Bilish nazariyasi



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix18.04.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#100187
  1   2   3   4   5   6   7


MAVZU: BORLIQ FALSAFASI (ONTOLOGIYA). RIVOJLANISH FALSAFASI. 
BILISH NAZARIYASI. 
 
Reja: 
1. Borliq tushunchasi va uning mohiyati.
2. Falsafa tarixida borliq muammosi. Harakat - materiyaning yashash sharti. 
3. Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyusiyasi. 
4. Falsafaning asosiy qonunlari. 
5. Bilish nazariyasining predmeti va o‗ziga xos xususiyatlari.
6. Gnoseologiya (epistemologiya)ning mazmuni va mohiyati. Bilishning asosiy turlari va 
shakllari. 
Tayanch tushunchalar: Makon, virtual borliq, ijtimoiy borliq, inson borlig‗i, borliq shakllari 
«borliq» kategoriyasi, «vujudi vojib», «vujudi mumkin», borliq va yo‗qlik, olam va odam 
evolyusiyasi, olamning paydo bo‗lishi, substansiya, intellektual intuitsiya, deduksiya, monizm, 
plyuralizm, dualizm, olamning chekliligi va cheksizligi, harakat, rivojlanish, o‗zgarish, 
o‗zgaruvchanlik, harakat va harakatsizlik, taraqqiyot, o‗z-o‗zidan harakat, barqarorlik, 
muvozanat, mexanik harakat. Rivojlanish, dialektika, ob‘ektiv dialektika, sub‘ektiv dialektika, 
stixiyali dialektika, materialistik dialektika, idealistik dialektika, ziddiyat, sakrash, ayniyat, 
tafovut, inkor, vorisiylik, miqdor, sifat, me‘yor, xossa, qonun, voqelik qonunlari, fan qonunlari, 
falsafa qonunlari. Sezgi, idrok, xotira, xayol, tasavvur, empirik bilim, kuzatish, 
eksperiment,ilmiy dalil, nazariy bilim, muammo, ilmiy muammo, muammoli vaziyat, gipoteza, 
nazariya, kategoriya, tafakkur, mantiqiy tafakkur, tushuncha,mulohaza, xulosa, intuitsiya, 
induktiv 
tafakkur. 
Metod, 
metodologiya, 
metodika, 
metafizika, 
yangi 
metafizika, 
sofistika,eklektika, sinergetika, bifurkatsiya, umumilmiy yondashuvlar, tadqiqot metodlari, 
xususiy ilmiy metodlar, fan metodlari, fanlararo tadqiqot metodlari, xususiy fanlar metodlari, 
empirik tadqiqot metodlari,kuzatish, eksperiment, sotsiometriya metodi, o‗yin metodlari, 
kumatoid. 
Borliq tushunchasi va uning mohiyati. Biz dunyo, materiya tuzilishi, makon,vaqt, 
harakat, hayot, ong va shu kabilar haqida tasavvur hosil qilish uchun asosan fizika, astronomiya 
va biologiya kabi tabiatshunoslik fanlariga murojaat etamiz. Lekin bu falsafada borliq 
muammolari o‗rganilmaydi, degan ma‘noni anglatmaydi.O‗quv kurslarida asosiy falsafiy 
muammolarni o‗rganish odatda ontologiyadan boshlanadi. Ontologiya falsafiy bilimlarning 
alohida sohasi bo‗lib, unda borliq va yo‗qlik, mavjudlik va nomavjudlik muammolariga doir 
masalalarning keng doirasi o‗rganiladi, shuningdek, mavjudlik sifatiga ega bo‗lgan barcha 
narsalarning mohiyati aniqlanadi. «Ontologiya» atamasi falsafada faqat XVII asrdan beri 
ishlatiladi, lekin u yunoncha o‗zaklarga ega bo‗lib («ontos» –«borliq», «logos» – «so‗z», 
«ta‘limot»), borliq haqidagi ta‘limot degan ma‘noni anglatadi.Ontologiya falsafada alohida o‗rin 
egallaydi. Ikki yarim ming yillik faol falsafiy izlanishlar natijasida falsafiy bilim tizimida 
ontologiyadan tashqari falsafaning muhim falsafiy mazmun kasb etadigan gnoseologiya, 
aksiologiya, ijtimoiy falsafa, axloq, estetika, mantiq kabi tarkibiy qismlari paydo bo‗ldi. Lekin 
ularning barchasi zamirida ontologiya yotadi. O‗z navbatida, ontologiya har qanday falsafiy 
dunyoqarashning negizi hisoblanadi va shu tariqa o‗z tarkibiga kirmaydigan boshqa falsafiy 
muammolar talqinini ko‗p jihatdan belgilaydi.
«Borliq» kategoriyasi. Aksariyat falsafiy tizimlarning kategoriyalar apparatini tashkil etadigan 
ko‗p sonli falsafiy kategoriyalar orasida «borliq» kategoriyasi doimo markaziy o‗rinni egallaydi. 
Chunki u har qanday predmet, hodisa, voqea va shu kabilarning eng muhim xususiyatini, 
ularning mavjud bo‗lish, bevosita yoki bilvosita namoyon bo‗lish, o‗zaro ta‘sirga kirishish 
qobiliyatini aks ettiradi. Bu inson o‗zligini va o‗zini qurshagan borliqni anglashga ilk 


urinishlaridayoq duch keladigan har qanday ob‘ektning, borliq har qanday qismining umumiy 
xossasidir.
Inson aqlli jonzot sifatida shakllanish jarayonining ilk bosqichlaridayoq o‗z dunyoqarashining 
negizini tashkil etadigan muhim savollarga javob topish zaruriyati bilan to‗qnash keladi:
1. «Men kimman?»
2. «Meni qurshagan borliqning mohiyati nimada?»
3. «Borliq qanday va qaerdan paydo bo‗lgan?»
4. «Dunyoni nima yoki kim harakatlantiradi?»
5. «Dunyoning rivojlanishida biron-bir maqsad, maqsadga muvofiqlik, mo‗ljal bormi?»
Inson bunday savollarga javob berishga kirishar ekan, uning ongi, avvalo, o‗zi nima bilan 
bevosita ish ko‗rayotganini qayd etadi. Buni aniq anglamasdan, u o‗zining dunyo haqidagi 
mulohazalarini aniq-ravshan narsalarni qayd etishdan boshlaydi. Shu tariqa inson va uning ongi 
o‗zini qurshagan barcha narsalar, avvalo, mavjud bo‗lish qobiliyatiga ega ekanligiga ishonch 
hosil qiladi.
Borliq kategoriyasi esa xuddi shunday eng umumiy tomonni; ya‘ni hamma moddiy va ma‘naviy 
predmet va hodisalarni realligini ifodalaydi. Ikkinchi yo‗nalish vakillari esa, borliq avvalo, 
mavjudlik orkali ifodalanar ekan borliq kategoriyasini ishlatishda ehtiyoj yo‗q, chunki borliq 
tushunchasi mavjudlik tushunchasiga nisbatan hech bir yangilik bermaydi deyishadi. Gap 
shundaki, borliq falsafiy kategoriya sifatida faqat mavjudliknigina ifodalab qolmasdan, balki 
mavjudlikka nisbatan umumiyrok va kengroq mazmunga ega bo‗lgan reallikni bildiradi.
Shunday 
Shunday qilib, borliq masalasi insonning dunyoni oqilona anglash yo‗lidagi ilk urinishlaridayoq 
duch kelgan barcha masalalarning negizi hisoblanadi. Muayyan narsalar mavjudligi yoki mavjud 
emasligi masalasi inson falsafiy mulohaza yurita boshlagani zahotiyoq uning diqqat markazidan 


o‗rin oldi. Mifo logiyaning bosh vazifasi – «borliqni kim yaratgani» haqida gapirib berishni 
falsafa «borliqning nimaligi, u qaerdan paydo bo‗lgani va qaerga yo‗qolishi»ni oqilona 
tushuntirish bilan almashtirgani tasodifiy emas. Bunday tushuntirishga urinish jarayonida 
faylasuflar barcha zamonlarda quyidagi savollarga javob topish zaruriyati bilan to‗qnash 
kelganlar:
• falsafiy kategoriya sifatidagi «borliq» nima?
• bu atama nimaga nisbatan tatbiq etilishi mumkin?
• unga qanday falsafiy ma‘no yuklanadi?
Bu savollarga keng javob berish falsafa tarixiga ham, mazkur tushunchaning etimologiyasiga 
ham murojaat etishni nazarda tutadi. Mazkur dastur bo‗yicha ta‘lim oluvchilar tarixiy-falsafiy 
kurs bilan tanish bo‗lishlari lozimligini hisobga olib, bu erda faqat falsafiy tafakkur tarixiga 
qisqacha to‗xtalamiz va mazkur muammoni anglab etish jarayonidagi muhim bosqichlarinigina 
qayd etamiz.
Borliq tushunchaning etimologiyasi. «Borliq» falsafiy kategoriyasi na faqat eng muhim, balki 
boshqa kategoriyalar orasida ayniqsa, ko‗p ishlatiladigan kategoriya hisoblanadi. Bu holni shu 
bilan izohlash mumkinki, uning kelib chiqishi dunyoning ayniqsa, keng tarqalgan tillarida ayni 
bir ma‘no – «bo‗lish»,«mavjud bo‗lish», «hozirlik», «hozir bo‗lish», «mavjudlik» ma‘nolarini 
anglatadi. Jahonning aksariyat tillarida yuqorida sanab o‗tilgan va ma‘no jihatidan unga yaqin 
fe‘llar negizini tashkil etadigan«bo‗lmoq» fe‘li, o‗zining bevosita ma‘nosidan tashqari, 
yordamchi fe‘l sifatida ham faol ishlatiladi. Bu dalilga izohni inson tafakkuri tabiatidan izlash 
lozim bo‗lib, uning mantig‗i va qonunlari fikrni bayon etishning til shakliga bog‗liq bo‗lmaydi, 
lekin, albatta, fikrlash mumkin bo‗lgan, universal va o‗zgarmas sifatida amal qiladigan va shu 
sababli har qanday mulohazaning tayanch nuqtasi bo‗lib xizmat qilishi mumkin bo‗lgan 
nimagadir tayanishi lozim. Fikr qaratilgan narsa mavjudligi (yoki mavjud emasligi)ning ayni shu 
dalili har qanday tilning ilk jumlalaridayoq tom ma‘noda universal fe‘l (yoki uning 
modifikatsiyalari) bilan aks ettiriladi: o‗zbek tilida – «bo‗lmoq», «bor», ingliz tilida – «is», 
nemis tilida – «ist»va hokazo.
Shunday qilib, «borliq» va «yo‗qlik» kategoriyalarining o‗ziga xosligi, betakrorligi va universal 
ahamiyati shundan iboratki, ularning falsafiy ma‘nosi tavsiflanadigan turli tillarda ular fe‘ldan, 
aniqroq aytgan da, «bo‗lmoq» fe‘lidan (yoki uning inkoridan) hosil bo‗lgan tushunchalar hisob 
lanadi va narsaning o‗zini emas, balki uning mavjudligi yoki yo‗qligini ko‗r satadi. Masalan, stol 
bor, yomg‗ir yo‗q, oqlik bor, aks yo‗q, miya bor, g‗oyalar yo‗q va hokazo.Borliq tabiiy tillarda 
otlar, ravishlar yoki ravishdoshlar bilan ifodalanadigan, ya‘ni bilishda uning ob‘ekti yoki 
sub‘ekti sifatida amal qiladigan tushunchalar bilan tenglashtirilishi mumkin emas. Ayni zamonda 
bu ob‘ektlaryoki sub‘ektlarning birortasi ham uning borligi yoki yo‗qligini qayd etmasdan 
fikrlanishi mumkin emas.
Borliq va yo‗qlik dialektikasi. «Borliq bor, yo‗qlik esa – yo‗q», deganida, Parmenid ayni shu 
holga e‘tiborni qaratgan. Binobarin, yaxshi, yomon, to‗g‗ri,noto‗g‗ri, quvnoq, sho‗r, oq, qora, 
katta, kichkina kabi va shunga o‗xshash sifatlar borliqqa nisbatan qo‗llanilishi mumkin emas. 
Borliqni biron-bir koordinatalar tizimiga joylashtirib bo‗lmaydi, uni faqat vaqtda fikrlash 
mumkin. Muxtasar qilib aytganda, borliqni har qanday voqelik ega bo‗ladigan umumiy, 
universal va betakror mavjudlik qobiliyati, deb tavsiflash mumkin. Bu fikr esa amalda mavjud 
narsagina borliqqa ega bo‗lishi mumkin, degan xulosa chiqarish imkonini beradi.
«Yo‗qlik» har qanday tilda amalda mavjud bo‗lmagan narsa bilan tenglashtiriladi va boshqacha 
tushunilishi mumkin ham emas. Boshqacha aytganda, yo‗qlik borliqni inkor etadi va narsa, jism, 
hodisa, ong... (ya‘ni amalda mavjud bo‗lishimumkin bo‗lgan narsalar) o‗zligini yo‗qotgan holda 
«yo‗qlik» atamasi ayni shuma‘noda ishlatiladi va ular haqida ular «yo‗qlikka chekindi», mavjud 
emas deyiladi. Lekin, sof falsafiy ma‘noda bu fikrni to‗g‗ri deb bo‗lmaydi. Borliq va yo‗qlik 
o‗rtasida dialektik o‗zaro aloqa mavjud.
Birinchidan, dunyo haqidagi hozirgi tasavvurlarga ko‗ra, biz yashayotgan Olam bo‗shliqdan bino 
bo‗lgan. Bo‗shliq materiyaning alohida holati. Bo‗shliq fizik borliqning eng boy tipi, o‗ziga xos 
potensial borliq sifatida namoyon bo‗ladi, zero unda mumkin bo‗lgan barcha zarralar va holatlar 


mavjud, biroq ayni vaqtda unda aktual tarzda hech narsa yo‗q. Yana shuni ham e‘tiborga olish 
lozimki, fiziklar (D.A.Landau va boshqalar) nuqtai nazaridan biz yashayotgan Olam ham 
dunyoda yagona emas, chunki u rivojlanishning turli sikllarini boshidan kechirayotgan turli 
Olamlarning cheksiz sonidan tashkil topadi. Shu ma‘noda borliq va yo‗qlikning o‗zaro aloqasi 
ham nisbiy xususiyat kasb etadi11.
Ikkinchidan, amalda mavjud bo‗lgan narsaning ob‘ektiv borlig‗i yo‗qlikka chekinadi, lekin, 
shunga qaramay u haqda gapirilayotgan, ya‘ni u muayyan narsa sifatida fikrlanayotgan bo‗lsa, 
bu narsa ongda mavjud bo‗ladi va o‗zining «ikkinchi»borlig‗ini saqlaydi, ayni holda u dastlabki 
ob‘ektning nusxasi, ideal obrazi bo‗lib qoladi. Shunday qilib, o‗tgan zamondagi borliq 
yo‗qlikdir, deb aytish mumkin. Borliq doim hozirgi zamonda mavjud bo‗ladi, u faqat hozirgi 
zamonda o‗zini namoyon etadi, basharti u dolzarb vaamalda namoyon bo‗lish imkoniyatiga ega 
bo‗lsa, agar upotensial, ya‘ni axborot manbalarida mavjud yoki uning paydo bo‗lishi 
ob‘ektivrivojlanish mantig‗i bilan belgilangan bo‗lsa. Amalda yo‗q bo‗lgan narsa haqidaideal 
obraz sifatida fikrlash mumkin. Boshqacha aytganda, unga ideal obraz tarzidagi ideal borliq 
shakl-shamoyilini berish mumkin. O‗tmishga tatbiqan biz borliq haqida faqat shu ma‘noda so‗z 
yuritishimiz mumkin.Ayni shu ma‘noda biz g‗oyalar, narsalar, voqealar, tarixiy shaxslar yoki 
o‗zimizga yaqin odamlar to‗g‗risida so‗z yuritamiz, bunda ular yo‗qlikka aylanmagani, balki 
yangicha mavjudlik, xotira tarzidagi o‗zgacha borliq kasb etganini nazarda tutamiz.
Shunday qilib, borliq falsafiy kategoriya sifatida dunyoni butun rang-barangligi va turli-tuman 
namoyon bo‗lish shakllari bilan yaxlit aks ettirish imkonini beradi. Bunda narsalar, predmetlar, 
hodisalar o‗z xususiyatlari, xossalari bilan jamuljam holda aks etadi. Dunyoni va uning tarkibiy 
qismi bo‗lmish insonni bilish yo‗lidagi bu muhim qadam bilan dunyoning tabiati va mohiyati, 
uning rang-barangligi, turli darajalari, ko‗rsatkichlari, ramz-alomatlari, shakllari va hokazolar 
haqidagi mulohazalarning asosiy koordinatalar tizimi belgilanadi. Buning uchun mohiyat, 
hodisa, substansiya, materiya, ong, makon, vaqt, qonun kabi yangi falsafiy kategoriyalar 
muomalaga kiritiladi. Inson o‗zi va umuman dunyo haqida o‗ylar ekan, odatda, muayyan 
narsalar va ayrim tabiiy hodisalar bilan ish ko‗radi. Ayni vaqtda, u o‗zini qurshagan dunyoni 
sinchiklab o‗rganish va uning butun rang-barangligini tushunib etish uchun muayyan tayanch 
nuqtasi bo‗lib xizmat qiladigan qandaydir asosning shak-shubhasizmavjudligini qayd etadi. 
Falsafa tarixidan biz bunday asos sifatida, masalan, Suqrotdan oldingi qadimgi yunon 
faylasuflarida tabiat elementlari, o‗rta asrlar falsafasida Xudo, Dekartda: «Men fikrlayapman, 
demak mavjudman», degan ongli inson amal qilganini ko‗ramiz. Ammo inson bilishning bu 
birinchi bosqichida to‗xtab qolmagan va o‗zini qurshagan borliqning ko‗p sonli turli-tuman 
holatlari orasida qolgan barcha narsalardan sezilarli darajada farq qiladigan narsalarni, borliqning 
ayni shu shakli voqelikning boshqa shakllari va holatlaridan nima bilan farq qilishini aniqlashga 
harakat qilgan.
2. Falsafa tarixida borliq muammosi. Borliq muammosini falsafiy Borliq muammosini falsafiy 
anglab etishga ilk urinishlar miloddan avvalgi birinchi ming yillikda vujudga kelgan qadimgi 
hind va qadimgi xitoy falsafalaridayoq kuzatiladi. Xususan, «Veda»lar (Qadimgi hind 
tafakkurining ilk yodgorliklari) va ularga diniy-falsafiy sharhlar – «Upanishada»larda yaxlit 
ma‘naviy substansiya, o‗lmas jon haqidagi g‗oyalar, shuningdek, dunyo haqidagi materialistik va 
ateistik tasavvurlar o‗z aksini topgan. So‗nggi zikr etilgan tasavvurlarga muvofiq butun 
borliqning negizini tabiiy asoslar – olov, havo, suv, yorug‗lik, makon, vaqt tashkil etadi. 
Qadimgi Hindiston mutafakkirlari borliq sirining tagiga etishga harakat qilar ekanlar, quyosh 
tunda qaerga ketadi, yulduzlar kunduzi qayoqqa yo‗qoladi kabi savollarga javob topishga 
uringanlar va bu tasavvurlarni eng qadimgi kitob – «Rigveda»larda aks ettirganlar.
Qadimgi Xitoy falsafasi, avvalo, ijtimoiy muammolarga qarab mo‗ljal olgani bois, unda inson 
borlig‗iga, shuningdek, ijtimoiy borliqqa ko‗proq e‘tibor berilgan. Ayni vaqtda, tabiatning 
birinchi asoslari ham e‘tibordan chetda qolmagan. Bu qiziqish, xususan narsalar va hodisalarning 
butun rang-barangligini belgilovchi besh stixiya (suv, er, daraxt, temir, olov) haqidagi ta‘limotda 
o‗z aksini topgan. Keyinroq «O‗zgarishlar kitobi»da borliqning butun rang-barangligini tashkil 
etuvchi bunday birinchi asoslarning sakkiztasi qay etiladi.


Xudolarning kelib chiqishi, ularning hayoti, ishlari, o‗zaro kurashi haqida hikoya qiladigan va 
shu tariqa qadimgi odamlarning dunyoning vujudga kelishi va evolyusiyasi haqidagi 
tasavvurlarini aks ettirgan kosmogonik miflar Suqrotga qadar, avvalo, tabiat falsafasi sifatida 
yuzaga kelgan va rivojlangan yunonfalsafasining birinchi manbai bo‗lib xizmat qildi. Ilk yunon 
faylasuflari o‗z asarlarini odatda «Tabiat haqida» deb nomlaganlari, ularning o‗zlari esa 
naturalistlar, «fiziklar» deb atalishi bu fikrni tasdiqlaydi. Sharq donishmandlari kabi, antik 
mutafakkirlarni ham borliqning manbalari qiziqtirgan. Qadimgi yunon falsafasi vujudga kelgan 
paytdan boshlab ular butun borliqning birinchi sababini mavjud voqelikning o‗zidan izlaganlar, 
uni dam suv (Fales) yoki havo (Anaksimen) deb, dam hamma narsani boshqaradigan boqiy va 
cheksiz asos – «apeyron» (Anaksimandr taxminan miloddan avvalgi 611–545-yillar) deb 
tavsiflaganlar. Anaksimandr hatto jonli mavjudotlarning tabiiy kelib chiqishi g‗oyasini ilgari 
surgan. Uning fikricha, mazkur mavjudotlar dengiz suvida vujudga kelgan va suv o‗tlaridan 
paydo bo‗lgan. So‗ngra baliqsimon mavjudotlar quruqlikka chiqqan va ulardan odamlar 
rivojlangan. Shunga o‗xshash fikrlarni Ksenofan (mil. av. 580–490-yillar) ham ilgari suradi. U 
hamma narsa er va suvdan vujudga keladi va rivojlanadi, hatto «biz ham er va suvdan paydo 
bo‗lganmiz», deb hisoblaydi. O‗sha davrning bosh falsafiy masalasi – «hamma narsa nima», 
degan savolga javob berar ekan, Pifagor (mil. av. 580–500-yillar) «hamma narsa sondir», degan 
xulosaga keladi. U Yerning sharsimonligi haqidagi g‗oyani birinchi bo‗lib ilgari suradi. 
Keyinchalik bu g‗oyani Parmenid (mil. av. 540-480-yillar) qo‗llab-quvvatladi va unga yozma 
ta‘rif beradi. Parmenid faylasuflar orasida birinchi bo‗lib borliqni kategoriya sifatida tavsifladi 
va uni maxsus falsafiy tahlil predmetiga aylantirdi. U haqiqiy borliq mohiyatining o‗zgarmasligi 
haqidagi g‗oyani ilgari suradi. Parmenid fikricha, borliq paydo bo‗lmagan va u yo‗q ham 
bo‗lmaydi, chunki undan boshqa hech narsa yo‗q va bo‗lishi mumkin ham emas. Borliq yagona 
(uzluksiz), harakatsiz va barkamoldir. U o‗z chegaralariga ega bo‗lib, «ulkan mutlaqo yumaloq 
sharga» o‗xshaydi.Parmenidning yagona, ajralmas, o‗zgarmas va harakatsiz borliq haqidagi 
ta‘limoti ellinlar dunyosida shuhrat qozondi va eleatlar maktabi vakili bo‗lgan (samoslik) Melit 
«Tabiat yoki borliq haqida» deb nomlangan asarida borliq chegarasiz ekanligini qayd etadi. 
Uning fikricha, agar borliqning chegarasi borligini tan olsak, bu borliq yo‗qlik bilan chegaradosh 
ekanligini anglatadi.Biroq, hamonki yo‗qlik mavjud emas ekan, borliq ham chegarali bo‗lishi 
mumkin emas.Shunday qilib, qadimgi yunon falsafasining Suqrotga qadar bo‗lgan davrida 
ontologiya sezilarli darajada rivojlanadi: o‗sha davr atoqli faylasuflarining deyarli barchasi 
borliq muammosini bevosita yoki bilvosita o‗rganadi, uni, odatda, boqiy va barkamol kosmos, 
«yagona tabiat», ya‘ni moddiy-hissiy dunyo bilan tenglashtiradi. Masalan, Empedokl (mil. av. 
484–421-yillar) «borliq» atamasini bevosita ishlatmagan bo‗lsa ham, «barcha narsalarning to‗rt 
negizi» (olov, havo, suv va yer) haqida so‗z yuritar ekan, dunyo (kosmos) tuxumsimon 
ko‗rinishga ega deb hisoblagan, hayot nam va issiq suv o‗tlaridan kelib chiqqani haqida 
mulohaza yuritgan. Demokrit va Levkipp atomlarni muayyan modda sifatida tavsiflab,ularni 
«bo‗shliq» – yo‗qlikka zid o‗laroq, «to‗la» yoki «qattiq» borliq bilan tenglashtirgan. Shu davrda 
borliqni tushunishga nisbatan dialektik yondashuv ilk bor namoyon bo‗ladi. U, butun dunyo 
muttasil harakat va o‗zgarish jarayonini boshdan kechiradi, deb hisoblagan va shu munosabat 
bilan «ayni bir narsa mavjud va nomavjuddir» deb qayd etgan Geraklit (mil. av. 544–483-yillar) 
ta‘limotida, ayniqsa, bo‗rtib ko‗rinadi.Borliq tushunchasini Platon (mil. av. 427–347-yillar) 
sezilarli darajada kengaytirdi. U nafaqat moddiy, balki ideal narsalar ham borliqqa ega ekanligini 
falsafa tarixida birinchi bo‗lib ko‗rsatib berdi. Platon «haqiqiy borliq» bo‗lishi «ob‘ektiv mavjud 
g‗oyalar dunyosi»ni «hissiy borliq»qa qarama-qarshi qo‗ydi. Bunda u inson ongida mustaqil 
mavjud bo‗lgan tushunchalar borlig‗ini ham ko‗rsatib o‗tdi va shu tariqa ilk bor «borliq» 
tushunchasiga amalda mavjud bo‗lgan barcha narsalarni kiritdi.
Markaziy Osiyoning eng qadimiy kitobi «Avesto»da, borliq harakatdagi dunyo, butun jonli va 
jonsiz narsalarning uyg‗unligidagi mavjudlik, deb ifodalanadi. Keyinchalik falsafa tarixida 
borliqning ko‗p sonli har xil talqinlari shakllandi, lekin ularning barchasi borliq haqidagi hissiy 
va oqilona tasavvurlar atrofiga u yoki bu tarzda tiziladi. Bunda fikrlar va yondashuvlar rang-
barangligi namoyon bo‗ladi. Xususan, o‗rta asrlar Yevropa falsafasida, «haqiqiy borliq – 


«Xudoning borlig‗i» va «haqiqiy bo‗lmagan», ya‘ni Xudo yaratgan borliq farqlanadi. Sharqning 
buyuk mutafakkiri Forobiy borliq muammosini hal qilishda, «vujudi vojib» va «vujudi 
mumkin»ning o‗zaro nisbatiga murojaat qiladi.
Uning fikricha, «vujudi vojib» barcha mavjud yoki paydo bo‗lishi mumkin bo‗lgan narsalarning 
birinchi sababi. Birinchi sabab sifatida u o‗zga turtkiga muhtoj emas. U mutlaq borliq va 
donishmandlik ifodasi. «Vujudi mumkin» esa doimo o‗zgarishda, ziddiyatli munosabatlarda 
bo‗lib, unda barcha narsalar oddiydan murakkabga, tartibsizlikdan tartiblilikka qarab harakat 
qiladi. «vujudi vojib» yaratgan eng buyuk voqelikdan biri inson aqlidir. U «Fuqarolik siyosati» 
asarida borliqni olti darajaga bo‗ladi:
1. Birinchi holatdagi sabab.
2. Ikkinchi holatdagi sabab.
3. Uchinchi holatdagi aqli faol.
4. To‗rtinchi holatdagi instinkt.
5. Beshinchi holatdagi shakl.
6. Oltinchi holatdagi materiya.
Forobiy bu darajalarning har biriga ta‘rif beradi. Keyin u, «uchinchi aql» – aqli faolni ta‘riflaydi. 
Unga ko‗ra, aynan «aqli faol»ga ko‗ra, insonning tabiiy, ma‘naviy va ruhiy hayoti 
shakllanadi.Ibn Sino fikricha ham borliqning asosi «vujudi vojib», ya‘ni Allohdir.Vujudi vojib 
bu birinchi mohiyat. Uning mavjudligi sababini boshqa narsalardan qidirish noo‗rin. Chunki, 
birinchi sabab uning natijasi bo‗lgan xilma-xil jarayonlarning mohiyatiga bog‗liq bo‗la olmaydi. 
Zero, vujudi vojibning mavjudligi uning o‗ziga bog‗liq.
XVII–XVIII asrlarning materialist faylasuflari Golbax, Gelvetsiy, Lametri borliq tushunchasini 
fizik borliq bilan bog‗laydi. Bu faylasuflarning naturalistik qarashlari mexanikaning faol 
rivojlanishi bilan belgilangan va ularning tabiat haqidagi tabiiy-ilmiy tasavvurlarini aks 
ettirgan.Bundan borliqni «naturallashtirish» g‗oyasi kelib chiqqan.Yangi davr va nemis klassik 
falsafasi davri «substansiya» (dunyoni tushunish zamirida yotuvchi, nisbatan barqaror va 
mustaqil holda mavjud mohiyat), «mutlaq «Men»ning erkin, sof faoliyati» (Fixte), «ob‘ektiv 
rivojlanuvchi g‗oya» (Gegel) kabi falsafiy kategoriyalarni qayd etib, borliq muammolari 
talqiniga yanada teranroq mazmun baxsh etdi. XX asr borliqni tushunishni tarixiylik, insonning 
mavjudligi, qadriyatlar va til bilan bog‗lab, uning talqinini o‗ta kengaytirdi. Neopozitivizm 
falsafiy yo‗nalishi esa, avvalgi ontologiya falsafaning emas, balki ayrim fanlarning predmeti deb 
hisoblab, falsafadagi borliq muammosini soxta muammo sifatida talqin qildi.
Noklassik borliq. Noklassik falsafa dunyoning aqlga muvofiqligi, shuningdek, inson ongining 
mustaqilligiga shubha bildirdi. Pozitivistlar, umuman, ontologiyani yaratishdan bosh tortdilar. 
Irratsionalizm, marksizm va ekzistensializmda ontologik konsepsiyalar hayot, jamiyat va inson 
tushunchalari rivojlantirildi, ular borliqning noyob usullari sifatida tavsiflandi. Quyida, noklassik 
falsafada, borliqqa munosabatni tahlil qilamiz.
Borliq va hayot: borliqning irratsionalistik konsepsiyasi. Falsafiy irratsionalizm asoschisi 
A.Shopengauer olamning aqlga muvofiqligi haqidagi tezisga shubha ko‗zi bilan qaraydi. Uning 
fikricha, borliqning o‗zi emas, balki bizning u haqdagi tasavvurimiz aqlga muvofiqdir, zero, 
tasavvur – bu inson aqlining mahsulidir. Ammo tasavvur – bu hodisa, mohiyat darajasida esa 
dunyoni aqliy idrok etish mumkin emas. Shopengauer o‗zining «Dunyo intilish va tasavvur 
sifatida» deb nomlangan bosh falsafiy asarida dunyoning borlig‗ini ikki tarkibiy qismga – 
«yashashga intilish sifatidagi dunyo» va «inson tasavvuri sifatidagi dunyo»ga ajratadi. Uning 
fikricha, yashashga intilish haqiqiy borliqdir. Yashashga intilish ko‗r-ko‗rona va nooqilonadir, 
zero, uning asosiy niyati – o‗z-o‗zini asrashdir. O‗z-o‗zini asrash instinkti – butun tiriklikning 
tabiiy xossasidir. Ammo Shopengauer romantiklarga ergashib, yashashga intilish dunyoning 
barcha narsalariga va umuman, dunyoning o‗ziga xosdir, deb hisoblaydi. Dunyo haqidagi 
bunday mifopoetik tasavvur hayotda yana ta‘riflar va tushunchalar tilida ifodalab bo‗lmaydigan 
o‗ziga xos tabiiy stixiyani ko‗rish imkoniyatini beradi.Fan dunyoni umumiy qonunlar va 
nazariyalar yordamida anglab etishga harakat qiladi. Ammo hayot har doim betakror bo‗lib, uni 
ta‘riflar yordamida ifodalash mumkin emas, faqat hayot faoliyati mahsullaridagi moddiy 


ifodalarnigina o‗rganish mumkin. Bu, eng avvalo, ijodga tegishli, kreativ faoliyatning barcha 
turlaridan intilishga eng yaqini esa musiqadir (intilishning birinchi moddiy ifodasi). So‗zlar va 
obrazlar hayotga intilishning izlarini ma‘lum darajada ko‗zdan yashiradi. Shopengauerning 
izdoshi F.Nitsshe hayotga intilishning mohiyati hokimiyatga intilishda namoyon bo‗ladi, deb 
hisoblaydi. Ammo bu nuqtai nazar haqiqiy borliqning anglab etish mumkin bo‗lmagan hodisa 
sifatidagi talqiniga daxl etmaydi. Nitsshe insonda, eng avvalo, o‗z hayoti uchun kurashishi lozim 
bo‗lgan biologik mavjudotni ko‗radi. Inson o‗z hayot kuchlari va instinktlarini axloqiy taqiqlar 
va jamiyat me‘yorlari hukmiga bo‗ysundirish yo‗li bilan kurashdan bo‗yin tovlamasligi kerak. 
Axloq insonni o‗rtacha andozalarga yaqinlashtiradi va uning qayta tug‗ilishiga sabab bo‗ladi: 
inson xavfsizlik hissini saqlash yo‗lida to‗laqonli, lekin xavfli hayotdan voz kechadi. Bunday 
qayta tug‗ilishning yo‗llaridan biri – Iso Masihning diniy axloqi, ikkinchi yo‗l – Suqrotning 
ratsionalistik axloqi. Ikkala ta‘limot ham narigi dunyo g‗oyasiga asoslanadi, ularning ikkalasi 
ham real hayotning qimmatini kamsitishga qaratilgan.
Fridrix Nitsshe (1844–1900) borliqning ikki asosi: dionisiycha hayotiy asos va apolloncha bir 
yoqlama-intellektual asosni ajratgan va haqiqiy madaniyat bu asoslarni muvozanatga solishga 
harakat qilishi lozim, deb hisoblagan. Yevropa madaniyati mazkur idealni ro‗yobga chiqara 
olmadi va inson borliq deganda stixiyali shakllanishni emas, balki tartibga solinganlikni 
tushunib, o‗z mavjudligining asosiy negizlaridan uzoqlasha boshladi. Vaholanki, hayot abadiy 
harakat va shakllanishdan iboratdir. Hayotning mazmun va mohiyati hokimiyatga intilishda 
namoyon bo‗ladi. Bunday intilish butun tiriklikka xosdir. Unga intellektning hukmronligi, o‗z 
yaqiniga muhabbatni targ‗ib qiluvchi axloq va tenglikni e‘lon qiluvchi sotsializm monelik qiladi. 
Bularning barchasi qullar axloqini tashkil etadi. To‗ralar axloqi esa hayotning qimmati, odamlar 
o‗rtasidagi tengsizlik hamda kuchning hukmronligiga asoslanishi lozim. Nitsshe «Xudo o‗ldi» 
degan tezisni ilgari suradi. Ushbu tezis yangicha axloqni shakllantirish zarurligini 
anglatadi.To‗ralar axloqining sub‘ekti sifatida o‗ta qudratli inson amal qiladi. U oliy biologik tur 
hisoblanadi. Odam maymundan qanday tarqalgan bo‗lsa, o‗ta qudratli inson ham odamdan 
shunday tarqaladi. U tayyor tur sifatidagi inson tabiatiga xos bo‗lgan jihatlarni o‗zidan soqit 
etadi. O‗ta qudratli inson hayotni kurash sifatida idrok etishga va o‗zini tinimsiz o‗zgartirish 
yo‗lida harakat qilishga qodir. Nemis faylasufi, irratsionalizm vakili, hayot falsafasi asoschisi. 
O‗ta qudratli inson g‗oyasiga «abadiy qaytish» konsepsiyasi qarshi turadi. Nitsshe fikriga ko‗ra, 
voqealarning ehtimol tutilgan kombinatsiyalari soni cheklangan, vaqt esa cheksizdir, shu sababli 
barcha voqealar takrorlanishi lozim. Umuman olganda, Nitsshening falsafiy tizimi o‗zining 
ziddiyatlarga to‗laligi bilan ajralib turadi, shu tufayli ham u turlicha tushuniladi va talqin 
qilinadi. Nitsshe falsafasi XX asr falsafasining turli yo‗nalishlari: hayot falsafasi, pragmatizm va 
ekzistensializmga ulkan ta‘sir ko‗rsatdi.
3.Borliq shakllari. Inson barcha jonli narsalar jonsiz narsalardan butunlay farq qilishiga 
qadimdayoq e‘tibor bergan, lekin buni ancha keyin tushunib tgan. Jonli narsalar dunyosida inson 
alohida o‗rin egallaydi. U barcha jonli narsalardan butunlay farq qiladi. Insonning bu asosiy farqi 
uning ongida,ideal obrazlar bilan ish ko‗rish, ya‘ni mavhum fikrlash va o‗zini fikrlovchi jonzot 
sifatida anglash qobiliyatida namoyon bo‗ladi. Shunday qilib, borliqning umumiy manzarasini 
yaratish zaminidan notirik tabiat o‗rin oladigan o‗ziga xospiramida hosil bo‗ladi. Borliqning 
shakllari notirik tabiat, tirik tabiat, ijtimoiy borliq va inson borlig‗i kabilardir. So‗nggi yillarda 
virtual borliq shakli haqida fikr yuritilmoqda.
Borliqning bu umumiy shakllari o‗ziga xos xususiyatga, o‗zining betakror mohiyatiga egadir. 
Borliqning turli shakllarini jonsiz tabiatdan boshlab mufassalroq ko‗rib chiqamiz, zero u hozirgi 
zamon fani nuqtai nazaridan jonli va ijtimoiy tabiatning negizi hisoblanadi. Tabiat borlig‗i 
birlamchi (ya‘ni inson va uning faoliyatidan qat‘i nazar mavjud bo‗lgan narsalar va jarayonlar 
borlig‗i) va ikkilamchi (yoki odamlar tomonidan yaratilgan narsalar va jarayonlar borlig‗i) tabiat 
borlig‗iga bo‗linadi. Birlamchi tabiat notirik tabiat narsalari va jarayonlarining borlig‗i – butun 
tabiiy va sun‘iy dunyo, shuningdek, tabiatning barcha holatlari va hodisalari (yulduzlar, 
sayyoralar, er, suv, havo, binolar, mashinalar, aks sado, kamalak, ko‗zgudagi aks va sh.k.)dir. 
Birlamchi tabiat borlig‗i ikki darajani o‗z ichiga oladi. Birlamchi daraja jonli ruhsiz jismlardan, 


ya‘ni ko‗payish qobiliyatiga ega bo‗lgan, atrof-muhit bilan moddalar va energiya almashinuvini 
amalga oshiradigan, lekin ongga ega bo‗lmagan barcha narsalar, ya‘ni sayyoramiz hayvonot 
vao‗simliklar dunyosini o‗z ichiga olgan butun biosferadan iborat. Ikkilamchi daraja – bu inson 
va inson ongining borlig‗i bo‗lib, bu inson yaratgan yoki o‗zgartirgan tabiatdir. Tabiat makon va 
vaqtda cheksiz hamda abadiydir. Ikkilamchi yoki inson tomonidan yaratilgan tabiat birinchi 
tabiatga bog‗liq. Bir tomondan, ikkilamchi tabiatda birlamchi tabiat materiali, boshqacha 
aytganda, ob‘ektiv birlamchi borliq mujassamlashgan, boshqa tomondan esa –unda insonning 
mehnati, irodasi va bilimlari, uning qalbi o‗z ifodasini topgan. Ikkilamchi tabiat – bu mehnat 
qurollari va sharoitlari, aloqa vositalari, inson ruhining ehtiyojlari, ma‘rifatli borliq, moddiy va 
ma‘naviy madaniyatni belgilovchi barcha narsalar va jarayonlardir. Inson borlig‗ining tahlilida 
uning tabiatning bir qismi sifatida jismoniy mavjudligini va alohida inson borlig‗ini farqlash 
o‗rinli bo‗ladi. Inson tabiatning bir qismi hisoblanadi va shu ma‘noda uning qonunlariga 
bo‗ysunadi. Tananing mavjudligi inson o‗limga mahkum ekanligini belgilaydi. Inson borliq va 
yo‗qlik dialektikasi bilan bog‗lanadi, barcha tabiat jismlari kabi vujudga kelish, shakllanish va 
halok bo‗lish holatlaridan o‗tadi. Barcha tabiat jismlari kabi, inson tanasiga ham modda va 
energiyaning saqlanish qonunlari o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi, ya‘ni uning tarkibiy qismlari tabiatning 
boshqa holatlariga o‗tadi. Inson tanasi mavjud bo‗lishi uchun uni muttasil quvvatlash 
(ovqatlanish, sovuqdan va boshqa xavf-xatarlardan saqlash) talab etiladi. Fikrlash uchun inson 
tanasining tirikligini ta‘minlash zarur. Bundan hayotni saqlash, insonning o‗z-o‗zini saqlashi va 
insoniyatning yashovchanligini ta‘minlash zaruriyati kelib chiqadi, bu oziq-ovqat mahsulotlari, 
kiyim-kechak, turar-joy, sof atrof-muhitga ega bo‗lish ehtiyojida o‗z ifodasini topadi. Ma‘naviy 
borliq sub‘ektiv individuallashgan va ob‘ektiv (noindividual) ma‘naviy borliq sifatida mavjud. 
Individuallashgan ma‘naviy borliq –bu insonning ichki dunyosi, u onglilik va ongsizlikni qamrab 
oladi. Bunday yondashuvga ko‗ra, ruh – individual ong bilan ayniy tushuncha, tor ma‘noda esa u 
tafakkurdir. Ong – inson bosh miyasining dunyo borlig‗ini izchil aks ettirish, uni obrazlar va 
tushunchalarga aylantirish qobiliyati. U taassurotlar, sezgilar, kechinmalar, fikrlar, shuningdek, 
g‗oyalar, e‘tiqodlar, qadriyatlar, mo‗ljallar, andozalarning ko‗rinmas jarayoni sifatida mavjud. 
Ong tez oqadigan va bir xil bo‗lmagan orqaga qaytmaydigan xususiyatga ega. Shaklan bu 
jarayon tartibsiz,lekin shu bilan bir vaqtda unda muayyan tartib, barqarorlik, struktura, muayyan 
darajada intizom va iroda mavjud.Inson ongi ayni vaqtda uning o‗z-o‗zini anglashi, ya‘ni o‗z 
tanasi, fikrlari va tuyg‗ularini, o‗zining boshqa odamlarga bo‗lgan munosabatini va o‗zining 
jamiyatdagi o‗rnini anglab etishi, ya‘ni o‗zini o‗zi bilishdir. O‗zlikni anglash – bu ongimizning 
o‗ziga xos asosidir.Individual ong o‗zining o‗limga mahkumligi bilan tavsiflanadi, lekin uning 
ayrim qismlari noindividual ma‘naviy shakl-shamoyil kasb etadi, shuningdek, boshqa kishilar 
mulkiga aylanadi. Xatti-harakatlarda inson ongining fragmentlari moddiylashadi, ularga qarab 
odamlarning niyatlari, mo‗ljallari, maqsadlari, g‗oyalari haqida xulosa chiqariladi. Noindividual 
ma‘naviy borliqning o‗ziga xos xususiyati shundaki, uning elementlari saqlanadi, takomillashadi 
va ijtimoiy makon va vaqtda erkin harakatlanadi. Ijtimoiy borliq ayrim insonning jamiyatdagi 
borlig‗i va jamiyatning borlig‗iga bo‗linadi. Har bir inson boshqa odamlar bilan muttasil aloqa 
qiladi, turli ijtimoiy guruhlar: oila, ishlab chiqarish jamoasi, millatning a‘zosi hisoblanadi. U 
boshqa individlar bilan yaqin aloqa qilib yashaydi. Odamlarning barcha faoliyati mazkur 
sotsiumga xos bo‗lgan ijtimoiy munosabatlar,chunonchi: siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, axloqiy va 
boshqa munosabatlar doirasida amalga oshiriladi. Virtual borliq texnologiyasi zamirida birinchi 
marta XX asr 60-yillarining o‗rtalarida paydo bo‗lgan kompyuterlar yordamida dunyolar 
modelini yaratish mumkin, degan g‗oya yotadi. Virtual (lotincha «virtualis» – «mumkin 
bo‗lgan») – narsalar va hodisalarning vaqt va makonda moddiy mavjudligiga qarama-qarshi 
o‗laroq, ob‘ektiv narsalar yoki sub‘ektiv obrazlar mavjudligining nomoddiy turi.
«Virtual borliq» atamasi 1970-yillarning oxirida Massachuset texnologiya institutida Jeron Lener 
tomonidan o‗ylab topilgan. U 1984 yilda dunyoda birinchi virtual borliq firmasini tashkil etdi. 
Bu atama kompyuterda yaratiladigan muhitda insonning mavjudligi g‗oyasini ifoda etadi. 
«Virtual borliq»atamasi muomalaga amerikalik kinematograflar tomonidan kiritilgan. Ular 
muayyan sabablarga ko‗ra tabiiy yo‗l bilan amalga oshirib bo‗lmaydigan xayoliy imkoniyatlarni 


belgili – grafik shaklda sun‘iy amalga oshirish mumkinligi haqidagi kinolentani shu nom bilan 
chiqarganlar. Virtual borliq – inson real borliqda harakat qilayotgani illyuziyasini kompyuterda 
yaratish imkonini beruvchi interaktiv texnologiya. Bunda ob‘ektiv borliqni tabiiy sezgi organlari 
yordamida idrok etish o‗rnini maxsus interfeys, kompyuter grafikasi va ovoz vositasida sun‘iy 
yaratilgan kompyuter axboroti egallaydi. Virtual borliq amalda yo‗q narsa, uni qo‗l bilan tutish, 
uning ta‘mi va hidini his qilish mumkin emas. Shunga qaramay, u mavjud va inson bu xayoliy 
olamga kirib, uni nafaqat kuzatadi va boshdan kechiradi, balki unga ta‘sir ko‗rsatish 
imkoniyatiga ham ega bo‗ladi, ushbu olamda mustaqil harakat qiladi, uni o‗zgartira oladi. Virtual 
olam – inson borlig‗ining o‗ziga xos shakli va odamlar ma‘naviy aloqasining alohida madaniy 
ifodasidir.
Ammo virtual borliq real fizik borliqdek lazzat baxsh eta olmaydi, chunki bu borliq ta‘sirida 
vujudga keluvchi his-tuyg‗ular ko‗p jihatdan uning o‗zi bilan emas, balki uni biz qanday idrok 
etishimiz bilan belgilanadi. Biz virtual dengizda cho‗milishimiz mumkin, ammo bunda paydo 
bo‗luvchi his-tuyg‗ularimiz bu dengizni biz qanday idrok etishimizga bog‗liq bo‗ladi. Virtual 
tarvuz haqiqiy tarvuzdan shirin emas, virtual kolbasa haqiqiy kolbasa o‗rnini bosa olmaydi va 
hokazo.Virtual borliqni odamlar yaratadi. Shu bois virtual borliqda mavjud barcha narsalarning 
manbai inson ongidir. Binobarin, virtual borliq ong, ong osti sohasi va fantaziya chig‗irig‗idan 
o‗tuvchi fizik borliqdan shakllanadi. Virtual borliq ob‘ektiv tarzda, ya‘ni inson miyasida emas, 
balki kompyuterda mavjud bo‗ladi. Ayni vaqtda, u inson ongining mahsulidir. Inson tomonidan 
yaratilganidan keyin u inson ongidan qat‘i nazar yashashda davom etadi, bu ongga har xil ta‘sir 
ko‗rsatadi, mazkur ongning mazmuniga – bilimlar, emotsiyalar, kayfiyat hamda ongning boshqa 
unsurlariga qarab, har xil idrok etiladi. Bugungi kunda virtual borliq inson madaniy faoliyatining 
turli sohalarida qo‗llanilmoqda. Virtual borliqdan, eng avvalo, u vujudga kelgan sohada, fanda – 
fizikada suyuqlik va gazlar dinamikasini modellashtirishda, kimyoda kimyoviy reaksiyalar 
modelini tuzishda, geologiya va geografiya fanlarida foydalanilmoqda. Muhandislik sohasida, 
ayniqsa, xavfli sharoitlarda: ochiq kosmosda, dengiz va okeanlarning chuqur joylarida, yadro 
muhandisligida robotlarni masofadan turib boshqarishda virtual borliq keng qo‗llanilmoqda. 
Muhandislik dizaynini avtomatlashtirish jarayonida virtual borliq texnologiyasi, ayniqsa, qo‗l 
kelmoqda. Kompyuter dizayni va uning ajralmas hamrohi – kompyuter ishlab chiqarishi 
raketalar va samolyotlar, avtomobillar katta binolar konstruksiyalarini sinovdan o‗tkazishda 
yagona jarayonga birlashtirildi. Virtual borliq texnologiyasidan harbiylar ham keng 
foydalanmoqdalar. Masalan, AQSH armiyasida harbiy xizmatchilarda merganlik ko‗nikmalarini 
shakllantirishda imitatorlardan, jang sharoitida tez va to‗g‗ri qarorlar qabul qilish ko‗nikmasini 
shakllantirish uchun esa harbiy doktorlardan foydalaniladi. Juda qimmatga tushadigan va atrof-
muhitga katta zarar etkazadigan harbiy mashqlarimitatsiya qilinmoqda. Tank qismlarida tankdan 
o‗q uzishni hamda tank jangida askarlar va ofitserlarning shaxsiy ishtirokini imitatsiya qiluvchi 
harbiy o‗yinlardan foydalanilmoqda. Loyihalashtirilgan, lekin hali yasalmagan qurol-aslaha 
turlari sinovdan o‗tkazilmoqda. Harbiylar olingan ma‘lumotlarni tahlil qilish va ularga baho 
berish uchun ham kompyuter imitatsiyasidan foydalanmoqdalar.Ta‘lim sohasida mashq 
trenajyorlarini yaratishda virtual borliq texnologiyasidan foydalanilmoqda. Yaqinda virtual 
kutubxonalar va muzeylar tashkil etish konsepsiyasi taklif qilindi. Masalan, virtual 
kutubxonalarda foydalanuvchi kompyuter yordamida kitob javonlarining vizual tasviri bo‗ylab 
harakatlanishi, kerakli adabiyotlarni topishi va olib ko‗zdan kechirishi, zarur holda esa, ulardan 
nusxa ko‗chirishi mumkin.Virtual muzey konsepsiyasi bir qadar boshqacha. Virtual muzey 
foydalanuvchilarga kolleksiyadagi istalgan eksponatni uning tabiiy, uch o‗lchovli ko‗rinishida 
ko‗rish imkonini beradi. Ammo bu tasviriy echish qobiliyati ancha yuqori bo‗lgan displeylarni 
taqozo etadi. Shunday qilib, virtual borliq nazariy izlanishlardan ommaviy axborot vositalari va 
telekommunikatsiyalar ajralmas qismi bo‗lgan hozirgi zamon madaniyatining tarkibiy qismiga 
aylandi. Yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga intilish bizga rivojlangan jamiyatlarda 
tobora katta rol o‗ynayotgan yangi tajribaning cheksiz imkoniyatlarini qo‗lga kiritish imkonini 
beradi, degan umid bilan bog‗liqdir. Virtual borliq tizimlari bu tajribadan va insonning «yangi 
o‗ziga xos xususiyati»dan foydalanish imkonini amalda ta‘minlaydi. Inson faqat o‗z tasavvuri 


bilan cheklanadigan sun‘iy tarzda yaratiluvchi virtual olamlar orasida yashay boshlaydi. Bunday 
dunyoni yaratish mumkinmi? Biz o‗zimizda kiborglarni kashf etamizmi yoki faqat ongning 
kompyuterlar modellashtiruvchi muhit doirasidagi hozircha ifodalash mumkin bo‗lmagan 
holatlarining tajribasinimi – buni kelajak ko‗rsatadi. Bu yaqinlashayotgan va kompyuter 
ekranlari yorug‗i bilan o‗ziga chorlayotgan holatlarni qanday baholash hamda tavsiflash 
mumkin? Hozirgi zamon odamining haqiqiy bo‗lmagan, g‗ayriinsoniy zombi holatidagi 
mavjudligi borliqni inkor etish demakdir. U shaklan boshqacha borliq, mazmunan esa yo‗qlik 
sifatida amal qiladi. Borliqning yuqorida sanab o‗tilgan turli shakllari bugungi kunda fanga aniq 
ma‘lum bo‗lgan, kuzatish, o‗rganish, tahlil, nazorat va hokazolar predme bo‗lishi mumkin 
bo‗lgan barcha narsalarni o‗z ichiga oladi. Ayni vaqtda dunyo fan va inson aqli anglab etmagan 
jumboqlar va mo‗‘jizalarga to‗ladir. Ammo bu hol borliq haqidagi hozirgi tasavvurlar o‗z 
kuchini yo‗qotadigan qandaydir o‗zga dunyolar mavjudligidan dalolat beradi, deb aytish uchun 
etarli asoslar mavjud emas.
Xullas, «borliq» kategoriyasi o‗ta umumiy falsafiy abstraksiya bo‗lib, u turli-tuman tabiat 
hodisalari va jarayonlarini, odamlar jamoalari va ayrim kishilarni, ijtimoiy institutlarni, inson 
ongining darajalari, shakllari va holatlarini mavjudlik belgisiga ko‗ra birlashtiradi. Garchi bu 
hodisalar va jarayonlar borliqning turli sohalariga taalluqli bo‗lsa-da, ularning barchasini 
umumiy asos birlashtiradi. Ammo cheksiz darajada rang-barang dunyoning yagonaligi 
to‗g‗risida so‗z yuritish mumkinmi? Bu savolga «ha» deb javob berish orqali biz butun 
borliqning umumiy asosi haqida tasavvur hosil qilamiz. Bu haqda quyida so‗z yuritiladi.
Olamning paydo bo‗lishi va evolyusiyasi. Notirik tabiat o‗z shakllari va holatlarining son-
sanoqsizligi va rang-barangligi bilan aqlni lol qoldiradi. U turli jismlar, predmetlar, zarralar, 
gazlar, maydonlar, xossalar, hodisalar ko‗rinishida amal qilar ekan, muttasil harakat va 
o‗zgarishlar jarayonini boshdan kechiradi. Dunyoning paydo bo‗lishi va evolyusiyasi haqidagi 
hozirgi ilmiy tasavvurlar so‗nggi 400 yil ichida vujudga keldi, galaktikalar va ularning to‗dalari, 
makro va mikrodunyoning hayratomuz rang-barangligi haqida odamlar XX asrdagina xabar 
topdilar. Olamning cheksiz bo‗shlig‗i qarshisida bizning dunyo haqidagi tasavvurlarimiz hozir 
ham dengizdan bir tomchi bo‗lib tuyuladi. Lekin, shunga qaramay, bugungi kunda biz bilgan va 
tushungan narsalar butun Olam va uning ayrim qismlari evolyusiyasi va muttasil 
o‗zgaruvchanligi haqida ancha asosli xulosa chiqarish imkonini beradi. Boshqacha aytganda, 
dunyo u yoki bu bosqichda ma‘lum narsalar vujudga kelib, o‗z borlig‗ini kasb etadigan va 
qachondir yo‗q bo‗ladigan, ya‘ni o‗ziningavvalgi borlig‗ini yo‗qotib, modda va energiyaning 
saqlanish qonuniga binoan boshqa narsaga aylanadigan muttasil davom etuvchi jarayondir. 
Notirik tabiatning hozirda mavjud bo‗lgan butun rang-barangligi o‗z asosiga ega, ya‘ni u 
qachondir vujudga kelgan. Bu fikrni kengayib borayotgan Olam haqidagi hozirgi ilmiy 
tasavvurlar ham tasdiqlaydi. Biroq, olimlar fikriga ko‗ra, biz yashayotgan Olam tarixi 
boshlanishiga asos bo‗lgan «Katta portlash» nazariyasi dunyoning mohiyati va uning tuzilishi 
xususida yangi va yangi masalalarni kun tartibiga qo‗ymoqda. Tabiiy fanlarning ma‘lumotlari 
taxminan 15 milliard yil muqaddam ayrim osmon jismlari mavjud bo‗lmagani, bizning Olam 
deyarli bir jinsli kengayib borayotgan plazmadan tashkil topganidan dalolat beradi. Endilikda 
bir-biridan uzoqlashayotgan galaktikalar tarkibiga kiruvchi yulduzlar, sayyoralar, asteroidlar va 
boshqa ko‗plab kosmik jismlar mavjud bo‗lib, bu galaktikalarning to‗dalarida vaqti-vaqti bilan 
fanga ma‘lum bo‗lmagan sabablarga ko‗ra ulkan tadrijiy va inqilobiy o‗zgarishlar yuz beradi.
Yer tarixi. Ilmiy tasavvurlarga ko‗ra, biz yashayotgan sayyora taxminan 4,5 milliard yil 
muqaddam Quyosh tizimida sochilib yotgan gazsimon-changsimon moddadan paydo bo‗lgan, 
muayyan moddiy jism sifatida o‗z borlig‗ini kasb etgan,oradan yana bir milliard yilcha vaqt 
o‗tgach, Yerning geologik tarixi boshlangan. Hozirgi zamon fani aniqlagan eng qadimgi tog‗ 
jinslarining yoshi shundan dalolat beradi. Shunday qilib, Yer jonsiz tabiatining moddiy dunyosi 
o‗zining aniq geologik yil hisobiga ega va uning borlig‗i sayyoramizning umumiy evolyusion 
jarayonlari bilan bog‗liq. Yerning tabiiy kosmik jism sifatidagi evolyusiyasini esa nafaqat tog‗ 
jinslari yoki qit‘alar tarixi, balki minerallar, foydali qazilmalar, keyinroq esa, oliy shakllar 
darajasigacha rivojlangan jonli mavjudodlarning paydo bo‗lishi ham tasdiqlaydi.


4. Substansiya tushunchasining mohiyati. Falsafa tarixida o‗zining mavjudligi uchun o‗zidan 
boshqa hech narsaga muhtoj bo‗lmagan birinchi asosni ifodalash uchun «substansiya» (lot. 
«substantia» – «mohiyat», «asos») kategoriyasi qo‗llaniladi. Ilk falsafiy yo‗nalishlarning 
vakillari barcha narsalar asosini tashkil etuvchi moddani birinchi asos sifatida tushunganlar. 
Odatda, bunday asos sifatida o‗sha davrda umumiy e‘tirof etilgan birinchi stixiyalar: er,suv, 
havo, olov yoki fikriy konstruksiyalar, «birinchi g‗ishtlar» – apeyron, atomlar qaralgan. 
«Avesto»da birlamchi substansiya olov deb atalgan. Keyinchalik substansiya kategoriyasi 
o‗zgarmas, nisbatan barqaror va hech narsa bilan bog‗liq bo‗lmagan holda mavjud o‗ta keng 
asosga aylandi. Inson idrok etadigan dunyoning butun rang-barangligi va o‗zgaruvchanligi 
substansiya bilan bog‗lana boshladi. Bunday asoslar sifatida falsafada asosan materiya, Xudo, 
ong, g‗oya, flogiston, efir va shu kabilar amal qilgan. Substansiya g‗oyasidan turli falsafiy 
ta‘limotlar dunyoning birligi va uning kelib chiqishi haqidagi masalaga o‗zlari qanday javob 
berishiga qarab har xil foydalanadilar.
Monizm (yunon. «monos» – «bitta», «yagona») dunyoning narsalar va hodisalar rang-barangligi 
bir substansiyadan iborat degan ta‘limot. Dunyoning kelib chiqishi va mohiyati haqidagi hozirgi 
ilmiy tasavvurlar, shuningdek, birinchi asos muammosiga nisbatan falsafa tarixidagi eng 
salmoqli yondashuvlar kurashi nuqtai nazaridan substansiya tabiatini tushunishga nisbatan ancha 
keng tarqalgan ikki yondashuv – materialis tik va idealistik monizmni qayd etish lozim.
Materialistik monizm dunyo yagona, uzviy, u azaldan moddiy va dunyoning birligi zamirida 
ayni shu moddiylik yotadi, deb hisoblaydi. Bu konsepsiyada olam ong va ideallikdan emas, balki 
moddiylikdan keltirib chiqariladi. Bunday yondashuvlarning o‗ta rivojlangan ko‗rinishlariga biz 
Fales, Geraklit, Spinoza va uning izdoshlari asarlarida duch kelamiz.
Idealistik monizm esa, materiyani har qanday borliqning boqiy mavjudligi, yo‗q bo‗lmasligi va 
birinchi asosiga ega bo‗lgan qandaydir ideal narsaning mahsuli deb hisoblaydi. Bunda ob‘ektiv-
idealistik monizmni (masalan, Platonda – bu o‗lmas g‗oyalar, zardo‗shtiylikda olov, o‗rta asr 
falsafasida –Xudo, Gegelda – yaratilmaydigan va o‗z-o‗zidan rivojlanadigan «mutlaq g‗oya») va 
sub‘ektiv-idealistik monizmni (masalan, borliqning barcha jismoniy va ruhiy holatlarini 
«neytral» asosdan – dunyoning qandaydir mavhum konstruksiyalari, «elementlari»dan keltirib 
chiqargan Max) farqlash mumkin.
Dualizm (lot. «dualis» – «ikki yoqlama») birinchi asos sifatida ikkita substansiya tan olingan 
falsafiy yondashuv. Nemis faylasufi X.Volf XVIII asr boshida «dualizm» atamasini falsafiy 
muomalaga kiritgan. X.Volf dunyoda barqaror tartibning shakllanishida tafakkur, g‗oyalar va 
aql-idrokning alohida o‗rnini aniqlashga harakat qilgan.Falsafa tarixida Rene Dekart 
dualizmning yorqin vakili sifatida o‗rinoldi. R.Dekartning radikal mexanitsizmi uni materiyaning 
butunlay ruhsizligi haqidagi yondashuvga olib keldi.
Plyuralizm (lot. – «ko‗plik», «ko‗p xillik», «ko‗p sonlik») dunyoning negizida ikkita emas, balki 
undan ko‗proq mohiyat borligini tan oluvchi ta‘limotdir atamasini ham X.Volf 1712 yilda taklif 
qilgan. Bu Ayni shu ta‘limot borliqning ko‗p sonli mustaqil va o‗zaro bog‗lanmaydigan asoslari 
borligi haqidagi g‗oya ham ilgari surilgan. Leybnitsning monadalar haqidagi ta‘limoti 
(monadologiya) plyuralizmning klassik ko‗rinishi hisoblanadi. Ushbu ta‘limotga ko‗ra, dunyo 
son-sanoqsiz ruhiy substansiyalardan tashkil topadi. Plyuralistik yondashuvning bundan oldinroq 
ilgari surilgan ko‗rinishlari ham mavjud. Masalan, Empedokl yaratgan dunyoning to‗rt asosi 
haqidagi ta‘limot plyuralistik ontologiyaning turlaridan biri sifatida amal qiladi.
Falsafada materiya tushunchasining vujudga kelishi.
«Materiya» atamasi lotincha «materia» so‗zidan kelib chiqqan bo‗lib, «modda» degan ma‘noni 
anglatadi. Shunga qaramay, falsafa tarixida «materiya» tushunchasining mazmuni, 
tabiatshunoslik va falsafaning rivojlanishiga muvofiq necha marta o‗zgargan. Qadimgi yunon 
falsafasida materiyaning etimologik talqinidan keng foydalanilgan. «Materiya» tushunchasini 
asosiy falsafiy kategoriya sifatida ilk bor Platon ishlatgan. U hyle atamasini muomalaga kiritgan 
va u bilan kattaligi va shakl-shamoyili har xil jismlar paydo bo‗lishiga asos bo‗lib xizmat 
qiladigan sifatlardan mahrum substrat (material) ni ifodalagan. Platon talqinida materiya shaklsiz 


va nomuayyan bo‗lib, har qanday geometrik shakl ko‗rinishini kasb etishi mumkin bo‗lgan 
makon bilan tenglashtiriladi.
Falsafa tarixida harakat haqidagi tasavvurlar. Harakatni dialektik tushunish kurtaklariga Geraklit 
asarlaridayoq duch kelamiz. U olovni barcha o‗zgarishlar substansiyasi sifatida tavsiflab, 
birinchi moddiy asos doimo o‗zi bilan birga, ayni vaqtda, doimiy o‗zgarish holatida bo‗lishi 
haqidagi fikrni sodda obrazli shaklda ifodalagan. Geraklit harakatni miqdor jihatidan joydan-
joyga ko‗chish sifatida emas, balki uzlukli va uzluksiz, barqaror va o‗zgaruvchan narsa va 
jarayonlarning o‗zaro nisbati nuqtai nazaridan tushuntirishga harakat qilgan. Antik davrdayoq 
Geraklit, undan keyin Epikur har qanday harakat manbaini ichki jarayonlarning qarama-
qarshiligidan topgan. Ayni shu antik davrda tushunchalar mantig‗ida harakat jarayonini mantiqiy 
dalillar yordamida tushunib etish bilan bog‗liq qiyinchiliklar qadimgi faylasuf Zenonni mashhur 
aporiyalarni ta‘riflashiga turtki berdi. Aporiya – muhokamalardagi ziddiyat tufayli hal etib 
bo‗lmaydigan yoki hal etilishi mushkul bo‗lgan holat, mantiqiy qiyinchilik, muammo. 
Zenonning «Axilles va toshbaqa», «Uchayotgan kamon o‗qi» kabi aporiyalari, hissiy 
tasavvurlarga zid o‗laroq, harakat materiyaning atributi ekanligiga shubhalanishga majbur 
qilgan. «Axilles va toshbaqa» aporiyasi mazmuniga ko‗ra, chopqir Axilles hayvonot olamining 
eng uquvsiz yuguruvchisi toshbaqani quvib boradi, deb faraz qilinadi. Bundan Zenon Axilles 
hech qachon toshbaqaga eta olmaydi, degan mantiqiy xulosa chiqaradi. Zenon bu aporiyasida 
quyidagicha fikr yuritadi: «Biror odam A nuqtadan V nuqtaga borishi lozim bo‗lsin. U V 
nuqtaga eta oladimi?» Zenon bu savolga yo‗q, deb javob qiladi. Chunki A nuqtadan V nuqtaga 
qarab yo‗l olgan odam, avvalo, shu masofaning teng yarmidan o‗tishi zarur. Bu masofaning teng 
yarmiga etishiuchun esa, shu yarim masofaning yana yarmini o‗tishi zarur. Yarim masofaning 
yarmiga etishi uchunesa, qolgan masofaning yarmidan o‗tishiga to‗g‗ri keladi. Xullas, oraliq 
masofa cheksiz miqdordagi yarim bo‗laklarga bo‗linib ketadi. Cheksiz yarim bo‗laklarni bosib 
o‗tish uchun esa cheksiz vaqt lozim. Hech kim cheksiz vaqt yashay olmaydi. Shunday ekan, hech 
qachon u A nuqtadan V nuqtaga etib bora olmaydi. Bularning hammasi harakat jarayonini 
formal-mantiqiy tavsiflash mushkulligini ko‗rsatadi. Ayrim faylasuflar Zenon aporiyalarini rad 
etish uchun sezgi organlariga suyanganlarida, bunda ham ancha asosli e‘tirozlar topilgan. Sezgi 
harakatni «ko‗rishi» qadimgi falsafa vakillari – eleatlar tomonidan tan olingan, lekin aql uni 
«tushunish»ni xohlashi va tushuna olmasligi qayd etilgan. Aql mohiyatni, sezgilar esa hodisalar 
va ko‗z ilg‗aydigan narsalarni o‗rganishini hisobga olsak,eleatlar mantig‗iga ko‗ra, aynan 
mohiyatda harakat mavjud emas. Zenon harakatni ziddiyatsiz tarzda tavsiflash mumkin 
emasligini ko‗rsata olgani e‘tirof etilgan. Binobarin, harakat qarama-qarshilik demakdir. Zenon 
aporiyalarining alohida qimmati shundaki, ular amalda mavjud qarama-qarshiliklarni ko‗rsata 
olgan. Balki, shuning uchun bo‗lsa kerak, ko‗plab qadimgi manbalarda Zenon dialektika 
asoschisi sifatida qayd etiladi. Zenon o‗zi asarlarini Parmenidning «Hamma narsa bir» degan 
shiorini «Hamma narsa ko‗pdir» degan qarama-qarshi yondashuvdan himoya qilish uchun 
yozganini ta‘kidlagan. Harakatni o‗rganishning muhimligini barcha faylasuflar teran anglagan. 
Aristotel harakatni bilmaslik sabablarni bilmaslikka olib keladi, deb hisoblagan va borliqning 
turlari qancha bo‗lsa, harakat va o‗zgarishlarning turlari ham shuncha, deb qayd etgan. Uning 
fikricha, «Miqdor uchun ko‗payish va kamayish, sifat uchun – o‗zgarish, makon uchun – ko‗chib 
yurish, mohiyat uchun – vujudga kelish va yo‗q bo‗lish mavjud». Harakatning vujudga kelish, 
yo‗q bo‗lish, o‗zgarish, ko‗payish, kamayish, ko‗chib yurish kabi turlarini farqlash lozim. Ammo 
Aristotel jonsiz, passiv materiya konsepsiyasini rivojlantirib, pirovard natijada, muayyan birinchi 
harakatlantirgich – har qanday faollikning negizi sifatidagi sof shakl harakat manbaidir, degan 
xulosaga keldi. Binobarin, harakat materiyaning atributi emas, balki uning modusi, ayrim xossasi 
va belgisidir,u faqat birinchi turtki vositasida beriladi. Shuning uchun bo‗lsa kerak, falsafiy 
tafakkur rivojlanishining keyingi ancha uzoq davri mobaynida harakat materiyaning atributi 
sifatida qaralmadi, balki uning ayrim va qo‗shimcha xossasi hisoblandi. O‗rta asr Sharq 
mutafakkiri Forobiy fikricha, harakat va sukunatning ibtidosi, biron-bir narsaga yoki irodaga 
borib taqalmasa, uni tabiat deb atash mumkin. Harakat vaqt bilan belgilangan. Harakat ibtido va 
intiho bilan chegaralanmagan. Ibn Sino fikricha, harakat vujudi mumkinning ichki mohiyatidan 


kelib chiqadi va osoyishtalik bilan mavjud bo‗ladi. Harakat bu ashyolar, voqealarda sodir 
bo‗ladigan o‗zgarishdir.
Uyg‗onish davri mutafakkirlari har qanday borliq – olamdan tortib mayda zarragacha – unga xos 
bo‗lgan ruh tomonidan harakatga keltiriladi, degan fikrni ilgari surdilar. Ular panpsixizm – butun 
olamni ilohiylashtirish ta‘limotiga asoslandilar.Yangi davr mexanikasi mazkur yondashuv 
mutlaqo asossizligini ko‗rsatdi. Mexanika nuqtai nazaridan, biron-bir jismni harakatga keltirish 
uchun unga qandaydir tashqi kuch ta‘sir ko‗rsatishi lozim. XVII–XVIII asrlarda mexanikaning 
jadal rivojlanishi, u ayrim nomexanik hodisalarni (masalan, issiqlik hodisalari, hattoki, fiziologik 
hodisalarni) tushuntirishda erishgan yutuqlar shunga olib keldiki, harakatga ancha tor ma‘noda 
mexanik harakat, ya‘ni makonda oddiy ko‗chib yurish sifatida qarala boshlandi. Umuman 
olganda, metafizik yondashuvlarning nomukammalligi so‗zning o‗z ma‘nosidagi harakatni, 
uning alohida turi – ko‗chib yurish bilan tenglashtirish; harakatga atribut emas, balki modus 
sifatida qarash; birinchi turtkining zarurligiga ishonch bilan bog‗liq edi. Bunday 
yondashuvlarning nomukammalligini ko‗pgina mutafakkirlar tan olgan. Masalan, ingliz faylasufi 
Jon Toland (1670–1722) dinni tanqid qilar ekan, harakatni materiya atributi, deb hisoblaydi. U, 
«Men harakatni materiyaning muhim xossasi, deb bilaman. Boshqacha aytganda, o‗tkazmaslik 
va ko‗lamlilik materiya tabiatiga qanday xos va ubilan uzviy bo‗lsa, harakat ham materiya 
tabiatiga shunday xos va u bilan uzviydir. Binobarin, harakat materiya ta‘rifidan uning tarkibiy 
qismi sifatida o‗rin olishi lozim»4, deb yozgan.
Harakat tiplari. Fanda ob‘ektiv borliq narsalari va hodisalari harakatining ikki asosiy tipi: 
progress va regress farqlanadi. Ularning biri materiya, energiya, axborotning makonda siljishi 
bilan bog‗liq bo‗lib, harakatlanuvchi narsalar o‗z muhim xossalarini o‗zgartirmasligi, ya‘ni o‗z 
sifatini yo‗qotmasligi bilan tavsiflanadi. Bular miqdor o‗zgarishlari, makondagi ko‗chishlar yoki 
o‗rin almashuvidir. Bunga yurib ketayotgan odam, qorong‗i osmon fonida projektor nurining 
harakati va hatto xayolda ayrim ob‘ektlardan boshqa ob‘ektlarga o‗tish misol bo‗lishi mumkin. 
So‗nggi zikr etilgan holda fikrning muayyan (masalan, formal mantiq nuqtai nazardan to‗g‗ri 
yoki noto‗g‗ri) yo‗nalishdagi harakati to‗g‗risida so‗z yuritiladi.Ammo harakatning qayd etilgan 
tipi dunyoda yuz berayotgan o‗zgarishlarning butun rang-barangligini qamrab olmaydi. 
Aksariyat hollarda ular narsalarning ichki strukturasidagi qayta qurish bilan birga kechadiki, bu 
dastlabki narsa sifatlarining o‗zgarishi va u butunlay boshqa narsaga aylanishiga sabab bo‗ladi.
Harakat shakllari. Harakat shakllarini tasniflashda qaysi tamoyillarga rioya qilinishiga qarab 
bunday shakllarning har xil miqdori farqlanadi. Masalan, XIX asrda materiya tashkil topishining 
turli darajalariga asoslanib,materiya harakatining besh asosiy shakli: mexanik, fizik, kimyoviy, 
biologik va ijtimoiy harakat qayd etilgan. Harakatning mazkur shakllari bir-biri bilan uzviy 
bog‗liq bo‗lib, bunda har bir keyingi harakat o‗zidan oldingi harakatdan kelib chiqadi, unga 
asoslanadi, biroq, shunga qaramay, quyi shakl bilan bog‗lanmaydi. Harakatning murakkab 
shakllarini soddaroq shakllarga bunday bog‗lashga urinishlar falsafa tarixida «mexanitsizm», 
«reduksionizm» (lot. «reductio» – «ortga surish») degan nom olgan, harakat ijtimoiy shakllarini 
biologik shakllar darajasigacha soddalashtirish biologizatorlik konsepsiyalarida mavjud.
Materiya harakatining uch shakli: asosiy, xususiy va kompleks shakllari mavjud degan 
boshqacha yondashuv ham bo‗lib, u dunyoni butun rang-barangligini ifodalaydi. Asosiy 
shakllarga fizik, kimyoviy, biologik va ijtimoiy shakllar kiradi. Ular materiya harakatining eng 
keng shakllaridir. Ayrim mualliflar materiya harakatining yagona fizik shakli mavjudligiga 
shubha bildiradilar. Ammo bu fikrga qo‗shilib bo‗lmaydi. Barcha fizik ob‘ektlar ikki eng 
umumiy fizik xossa – massa va energiyaga ega. Fizik narsalar dunyosiga keng qamrovli umumiy 
energiya ning saqlanish qonuni xosdir. Materiya harakatining xususiy shakllari asosiy shakllar 
tarkibiga kiradi. Masalan, fizik materiya bo‗shliq, maydonlar, elementar zarralar, yadrolar, 
atomlar, molekulalar, makrojismlar, yulduzlar, galaktikalar, metagalaktikani o‗z ichiga oladi.
Materiya harakatining kompleks shakllariga (astronomik metagalaktika – galaktika – yulduzlar – 
sayyoralar), geologik (planetar jism sharoitidagi materiya harakatining fizik va kimyoviy 
shakllaridan iborat), geografik (litosfera, gidrosfera va atmosfera doirasidagi materiya 
harakatining fizik, kimyoviy, biologik 1470 TD.va ijtimoiy shakllarini o‗z ichiga oladi) shakllar 


kiradi. Materiya harakati kompleks shakllarining muhim xususiyatlaridan biri shundan iboratki, 
ularda pirovard natijada materiyaning quyi shakli –fizik materiya etakchilik qiladi; geologik 
jarayonlar fizik kuchlar, chunonchi, gravitatsiya, bosim, issiqlik bilan tavsiflanadi, geografik 
qonunlar fizik va kimyoviy shartlar hamda Yer yuqori qatlamlarining o‗zaro nisbatlari bilan 
belgilanadi.
Makon va vaqt falsafa tarixida. Bizni qurshagan dunyo mazmuni, borliqning umumiy xossasi 
bo‗lgan borliq haqida so‗z yuritar ekanmiz, makon va vaqt tushunchalarini chetlab o‗tishimiz 
mumkin emas. Zero, har qanday jism, narsa, hodisa doim borliqning boshqa predmetlari va 
hodisalari bilan yonma-yon keladi, ko‗lamlilik xususiyatiga ega bo‗ladi. Shuningdek, ular o‗z 
ichki va tashqi holatlarini bir-biriga nisbatano‗zgartiradi va bu turli hollarda har xil tezlik, 
marom, sur‘at va davomlilik bilan yuz beradi. Alohida holda, ayrim yagona deb qaraladigan bu 
ko‗rsatkichlar majmui bizga vaqt haqida tasavvur beradi. Makon va vaqt o‗z rang-barangligida 
cheksiz borliqning shakllari sifatida amal qiladi. Makon va vaqt mohiyati haqida odamlar o‗z 
rivojlanishining dastlabki bosqichlaridayoq fikr yuritganlar va o‗tmishning aksariyat 
mutafakkirlari ularning tabiatini aniqlashga harakat qilganlar. Bu, avvalo, inson amaliyoti va 
bilishining rivojlanishi bilan bog‗liq bo‗lgan. Zero, ular kengayib va takomillashib, mazkur 
kategoriyalarni yanada aniqroq va teranroq tushunishni talab qilgan. Xususan, antik davrdayoq 
falsafadan ko‗lamli shakl lar va ularni o‗lchash usullari haqidagi fan sifatida ajralib chiqqan 
geometriya dastlabki aniq fanlardan biriga aylandi. Vaqtga astronomik kuzatishlar hamda 
koinotning boqiyligi va inson hayotining tezoqarligi haqidagi mulohazalar nuqtai nazaridan ham 
alohida e‘tibor qaratilgan. Keyinchalik «makon» va «vaqt» kategoriyalariga qiziqish hech 
qachon susaymagan. Ular bilan bog‗liq ko‗p sonli masalalar yuzaga kelgan. Ularning eng 
muhimlaridan biri quyidagicha yangraydi: makon va vaqt mustaqil mohiyatlarmi yoki ular faqat 
nimagadir bog‗liq holda keladimi? Shu munosabat bilan falsafa tarixida shakllangan ikki muhim 
va bir-biridan butunlay farq qiladigan yo‗nalish – substansional va relyasion yo‗nalishlarni 
farqlash mumkin.
Substansional yo‗nalishda makon va vaqt materiya va ongga bog‗liq bo‗lmagan mustaqil 
mohiyatlar sifatida amal qiladi. Substansional konsepsiya asoschilari Demokrit (makon 
muammosi bo‗yicha) va Platon (vaqtga nisbatan yondashuvlarda) Demokrit atomlar 
harakatlanuvchi bo‗shliq amalda mavjudligi haqidagi yondashuvni ilgari surgan. Uning fikricha, 
bo‗shliqsiz atomlar harakatlanish imkoniyatidan mahrumdir. Demokrit va Epikur makonni 
atomlardan iborat joy, deb tasavvur qilgan va uni bo‗shliq bilan tenglashtirgan. Makon mutlaq, 
bir jinsli va harakatsiz bo‗ladi, vaqt esa bir tekis oqadi, deb hisoblangan. Makon ob‘ektiv, bir xil 
va cheksiz. U atomlar joylashadigan joy. Vaqt (zamon)ni abadiyat bilan tenglashtirish mumkin, u 
o‗tmishdan kelajak sari bir maromda kechuvchi sof davomlilikdan iborat. Vaqt – voqealar yuz 
beruvchi joy.
Makonning uch o‗lchovligi. Makonning uch o‗lchovliligi hanuzgacha ilmiy-nazariy jihatdan 
aniq isbotlanmagan. Makon va vaqtning cheksizligi hamda tuganmasligi, makonning uch 
o‗lchovliligi, vaqtning bir yo‗nalishligi, orqaga qaytmasligi makon va vaqtning asosiy xossalari 
sifatida qaralishi lozim. Biz makroskopik tajribada ko‗radigan ob‘ektlar uch o‗lchovli 
ko‗lamlilikka – uch o‗lchovdagi o‗lchamlilikka ega.
Xulosalar. Hozirgi zamon olimlari materiya harakatining texnik, kibernetik va informatsion 
shakllari to‗g‗risida so‗z yuritmoqdalar. Bu masalalar ko‗p jihatdan bahs lidir. Ammo shu narsa 
shubhasizki, ob‘ektiv borliqni yanada chuqurroq o‗rganish na faqat mavjud tasniflarning 
mufassallashuvi va takomillashuviga, balki materiya harakatining yangi shakllari to‗g‗risidagi 
g‗oyalar va nazariyalar paydo bo‗lishiga ham olib keladi. Zero, har bir shakl butun olam 
universal rivojlanish jarayonining imkoniyatlaridan birini ro‗yobga chiqarishga xizmat qiladi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin