1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
Erkaboyev Oybek Muxammadjonovich
SPORT VA HARAKATLI
O‘YINLARNI O‘QITISH METODIKASI
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan
Oliy o‘quv yurtlarining 5112000 “Jismoniy madaniyat, xotin-qizlar sportini
rivojlantirish” va
61010300 “Sport faoliyati kurash, futbol” bakalavriyat
yo‘nalishdagi talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan
Farg‘ona - 2023
2
UDK: 002:651.1
(7+355.4/78.15)
Mualliflar jamoasi.
Sport va harakatli o‘yinlarni o‘qitish metodikasi
fanidan
. Darslik.
Ushbu darslik “Sport va harakatli o‘yinlarni o‘qitish metodikasi”
fanidan universitet bakalavriyatlarini tayyorlash
talablariga muvofiq
jismoniy madaniyat fakulteti talabalari uchun majburiy bo‘lgan nazariy
kurs ma’lumotlari ochib berilgan. Jismoniy
madaniyatning nazariy va
uslubiy asoslariga oid taklif etilayotgan material ixtisoslashtirilgan
fakultet talabalariga ushbu fan bo‘yicha nazariy bilimlarini kengaytirish
imkonini beradi. Talaba fanning nazariy-uslubiy
asoslarini bilishi,
metodikani puxta egallashi,
yuksak madaniyatli, bilimli, jozibali va
ahloqiy poklikka ega bo‘lishi kerak. Mavzuni o‘rganishga
ijodiy
munosabatda bo‘lgan holda, olingan bilimlar jismoniy madaniyat
sohasidagi bo‘lajak mutaxassisga sinov va xatolik yo‘li
bilan amaliy
izlanish yillarini qisqartirgan holda zamonaviy talablar darajasiga
erishishga yordam beradi.
Ushbu
darslik
jismoniy
madaniyat
fakultetlari
talabalari,
magistrantlari va professor-o‘qituvchilari
hamda sport va harakatli
o‘yinlarni o‘qitish metodikasi bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirishni
xohlovchi barcha qiziquvchi kitobxonlar uchun mo‘ljallangan.
Darslik Farg‘ona davlat universitetining
ilmiy-uslubiy Kengashi
majlisida muhokama qilinib, nashrga tavsiya etilgan (2023-yil 27
yanvardagi 6-sonli majlis bayonnomasi).