O N A T I LI o ‘Q IT I S H M E T O D IK A S I
(Eng kerakli asosiy joylari qirqib olindi)
Metod aslida yunoncha ,,metodos“ so'zidan olingan bo‘lib, „bilish
va tadqiqot yo ‘li“, „nazariya“, „ta’limot“ kabi ma’nolami bildiradi.
Metodika fani quyidagi masalalarni o'rganadi:
1. O'qitishning vazifalari va mazmunini aniqlaydi. Nimani o'qitish kerak? savoliga javob beradi, ya’ni boshlang'ich sinflar ona tili kursining dasturlarini, ta ’lim mazmunini belgilab beradi, o'quvchilar uchun darsliklar va qo'llanmalar yaratib, ularni takomillashtirib, samaradorligi va muvofiqligini doimiy nazorat qilib boradi.
2. O'qitish metodlari, tamoyillari, usullari, dars va uning turlarini, o'quvchilar amaliy ishlari - mashqlar va yozma ishlaming izchil tizimini ishlab chiqadi, ya’ni „Qanday o'qitish kerak?" savoliga javob tayyorlab beradi.
3. O'quvchilarga ona tilidan bilim berish va ko'nikma hosil qilishda ilmiy nuqtai nazardan eng foydali shart-sharoitlar haqidagi masalalarni hal qiladi, ya’ni „Nega xuddi mana shunday o'qitish kerak?“ savoliga javob tayyorlaydi.
Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi fani quyidagi bo'limlarni o'z ichiga oladi:
1. Savod o‘rgatish metodikasi 2. 0 ‘qish metodikasi. 3. Grammatika, fonetika, so'z yasalishini o'rganish metodikasi. 4. Nutq o‘stirish metodikasi.
Ona tili o‘qitish metodikasining tamoyillari
1. Til materialiga, nutq organlarining o‘sishiga, nutq malakalarining
to‘g‘ri rivojlanishiga e’tibor berish tamoyili.
2. Til ma’nolarini (leksik, grammatik, morfemik, sintaktik ma’nolarini) tushunish tamoyili.
3. Tilga sezgirlikni o'stirish tamoyili.
4. Nutqning ifodaliligiga baho berish tamoyili.
5. Og'zaki nutqni yozma nutqdan oldin o'zlashtirish tamoyili.
Tekshirish metodlari 2 xil:
1. Nazariy tekshirish metodlari. 2. Empirik metod (tajribaga asoslangan metod).
1931-yil 5-sentabrda qabul qilingan „Boshlang'ich va o'rta maktab haqida“gi, 1932-yil 25-avgustda qabul qilingan „Boshlang'ich va o 'rta maktab o'quv dasturlari rejimi haqida“gi qarorlar yuqoridagi kabi yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklami bartaraf qilishda va o'quv mashg'ulotlari tizimini ishlab chiqishda maktabga va o'qituvchilarga yord.b
1955-yildan boshlab pedagogika institutlari qoshida boshlang'ich ta ’lim o'qituvchilari tayyorlaydigan fakultetlar ochila boshlandi.
1998-yil 13-maydagi„O'zbekiston Respublikasida umumiy o'rta ta ’limni tashkil etish to 'g ‘risida"gi 203-sonli qarorida umumiy o 'rta ta’lim ikki bosqichdan iborat qilib belgilandi:
1. Boshlang'ich ta ’lim.
2. Umumiy о 'rta ra ’lim.(Boshlangich 4-sinfgacha bo`ldi)
Boshlang'ich sinflarnig ona tili dasturi ikki qismdan iborat:
1. Tushuntirish xati.
2. Asosiy qism.
Tushuntirish xatida ona tili predmetining tutgan o'rni, lining vazifalari ko'rsatilib, metodik yo‘l-yo‘riqlar beriladi.
Dasturning asosiy qismi quyidagi bo'limlardan tashkil topgan:
1. Savod о ‘rgatish va nutq о 'stirish.
2. Sinfda, sinfdan tashqari о 'qish va nutq о ‘stirish.
3. fonetika, grammatika, imlo va nutq o'stirish.
0 ‘qish va yozish — nutq faoliyatining turi.
1993-yil 2-sentabrdagi „Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriv etish to'g'risida"gi qonunga muvofiq o'zbek tili yozuvi uchun lotin grafikasi asos qilib olindi.
Ma’lumki, tovush metodi bilan xat-savod o'rgatishga Rossiyada K.D.Ushinskiy asos solib, u sintetik tovush metodini q a t’iy himoya qilgan.
Analitik-sintetik (tovush-tarkib) tovush metodiga K.D.Ushinskiy asos solgan.
Savod o‘rgatish jarayoni:
a) alifbogacha tayyorgarlik davri (2 hafta);
Dostları ilə paylaş: |