Bilan aloqasi va uning mazmuni



Yüklə 32,46 Kb.
səhifə1/8
tarix16.12.2023
ölçüsü32,46 Kb.
#182499
  1   2   3   4   5   6   7   8
BOSHLANG`ICH TA`LIM PEDAGOGIKASI FANINING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI


BOSHLANG`ICH TA`LIM PEDAGOGIKASI FANINING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI
MUNDARIJA
KIRISH
I BOB. PEDAGOGIKA FANINING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI VA UNING MAZMUNI
1.1. Pedagogika fanining ilmiy – tadqiqot metodlari
1.2. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi
II BOB. PEDAGOGIKANING PREDMETI, MAQSAD VA VAZIFALARI
2. 1. Pedagogika inson tarbiyasi to'g'risidagi fan.
2.2. Pedagogikaning fan sifatida shakllanishi.
Muloqotning ijtimoiy axamiyati.
I BOB. PEDAGOGIKA FANINING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI VA UNING MAZMUNI

    1. Pedagogika fanining ilmiy – tadqiqot metodlari

Har qanday fan o`zining ilmiy-tadqiqot metodlariga ega. Bu metodlari orqali o`z mazmunini boyitib, yangilab boradi.
Hayotda va ob`ektiv dunyoni bilish nazariyasida nimani o`rgatish va qanday o`rgatish kerak, kimni va qanday tarbiyalash lozim degan masalalar mavjud bo`lib, ular o`zaro bog’liqdir.
Nima qilish kerak va qanday amalga oshirish lozim degan muammolar o`rtasida dialektik birlik mavjuddir.
Pedagogika o`z mazmunini boyitish va yangilash maqsadida mavjud pedagogik hodisa va jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan metodlari bilan o`rganadi. Shu ma`noda pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari deganimizda yosh avlodni tarbiyalash, bilimli qilish va o`qitishning real jarayonlariga xos bo`lgan ichki aloqa va munosabatlarni tekshirish, bilish metodlari, uslublari va vositalari majmuini tushunamiz.
Pedagogika o`qitish, bilim berish, tarbiyalash jarayonlarini va ularning mohiyatini quyidagicha o`rganish-bilishni nazarda tutadi:
Ularning umumiy aloqasi, bir-birini taqozo etishi va o`zaro ta`sir jarayonida bolalarni o`qitish va tarbiyalash, fan, madaniyat, ahloq va san`at, ta`lim va tarbiyaning qayerda amalga oshirilishidan qat`iy nazar uzviy aloqada bo`lishi;
Ularning to`xtovsiz harakati, o`zgarishi va taraqqiy etish jarayonida vujudga keladigan o`qitish va tarbiyalash vazifalari, metodlarining o`zgarishi, hamma bolalarni bir xil andozada o`qitish va tarbiyalash mumkin emasligi;
Bolalarning o`sishida ularning o`ziga xos hususiyatlarini hisobga olish, aqliy va hulqiy faoliyat, so`z va ish birligi mezonlariga tayanish;
Bolalar kamolotiga ta`sir etuvchi an`ana, urf-odatlar, ular o`rtasidagi tafovutlarni bilish, aniqlash asosida yaxshi bilan yomon, eskilik bilan yangilik, o`rtasida yuz beradigan nizolarni hisobga olish, o`zaro tanqid va hokazo;

Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari qanchalik mukammal, aqlga muvofiq, to`g’ri tanlansa ta`lim-tarbiya mazmunni yangilash va takomillashtirish shu darajada yaxshilanadi, pedagogika fani ham boyib boradi.


Hozirgacha mavjud va ishlab chiqilgan quyidagi ilmiy tadqiqot metodlariga tayanib fikr yuritsa bo`ladi: 1) kuzatish metodi; 2) suhbat metodi; 3) bolalar ijodini o`rganish metodi; 4) test, so`rovnomalar metodi; 5) maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi; 6) eksperiment-tajriba sinov metodi; 7) statistika ma`lumotlarini tahlil qilish metodi; 8) matematika-kibernetika metodi;
Pedagogikaning kuzatish metodi ta`lim-tarbiya jarayonlarining amaldagi holati bilan tanishtiradi, ularning oqibat natijalarini bilishga yordam beradi va shu asnoda yaratilgan yangi kashfiyotlar uchun dalillar, omillar yig’ish imkonini tug’diradi. Bu metodni qo`llanish jarayoni ancha murakkab bo`lib, nazarda tutilgan maqsad qanday amalga oshayotganligini aniqlash, o`qituvchi va o`quvchilarning o`zaro aloqalari, individual farqlarini qiyoslash uchun ham qo`llaniladi.
Tajribalarning ko`rsatishicha, maqsad asosidagi kuzatuv ma`lum reja asosida yig’ilgan dalillarni haqiqiy tahlil qilish, qiyoslash asosida tashkil etilsagina samarali bo`ladi.
Kuzatishlar faqat oddiy hodisalarni kuzatish, ayrim dalillarni yig’ish, hisobga olish, aniqlash uchungina emas, balki ta`lim-tarbiya jarayonini yaxshilash va mukammallashtirish maqsadida amalga oshiriladi.
Odatda pedagogik kuzatish orqali o`quvchilarning fanlarni o`zlashtirishlari, ularning xulq-atvori va muomalalaridagi o`zgarishlarni hisobga olish va tegishli ta`limiy-tarbiyaviy ta`sir ko`rsatish yo`llarini belgilash uchun qo`llaniladi.
Ilmiy kuzatishlar esa nafaqat o`quvchilarning tabiiy faoliyatini, balki ularning ilmiy dunyoqarashlarini shakllanishi, fikrlash jarayoni kuchi, xulosalar chiqarishdagi faolliklarini aniqlaydi, ularni tahlil etadi va tegishli xulosalar chiqarishga imkoniyat tug’diradi. Bunday kuzatishlar pedagogika fani mazmuninining boyishiga sabab bo`ladi.

Ta`lim-tarbiya jarayonini yaxshilash yoki yaratilgan ilmiy farazlarning qanchalik to`g’ri ekanligini aniqlash maqsadida suhbat metodidan foydalaniladi. Odatda, suhbat metodi maktab o`qituvchilar va o`quvchilar jamoasi bilan, ota-ona va keng jamoatchilik bilan yakka va guruhli tartibda ish olib borilganda qo`llaniladi. Bunda suhbat metodini tadbiq etishdan oldin maqsadli reja tuziladi, amalga oshirish yo`llari belgilanadi, natijalar tahlil qilinadi va tegishli xulosa chiqariladi. Shuningdek, tadqiqotchining suhbat olib borish va uni kerakli tomonga yo`naltira olishni bilishi, suhbatdoshining ruhiy holatiga qarab suhbat ohangini moslashtira bilishi g’oyat muhimdir.


Bunda:

  • suhbat uchun oldindan savol tuzish;

  • vaqti va o`tkazish joyini belgilash;

  • suhbat ishtirokchilarining soni va kasblaridan xabardor bo`lishi;

  • suhbat uchun qulay sharoit va erkin gaplashish imkonini yaratish;

  • mahmadona va bachkana bo`lmaslik;

6)suhbatdoshning kimligini, harakter hususiyatini esdan chiqarmaslik;
7) suhbat natijalarini zudlik bilan tahlil qilish, qiyoslash, tegishli xulosa chiqarish, lozim bo`lsa qo`shimchalar kiritish va maktab hayotiga tadbiq etish pedagogik jihatdan qimmatlidir.
Bolalar ijodini o`rganish metodi
Pedagogik tadqiqot metodlari ichida bolalar ijodini tabiiy holatda o`rganish va ilmiy xulosalar chiqarish metodi mavjud. Bunda maktab o`quvchilarning o`ziga xos individual tartibdagi faoliyatlariga doir ma`lumotlar tahlil qilinadi, xulosalar chiqariladi. Maqsad O`zbekiston yoshlarining tipik obrazlari va ularda ijobiy xislatlarni shakllantirishdir. Shu sababli yoshlarning turli yozma daftarlari, tutgan kundaliklari, yozgan xatlari, she`r va hikoyalari, hayotiy rejalari, insholari, turli yozma hisobotlari bolalar ijodini o`rganish uchun manba bo`lib xizmat qiladi.
Oqibatda, maktab o`quvchilari orasidan etishib chiqayotgan qobiliyatli, iste`dodli yoshlarni ertaroq aniqlash, ularning iste`dodlarining namoyon bo`lishi uchun reja va sharoitlar yaratish imkoni yaratiladi.

Yüklə 32,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin