Bolalarni aqliy faoliyatini yuksaltirish va ularning mustaqilligini rivojlantirishda erta ta’lim, mayda matorika hamda mental arifmetikaning o’rni. Ashirova O’g’iloy Abduvali qizi
Bolalarni aqliy faoliyatini yuksaltirish va ularning mustaqilligini rivojlantirishda erta ta’lim, mayda matorika hamda mental arifmetikaning o’rni. Ashirova O’g’iloy Abduvali qizi, Mavlonova Sitorabonu Alisher qizi Guliston davlat universiteti magistrlari Annotatsiya: maqolada bolalarni aqliy faoliyatini yuksaltirish va ularning mustaqilligini qanday rivojlantirish to’g’risida ma’lumotlar berilgan, miyaning faol ishlashi uchun inson ham faol harakatda bo’lishi kerakligi ta’kidlangan. Ota- onalarga bu borada tavsiyalar berilgan.
Kalit so’zlar:miya faoliyati, erta ta’lim, jismoniy harakatlar, mayda matorika, emaklash, nutq qobiliyati, mustaqillikni rivojlantirish, mental arifmetika.
Bolalarning erta rivojlanishida ikkita asosiy maqsad – aqliy qobiliyatni rivojlantirish va mustaqillikni tarbiyalash hisoblanadi. Bunga erishish uchun, birinchidan, atrof- muhitdan jismoniy rag’batlarni olishi uchun imkoniyat yaratish, ikkinchidan, go’dakning shaxsiy qiziqishini rag’batlantirish va qabul qilishi uchun ma’lumotlarni tanlashiga ruxsat berish kerak.[1,161-bet].
Inson bir joyda tinch holatda ko’p o’tirganida unda qon aylanishi yaxshi bo’lmaydi, ya’ni miyaga qon yaxshi yetib bormaydi, qon orqali miyaga kislorod yetib borishini inobatga olsak, miyaga kislorod yaxshi yetib bormasa, aqliy faoliyat ham yaxshi bo’lmaydi. Demak, biz qancha faol harakat qilsak, miyamiz ham shuncha yaxshi ishlaydi.
Kuzatuvlarimiz natijasida shunga ayon bo’ldikki, sho’x ya’ni tinmay harakatlanadigan bolalarning og’ir- bosiq bolalarga qaraganda xotirasi yaxshi, miya faoliyati faol ekanligiga amin bo’ldik. Harakatchan bolalarga ta’lim- tarbiya to’g’ri berilsa, kelajakda ulardan yetuk insonlar yetishadi. Harakteri og’ir- bosiq lekin ilm olishga qiziquvchan bolalar bilan ishlashda esa, ular bilan ko’proq jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishni tavsiya berardik. Misol uchun bog’chada, harakatlar bilan birga o’rgatiladigan she’rlarni bolalar tezda yod olishadi. Misol uchun:
“Bog’bon chiqar bog’iga,
Cho’pon ketar tog’iga.
Bolarilar g’uvillab,
Qo’nar gul yaprog’iga,
Suvlar shildirab oqar,
Qo’shig’i dilga yoqar.
Bizga shodlik keltirding,
Salom, senga gul bahor”.
She’rini olishimiz mumkin. She’rni bolalar tez yodlanishining birinchi sababi she’r harakatlar bilan birga o’rgatilishi bo’lsa, ikkinchi sababi, o’sha vaqtda miyaning faol harakatda ishlayotganligidir.
Bolalarni o’tqizib qo’yib, ularga tarbiyachi tomonidan bir she’rni qayta- qayta aytib yodlatish esa boladan ko’proq diqqat- e’tibor va kuch talab etadi.
“Sport psixologiyasi bo’yicha mutaxassis olim bir tajriba olib bordi. Bolalar bog’chasida bolalarning aqliy faolligini o’rganish uchun u muayyan vaqtda Krepelin testini o’tkazdi. Sport tadbirlari mavsumida bolalarning test topshirish tezligi sezilarli darajada oshdi. Gap shundaki, jismoniy mashqlar miya hujayralari ishini rag’batlantiradi. Oddiy qilib aytganda, agar siz faol harakat qilsangiz, miyangiz ham faol ishlaydi.
Kreplin testlarining natijalari ko’rsatishicha, bu nafaqat mayda motorika, balki butun tana bo’yicha mashg’ulotlarga tegishlidir. Haqiqatdan ham, sog’ tanda sog’lom aql.
Xuddi shu tana harakatlari orasida so’nggi yillarda oyoq- qo’l harakati, ayniqsa, barmoqlar harakatiga e’tibor qaratmoqdalar. Barmoq uchlarini mashq qildirish miya hujayralari ishini yaxshi rag’batlantiradi, shuning uchun skripka yoki pianino chalishni erta o’rganganlar orasida aqilli bolalar juda ko’p.”[1,164-166].
Biz barmoq uchlarini mashq qildirib, miya hujayralarini yaxshi ishlashiga mental arifmetika ham juda katta foyda berishini aytmoqchimiz. Mutaxasislarning fikricha bu dastur 4 yoshdan 16 yoshgacha bo’lgan bolalarni rivojlanishiga ancha yaxshi yordam beradi.Tajribalar shuni ko’rsatadiki, har qanday yoshdagi bolalar darslarni tezda qabul qilib , ishtiyoq bilan bajaradilar.
Mental arifmetikasi – bu yuqori sifatli dastur bo’lib, matematik amalni miyada kalkulyatordan ham tezroq hisoblashni o’rgatadi. Mental arifmetika dasturi bolada quyidagi malakalarni rivojlantirishga yordam beradi.
Ushbu dastur bo’yicha ta’lim olayotgan bolalar nafaqat matematikadan balki boshqa fan sohalarida ham muvaffaqiyatga erisha oladilar. Bu yerda ular o’ziga ishonuvchanlikka va qiyinchilikni yenga olishga ega bo’ladi. Bolalarni hozirgi kunda chalg’ituvchi omillar ko’p bo’lganligi sababli, o’qishga qiziqishi qiyin bo’lganda, aynan shu muammoda mental arifmetika ota-onaga yordam beradi.
Aqliy arifmetika bilan shug’ullanganlar nimalarga ega bo’ladi?