Bank siri to‘G‘risida 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi



Yüklə 76,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix23.02.2023
ölçüsü76,17 Kb.
#85257
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
530-II-сон 30.08.2003. Bank siri to‘g‘risida



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
BANK SIRI TO‘G‘RISIDA
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni olish, saqlash,
muhofaza qilish, e’lon qilish va taqdim etish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan
iborat.
Oldingi
 tahrirga qarang.
2-modda. Bank siri to‘g‘risidagi qonunchilik
Bank siri to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan
iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining
bank siri to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan
bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Bank siri
Bank siri bank tomonidan muhofaza qilinadigan quyidagi ma’lumotlardan iboratdir:
o‘z mijozlarining (vakillarining) operatsiyalari, hisobvaraqlari va omonatlariga doir
ma’lumotlar;
bank o‘z mijoziga (vakiliga) bank xizmatlari ko‘rsatishi munosabati bilan mazkur mijoz
(vakil) to‘g‘risida olgan ma’lumotlar;
mijozning (vakilning) bank seyflari va binolarida saqlab turilgan mol-mulki, uning
xususiyati va qiymati haqidagi ma’lumotlar;
mijoz (vakil) topshirig‘iga binoan yoki uning foydasini ko‘zlab amalga oshirilgan banklararo
operatsiyalar va bitimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarning banklar o‘rtasida muomalada bo‘lishi natijasida
ma’lum bo‘lib qolgan, boshqa bankning mijoziga (vakiliga) doir ma’lumotlar;
Oldingi
 tahrirga qarang.
jamg‘arib boriladigan pensiya tizimining ishtirokchilari, pensiya badallarining miqdori va
summalarining harakati, fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi
pensiya jamg‘armalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 23-sentabrdagi 8-son 
Qonuniga 
muvofiq
xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 37-38-son, 280-
modda)

Yüklə 76,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin