Amaliy mashg’ulot №1 Aktiv va passiv elektron komponentlardan tashkil topgan ketma-ket va parallel zanjirlarni xisoblash



Yüklə 61,26 Kb.
səhifə1/4
tarix24.02.2022
ölçüsü61,26 Kb.
#53055
  1   2   3   4

AMALIY MASHG’ULOT №1

Aktiv va passiv elektron komponentlardan tashkil topgan ketma-ket va parallel zanjirlarni xisoblash.

Amaliy mashgulotning maqsadi: Talabalarga aktiv va passiv elektron komponentlardan tashkil topgan ketma-ket va parallel zanjirlarni xisoblashn va ularning turlari haqida ma’lumot berish.

NAZARIY QISM

Elektr toki. Qarshilik. Asosiy ifodalar va tenglamalar.

G.Om qonuni. Qarshilik. Elektr toki - bu zaryad tashuvchi zarrachalarning yo‘naltirilgan tartibli harakatidir.

Tok kuchi vaqt birligida o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimi orqali o‘tuvchi elektr (zaryad) miqdori bilan aniqlanadi:

I = Q/t (1.1)

Tok kuchining birligi amper (A):

1A = 1K/1s

Tok zichligi (A / mm2)



J = I / S (1.2)

bu yerda I - o‘tkazgichdagi tok kuchi; (A); S - o‘tkazgichning ko‘ndalang kesim yuzasi, (mm2).

Zanjirning bir qismi uchun Om qonuni: Zanjirning bir qismidan o‘tuvchi tok kuchi shu qismdagi U kuchlanishga to‘g‘ri proporsional va uning R qarshiligiga teskari proporsional, ya’ni:

I = U/R (1.3)

bu yerda U voltda (V); R - Om birlikda (Ω) o‘lchanadi.

Butun zanjir uchun Om qonuni:

I = E/(R + r) (1.4)

tenglama bilan ifodalanadi va bu yerda e - elektr energiya manbasining elektr yurituvchi kuchi, (V); r - tashqi zanjir qarshiligi, ; r - manbaning ichki qarshiligi, ( Ω.

O‘tkazgichning elektr qarshiligi:

R = U /1

tenglama bilan ifodalanadi. Qarshilikka teskari kattalik o‘tkazuvchanlik g deb ataladi va simens birlikda (Cm) o‘lchanadi. lCm = 1/ Ω ;

G=1/R (1.5)

O ‘tkazgichning elektr qarshiligi: (1.6)

tenglama bilan ifodalanadi, bu yerda: p- solishtirma qarshilik, (Ω *mm2/m); l - o‘tkazgich uzunligi, (m); S- o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimi yuzasi, (mm2). Solishtirma qarshilikka teskari kattalik solishtirma o‘tkazuvchanlik deyiladi, (m / Ω *mm2)) va quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:

γ=1/ρ (1.7)


Yüklə 61,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin