Boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida muammoli o‘qitish usullari. Mundarija: Kirish



Yüklə 45,37 Kb.
səhifə1/11
tarix15.07.2023
ölçüsü45,37 Kb.
#136637
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA MUAMMOLI O‘QITISH USULLARI.


BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA MUAMMOLI O‘QITISH USULLARI.
MUNDARIJA:
Kirish: …………………………………………………………………. 1-2

  1. Muammoli o‘qitish uslubining tarixi va mohiyati ………………...3-8

  2. Boshlang‘ich sinflarda sifat so‘z turkumini muammoli o‘qitish texnologiyasi……………………………………………………….9-12

  3. Muammoli o‘qitish usullari va ularning tasnifi  …………………. 13-20

Хulоsа ……………………………………………………………………21-22
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati……………………………………….23

Kirish.
Har bir o‘quvchi maktabga qadam qo‘yar ekan bilamizki, savodxonlik davridayoq “O‘qish” va “Yozish” darslari o‘tiladi. Biz har bir yosh avlodga eng avvalo, o‘z o‘rgatamiz. Boshlanģich ta'limning 4 yilida ham «Ona tili»va «O‘qish» darslari o‘rgatiladi. Lekin bizning ta'lim tizimimizda ham kamchiliklar bor. Masalan,bizning maktablarimizdagi har bir sinfda 25 tadan ortiq hattoki,40 tagacha o‘quvchilar taxsil olishadi.Darsning davomiyligi esa bor yoģi 45 daqiqani tashkil qiladi. Bu 45 daqiqaning ham 20 yoki 25 daqiqasi tashkiliy qism, o‘tkan mavzu,uyga vazifani so‘rash va uyga vazifani berish bilan o‘tadi.Qolgan vaqtda esa o‘qituvchi yangi mavzuni tushuntirishi 2 yoki 3 ta mashq bajarishi va mavzuni mustahkamlash uchun didaktik o‘yin qòllashi kerak. Endi «O‘qish» darslarini olsak, katta-katta matnlar. To‘g‘ri bu matnlar 2 yoki 3 darsga mo‘ljallangan bo‘ladi. Lekin she'r,ertak yoki hikoyani o‘qigandan keyin, o‘quvchilarga tushuntirish, ular bilan muxokama qilishimiz kerak. Bu ishlarni qilmas ekanmiz ularni o‘qiganimizdan nima foyda? Asosiy maqsadimiz ham o‘quvchilarning fikrlash doirasini kengaytirish,dunyoqarashini shakllantirish emasmi? Bundan tashqari «Ona tili” kitobidagi berilgan mashqlarning matnlarida «O‘qish»kitobi va «Odobnoma» kitobidagi mashqlar takror va takror keladi. Bu o‘quvchilarning zerikishiga olib keladi. Bu muammolarga yechim topmost ekanmiz,ta'lim sifatini oshira olmaymiz.Yuqoridagi muammolardan biri sinfda 40ta va unda ortiq o‘quvchilar o‘qishini olsak. Bu muammoni hal qilish uchun juda ko‘p kadrlar, ko‘p sinf xonalari kerak bo‘ladi.Ya'ni har bir sinfdagi o‘quvchilar soni 15 va 20 tadan oshirmaslik kerak bo‘ladi. Kadrlar muammo bo‘lmasligi mumkin chunki, yildan yilga OTM larga kirish kvotalari ko‘paymoqda, lekin sinf xonalarichi bu uchun maktablarni qayta qurishimiz kerakmi?
Shu kabi muammolarni hal qilish «Ona tili va o‘qish savodxonligi»fanini joriy etish to‘g‘risidagi takliflar kiritildi.''Yangi fan nima ham qilib bera olardi?'' deyishingiz mumkin Yangi fan degani yangi darslik,yangicha uslub, yangi metodlar demakdir. Bu fan asosida yaratilgan darslikda she'r, ertak, hikoyalar o‘qish darslari uchun bo‘lsa,shu matnlar ustida mashq bajarilishi ona tili darsi uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Ikkita fan ya'ni ''Ona tili'' va ''O‘qish" fanlariga o‘rniga bitta fan joriy qilinsa ham dars soatlari qisqarmaydi. Bu esa yuqorida ta'kidlab o‘tgan muammoni hal qila oladi deb o‘ylayman. Bu sharoitda o‘qituvchi har bir o‘quvchi bilan individual shug‘ullanadi va albatta, o‘qish samaradorligini oshiradi.
Yangi pedagogik bilimlar ko'lami Ta'lim to'g'risida"gi Qonun talablari asosida kengayib bormoqda, tadqiqot yo'nalishlari erkin shaxsni shakllantirish muammolariga qaratilyapti. Bugungi kunda ta'lim-tarbiya jarayonida ta'limning turli o'qitish metodlaridan unumli foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Ona tili darslari innovatsion texnologiya asosida tashkil qilinganda, asosan, o'quvchilarda hamkorlikda ishlash ko'nikmasi shakllanadi, umumiy vazifalar yechimini topishda bir-birlariga ko'mak beradilar, o'quvchilarda ijodiy va mustaqil fikrlash malakalari tarkib topadi, o'quvchilar o'z ishlari natijasiga, o'qishga, ta'lim olishga shaxsan mas'ullikni his qiladilar.
Ayni paytda har qanday o'quv maskanlarida muammoli o'qitish texnologiyasi samarador hisoblanadi. Uning vazifasi faol bilish jarayoniga undash va tafakkurda ilmiy-tadqiqot uslubini shakllantirish bo'lib u ijodiy, faol shaxs tarbiyasi maqsadlariga mos keladi.

Yüklə 45,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin