Davlat manfaatlari (O‘zbekiston Respublikasining davlat manfaatlari)



Yüklə 28,33 Kb.
səhifə1/7
tarix16.06.2023
ölçüsü28,33 Kb.
#131504
  1   2   3   4   5   6   7
Документ Microsoft Word


Davlat xavfsizlik xizmatining asosiy vazifalari O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini hamda boshqa davlat manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishdan, qonuniylikni mustahkamlash va qonun ustuvorligini ta’minlashdan, shuningdek Davlat xavfsizlik xizmatining vakolatiga kiritilgan huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berishdan iborat. 
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
davlat xavfsizligi — O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining, suverenitetining, hududiy yaxlitligining va boshqa davlat manfaatlarining tashqi hamda ichki tahdidlardan himoyalanganlik holati bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining barqaror rivojlanishini hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklari ro‘yobga chiqarilishini ta’minlaydi;
davlat manfaatlari (O‘zbekiston Respublikasining davlat manfaatlari) — jamiyatda qonun ustuvorligini, xavfsizlik va barqarorlikni, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishni ta’minlashga bo‘lgan davlatning anglanilgan ehtiyojlari;
kontrrazvedka faoliyati — chet davlatlarning, xalqaro va xorijiy tashkilotlarning, guruhlarning hamda ayrim shaxslarning davlat manfaatlariga va xavfsizligiga zarar yetkazayotgan yoki zarar yetkazishga qodir bo‘lgan razvedka, diversiya, qo‘poruvchilik va boshqa buzg‘unchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash hamda unga barham berishga qaratilgan faoliyat;
razvedka faoliyati — chet davlatlarning maxsus xizmatlari, tashkilotlar, guruhlar va ayrim shaxslar keltirib chiqaradigan, davlat manfaatlariga daxl qiladigan, real xavf-xatarlar hamda tahdidlarni aks ettiradigan axborotni qo‘lga kiritishga va unga ishlov berishga, shuningdek davlat xavfsizligini ta’minlash hamda davlat manfaatlarini ilgari surishga doir chora-tadbirlar amalga oshirilishiga ko‘maklashishga qaratilgan faoliyat.

Yüklə 28,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin