O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Kurash fakulteti MK 51-19-guruh bosqich talabasi Abdullayeva Sarviniso Abduvali qizi
Kurashchi faoliyatida tiklanish turli vositalarining ahamiyatini ekspert baholash yo‘li bilan o‘rganish
Toshkent-2023
KIRISH
Ma’lumki, kurash sporti yoshlarning jismoniy madaniyatini takomillashtirishning asosiy vositalaridan biridir. Bundan tashqari, kurash eng qadimiy, hammabop va keng tarqalgan sport turidir. Qadimda xalqimiz ichida epchillik, chaqqonlik, kuchlilik va irodaviy fazilatlarni o‘zlarida mujassam etgan kishilar ko‘p bo‘lgan. Ushbu fazilatlar va yuksak texnik-taktik mahoratga ega bo‘lgan mashhur kurashchilarni o‘zbek xalqi polvonlar deb atashgan.
Buyuk alloma Abu Ali Ibn Sinoning “Tib qonunlari” kitobida kurash insonni ruhiy va jismoniy holatini yaxshilashning muhim vositasidir deya e’tirof etilgan. She’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy asarlarida esa kuchli kurashchilarning bellashuvlari tasvirlangan hamda ba’zi usullarning ta’rifi keltirilgan. Ushbu asarlardan ko‘rinib turibdiki, o‘zbeklarda usullar tizimi yetarlicha rivojlangan milliy kurash sporti mavjud bo‘lgan. Kurash sohasidagi yetakchi mutaxassislar A.Atoyev, F.A. Kerimov, K.Yusupov, N.X.Azizov, J.Toshpo‘latov, U.Ibrohimov, Z.Jumayevlarning ilmiy-uslubiy manbalarida tasdiqlanishicha, ajdodlarimizning madaniy taraqqiyoti ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va maishiy rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan. Bu esa kurash, xalqimizning etnik madaniy turmush tarzi, jismoniy madaniyati bilan uyg‘unlikda taraqqiy etib kelganligidan dalolat beradi. Shu bilan birga kurashning tarixiy taraqqiyotini, turli ijtimoiy tuzumlar davridagi madaniyat, ma’rifat, tarixiy voqealar hamda an’analardan alohida ajratib o‘rganib bo‘lmaydi.
Mustaqillik sharofati va kurash mutasaddilarining tinimsiz sa’y- harakatlari natijasida kurash jahonda yangi sport turi sifatida taraqqiy topdi. Ayniqsa, 1992-yilning 14-aprelida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov o‘zbek kurashining jonkuyarlaridan biri Komil Yusupovni suhbatga chorlagani va 1999- yilning 1-fevralida “Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasini qo‘llab-quvatlash to‘g‘risida”gi farmonini imzolagani, kurashimiz istiqbolini belgilab bergan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2017-yil 2-oktabrdagi “Kurashni rivojlantirish chora-tadbirlari” qaroriga asosan 6-sentabr kurash kuni deb e’lon qilinishi o‘zbek kurashini olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritish uchun dasturi amal bo‘lmoqda.
I BOB. Kurash turlari va uslubiyati fani mohiyatini aniqlash
Mutaxassis bahosi orqali kurashchi faoliyatida tiklanishning turli vositalarining ahamiyatiga bag'ishlangan kurs ishi kurashchilar uchun mavjud bo'lgan turli tiklash usullarini o'rganish va ularning samaradorligini baholashni o'z ichiga oladi. Kurs ishining maqsadi turli tiklash usullari kurashchining ishlashiga qanday ta'sir qilishini chuqurroq tushunish va kurashchilar uchun eng samarali tiklanish strategiyalarini aniqlashdan iborat bo'ladi.
Kurashchilarga e'tibor qaratgan holda sportchilarni tiklash usullari bo'yicha mavjud tadqiqotlarni adabiyotlarni ko'rib chiqishni o'z ichiga oladi. Bu faol tiklanish, passiv tiklanish va psixologik tiklanish kabi turli xil tiklanish usullarini va ularning ishlashga ta'sirini o'rganishni o'z ichiga oladi.
“Oynoma”da berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, sosoniylar davrida zodagonlarning bolalari 6 yoshgacha ota-onalarining uyida yashagan, 7 yoshga yetgandan keyin davlat tarbiyasiga o‘tkazilib, hukmdorlar ixtiyorida bo‘lgan maxsus maktablarga joylashtirilgan va 19 yoshga yetgunga qadar ana shu maktabda tahsil ko‘rgan. O‘z bilimi va bahodirligi bilan mashhur bo‘lgan kishilar shu maktablarda murabbiylik vazifasini o‘taganlar. Eng muhimi ushbu maktablarda bolalarni jismoniy tarbiyalash masalasiga alohida e’tibor berilgan2.
Buyuk alloma Ibn Sino badantarbiyani ikkiga bo‘ladi. Birinchi turi, bu odamning ish jarayonida qiladigan harakatlari, ikkinchisi esa maxsus badantarbiya harakatlari. Besh jilddan iborat “Al-qonun”da kishi tanasi tuzilishining tavsifi kasalliklar etimologiyasi sog‘lom hayot kechirish haqida ta’limot, kasalliklarni tabiat kuchlari va dori-darmonlar bilan davolashga doir ko‘rsatmalar berilagan. Ibn Sinoning profilaktikaga doir ko‘rsatmalari haqidagi fikri alohida ahamiyatga ega. U odamlarning uzoq umr ko‘rishlari haqida g‘amxo‘rlik qilib, ularga butun hayoti davomida sog‘lom yashash va sog‘liqni mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan tartibni o‘rgatadi. U yosh va sog‘liqqa mos keladigan ovqat tanlab iste’mol qilish, me’yori bilan ovqatlanish va suyuq narsalar iste’mol qilish, tanani toza tutish, shuningdek jismoniy mashqlarni bajarish uzoq umr ko‘rish vositalari deb hisoblaydi. Ibn Sino turli mashqlar orasida me’yori bilan uzoq va tez yurish, kurash tushish va ot minishni alohida ta’kidlagan. Ibn Sinoning fikricha, mashqlardan ko‘zda tutiladigan asosiy maqsad qon aylanishini, nafas olishni va organizmdagi moddalar almashinuvini yaxshilashdan iboratdir.
Sharq adabiyoti durdonalari hisoblanmish “Shohnoma”, “Qobusnoma”, “Zafarnoma”, “Boburnoma” singari asarlarda ham polvonlari siyrati-yu qiyofasiga oid yorqin chizgilar, ularni ma’naviy olamini bezovchi serjilo rangli tasvirlar va ta‘riflar keltirilgan.
Alisher Navoiy hazratlari ham kurashdan, uning dovrug‘ini yetti iqlimga taratgan polvonlar bahsidan huzurlangan. Shu bois ko‘plab asarlarda pahlavonlar hayoti va faoliyatiga oid ajoyib-g‘aroyib voqealar, lavhalarni yozib qoldirgan. Polvonzodalarga bag‘ishlangan maxsus “Holoti Pahlavon Muhammad” (tarjimayi hol asari)da daho ijodkor, o‘z davrining tengsiz polvonzodasi Pahlavon Muhammad kurash san’atidan tashqari diniy va dunyoviy ilmlarni, jumladan, astronomiya va matematika, kimyo va falsafa, adabiyotshunoslik va san’atshunoslik, huquqshunoslik va boshqa bilimlarni mukammal egallaganini aytib o‘tgan. “Chorgoh”, “Segoh’, “Panjgoh” singari mashhur kuylar shu’balarini yaratgani, xususan, sher san’ati bobida ham yuksak ta’b va bilimga ega ekanligini alohida ta’kidlagan. Kurash tushushni kanda qilmagan buyuk polvon va bahodir Pahlavon Muhammad she’rni nozik tushunganidan o‘sha davr shoirlari yangi asarlarni avvalo, ul zotga ko‘rsatib, maslahat olishga oshiqar ekanlar. Pahlavon Muhammad yetuk tabib ham bo‘lgan. Zamonasining mashhur tabiblari Mavlono Qutbiy, Mavlono A’loulmulk va Mavlono Abdusalomlar bilan tibbiyot masalalari yuzasida bahs yuritar va tabiblar polvonzodaning muolaja usullarini o‘z asarlariga tabiiyki, amaliyotga kiritar ekanlar. Pahlavon Muhammadning odobi, saxiyligi, beozorligi, sofdilligi, mardligi, mehmonnavozligi, halolligi polvonlarga xos bo‘lgan ulug‘ xislatlar ekanligini qayd etganlar.
O‘z zamonasida qudratli saltanat qurgan Amir Temur buyuk davlat arbobi, ma’rifatparvar hukmdor, salohiyatli sarkarda bo‘lib qolmasdan, ayni vaqtda kurash ilmi hadisini mukammal egallagan kuchli polvonsifat inson ham bo‘lgan. Shuning uchun u mamlakatda yoshlarni chiniqtirish, vatanni sevuvchi, yurt xizmatiga kamarbasta, yetuk shaxslar qilib voyaga yetkazishda kurashning tutgan o‘rniga katta ahamiyat bergan. Sharafiddin Ali Yazdiy “Zafarnoma”sida va Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” asarida esa Sohibqiron Amir Temur davridagi pahlavon Bobohoki (asli Afg‘oniston shimolidagi Shibirg‘on viloyatidan) Uchqora Bahodir (asli Navoiy viloyatining Xatirchi tumanidan), Abbos Usmon Joloyir (asli Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanidan) singari yuzlab benazir o‘zbek polvonlari haqida qiziqarli ma’lumotlar keltirilgan.
Qadimiy Sug‘diyona markazi bo‘lgan Samarqandda Navro‘z bayrami har doim xalq tomoshalari bilan o‘tgan. Bularda xalq, san’at vakillari, baxshilar, xonandalar, hofizlar, dorbozlar, raqqoslar o‘z san’atini namoyon qilishgan. Bu bayramlarda xalq, dorbozlarning chiqishi va ayniqsa, poygani zo‘r qiziqish bilan tomosha qilishgan. Lekin har bir bayram kurashsiz o‘tmagan. Musobaqalar natijasida har yili kurashchilardan biri Sug‘diyona polvoni nomini olgan. Bayramlarda ushbu polvon obro‘li joyda o‘tirgan va kurash tushishni istagan har kishini bellashuvga chaqirgan. Odatda talabgorlar ko‘p bo‘lgan. Ba’zi vaqtlarda asosiy polvon va kuchiga ko‘ra unga munosib raqiblar o‘rtasidagi kurash, hatto, bir necha kun davom etgan. Kurashda o‘z raqibini yenggan polvon kelgusi yil g‘olibi hisoblangan. Bundan tashqari Samarqandda Qurbon hayit bayrami kunlarida doimo kurash bellashuvlari o‘tkazilgan va u ko‘p tomoshabinlarni o‘ziga jalb qilganligi haqida ko‘plab ma’lumotlar mavjud.
Xalq og‘zaki ijodida ham kurash sporti to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar berilgan. Ushbu turdagi manbalardan o‘tmishda kurashning mavjudligini emas, balki uning xususiyatlari, kurash sharti va texnikasi to‘g‘risida ham ma’lumotlarni olishimiz mumkin. Milliy kurash ertaklarda ham aks ettirilgan. Masalan, Xirs polvon “qoqma” deb nomlangan usulni qo‘llagan. Hozirgi vaqtda ham kurashchilar bu usuldan foydalanadilar. Faqatgina bu usul bugungi kunda “supurma” usuli deb nomlanadi. Xalq og‘zaki ijodi asarlari orasida “Alpomish” dostoni alohida o‘rin egallaydi. Dostonda polvonlarning bellashuvi, ularning kuchlilik, chaqqonlik, chidamlilik, botirlik kurashish usullarini qo‘llay bilish sohasida musobaqalashuvi badiiy shaklda tasvirlangan. Alpomishda tasvirlangan kurash manzarasidan kurashchilar maxsus kiyim va belbog‘iga ega bo‘lganligini, kurash vaqt jihatidan cheklanmaganini, raqibini belbog‘idan ushlab olish asosiy usul hisoblanganligini ko‘rish mumkin.
Mo‘minjon Muhammadjonovning “Turmush urinishlari” nomli kitobida yerli xalq kurashni qanday sevganligi haqida shunday ma’lumot berilgan: Toshkentning Chaqar mahallasida yashab o‘tgan Ahmad pahlavon Tolipboy o‘g‘lining O‘rta Osiyoda kurashib, yiqitmagan pahlavoni qolmagan edi. Shu vaqtlarda 1895-yillarda butun jahonga mashhur bo‘lgan nemis pahlavoni Reppel Toshkentga kelib, sirkda o‘z pahlavonligini ko‘rsatib hamma tomoshabinlarni qoyil qilib yurgan. Uning og‘irligi 8.5 funt 133 kg bo‘lib, 8 pudlik cho‘yanni ikki qo‘li bilan, olti pudlik cho‘yanni kifti bilan ko‘tarar edi. Shu pahlavon Ahmad pahlavonning dovrug‘ini eshitib, u bilan kurash tushmoqqa jazm qilgan. Yigirma sakkiz yoshli Ahmad pahlavon kim yiqilib mayib bo‘lsa, o‘z gardaniga degan shart bilan kurashga rozi bo‘lgan. O‘sha kuni sirk tomoshabin bilan to‘lib ketgan. Ikkala pahlavon bellashib Ahmad pahlavon Reppelni charxpalak qilib yerga yiqitadi. Shundan keyin Ahmad pahlavonning shuhrati yana ortadi. Keltirilgan misollardan shu narsa ayon bo‘ldiki, demak, bundan ming yillar avval ham O‘zbekiston hududida usullar tasnifi va tizimi yetarlicha rivojlangan va aniq shakllangan kurash mavjud bo‘lgan, o‘sha vaqtlardayoq kurashning ikki turi tarkib topgan, raqibining belidan oldindan qoida bo‘yicha ushlab olish, raqibni ixtiyoriy ushlab olish. BKeltirilgan misollardan shu narsa ayon bo‘ldiki, demak, bundan ming yillar avval ham O‘zbekiston hududida usullar tasnifi va tizimi yetarlicha rivojlangan va aniq shakllangan kurash mavjud bo‘lgan, o‘sha vaqtlardayoq kurashning ikki turi tarkib topgan, raqibining belidan oldindan qoida bo‘yicha ushlab olish, raqibni ixtiyoriy ushlab olish. Birinchi holda ham, ikkinchi holda ham raqib oyog‘ini qo‘l bilan ushlash man etilgan. Kurashning bu ikki turi texnik jihatdan hozirgi kurash va belbog‘li kurashga o‘xshaydi.irinchi holda ham, ikkinchi holda ham raqib oyog‘ini qo‘l bilan ushlash man etilgan. Kurashning bu ikki turi texnik jihatdan hozirgi kurash va belbog‘li kurashga o‘xshaydi.
O‘zbek xalqi qadimdan kurashni insonni jismoniy tarbiyalash vositasi deb qaragan. Xalq o‘zida kuchlilikni, chidamlilikni, iroda va botirlikni mehnatkash xalqning axloqiy sofligini mujassamlashtirgan kurashchi-polvonlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lgan. Diniy va oilaviy bayramlarda, ba’zan esa odatdagi kunlarda ishdan bo‘sh vaqtlarda kurash musobaqalari o‘tkazilgan. Bu musobaqalar Navro‘z bayrami kunlari keng avj olib, ommaviy xalq chempionati sifatida o‘tkazilgan. Bellashuvlarda turli shahar va qishloqlardan kelgan kurashchilar ishtirok etgan. Kurashchilar juftini tanlashda ularning vazni ko‘z bilan chamalab aniqlangan. Bellashuv oldidan kurashchilar oyoq- qo‘llar chigilini yozish mashqlari sifatida gavdani uqalash, silash kabi mashqlarni qo‘llaganlar. Kurashchilar an’anaviy kiyimda musobaqalashgan. Farg‘ona qoidasi bo‘yicha kurashuvchilar paxtali choponda, Buxoro qoidasi bo‘yicha kurashuvchilar esa paxtasiz avra to‘n kiyib kurashganlar. Ikkala kurashda ham kurashchilarning bellari belbog‘ bilan bog‘langan. Kurashuvchilar ba’zan mahsi kiyib, asosan, oyoqyalang kurashishgan. Kurashuvchilarning bunday kiyinishi hozirgi kungacha saqlanib qolgan.
O‘tmishda Buxoro, Xorazm, Samarqand, Qashqadaryo, Surxandaryo, Jizzax viloyatlari va Qaraqalpog‘iston Respublikasi hududlarida Buxorocha kurash yaniy Kurash, Farg‘ona vodiysi, Toshkent, Sirdaryo viloyatlari hududlarida Farg‘onacha kurash, ya’ni belbog‘li kurash rasm bo‘lgan.
2. Milliy kurashning rivojlanish bosqichlari qisqa satrlarda
Ekspert baholash ham kurs ishining muhim qismi bo'ladi. Buning uchun tajribali kurashchilar, murabbiylar va boshqa soha mutaxassislari bilan suhbatlashish, ularning tiklanishning eng samarali usullari haqida tushunchaga ega bo‘lish kiradi. Ushbu suhbatlar mutaxassislarning mavjudligiga qarab shaxsan, telefon orqali yoki elektron pochta orqali o'tkazilishi mumkin.. Ushbu birlashmaning asosiy vazifasi mahalliy aholi tarkibidan zaxiralarni jismoniy tomondan tayyorlashga rahbarlik qilishdan iborat bo‘lgan. Bu mas’uliyatli tadbirni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ya’ni jismoniy tayyorgarlikni aniqlashda sportning bir necha turlaridan, ayniqsa, kurash sportidan asosiy vosita sifatida foydalanishgan.
Adabiyotlarni o'rganish va ekspert baholashlari natijasida to'plangan ma'lumotlar umumiy mavzular va naqshlarni aniqlash uchun tahlil qilinadi. Bu kurashchilar uchun eng samarali tiklanish usullarini aniqlash uchun sifat va miqdoriy tahlil usullaridan foydalanishni o'z ichiga oladi.
1920-yil 10-oktabrda Toshkentda o‘tkazilgan birinchi O‘rta Osiyo olimpiyadasida sportning milliy turlari, shu jumladan, belbog‘li (farg‘onacha) kurash ham keng namoyish qilinadi. Sportning bu turi bo‘yicha o‘zbekistonlik polvonlar g‘olib chiqishgan.
1921-yilda o‘tkazilgan ikkinchi O‘rta Osiyo olimpiyadasida ham O‘zbekiston polvonlari birinchi o‘rinni olishgan. Bu olimpiyadada ham belbog‘li (farg‘onacha) kurash namoyish qilingan.
1926-yil oxiriga kelib O‘zbekistonda sport bilan shug‘ullanayotgalar soni 20 mingga yetdi, ularning 40 foizi mahalliy yoshlardan iborat edi. Kurash mahalliy yoshlarni sportning boshqa turlari bilan shug‘ullanishga jalb qilishda eng maqbul omil bo‘lgan.
1928-yil Qo‘qon shahrida birinchi jismoniy madaniyat bayrami o‘tkazilgan. Ushbu bayramda belbog‘li kurash bo‘yicha musobaqa uyushtirilgan. Kurash musobaqasida respublikada dong‘i ketgan 39 ta polvon maydonga chiqishgan. Olti kun keskin davom etgan musobaqada farg‘onalik 65 yashar Ilmiyamin Ilim buva g‘alaba qozongan va O‘zbekistonning eng kuchli polvoni degan faxrli nomga sazovor bo‘lgan.
Umuman olganda, texnologiya, individual farqlar va axloqiy mulohazalarni o'z ichiga olgan holda, kurs ishi kurashda tiklanish amaliyotlarining ahamiyatini yanada nozik va har tomonlama tushunishni ta'minlashi mumkin. Murabbiylar va murabbiylar tiklanishni optimallashtirish bo'yicha eng yaxshi amaliyotlarni aniqlash orqali kurashchilarga jarohatlar xavfini minimallashtirish va umumiy salomatlik va farovonlikni oshirishda qo'llaridan kelganini qilishlariga yordam berishlari mumkin.
A.Atoyevning tashabbusi bilan 1964-yildan boshlab kurash Buxoro davlat pedagogika instituti (hozirgi BuxDU) jismoniy tarbiya fakulteti o‘quv rejasiga kiritilgan.
Birinchi bor 1969-yilda o‘rta umumiy ta’lim maktablarining 8-10-sinf jismoniy tarbiya dasturiga milliy kurash kiritilgan. 1991-yil O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, milliy sport turlarini jahon arenasiga olib chiqish masalasi ilk bor muhokama qilindi.
1991-yil 14-15-iyunda bo‘lib o‘tgan O‘rta Osiyo va Qozog‘iston ilmiy konferensiyasida K.Yusupov tomonidan yaratilgan milliy kurashning yangi qonun-qoidalari, hakamlar hamda kurashchilar kiyimlari tasdiqlandi va shu yili sport gazetasining 17-sentabr sonida e’lon qilindi.
1992-yil O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov kurash mutaxassislari bilan muloqat o‘tkazdi va alohida ko‘rsatmalar berdilar.
1992-yili Kanadada o‘tkazilgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionati hamda Dzyudo federatsiyasining butun jahon Kongressida ilk bor kurash (o‘zbek kurashi) targ‘ib etildi.
1994-yilda Xirosima shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlarida kurash musobaqalaridan yozib olingan video tasvirlar namoyish etildi.
1995-yil Hindistonda o‘tkazilgan Dzyudo federatsiyasining Osiyo Kongressida kurash haqida atroflicha ma’lumot yetkazildi.
1998-yil 6-7-mart kunlari Irlandiyaning Dublin shahrida Yevropa Dzyudo uyushmasi taftish hay’ati yig‘ilishi o‘tkazildi. Ushbu yig‘ilishda kurash haqida yozma va video lavhalar namoyish qilindi.
1998-yil 15-18-aprelda Monako shahrida o‘tkazilgan Dzyudo uyushmasining 50 yillik yubiley Kongressiga o‘zbekistonlik vakillar taklif etildi. Kurashning dovrug‘ini yoyishda Irlandiya olimpiya qo‘mitasi prezidenti, Yevropa olimpiya qo‘mitasi vitse prezidenti Patrik Xikining xizmatlari katta.
1998-yil 6-sentabrda Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasi (KXA) tuzildi.
1999-yil 1-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining “Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasini qo‘llab-quvvatlash” to‘g‘risida farmoni qabul qilindi.
1999-yildan boshlab Jahon chempionatlari o‘tkazilib kelinmoqda.
qit‘amizni ikkita nufuzli musobaqasi, yopiq inshoatlarda o‘tkaziladigan to‘rtinchi qit’a o‘yinlari va yakkakurashlar o‘rtasidagi birinchi Osiyo o‘yinlarida ushbu sport turi bo‘yicha rasmiy musobaqalar uyushtirildi.
2017-yil 20-sentabrda Ashxabodda Osiyo Olimpiya Kengashining 39 Bosh Assambleyasida kurash birinchi bor Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan XVII Osiyo o‘yinlari dasturiga rasman kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2- oktabrdagi “Kurashni rivojlantirish chora-tadbirlari” qaroriga asosan 6- sentabr kurash kuni deb e’lon qilindi.
Dostları ilə paylaş: |