaktori  yengil  suv  bilan    faoliyat  yurituvchi  odatiy  AES  lardan  ajralib  

chiqadigan transuran chiqindilar yordamida ishlaydi.   




Elektr  energiyasi  olishning  noan’anaviy  usullarini  o’quvchilarga 

tushuntirganda energiya resurslari uchun xomoshyoning chegaralanmaganligi, 

ekologik tozaligi va  qayta tiklanishi  bilan an’anaviy usullardan farq qiladi. Bu 

usullar  ichida  oxirgi  yillarda  eng  yaxshi    o’rganilganligi  va  keng 

qo’llanilayotgani  Quyosh  panellari  va  shamol  generatorlari  yordamida  elektr 

energiyalarini olish yo’lga quyildi 

Bu  sohada  O’zbekistonda  ham  ancha  ishlar    amalga  oshirilgan.  Masalan 

Quyosh  fizikasi  ilmiy  ishlab  chiqarish    birlashmasida    Quyosh  batariyalarini 

ishlab  chiqarish yo’lga qo’yilmoqda. O’zbekiston energitika vazirligi tashabbusi 

bilan   


Danyadan shamol generatorlari Farg’ona viloyatining Bekobod tumaniga  keltirib 

o’rnatilmoqda.   

Bizning  Respublikamiz  uchun  istiqbolli  noan’anaviy  usullardan  biri  

bioenergetikadir. 

Hozirgi  kunda  biogaz  olish  uchun  mo’ljallangan 

qurilmalarning  juda  ko’p  loyihalari  ishlab  chiqilgan.  Bu  qurilmalar  birdaniga 

ikki vazifani, biogaz yoqilg’isini olish va sifatli chirindi o’g’it ishlab chiqarishni 

amalga oshiradi.  

Geotermal,  vulqon  energiyasidan  foydalanishda  turli  xildagi  gazlar  ajralishi 

bilan bog’liq bo’lgan ayrim ekologik masalalarni ham hal etish lozim bo’ladi.  

Dengiz  suvini  ko’tarilishi  va  to’lqinlar  energiyasidan  foydalanishning 

effektiv  qurilmalari  ishlab  chiqilgan  va  kichik  quvvatli  iste’molchilarni 

ta’minlash uchun muvaffaqiyatli ishlatilmoqda.  

Noan’anavuy energiya olish usullari qanchalik tabiiy va ekologik jihatdan 

maqsadga  muvofiq  bo’lmasin  ular  energiyaga  bo’lgan  ehtiyojni  to’la 

qanoatlantirmasligi mumkin.  

Shuning  uchun  ham  kelajakning  asosiy  energiyasi  sifatida  atom 

energiyasi qaralmoqda. Atom energiyasidan foydalanishning birinchi usuli uran 

yadrosi  bo’linishi  energiyasi  va  uning  muammolari  haqida  yuqorida  aytib 

o’tildi.  

Yadro  energiyasidan foydalanishning ikkinchi usuli  – termoyadro sintezi 

energiyasidir.  Bu  borada  salkam  70  yildan  buyon  ishlar  olib  borilayotgan 

bo’lsada  boshqariladigan  termoyadro  sintezi  haligacha  amalga  oshmadi.  Bu 

yerdagi  asosiy  muammolarga  issiqlikka  chidamli  yangi  materiallar  yaratish, 

kuchli  bir  jinsli  magnit  maydonlar  va  yuqori  haroratli  o’ta  otkazuvchan 

materiallar  hosil  qilish  masalalarini  keltirish  mumkin.  Ushbu  ma’lumotlarni 

yuqorida  zikr  etilgan  mavzularda  tushuntirib  o’tilganda  o’quchilarda    fanga 

qiziqishi  ortishi  bilan  birga    tabiatga    nisbatan  ehtiyotkorona  munosabatda 

bo’lish,  ekologik  xafni  oldini  olish  tushunchalari  shakllantiradi.      Dunyoda 

energetika  muammosi  dolzarb  masalalardan  biri  bo’lib,  bugungi  kunda 

energetika sohasi bo’yicha shug’ullanayotgan olimlarning kun tartibida turibdi. 

XXI asr fan taraqqiyoti yuksalib texnik - texnologiyalarning rivojlanishi bilan 

birga insonni normal yashash imkoniyatini yaratish, uni yetarli energiya, oziq-

ovqat  bilan  ta’minlash  asosiy  masalalardan  biridir.  Hammaga  ma’lumki,  yer 

qazilma  boyliklarining  energetik  zahirasi  kamayib  bormoqda.  Ammo,  unga 



bo’lgan ehtiyoj ortib, hozirgi kunda yer yuzida aholi soni yetti milliardga yetdi. 

Insoniyat  foydalanayotgan 

energetika  manbalarining  quyidagi  turlari  mavjud: 

neft,  ko`mir,  gaz,  atom,  biomassalar,  suv,  quyosh,  shamol,  geotermal 

energiyalar. Bu energiya manbalarini o`z navbatida ikki turga bo`lish mumkin. 

Biomassalar, suv, quyosh, shamol, geotermal energiya  – yangilanuvchi;  neft, 

ko`mir,  gaz,  atom  energiyasi  –    yangilanmaydigan.  Bu  resurslardan  olingan 

energiya  elektr  energiyasi,  kommunal  xizmatlarga  (binolarni  isitish,  issiq  suv 

bilan ta`minlash) sarflanadigan energiya kabi ko`rinishlarda bo`ladi. 2008-yilda 

jahon bo`yicha  energiya iste`moli 15 TW (terawatt, 10

12

 w) ga teng bo`ldi, buni 



ta`minlashda har yilgidek yangilanmaydigan energiya resurslari katta ahamiyat 

kasb  etib  kelmoqda.  Lekin  keyingi  10-20  yil  ichida  yangilanadigan 

resurslarning ham ulushi ortib borayotganligini  ko`rishimiz mumkin. 

 

Quyidagi diagrammada jahon energiya ta’minoti keltirilgan.



  

Yangilanmaydigan  resurslarning  tanqisligi  va  narx  jihatdan  qimmatligi 

sababli, ko`pgina davlatlar yangilanadigan resurslar orqali o`zlarining energiya 

iste`molini ta`minlashga harakat qilishmoqda. Shu boisdan quyosh energiyasini 

rivojlantirish  ham    dolzarb  masalalardan  biri  bo`lib  qolmoqda.  Yer 

atmosferasiga yiliga quyoshdan         120 000 TW (terawatt, 10

12

 w) energiya 



kelib  tushadi.  To`g`ri,  bu  energiyaning  hammasini  ham  o`zlashtirish  mumkin 

emas,  lekin  uning  0,002%  i  ham  jahonning  energiyaga  bo`lgan  ehtiyojini 

butunlay qoplashga yetadi 

da  keng  ommalashayotgan  hamda  70  dan  ortiq  mamlakatlarda  foydalanib 

kelinayotgan  energiya  turlaridan  yana  biri  bu  –  geotermal  energiyadir.  2007-

yilda 10 GW elektr energiyasi va 270 PJ issiqlik energiyasi geotermal energiya 

hissasiga to`g`ri keladi. Energiyaning bu turi bir qator afzalliklarga ega: tekin, 

quruqlikning  istalgan  maydonidan  olinishi  mumkin,  suv  va  havoni 

ifloslantirmaydi  hamda  energiyaning  bu  turi  kichik  turdagi  korxonalar 

tomonidan olinadi.     

 

  Energiya  iste`moli  jahon  bo`yicha  turlicha  taqsimlangan.  Yaponiya  va 



Germaniyada har bir kishiga 6 kW, AQSH da 11,4 kW, Hindistonda esa 0,7kW. 

Bangladeshda esa bu ko`rsatkich eng past – 0,2 kW ni tashkil etadi. Rivojlangan 

mamlakatlar  butun  dunyo  energiyasining  asosiy  iste`molchisidir.  Xususan, 

AQSH jahon energiyasining 25 % ini iste`mol qiladi. Lekin keyingi 10-20 yil 

ichida  rivojlanayotgan  mamlakatlardagi  energiyaga  bo`lgan  iste`molning 

o`sishini  kuzatishimiz  mumkin.  Birgina  Xitoyda  energiyaga  iste`moli  yiligi 

o`rtacha 5,5% lik ko`rsatkich bilan o`smoqda: 

 


Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin