Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi



Yüklə 25,09 Kb.
səhifə1/4
tarix22.12.2022
ölçüsü25,09 Kb.
#77302
  1   2   3   4
Bolalar va o smirlar gigiyenasi


Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi — gigiyenaning bir sohasi; goʻdaklikdan boshlab j to 17—18 yoshgacha boʻlgan bolalar va oʻsmirlarning salomatligini saqlash va mustahkamlash masalalari bilan shugʻullanadi. Hayot sharoiti, oʻquvtarbiya va mehnatning oʻsayotgan organizmning kamol topishi va salomatligiga qanday taʼsir qilishini oʻrganish va shunga asoslanib, yosh avlodning sogʻlom oʻsishiga hamda har tomonlama toʻgʻri rivojlanishiga yordam beradigan gigiyena tadbirlarini ishlab chiqish Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi vazifasidir. Uning tavsiyanomalari shaxsiy, yaʼni har bir ayrim bolaga va muayyan bolalar guruhiga taalluqpi boʻlishi mumkin. Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi tashqi muhit omillarining bola organizmiga, uning hayot faoliyatiga, taʼlimtarbiyasiga taʼsirini oʻrganadi, oʻsayotgan avlodning barkamol hamda jismoniy va maʼnaviy jihatdan uygʻun rivojlanishi uchun zarur boʻlgan choratadbirlarni ishlab chiqadi.
Bolalar va oʻsmirlar sogʻligʻini oʻrganish va saqlash. Buning uchun biologik va ijtimoiy omillar, tashqi muhit hamda umumiy taraqqiyot qonunlarining bolalar va oʻsmirlar organizmiga taʼsirini oʻrganish talab etiladi. Har bir yoshga oid kasalliklarning kelib chiqish sabablarini aniqlash esa kasallikning oldini olish choratadbirlarini belgilash va hayotga tatbiq etish imkonini beradi. Hozirgi yosh avlodning sogʻligʻini belgilangan muddatda tekshira borish (tibbiy koʻrikdan oʻtkazish) bilan birga antropometrik usullarni qoʻllash orqali ularning jismoniy rivojlanishi aniqlanadi.
Shaxsiy gigiyena qoidalariga bolalar juda yoshligidanoq odatlanishi zarur. Bolada asosiy fiziologik jarayonlar — uyqu, uygʻoqlik, ovqatlanish (emish)ning oʻz vaqtida almashinib turishi ayniqsa bolaning birinchi yoshida katta ahamiyatga ega. Har kuni maʼlum soatlarda ovqatlanish (emish), uxlash va shahri k. bolaning oʻsishi va rivojlanishiga, ayniqsa nerv sistemasiga yaxshi taʼsir qiladi. Bolani hamisha maʼlum vaqtda (har 3—3,5 soatda) emizish tartibiga amal qilish lozim. Yosh bola hamisha maʼlum vaqtda uxlab, maʼlum vaqgda uygʻonishi uchun qulay sharoit yaratish, uxlaganida uni tinch qoʻyish, uygʻoqligida esa koʻruv va eshituv aʼzolariga turli yoʻllar bilan taʼsir etish (kattalarning gapsoʻzlari, rangli, jarangdor oʻyinchoqlarga bola diqqatini jalb qilish), gavda vaziyatini oʻzgartirib turish (bolani vaqtvaqti bilan qoʻlga olish yoki qorni bilan yotqizib qoʻyish) kerak. Bola nechogʻli yosh boʻlsa, organizmi dam olish va uxlashga shuncha koʻp ehtiyoj sezadi. Uni ochiq havoda (qishda ham) har kuni kamida 2 soat sayr qildirish, oʻynatish zarur. Shunda qon kislorodga yolchib, organizmdagi almashinuv jarayonlari bir maromda kechadi.
Bolalar va oʻsmirlar faoliyati gigiyenasi. Bunda bolalarning sogʻligʻiga qarab ish faoliyatini belgilash va astasekin oshira borish hamda charchashning oldini olish tadbirlarini koʻrish asosiy masala hisoblanadi. Shunga asosan yasli, bogʻcha, maktab yoshidagi bolalarning yoshiga moye keladigan kun tartibi joriy qilinadi. Oʻsib kelayotgan organizmning xususiyatlarini hisobga olgan holda, maktab oʻquvchilarining mashgʻulot tartibi ularning yoshiga qarab turlicha belgilanadi. Uyda dars tayyorlashga ajratilgan vaqt 1sinf oʻquvchilari uchun 1— 1,5 soat, 3—4 sinf oʻquvchilari uchun 1,5—2 soat, 5—6 sinf oʻquvchilari uchun 2 soat, 7—8 sinf oʻquvchilari uchun 2,5—3 soat, 9—10 sinf oʻquvchilari uchun 3—4 soat boʻlishi kerak. Bola dars tayyorlagan vaqtda har 40—45 min.dan keyin 10—15 min. dam olishi zarur. Bolalar dars tayyorlab charchamasligi uchun mashgulotlardan keyin turli oʻyin, sport, foydali mehnat bilan shugʻullanishlari yaxshi natija beradi.
Tashqi muhit gigiyenasi. Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasining bu qismida bolalar va oʻsmirlar muassasalari loyihasini tuzish va kurishda gigiyena tadbirlarini koʻzda tutish, jumladan ularni aholi yashaydigan joylarga qurish, xonalar yorugʻ va issiq boʻlishi, sanitariyatexnika inshootlari toʻgʻri qurilishi, toza havo, ichimlik suv hamda bolalar uchun moʻljallangan jihozlar bilan taʼminlanishi kerak.
Bolalar va oʻsmirlarning ovqatlanish gigiyenasi. Bunda oziq-ovqat mahsulotlarining ahamiyati, bolalar muassasalari (bolalar uylari, sanatoriylar, tashkil qilingan sayohat va yurishlar)da ovqatlanish tartibi oʻrganiladi hamda oʻsish davrida energiya sarfi meʼyori ishlab chiqiladi. Bolalarga toʻyimli, mazali va xilmaxil ovqat berish, ovqatda oqsil, yogʻ, uglevod, vitamin, mineral tuzlar yetarli boʻlishi kerak. Toʻgʻri ovqatlanish bolaning turli kasalliklarga chidamini oshiradi, aqliy, jismoniy va mehnat qobiliyati barkamol boʻlishini taʼminlaydi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi va maktab yoshidagi bolalar 4— 4,5 soatda ovqatlanishi kerak. Nonushtada sutkali kaloriyaning taxminan 25%ini beradigan oqsillarga boy sabzavot, guruchdan pishirilgan ovqatlar, tushlik sutkali kaloriyaning 35—40%ni, kechki ovqat sutkali kaloriyaning taxminan 20—25%ini tashkil etishi va birmuncha yengil sutli, sabzavotli hamda yormadan pishirilgan ovqatlardan iborat boʻlishi lozim. Sutkali kaloriyaning qolgan 10—15%ni ikkinchi nonushtadan yoki tushlikdan keyin isteʼmol qilgan maʼqul.
Bolalar va oʻsmirlarga tibbiy xizmat koʻrsatish. Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasining bu qismida tibbiy xizmat koʻrsatishni ilmiy nuqtai nazardan ishlab chiqish hamda epidemiyaga qarshi tadbirlar koʻrish moʻljallangan. Salomatligi zaiflashib qolgan, nimjon (revmatizm, tonzillit, sil intoksikatsiyasi bilan ogʻrigan), shuningdek kasallikdan tuzalib kelayotgan bolalar uchun bolalar poliklinikasi yoki maktab vrachi ishtirokida alohida tartib tuziladi; ana shunday kasalliklarni boshdan kechirgan asabiy bolalarning oʻqishini davom ettirishi hamda salomatligini tiklay borishi uchun maxsus sharoit yaratiladi (sanatoriy maktablari va boshqalar). Bunday muassasalarda oʻqish bilan birga shifobaxsh badantarbiya, fizioterapiya, maxsus parhez, sof havodan koʻproq bahramand boʻlish kabi davo usullari qoʻllaniladi. Bolani yoshligidan boshlab toʻgʻri uyushtirilgan jismoniy tarbiya va chiniqtirish tizimiga oʻrgata borish katta ahamiyatga ega. Hayotining birinchi oylarida massaj va jismoniy mashklar bilan birga toza havodan bahramand qilish, keyinchalik esa sochiqni hoʻllab badanni artish, choʻmilish, kattaroq yoshdagi bolalarni dushga tushirib yoki ustidan suv quyib choʻmiltirish bola organizmining kasallikka chidamini oshiradi va baquvvat qiladi. Bu tadbirlar muntazam boʻlishi va vrach bilan maslahatlashib olinganidan keyingina tatbiq etilishi kerak. Bolalar va oʻsmirlar muassasalarida hamma gigiyena mezonlari va tavsiyanomalariga rioya qilinishini shahar va qishloq tumanlarining sanitariyaepidemiologiya st-yalaridagi sanitariya vrachlari nazorat qilib turadi.[1]
Yosh, o’sayotgan bolalarni salomatligini, ularning turli davrlardagi o’sish va rivojlanishini nazorat qilish, kasalliklarni oldini olish, yosh bolalar organizmini chidamliligini oshirish va kasalga chalingan bolalarni davolash tadbirlarini samarali bo’lishi uchun tarbiyachi, pedagog va pediatorlar o’sayotgan organizmni fiziologik xususiyatlarini yaxshi bilishlari kerak. Shuning uchun ushbu darslik nobiologik fakultetlarning bakalavlari hamda barcha oliy o’quv yurtlarida yangidan tashkil qilingan «Kasbiy ta’lim» yo’nalishida ta’lim olayotgan bakalavrlarning «Yoshga oid fiziologiya va o’quvchilar gigiyenasi» hamda «Odam hamda hayvonlar fiziologiyasi» mutaxassisligi bo’yicha tayyorlanayotgan magistrlarning tanlov fanlari dasturlariga kiritilgan qo’shimchalar hisobga olingan holda tayyorlandi.
Shuni qayd qilish kerakki, darslikda yoshga oid fiziologiya va o’quvchilar gigiyenasiga oid ma’lumotlar talabalarga tushunarli va qulay shaklda mujassamlangan. Hozirda chop etilayotgan darslik va o’quv qo’llanmalar ekologik omillarni atrof muhitga va undagi barcha tirik jonzotlarga ko’rsatayotgan ijobiy va salbiy ta’siri hisobga olingan holda tayyorlanmoqda. Ushbu darslik ham ana shu ekologik omillarni ta’sirini hisobga olgan holda tayyorlangan va imkon darajasida yetuk mutaxassislarni maslahatlari, hamda internet ma’lumotlaridan keng foydalanilgan.
O’zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi va Toshkent Davlat pediatriya institutlari va elektron axborot ommaviy vositalarida e’lon qilingan, uzoq va yaqin xorijiy mamlakatlar olimlari tomonidan «Yosh fiziologiyasi va gigienasi» fani bo’yicha tayyorlangan dissertasiyalar va ilmiy maqolalardan jamlangan ma’lumotlarga ega bo’lganligimiz sababli, ushbu darslikni tayyorlashga qo’l urdik. Ushbu darslik «Yosh fiziologiyasi va gigienasi» deb ataladi, chunki biz unda bola tug’ilganidan, to maktabni bitirguniga qadar (balog’at yoshiga yetguncha) bo’lgan davrlarda, ular organizmida kuzatiladigan fiziologik jarayonlarga va aynan shu davrlarda talab qilinadigan sanitariya va gigiyena qoidalariga to’xtaldik.
Ma’lumki, organizmdagi to’qimalar, organlar tizimi va organlarning morfo-funksional jihatlari va ular faoliyatlarining ontogenezda shakllanishi ko’proq, laboratoriya va qishloq xo’jalik hayvonlarida tajribalar o’tkazish yo’li bilan o’rganiladi. Olingan ma’lumotlar o’quvchiga qiziqarli va tushunarli bo’lishi uchun ularni bir-biriga taqqoslash paytida organlar faoliyatning rivojlanish qonuniyatlarini roliga ham e’tibor berilgan. Ammo, yoshga oid fiziologiya jarayonlarini o’rganish davrida ko’zlangan maqsadga muvofiq, bolalarda va hayvonlarda olingan ma’lumotlardan o’z o’rnida foydalanish talab etiladi. Bundan tashqari insonlar va hayvonlar hayot faoliyati uchun talab qilinadigan gigienik qonun qoidalar ham bir – biridan farq qilishi ma’lum.
Shulardan kelib chiqib fiziologik jarayonlarning ko’rsatkichlarini yoshga, jinsga va turga bog’liq holda o’zgarish dinamikasiga ko’proq ahamiyat berilgan.
Mazkur darslik pedagogika, kasbiy ta’lim yo’nalishi bakalavrlariga mo’ljallangan bo’lib, talabalarning o’sayotgan organizmi faoliyatlari to’g’risidagi va ularga qo’yiladigan gigienik talablar haqidagi aniq tushunchalarga ega bo’ladilar deb umid qilamiz.
Yoshga oid fiziologiya va o’smirlar gigiyenasi bilan shug’ullanuvchi kasbdoshlarimiz darslikni tayyorlashda yo’l qo’yilgan kamchiliklarga qaramay uni xayrihoxlik bilan qabul qiladilar va o’zlarining qimmatli fikr va mulohazalarini bildiradilar, yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarni tuzatishga yordamlashadilar deb umid qilamiz.

Yüklə 25,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin