Bob. Ertak personajlarning bolalar tasavvurini oshirishdagi ahamiyati



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə18/22
tarix02.01.2022
ölçüsü1,35 Mb.
#42740
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
II bosqich. Sahnalashtirish uchun tanlangan hikoya, she’r, ertakning mazmunini o’qib berish yoki qo’g’irchoq, soya teatrida ko’rsatish orqali tanishtiriladi.

/// bosqich. eslab qolish. Asarni bolalar eslab qolishlari uchun uni qayta o’qib berish, postanovka ko’rsatish, rasmlar namoyish etish, didaktik o’yinlardan foydalaniladi.



IV bosqich. O’yin qiziqarli o’tishi va uzoq davom etishi uchun o’yinga kerakli materiallar, kiyimlar tayyorlab berish va shu bilan birga to’g’ri rahbarlik qilish kerak. Bu ishni tarbiyachi bajaradi, katta guruhda esa tarbiyachi yordamida u bilan birgalikda bolalar bajarishadi. Tarbiyachi bir qancha ertakka doir rasmlar ko’rsatadi. Masalan, «Teremok» ertagiga kostyum tanlash uchun «Qo’lqopcha» ertagiga tayyorlangan rasmlardan foydalanish mumkin. Bolalar teremok oldidagi archani mustaqil bo’yashlari, kostyumga archaning ninachalarini sanchib qo’yishlari, xo’roz uchun pat qirqishlari mumkin. Maktabgacha yoshidagi bolalar har doim ham o’zlari mustaqil ravishda sahnalashtirilgan o’yinlarni o’ynab keta olmaydilar. Buning uchun bunday o’yinlarni o’ynashga bolalarda qiziqish o’yg’otish kerak.

J; Bunga qanday erishiladi? Buning uchun tarbiyachi har xil yo’llardan foydalanadi. Masalan, tarbiyachi bolalarga ertakni yodlab, uni sahnalashtirish va bu spektaklni ota-onalar majlisida yoki kichkina bolalarga ko’rsatishni taklif ztadi. Bunda rollarni bo’lish va uni o’ynash juda katta ahamiyatga ega. Rollarni bo’lishda bolalarning xohishlarinigina emas, balki uni yaxshi bajarishlarini ham e’tiborga olish lozim. Agar bola rolni yaxshi o’ynay olmasa, unday bola bilan alohida shug’ullanish kerak va bu bolaga o’ng’ay rolni ajratish kerak.

Guruhlarda shu yoshdagi bolalarga xos bo’lgan ertaklar, hikoyalar ularga tanish bo’lib qolgandan keyingina sahnalashtirish boshlanadi. «SHolg’om»,

«Bo’g’irsoq» kabi ertaklar sahnalashtiriladi. Tayyorlov guruhida bu ish davom ettiriladi. Sahnalashtirish uchun ertaklargina olinmasdan, badiiy asarlar, xususan she’rlar ham olinadi. Sahnalashtirish o’yinlariga guruhlariga qarab har xil rahbarlik qilinadi. Masalan, tarbiyachi o’rta guruh uchun asosan harakatni aks ettiruvchi asarlar tanlaydi, katta guruh bolalari uchun esa asar qahramonlarining ancha murakkab munosabatlari, ularning kechinmalari, qayg’ulari aks ettirilgan asarlar tanlanadi.

Tarbiyachi bajarilgan ishning hisobini olib boradi. Bolalarga qaysi asar yoqqanini, ular ko’proq qaysi asarni sahnalashtirishni yoqtirishlarini, qaysi bola topshirilgan rolni yaxshi ijro etolganini, rollarni ijro etishda bolalarda qanday qiyinchiliklar vujudga kelganini yozib boradi. Mana shu asosda bo’lg’usi sahnalashtiriladigan o’yinlar jonlantiriladi.

Kichkina (3-4 yosh )guruhda rolni ko’pincha tarbiyachining o’zi taqsimlaydi, katta guruhda esa kim qanday rolni o’ynashini bolalar o’zlari kelishib oladilar.

Pedagog bolalar o’yiniga rahbarlik qilar ekan , quyidagi talablarga ye’tibor berishi zarur:


    • o’yin mazmunini ta’lim-tarbiya beruvchi ahamiyatga ega bo’lishi, aks yettirliayotgan narsalar haqidagi taszvvurlar to’g’ri va to’la bo’lishi;

    • o’yin harakatlariga faol, ma’lum maqsadga qaratilgan, ijodiy xususiyatga e g a bo’lishi kerak;

    • hamma va ayrim bolalarning qiziqishlarini ye ’tiborga olgan holda o’yinga rahbarlik qilish;

    • o’yinchoqlarni va boshqa kerakli materiallardan maqsadga muvofiq foydalanish;

    • bolalarning o’yinda xayrixoh va xursand bo’lishlarini ta’minlash lozim.

Pedagog bolalar o’yiniga rahbarlik qilar e k a n , bola shaxsining hamma tomonlariga: ongiga, his tuyg’ulariga, irodasiga, hulqiga ta’sir e tishi va bundan bolalarni aqliy, axloqiy, yestetik va jismoniy tomondan tarbiyalashda foydalanishi lozim.

O’yin jarayonida bolalarning bilimlari va tasavvurlari boyib, chuqurlashib boradi. O’yinda u yoki bu rolni bajarayotib, bola o’zining butun diqqatini o’yinga qaratishi lozim. Bola o’ynayotganda qishilar mehnati, ularning aniq harakatlari, munosabatlari to’g’risidagi tasavvuri yetarli e m a s ligini sezib qoladi, buning natijasida kattalarga savol bera boshlaydi. Tarbiyachi bolalarning bunday savollariga javob berib, ularning bilimlariga aniqlik kiritadi, boyitadi.

Tarbiyachi o’yin orqali bolalarda ona-vatanga, o’z xalqiga boshqa millat qishilariga ijobiy munosabatni shakllantiradi, mustahkamlaydi. O’yin orqali tarbiyachi bolalarda jasurlik, to’g’rilik, o’zini tuta bilishlik kabi sifatlarni tarbiyalaydi.

O’yin bolalarda ijtimoiy ahloqni, ularning hayotga, bir-biriga bo’lgan munosabatini shakllantiruvchi o’ziga xos maktabdir. O’yinda bola qishilarning axloq­odob normalarini, mehnatga munosabatlarini bilib oladi.

Tarbiyachi bolalar o’yiniga rahbarlik qilayotib, ularni jamoa orqali ham tarbiyalab boradi. O’yin jarayonida bolalar o’z xoxishlarini jamoa xoxishi bilan kelishib olishga, o’yinda o’rnatilgan qoidalarga rioya qilishga o’rgandilar.

Ammo o’yinga to’g’ri rahbarlik qilinmasa, u noxush oqibatlarga ham olib kelishi mumkin. Tarbiyachi bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashda o’yindan keng foydalaniladi. Juda ko’pchilik o’yinlar bolalardan faol harakat qilishni talab yetadi, bu esa o’z navbatida organizmda modda almashinishini yaxshilaydi, qon aylanishini tezlashtiradi. Bundan tashqari faol harakat qilish bola gavdasini to’g’ri o’sishini, harakatlari chiroyli bo’lishini ham ta’minlaydi. O’yin orqali tarbiyachi bolalarda quvnoq kayfiyat yaratadi, ijobiy ruhiyat hosil qiladi, bu esa bolaning asab-ruhiy, jismoniy tarbiyasini

yaxshilaydi.

Syujetli-rolli o’yinning tarbiyaviy ta’sirining mohiyati unda bolaning ijtimoiy tajribalarini egallash va to’plashidadir. O’yinlar mazmuni bolani ahloqiy munosabatlarning keng doirasiga olib kiradi: g’amxo’rlik, o’zaro yordam mas’uliyati va shu kabilar. Bola o’yinda rol xatti-harakati qoidalarini egallash asnosida rolda mujassamlashtirilgan a h l o q i y qoidalarni ham o’zlashtiradi. Bolalar kattalar faoliyati sabablari va maqsadini, ularning o’z mehnatlariga, ijtimoiy hayotning voqea va hodisalariga, odamlarga, narsalarga munosabatini o’zlashtiradilar: o’yinda kishilarning turmushiga, ularning ishlariga, jamiyatdagi xulq-atvor norma va qoidalariga ijobiy munosabat shakllantiriladi. SHu asnoda

syujetli-rolli o’yin muomala madaniyatini shakllantirish vositasi sifatida ham yuzaga chiqadi.

Birgalikdagi jamoa o’yinlar ko’p darajada jamoalik tuyg’ularini shakllantirishni belgilaydi. O’yin umumiy niyatni qabul qilishni, harakatlarning muvofiqligini talab qiladi, kechinmalarni umumiylashtiradi. Jamoachilik hissiii tarbiyalashda o’yin chog’ida bolalar o’rtasida vujudga keladigan mavjud o’rtoqlik munosabatlari katta ahamiyatga ega bo’ladi: bolalar o’yin haqida kelishib olishadi, maqsadni amalga oshirishda bir-birlariga yordam beradilar, vaziyatni uyushtiradilar, ziddiyatlarni bartaraf etadilar. O’yinda rolli va o’rtoqlik munosabatlari qo’shilib ketadi: o’yin jamoasi ichidagi mavjud munosabatlar rollarning bajarilishini ta’minlaydi va nazorat qiladi. O’ynovchilarning bolaning butun faoliyatini rom etgan mavjud munosabatlar bolalar jamoasini shakllantirishning asosiga aylanadi.

O’yin bolalarga yestetik tarbiya berish vositasi sifatida ham keng qo’llaniladi. Bolalar tevarak-atrofdagi hayotni, voqealikni obrazlar, rollar orqali ham aks ettiradilar. O’yinda boolalarning avval olgan tassurotlari orqali obraz yaratishlari - hayol juda ham katta ahamiyatga ega. Bolalar juda ko’p o’yinlarda avval o’rgangan ashula, she’r, raqs, topishmoqlardan keng foydalanadilar. Bundan tarbiyachi bolalarda yestetik did, zavqni tarbiyalashda foydalanadi.

O’yin vaqtini tanlay bilish ham muhim ahamiyatga ega. Nonushta bilan mashg’ulot o’rtasida bolalar o’yiniga 8-10 daqiqa vaqt beriladi. Bunda bolalar ko’pincha avval boshlagan o’yinlarini davom ettiradilar. Sayrda bolalarning o’ynashlari uchun 1 soat - 1 soat 20 minut vaqt ajratiladi. Kundo’zgi uyqu va kechki nonushtadan keyin ham bolalar o’yinga vaqt beriladi. Bunda bolalar ko’proq syujetli­ rolli o’yinlarni, qurilish materiallari, qo’g’irchoqlar bilan, stol usti o’yinchoqlari o’ynashlari mumkin. SHu bilan birga e rmak o’yinlardan ham foydalaniladi.

Ammo o’yin bilan ta’lim o’rtasidagi bog’liqlik bola ulg’aygan sari o’zgarib boradi. Kichik guruhda o’yin ta’lim berishning asosiy shakli

hisoblansa, katta guruhga borganda esa mashg’ulotlarda ta’limning roli ortadi. Tayyorlov guruhiga borganda bolalarning o’zlarida maktabdagi o’qishga ishtiyoq uyg’onib qoladi.

Ammo bolalar uchun o’yinning qadri yo’qolmaydi, balki mazmuni o’zgaradi. endi bolalarni ko’proq fikriy faollikni talab yetuvchi o’yinlar, sport tarzidagi o’yinlar qiziqtira boshlaydi.


II bob yuzasidan xulosalar:

Ushbu bobda kichikbolalarda syujetli-rolli o’yinlarni shakllantirish samaradorligini oshirish alohida ahamiyat kasb etishini, ya’ni kichikbolalarda syujetli-rolli o’yinlarni shakllantirish vositalari, bolalarga ta’lim–tarbiya berishda syujetli-rolli o’yinlarni amalga oshirish va unga rahbarlik tashkil etishda tarbiyachi mahorati, muntazam o’qish va o’rganish, tashabbuskorlik , ijodiy izlanuvchanlik, yangiliklar yaratish, malakasini oshirish davr talabi ekanligi nuqtai nazardan yondashib, materiallar to’pladik va ishimizda yoritdik.



Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə