Detallarini Tayyorlash Va Tamirlash Texnologik Jarayoni. To`Karlik Dastgohlari Shpindellarini Tayyorlash Va Tamirlash Jihozlari Va Texnologik Jarayonini O`Rganish Rezbali birikmalarni ta’mirlash



Yüklə 51 Kb.
səhifə1/4
tarix02.06.2023
ölçüsü51 Kb.
#123227
  1   2   3   4
Detallarini Tayyorlash Va Tamirlash Texnologik Jarayoni. To`Karlik Dastgohlari Shpindellarini Tayyorlash Va Tamirlash Jihozlari Va Texnologik Jarayonini O`Rganish


Detallarini Tayyorlash Va Tamirlash Texnologik Jarayoni. To`Karlik Dastgohlari Shpindellarini Tayyorlash Va Tamirlash Jihozlari Va Texnologik Jarayonini O`Rganish


Rezbali birikmalarni ta’mirlash.
Korpus va boshqa chо‘yan detallar teshiklaridagi yeyilgan (brak qilingan) rezba katta о‘lchamli yangi rezba qirqib, qо‘shimcha detal qо‘yib va yangi joyda rezba qirqib tiklanadi.
Pо‘lat detallarda yeyilgan rezbali teshiklar, bundan tashqari, elektr payvandlash va nominal о‘lchamli rezba qirqish mashinalarida foydalaniladi. Val va о‘qlardagi sirtqi rezba kichik о‘lchamli rezba qirqish, shuningdek suyuqlantirib qoplash va normal о‘lchamli rezba qirqish bilan tiklanadi.
Kattalashtirilgan о‘lchamga moslab tiklash.
Yeyilgan rezbali teshik parmalash stanogida yoki elektr drel bilan navbatdagi о‘lchamda parmalab kengaytiriladi, keyingi yangi rezba qirqiladi.Tiklashning oddiyligi va ishonchliligiga qaramay bu usul har vaqt teshiklarini parmalab kengaytirish va katta о‘lchamli boltni ishlatish talab ilinadi. Natijada detallarning о‘zaro almashinuvchanligi buziladi va navbatdagi remont qiyinlashadi.
Qо‘shimcha detal qо‘yib ta’mirlash.. Yeyilgan rezbali teshik parmalab kengaytiriladi, unda oldinda tayyorlangan probka uchun chala (ikkita birinchi metchik bilan) qirqiladi (66-rasm, a). Probka (67-rasm, v) maxsus kalit (66-rasm, b) yordamida teshikka tiralguncha burab kirgiо‘iladi, probkaning о‘tish qismi kesiladi va detal tekisligi bilan bir xil sathda tozalanadi. Burab kirgizilgan probka diametri 3 mm va uzunligi kamida 10 mm bо‘lgan yassi shtift bilan mahkamlanadi (66-rasm, g). arobkani unga BF-2 tipidagi yelim surkab yoki epoksidli asos bilan mahkamlash mumkin. О‘rnatilgan probkada tutash detal yoki yaxshisi konduktor bо‘yicha teshik parmalab, normal о‘lchamli rezba qirqiladi. rezba qirqilgandan keyin probka devorining qalinligi kamida 4 mm bо‘lishi kerak.
Hozir rezba probka о‘rniga prujina qо‘yimalar muvaffaqiyatli ishlatilmoqda (66-rasm, d). Qо‘yima kо‘ndalang kesimi romb shaklidagi prujina simidan tayyorlanadi. Rombning о‘tkir burchagi 600 , ya’ni metrik rezba profiliga mos keladi. prujina qо‘yma tayyorlangan teshikka maxsus kalit yordamida burab kirgiziladi, kalit prujinaning egilgan uchiga ta’sir etib, qо‘yima burab kirgizilgandan keyin prujinaning uchi osongina sinadi. Burab kirgizilgandan keyin bunday qо‘ymaning ichki о‘lchami rezbaning nominal о‘lchamiga teng bо‘ladi. Sanoat prujina qо‘ymalarni rezbali teshiklarning tipaviy о‘lchamlariga moslab ishlab chiqarishi ichki rezbalarni tiklashning ancha oddiy va ishonchli usuli hisoblanadi.

Yüklə 51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin