“Amaliy matematika” yoʻnalishi 20.09 A-guruh talabasi Qo’ldosheva Muyassarxonning “Matematik modellashtirish” fanidan “Elektromagnit tebranishlarning matematik modeli” mavzusidagi KURS ISHI
M U N D A R I J A
KIRISH………………………………………………………………….................3
I BOB. ELEKTRTEBRANISHLAR…………………………………….............5
Erkin elektr tebranishlar ................................…………………………....5
Avtotebranishlar………………………………………………...……..……6
II BOB. ELEKTROMAGNIT TEBRANISHLAR VA TO‘LQINLAR …..…13
2.1. Elektromagnit tebranishlar…………………...................................
X U L O S A………………………………………………………………...
FOYDALANILGANADABIYOTLAR…………………………………...
KIRISH "Muallim zoti ezgulik va ma'rifat yo’lining bеminnat charog’bonidir"
A. Navoiy
Mavzuning dolzarbligi. Xalq ta’limi xodimlarining asosiy vazifasi mustaqil Respublikamiz uchun komil insonlarni tarbiyalash,bilimdon, vatanparvar,milliy iftixor tuyg’ulari yuqori bo’lgan yangi avlodni kamol topdiishdir. Komil insonni shakllantirishda qaratilgan o’quv-tarbiya jarayonining asosiy vazifasi ta’lim samaradorligini oshirishdir.Ta’lim samaradorligi, ta’lim mazmunining maqsadi va vazifalariga mosligi, uning ilmiy jihatdan asoslanganligi, izchilligi, turmush bilan bog’liqligi, shu bilan birga o’quvchilarga mos metodlar, modellar va vositalarning tanlanishi bilan aniqlanadi.
Hozirgi vaqtda umumta’lim va oliy ta’lim tizimida ijtimoiy va ilmiy texnikaviy taraqqiyotga asoslangan holda o’rganiladigan fanlarning birinchi navbatda uslubiy masalalari katta o’rin egallaydi. Shuning uchun hozirgi davrda ta’lim mazmuniga zamonaviy fizika g’oyalarini kiritish, fundamental fizik nazariyalar darajasida xulosa qilish malakalarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Albatta, bu yerda fizika o’qitish metodikasining o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olish lozim.
Bugungi kunda fan va texnikaning intensiv rivojlanishi deyarli barcha sohalarda katta o`zgarishlar ro`y berdiki, bu sohalar muvaffaqiyatli mehnat qilish har bir kishidan yuksak madaniyatli, chuqur va mustahkam bilimli bo`lishni hamda bu bilimni muntazam ravishda boyitib borish talab qiladi. Mexanik va elektromagnit tebranishlarning qiyosiy xarakteristikalarini o`qitishda va o`quvchilarning mavzuni tushinib olishlari uchun qiyoslash usulidan foydalanish mumkin. Bilishning bu metodi keng tarqalgan bo`lib “Barcha narsalar qiyoslanganda bilinadi” tamoiliga asoslanadi. Qiyoslash natijasida bir necha obektlar uchun umumiyligi va alohidaligi aniqlanadi. Alohida qilingan materiallarni ishlab chiqish mazkur tadqiqod ishining dolzarbligini asoslab beradi.