3
Kirish
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida yangi
iqtisodiy munosabatlarni
ishlab chiqish va uni amalda keng joriy etish muhim axamiyat kasb etadi.
Respublikamizda ijtimoiy yo’naltirlgan bozor iqtisodiyotiga o’tish munosabati
bilan iqtisodiy islohotlarning jadal
tarzda amalga oshirilishi, oldingi hukmron
bo’lgan davlat mulki o’rniga mulkchilikning
nodavlat shakllari egallashi, o’z
navbatida mulk egalariga ham erkinlik yaratib berdiki,
mulk egalari mulkka
egalik qilish, ulardan foydalanish hamda tasarruf etish huquqiga ega bo’ldilar.
Davlatning islohotlar dasturi o’iso’a muddat ichida makroio’tisodiy vaziyatning
baro’arorlashuviga, sanoat ishlab chio’arishi hajmining ortishiga,
inflyatsiya
darajasi pasayishiga, hayotiy muhim masalalar turlari bo’yicha io’tisodiy
mustao’illikka erishishga imkon berdi.
Istiqlolimizning dastlabki yillarida Respublikamiz
iqtisodchilari oldida
shunday hayotiy zarurat turardiki, bu mulkchilikning turli shakllariga asoslangan
iqtisodiyot tarmoqlarining turli bo’Yoinlaridagi o’z tarmoYoi doirasida faoliyat
yurituvchi xo’jalik sub’ektlarida buxgalteriya hisobi va auditni, jumladan, asosiy
vositalar hisobi va auditini tashkil qilish va rivojlantirish masalalari bo’lib,
ushbu masala bo’yicha sezilarli darajada ilmiy amaliy ishlar olib borildi. Shunga
qarmasdan bu borada ayrim takomillashtirilmagan masalalar mavjud bo’lib,
mol-mulk hisobi va auditini isloh qilish avvalambor,
Respublikamizdagi
ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarga, qonunchilikka
asoslanishi hamda xalqaro
standartlar talabi darajasida tashkil etilishi zarurati kelib chiqadi.