Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti



Yüklə 301,67 Kb.
səhifə1/16
tarix16.05.2023
ölçüsü301,67 Kb.
#114027
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Diyorbek Dehqonov kurs ishi


OʿZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ANDIJON IQTISODIYOT VA QURILISH INSTITUTI


«Ijtimoiy – iqtisodiy fanlar»
kafedrasi


«Moliya » fanidan


Kurs ishi
Mavzu: O’zbekiston Respublikasida xalqaro turizmni rivojlantirish.
Bajardi: 2 – kurs 2O8-guruh «Buxgalteriya hisobi va audit» yoʿnalishi talabasi Dehqonov Diyorbek


Tekshirdi: ___________________________________________________
Himoya bahosi: _______________________
ANDIJON - 2O23


Mundarija.




Kirish………………………………………………………………

3-5






Asosiy qism………………………………………………….






1.

O’zbekistonda xalqaro turizmni rivojlantirishning yo’nalishlari…...

6-11



2.

O’zbekistonda turizmni rivojlanish bosqichlari ……………………

12-25



3.

O’zbekiston hududidining turistik qobilyati ……………………….

26-36






Xulosa……………………………………………………………...

37






Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati……………………………..

38






Ilovalar…………………………………………………………….

39-41









Kirish.
Kurs ishining dolzarbligi: Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bosqichida turizm xizmat ko‘rsatish sohasi bozor munosabatlari rivojlanishining muhim sektori bo‘lib qolmoqda. Chunki, turizm xizmat ko‘rsatish sohasi va iqtisodiyotning tarkibiy qismi hisoblanadi. Bunda turizm yaxlit tizim sifatida alohida bir mamlakat va umumjahon xo‘jaligining ma’lum unsurlari bilan uzviy aloqada bo‘ladi.
Xususan, oxirgi o‘n yillikda tez sur’atlarda xalqaro turizm rivojlandi. Turizm va sayohatlar butun jahon uyushmasining ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda YaIMdagi ulushi 1O foizga etdi.
Ayniqsa, ko‘plab mamlakatlarda turizm sohasidan tushgan daromad davlat byudjetining katta qismini tashkil qiladi. Masalan, turizmning YaIMdagi ulushi Fransiyada 1O foiz, Germaniyada 8,6 foiz, Buyuk Britaniyada 9,2 foiz, Rossiyada 6,9 foizni tashkil qiladi.1
Ana shu masalani hal qilish maqsadida O‘tgan yili iqtisodiyotimizni tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, bandlikni ta’minlash, odamlarimizning daromadi va hayot sifatini oshirishning muhim omil va yo‘nalishlaridan biri tariqasida xizmat ko‘rsatish va servis  sohasini jadal rivojlantirish borasidagi tizimli ishlar izchil davom ettirildi. 
Bank, sug‘urta, lizing, konsalting va boshqa turdagi bozor xizmatlari barqaror sur’atlar bilan rivojlanmoqda, ular xususiy sektor va kichik biznes rivojiga xizmat qilmoqda. Turizm sohasida har 1O kishidan 1 kishi faoliyat yuritmoqda va bu dunyodagi ishsizlik ko’rsatkichini pasaytirishga katta yordam beradi.
Ushbu xizmat ko‘rsatish sohasida amalga oshirilgan ishlar o’z navbatida turizm xizmatlar bozori sohasining rivojlanishini taqozo etadi. Bu borada O‘zbekistonda turizm industriyasi va infrastrukturasi, shu jumladan, turistik xizmat sohasi umummamlakat miqyosida olib borilgan xususiylashtirish hamda bozor iqtisodiyoti tizimiga o‘tish jarayoni talablariga mos holda qayta isloh qilindi. Ammo, bu sohada hanuz qator muammolar, hatto uning rivojiga g‘ov bo‘lib turgan to‘siqlar mavjud.
Darhaqiqat, mamlakatimizda turizm taraqqiyotining jadal rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib turgan omillardan biri turistik xizmatlar bozori, ya’ni milliy turizm bozorining talab darajasida emasligi bo‘lib, bu o‘z navbatida turizm industriyasini katta turistik resurslarga ega bo‘lgan mintaqalarda rivojlantirish imkoniyatini chegaralab qo‘yadi.
Ayniqsa, turizm sohasining taraqqiyotidagi hozirgi holat, uning istiqbolini belgilovchi ko‘rsatkichlar tahlili turizm faoliyatini shakllantirishning iqtisodiy, tashkiliy omillarini o‘rganish, turizm xizmati sifatini ko‘tarish, milliy turistik korxonalar, firmalarning raqobatbardoshligini ta’minlash hamda milliy turizm mahsulotiga xorij talabini o‘stirishga asos yaratadigan mukammal ilmiy tadqiqotlarga ehtiyoj mavjudligini ko‘rsatadi. Bu esa turizmda milliy turizm bozorini tashkil etish va rivojlantirish yo‘llarini izlab topishni taqozo etadi. Bu holatlar ushbu tadqiqot ishining dolzarbligidan dalolat beradi.

Yüklə 301,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin