Book · December 022 citations reads 28,319 authors


partiyasi vakili Saloy Madaminov (Muhammad Solih) nomzodi qo„yildi



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/38
tarix20.06.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#132909
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38
(1)


partiyasi vakili Saloy Madaminov (Muhammad Solih) nomzodi qo„yildi.
1991-yil 29-dekabrda bo„lib o„tgan saylovlar yakuniga ko„ra ovoz 
berishda qatnashganlarning 86 foizi Islom Karimov nomzodini, 12,3 foizi 
Saloy Madaminov nomzodini yoqlab ovoz berdi. 1991-yil 30-dekabrda 
Markaziy saylov komissiyasi okrug komissiyalari majlis bayonlarini ko„rib 
chiqib, O„zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to„g„risidagi 
qonunning 35-moddasiga asosan Islom Abdug„aniyevich Karimovni 
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan deb-


36 
hisoblashga qaror qildi. Shunday qilib, mamlakatimizda birinchi marta 
yashirin ovoz berish yo„li bilan o„tkazilgan to„g„ridan – to„g„ri umumiy va 
muqobil asosdagi saylovda I.A. Karimov 5 yil muddatga O„zbekiston 
Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 
O„zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 4-yanvarda 
bo„lgan navbatdan tashqari IX sessiyasida Prezident sifatida Islom 
Karimov qasamyod qildi. 
O„zbekiston o„zining davlat mustaqilligini mustahkamlashga dadillik
bilan kirishdi. Birinchi bo„lib, davlat ramzlari belgilab olindi.
O„zbekiston mustaqillikka erishganidan so„ng kun tartibida jahon 
andozalariga mos keladigan davlat qurish, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy 
sohada 
tub 
islohotlani 
amalga 
oshirish, 
ularni 
qonun 
bilan 
mustahkamlaydigan huquqiy tizimni vujudga keltirish vazifasi turar edi. 
Chunki sobiq sotsialistik tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar 
endilikda respublikada barpo qilinajak yangi jamiyat manfaatlariga mos 
kelmas edi. Mulkchilik, mulkka egalik qilish va uni boshqarish, ishlab 
chiqarish omillari, bozor mexanizmi, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini 
normal izga solish ana shunday jiddiy yangilanishlarni taqozo etar edi. 
Shuni ham aytish kerakki, jahonda hamma mamlakatbop ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishning tamoyillari, barcha uchun tavsiya etish lozim 
bo„lgan tayyor andozalar hech qachon bo„lmagan va bo„lmaydi ham. Shu 
bilan birga rivojlanishning madaniy, ma‟rifiy, tarixiy jihatdan asrlar 
mobaynida shakllangan an‟analari mavjud bo„lgan O„zbekistonday 
qadimiy makonda o„ziga xos yo„l tanlash uchun ancha-muncha izlanish 
lozim edi. Biroq, vaqtni boy bermay, tezkorlik bilan ish tutish lozim edi. 
Shuning uchun ham “Mustaqil O„zbekiston tug„ilgan
kuniyoq oyoqqa 
turishga, o„zi yurishga majbur edi”. 
Yana shuni ta‟kidlash darkorki, O„zbekiston o„z mustaqilligini qo„lga 
kiritgan paytda mamlakat ichkarisida bo„lgani kabi uning tashqarisida ham 
unga ishonmaydigan, shubha bilan qaraydiganlar bor edi. Hatto sobiq 
markazdagi ayrim “bashorat”chilar O„zbekistonga nisbatan “O„zlaringizni 
mustaqil boshqarishga, mustaqil davlat qurishga qodir emassizlar”, “Sizlar 
mute, qaram xalqsizlar”, “Sizlar uchun biz fikrlaymiz, nazariya yaratamiz, 
sizlar esa bajarasizlar, xolos” deb shovinistlarcha g„arazgo„ylik qilsa, 
mamlakat ichkarisidagi ayrim toifalar o„rtasida “endi O„zbekiston qanday 
yo„ldan boradi? Qanday jamiyat quradi? Markazsiz yashay oladimi? 
Respublikada ijtimoiy-siyosiy barqarorlik ta‟minlanadimi?” - qabilidagi 
savollar paydo bo„lgan edi. Unga har kim o„zicha javob qidirar edi. 
Tabiiyki, ana shunday ziddiyatli va murakkab bir paytda O„zbekiston 


37 
uchun o„ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo„lini tanlash, yangi jamiyat barpo 
qilish uchun o„z andozasini ishlab chiqish g„oyat dolzarb va ahamiyatli 
edi. O„z navbatida bunday vazifani uddalash O„zbekistondagi ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy vaziyat, odamlar o„rtasida tarkib topgan munosabatlar, 
ularning dunyoqarashi, jumladan, diniy e‟tiqodi, ruhiyati va xulq-atvor 
normalari shuni taqozo etardi. Ayni chog„da, O„zbekistonning o„z 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish andozasini ishlab chiqishda rivojlangan 
mamlakatlarning ko„p asrlik tajribasini o„rganish, ularning foydali 
tomonlarini o„zlashtirish bilan birga O„zbekiston xalqining turmush tarzi 
va an‟analariga ham tayanish lozim edi. 
Shuning uchun ham O„zbekiston mustaqilligining dastlabki kunidanoq, 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin