ASOSIY QISM 1.Bozor infratuzilmasi nazariyasi 2.Bozor infratuzilmasi unsurlarining tarkib topishi va rivojlanishi 3.Bozor infratuzilmasining turlari va tarkibiy qismlari 4. Bozor infratuzilmasi faoliyatining shart-sharoitlari, shakllari va usullari XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini qo’lga kiritgach, taraqqiyotimizning asosini belgilab beruvchi iqtisodiy sohadagi islohotlarga ustuvor e ’tibor qaratildi. Shaxsan birinchi prezidentimiz I.Karimov tomonidan asos solingan taraqqiyotning “O‘zbek modeli”ning hayotga izchillik bilan tatbiq etib borilishi tarixan qisqa davr ichida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida
ahamiyatli sifat o‘zgarishlarga erishish imkonini yaratdi. Undan so’ng prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan taraqqiyot strategiyalari davlatimiz iqtisodiyotini yanada jadal rivojlantirmoqda.
Jumladan, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish
asosida turli shakldagi mulkchilik tizimini shakllantirish, ustuvor tarmoqlami rivojlantirish, iqtisodiyotning barcha sohalarini erkinlashtirish, tadbirkorlik faoliyati, ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlami yaratish, o‘rta mulkdorlar sinfini qaror toptirish, xorijiy investorlar uchun zarur kafolatlarni ta’minlash kabi o‘ta muhim tadbirlar
O‘zbekistonning jahon hamjamiyatida o‘z o‘mi va nufuziga ega bo‘lishi uchun iqtisodiy asos bo‘lib xizmat qildi. Biroq, sanab o‘tilgan yutuqlar mamlakatimiz oldida turgan ozod va farovon hayotni barpo etishdan iborat ezgu-maqsadlarga
yetaklovchi navbatdagi salmoqli qadam, bosqichlardan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik tizimini takomillashtirish borasida parlament tomonidan o‘tgan davr mobaynida xususiy mulkni huquqiy jihatdan himoya qilishni kuchaytirish, mulkdorlar sinfini shakllantirish, fermerlik harakatini
mustahkamlash, iqtisodiyotni yanada erkinlashtirishni ta’minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, keng tarmoqli bozor infratuzilmasini barpo etish kabi vazifalami amalga oshirishga mo‘ljallangan qonun hujjatlari qabul qilindi. Shuningdek, parlament aholi daromadlari va xalq farovonligini uzluksiz oshirib borish, keng miqyosdagi
ijtimoiy dasturlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish masalalariga ham alohida e’tibor berib kelmoqda.