Izlanish usuli - muammoli ta'lim yordamida darslarni tashkil qilishning eng qiyin usuli. Bu erda o‘qituvchining vazifasi faqat muammoli vaziyatni shakllanti-rishga qisqartiriladi. Qarama-qarshilikni ko‘rish, muammoni shakllantirish, uni hal qilish yo‘lini topish o‘quvchilarning mustaqil ishidir.
Xulosa. Hozir maktab tajribasida izohli o’qish, ijodiy o’qish, adabiy o’qish usulidan, muammoli o’qitish metodlaridan, ilg’or pedagogik texnologiya metodlaridan ham keng foydalanilmoqda. Masalan, A. Qodiriyning «Chin do’st» hikoyasini o’rganishda izohli o’qish metodidan foydalanish mumkin. CHunki bu asar matnida o’quvchilarga lug’aviy ma’nosi tushunarsiz bo’lgan so’zlar uchraydi. Masalan, hikoyadagi saboqdosh, mirzaboshi, havolanmas, asrandi, g’arq, holda, mahdum, marsiya, xun, hamnishin, dildor, notavon, g’urbat kabi so’zlar izoh talab etadi.
Metodik adabiyotlarda badiiy asar matnini tahlil qilishning uch usuli: badiiy asarni yozuvchiga ergashib yaxlit o’rganish, obrazlar vositasida o’rganish, mavzuli-muammoli o’rganish alohida ajratib ko’rsatiladi.
Boshlang’ich sinflarda, asosan, matn asosidagi tahlildan foydalaniladi, ya’ni, o’qituvchi asarni tahlil qilishda asar matniga asoslanadi. Uni o’zgartirmagan holda undagi ma’noni, jozibani o’quvchilarga yetkazib beradi.
Boshlang’ich sinflarda muammoli tahlil usulidan ham foydalanish mumkin. Masalan, «Bobur va Humoyun» hikoyasini o’rganishda o’quvchilarga «Boburning aytgan gaplari o’rinlimi?», «Hikoyadagiday holat sodir bo’lishi mumkinmi?» kabi muammoli savollar berish o’rinli bo’ladi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, muammoli ta’lim texnologiyalarining qo‘llanilishi o‘qitish jarayonini samarali kechishini ta’minlash bilan birga ta’lim oluvchilarda mustaqil, tanqidiy va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. Ta’lim sifatini yaxshilash va samaradorligini oshirishga nisbatan qo‘yilayotgan ijtimoiy ta’lim oluvchilar o‘qituvchilardan loyiha va muammoli ta’lim texnologiyalarini o‘qitish jarayonida maqsadli, samarali qo‘llashni talab etadi. Mazkur ta’lim texnologiyalarining mohiyatiga oid ma’lumotlar bilan tanishish malaka oshirish kurslari tinglovchilarining mavjud bilimlarini boyitish bilan birga amaliy ko‘nikma, malakalarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
O'quvchilar matn yaratishga bosqichma-bosqich: so'z ustida ishlash, gap va uning mantiqiy bog'lanishi ustida ishlash, og'zaki hikoya tuzish va uni yozma shakllantirish tarzida maxsus tayyorlab boriladi.
Shunday qilib, muammoli o'qitishning vazifasi o'quvchilar tomonidan bilimlarni puxta o'zlashtirish va aqliy hamda amaliy, mustaqil faoliyatlarini samarali bo'lishiga hamkorlik qilish, ularda yangi vaziyatda olingan bilimlarni ijodiy qo'llash malakasini shakllantirishdan iborat.